OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARI KURSANTLARINING KASBIY KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
O'rmonov Avazbek Abdurashidovich
Qurolli Kuchlar Akademiyasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: Barcha sohalarda odamlarning kasbiy faoliyati kasbdan tashqari yoki kasb ichidagi tarkib ko'nikmalar, ma'lumotlar bazasi, chet tillarini bilishi, an'anaviy mantiqqa ko'ra oliy ta'lim tayyorgarligiga kiritilishi kerak. Shuning uchun oliy harbiy ta'lim muassasalari oldidagi vazifa yosh ofitserlarning nafaqat nazariy ta'lim va kasb berishi, balki butun hayoti davomida uzluksiz ravishda mustaqil ta'lim olishi va malakalarni egallay olish ko'nikmalarini shakllantirishi kerak.
Kalit so'zlar: harbiy xizmatchilar, kompetentsiya, interfaol, mantiq, kasbiy faoliyat, ta'lim, ko'nikma.
Аннотация: Профессиональная деятельность людей во всех сферах внепрофессионального или внутрипрофессионального содержания умений, баз данных, владения иностранными языками должна быть включена в подготовку к высшему образованию по традиционной логике. Поэтому задача высших военных учебных заведений должна заключаться не только в том, чтобы дать молодым офицерам теоретическое образование и профессию, но и в том, чтобы они на протяжении всей жизни непрерывно получали самостоятельное образование и формировали навыки овладения квалификацией.
Ключевые слова: военнослужащие, компетентность, интерактивность, логика, профессиональная деятельность, образование, навыки.
Abstract: The professional activities of people in all areas of non-professional or intra-professional content of skills, databases, and foreign language proficiency should be included in the preparation for higher education according to traditional logic. Therefore, the task of higher military educational institutions should be not only to give young officers a theoretical education and profession, but also to ensure that they continuously receive independent education throughout their lives and develop skills to master qualifications.
Keywords: military personnel, competence, interactivity, logic, professional activity, education, skills.
Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyati kasbdan tashqari yoki kasb ichidagi tarkib ko'nikmalari, ma'lumotlar bazasi, chet tillarini bilishi, an'anaviy mantiqqa ko'ra oliy harbiy ta'lim tayyorgarligiga kiritilishi kerak. Shuning uchun oliy harbiy ta'lim muassasalari oldidagi vazifa yosh ofitserlarning nafaqat nazariy ta'lim va kasb
berishi, balki butun hayoti davomida uzluksiz ravishda mustaqil ta'lim olishi va malakalarni egallay olish ko'nikmalarini shakllantirishi kerak.
Innovatsion faoliyatga tayyor mutaxassislarni tayyorlash sohasida ta'lim berish nafaqat shaxsga yo'naltirilgan, shaxsga ta'lim va tarbiya ob'ekti sifatida qaralgan, balki shaxsga markazlashtirilgan bo'lishi lozim. Bu ta'lim jarayoni va ta'lim sohasini ta'lim oluvchining qiziqishi, faoliyati, talabi, imkoniyatiga bog'liqligi va unga tayanishi va asosan, u shaxsiy-ahamiyatli shaxs sifatida shakllanishi uchun ta'lim vositalaridan foydalana olishga intilishini bildiradi.
Oliy harbiy ta'lim tizimida kursantlarni kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirishning samaraliroq usuli bu interfaol usullardan foydalanishdir. "Kubik", "Bumerang", "Domino", "Keys-stadi", "Insert" va boshqa shunga o'xshash interfaol usullar kursantlarni kasbiy kompetentsiyalarini o'stirishga, o'zaro hamkorlikda ishlashga, mustaqil fikrlashlarini rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Domino metodi - fikriy jarayonlarni mos tushunchalar ketma - ketligida to'g'ri taqdim etib, biror bir shaklni hosil qilishdir. Bu usul kursantlarni ijodiy va aqliy qobiliyatini o'stirishga, o'zaro hamkorlikda ishlashga, tartibli ishlash tarbiyasini rivojlanishiga olib keladi.
Domino metodini amaliy mashg'ulotlarda qo'llashda ofetser-pedagoglar kursantlarni uchta kichik guruhga bo'lib, kichik guruhlarda ishlaydilar. Har bir kichik guruhga o'ng tomoniga savol va chap tomoniga javoblar yozilgan to'g'ri to'rtburchaklar beriladi. Har bir kichik guruhdan bir kursant ushbu to'g'ri to'rtburchakdan birini olib, stol ustiga o'rnatadi va keyingi kursant to'g'ri to'rtburchakning o'ng tomonidagi savolga mos keladigan javob yozilgan to'g'ri to'rtburchakni uning yoniga o'rnatadi. Huddi mana shunday ketma-ketlikda qolgan kursantlar to'g'ri to'rtburchaklarni bir-biriga mos ravishda o'rnatadilar. Oxirgi o'rnatilgan to'g'ri to'rtburchakdagi savolning javobi birinchi o'rnatilgan to'g'ri to'rtburchakdagi javobga mos kelishi kerak.
Kursantlarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirishning yana bir usuli bu "Keys-stadi" metodidir. "Keys-stadi" metodida ochiq axborotlardan yoki aniq voqea hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys-stadi harakatlari o'z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim, Qachon, Qaerda, Nima uchun, Qanday-Qanaqa, Nima-natija. Ushbu harakatlar orqali ofetserlar kursantlarni vaziyatni mavjud ma'lumotlardan foydalangan holda samarali yechimlarni topishga yo'naltiradi.
Kursantlarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantiruvchi metodlardan yana biri "Kubik" metodidir.
Kubik metodi - kursantlarda ma'lumotlarni tahlil qilish va tuzish, o'z fikrini shakllantirish va ifoda etish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu usuldan o'rganilayotgan
materialni o'zlashtirish darajasini aniqlash uchun uni birlashtirish yoki umumlashtirishda samarali foydalanishi mumkin.
Kubik metodi - xotira va fikrlashni rivojlantirishning samarali usuli bo'lib, o'rganishni qiziqarli o'yinga aylantiradi. Usulning ta'lim jarayonida tizimli qo'llanilishi kursantlarga ma'lumotni yaxshi eslab qolish imkonini beradi va ularni yangi bilim olishga undaydi.
Kubik metodidan foydalanishning asosiy maqsadi kursantlarda olingan bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish, tahlil qilish va amaliyotda qo'llash qobiliyatini oshirishdir. Bu metod yordamida ta'lim oluvchilar bilim olishga tayangan holda masalani mustaqil yechishni o'rganadilar, mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantiradilar [2].
Kursantlarning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantiruvchi metodlardan yana biri bu "Bumerang" metodidir. Bunda bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilganligi bilan izohlanadi.
"Bumerang" metodi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi hamda g'oya va fikrlarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi, ya'ni kelajakda jamoa bilan ishlash maxorati, muomilalik, xushfe'llik, o'zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o'z faoliyatini samarali bo'lishiga qiziqish, o'zini xolis baholash kabilardir [3].
"Bumerang" metodidan asosan amaliy mashg'ulotlarda foydalanish tavsiya etiladi, bu metoddan foydalanishda quyidagi muammolar vujudga keladi [1]:
aksariat guruhlarda kursantlar soni 15-30 nafarni tashkil etadi, bunda 4 yoki 5 ta kichik guruhga ajratilganda bir nechta kursant ortiqcha bo'lib qoladi, masalan guruhda 20 nafar kursant bo'lsa 4 nafar kursant ortiqcha bo'lib qoladi;
- darsning 3-bosqichida bilimi pastroq bo'lgan kursant boshqalarga o'ziga tegishli bo'lgan mavzuni yaxshi tushuntirib bera olmaydi, natijada ushbu mavzu yaxshi o'zlashtirilmay qolishi sodir bo'ladi;
- mashg'ulot davomida kursantlar o'ziga tegishli mavzuni bir-birlariga tushuntirib berayotgan paytda boshqa guruh kursantlariga halaqit beradi.
Bu va shunga o'xshash muammolarni oldini olish maqsadida quyidagi yo'llarni keltirish mumkin:
- kichik guruhga ajratilganda ortiqcha bo'lib qolgan kursantlarni, masalan kursantlar soni 18 nafar bo'lsa, 4 nafardan 4 ta kichik guruhga bo'linadi, qolgan 2 nafar kursantlarni esa nazoratchi sifatida tayinlaydi.
- mashg'ulotning 3-bosqichda bilimi pastroq bo'lgan kursant boshqalarga o'ziga tegishli bo'lgan mavzuni yaxshi tushuntirib bera olmasa, o'qituvchi o'sha mavzuni
tegishli kichik guruhda to'la yoritib berish maqsadida nazoratchi guruhidagi kursantlarni jalb etadi.
Shuning uchun ofetserlar nazoratchi guruhiga eng iqtidorli, bilimi yuqori bo'lgan kursantlarni tanlashi kerak bo'ladi.
Amaliy mashg'ulotlarni olib borishda ham albatta fanning hususiyatidan kelib chiqib, fan o'quv dasturidagi rejalashtirilgan mashqlarni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma tayyorlanadi.
Kursantlar jismoniy mashqlarni bajarishga kirishishdan oldin ularni o'zaro shu ishni bajarishga tayyor ekanliklarini bir-birlari bilan mashqlar bajarish tarzida sinab ko'radilar, so'ngra jismoniy mashqlarni bajarishga kirishadilar.
Kursant o'zlari mustaqil ravishda jismoniy mashqlarni bajarishadi. ofetserlar bunda kursantlarni xarakatlarini faqatgina nazorat qilib turadi xolos, agar kursantlar biror xatolikka yo'l qo'ysagina aralashadi.
Ishni bajarish yakunlangandan so'ng natijalar tahlil qilinadi va tegishli ko'rsatmalar berishadilar. Bu amaliy mashg'uloti bo'yicha, ya'ni mashqlarni bajarishdagi faoliyatni kursantlar o'zlari baholaydilar.
Xulosa qilib aytganda, oliy harbiy ta'lim muassasasida ta'lim jarayonini ushbu usullarga muvofiq tashkil etish kursantlarga nafaqat innovatsion g'oya yaratuvchisi bo'lish imkonini beradi, balki kelajakda innovatsion mahsulot yoki jarayonning muvaffaqiyatli bajarilishi sanoat yoki ishlab chiqarish ob'ektlarining biror sohasida o'z innovatsion mahsulotini sinovdan o'tkazish bo'yicha ko'nikmalar xosil qilish imkonini beradi. Bu kursant uchun sohaga doir yangiliklarni amalda tadbiq etish va o'z ustida mustaqil ishlashga yaxshi motivatsiya beradi, shuningdek, ijodiy, tadqiqot va ixtirochilikda tajriba orttirish uchun asos bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Отамирзаев О. У., Зокирова Д. Н. «Электр ёритиш» фанини укитишда «Бумеранг» методидан фойдаланиш //Современное образование (Узбекистан). -2019. - №. 3 (76). - С. 37-41.
2. Zokirova D. N. M., Qurbonova F. Q., Nishonov M. M. O. G. L. Nazariy elektrotexnika fani dars mashg 'ulotlarida innovatsion tarbiya berishning interfaol usullaridan foydalanish //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 3. - С. 371-377.
3. Зарыпова М.Ш. «Кубик Блума» — методика критического мышления, применяемая на всех предметах и на любом этапе уроке. // Всероссийский педагогический журнал «Современный урок». №11, 2020 год.
4. Отамирзаев О. У. и др. Проблемы и методы их устранения при применении метода «Бумеранг» В процессе преподавания электротехники //Научное знание современности. - 2021. - №. 6. - С. 14-17
5. "Energiyadagi perspektivalar va muammolarning zamonaviy yechimlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. NamMTI 28-29-oktabr 2022 y. - 395 b.