Научная статья на тему 'OLAMNING LISONIY MANZARASIDA XITOY 汉XAN MILLATINING BAXT KONSEPTI'

OLAMNING LISONIY MANZARASIDA XITOY 汉XAN MILLATINING BAXT KONSEPTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Olamning lisoniy tasviri / 五福 “wǔfú” / 五行 “wǔxíng” / 五伦 “wǔlún” / 五纬 “wǔwèi” tushunchalari. / Linguistic representation of the universe / wǔfú "wǔfú" / wǔxíng "wǔxíng" / wǔlún "wǔlún" / wǔwěi "wǔwèi" concepts.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Valieva, Noiba Abbasxonovna

Mazkur maqolada xitoyliklarning olamning lisoniy manzarasida baxtga bo‘lgan munosabati, baxtga bo‘lgan yondashuv va uning bir necha ko‘rinishlari keltiriladi. Shu bilan birga qadimdan xitoy tilida mavjud bo‘lgan 五行wǔxíng, 五伦wǔlún, 五纬wǔwèi kabi tushunchalar tahlili keltirilgan. Xitoy xalqining milliy lisonoy ongida baxt aniq tizimlashtirilgani misollar orqali ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF HAPPINESS OF THE CHINESE HAN NATION IN THE LINGUISTIC LANDSCAPE OF THE WORLD

This article presents the Chinese attitude to happiness in the linguistic landscape of the world, the approach to happiness and its several manifestations. At the same time, an analysis of concepts such as 五行wǔxíng, 五伦wǔlún, 五纬wǔwèi, which have existed in the Chinese language since ancient times, is presented. It is shown through examples that happiness is clearly systematized in the national linguistic consciousness of the Chinese people.

Текст научной работы на тему «OLAMNING LISONIY MANZARASIDA XITOY 汉XAN MILLATINING BAXT KONSEPTI»

о

OLAMNING LISONIY MANZARASIDA XITOY U XAN MILLATINING BAXT KONSEPTI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14161643

Valieva Noiba Abbasxonovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o'qituvchisi, PhD naying1564@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada xitoyliklarning olamning lisoniy manzarasida baxtga bo 'lgan munosabati, baxtga bo 'lgan yondashuv va uning bir necha ko 'rinishlari keltiriladi. Shu bilan birga qadimdan xitoy tilida mavjud bo'lgan Eff wüxing, EÎÊwulûn, E 0$wûwèi kabi tushunchalar tahlili keltirilgan. Xitoy xalqining milliy lisonoy ongida baxt aniq tizimlashtirilgani misollar orqali ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar. Olamning lisoniy tasviri, ЕШ "wüfü", Eff "wüxing", EÎÊ "wülün ", E^ "wûwèi " tushunchalari.

В данной статье представлено отношение китайцев к понятию счастью в языковым сознании мира, подход к счастью и некоторые его проявления. В то же время представлен анализ таких понятий, как Ё^Тмйх^, E{£wйlйn, Е^Ф wйwëi, которые существуют в китайском языке с древнейших времен. На примерах показано, что счастье четко систематизировано в национально-языковом сознании китайского народа.

Ключевые слова: языковая сознания мира, понятия ЕШ "wüfü", EÎT "wüxing", EÎÊ "wülün", "wûwèi".

Har bir millatni milliy mental ongidagi o'zgarishlarni, olamning lisoniy tasvirini o'rganishda paremiyalar katta o'rin egallaydi. Xitoyliklar lisoniy ongida baxtga bo'lgan munosabatni ЕШ "wüfü" tushunchasida kuzatish mumkin. Xitoy tilida "baxt"ni anglatuvchi Ш fü iyeroglifi bo'lib, baxtni va omadni ifodalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Mazkur maqola doirasida (An S.A., Vorsina O.A., Peschanskaya E.V., Li Tzyanhua, I.B.Smirnov) qadimgi va zamonaviy o'zgarishga yuz tutgan xitoyliklarning baxtga munosabati yoritilgan. Maqolada semantik, tavsifiy tahlil usullariga murojaat etildi.

АННОТАЦИЯ.

KIRISH.

ASOSIY QISM. Konfutsiylikning asosiy qonunlaridan biri "Marosimlar kitobi"da (miloddan avvalgi IV-I-asrlar), shunday deyiladi: " I fu- bu omad" Undan tashqari I fu iyeroglifini yashirin ma'nosi bo'lib, u tijoratdagi farovonlik, hayotdagi barcha hodisalarning to'g'ri yo'nalishda rivojlanishini ifodalaydi. Oshanin I.M. tahrirligi ostidagi "Большой китайско-русский словарь" da I fu iyeroglifi farovonlik, duo va qurbonlikka keltirilgan taom (II bobda batafsil) kabi ma'nolarni anglatishini ko'rish mumkin. Xitoyda katta bayramlar yaqinlashganda, ayniqsa, Xitoy yangi yili arafasida, xitoyliklarni qizil rangli qog'ozga siyoh bilan yozilgan suratlar yoki mazkur iyeroglif bilan turli tabriknomalarni devorlarda, eshiklarda ilib qo'yganini ko'rish mumkin. I fu iyeroglifi hatto kiyim-kechak, sovg'alar, o'yinchoqlar va zargarlik buyumlariga tushiriladi. Bularning barchasi xitoyliklar I fU iyeroglifi o'ziga omadni va baxtni chaqirishiga ishonishlaridan dalolat beradi. Qadimdan xitoyliklar I fu iyeroglifiga o'zgacha munosabatda bo'lishgan, baxt va barcha turdagi farovonlik tushunchalarini o'z ichiga olgan bu iyeroglif xitoyliklarning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog'liqdir va xitoyliklar dunyoning sodda tasvirini, olamning lisoniy manzarasini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. "Qadimgi Xitoyda u Ih^ ("fuqi" - baxtli bo'lmoq), ("fu yùn" - baxtli taqdir) ma'nosini anglatgan. Hozirda esa ya'ni zamonaviy xitoy tilida yoshlar ko'pincha I fu. iyeroglifini tor ma'noda ^Ih ("xîngfu" - baxt) ko'rinishida ishlatadi. I fu iyeroglifi xitoyliklar tomonidan maksimal darajada foydalanilgan va to'xtovsiz rivojlangan, shu sababdan ham Xitoy madaniyatida I fu iyeroglifi fenomenining butunlay barqaror yaxlit tizimi shakllangan "1.

I fu - baxt iyeroglifi bo'lib, qadimgi xitoy etimologik lug'ati "ёЩШЙ^" da yozilgan so'zlarga muvofiq mazkur iyeroglifning chap qismida odamlarning Xudolar va ajdodlari bilan bog'liqligi ramzi bo'lgan mehrob saqlanib qolgan bo'lib, o'ngda idish o'rniga bir, og'iz va dalalr tasvir etilgan. Bunda bir tom, ya'ni, og'iz-bu uyda yashovchi inson, ishlov berilgan dala-oziq-ovqatni bildirishini taxmin qilish mumkin. Buni quyidagicha ham sharhlash mumkin, ya'ni og'iz-inson, dala-oziq-ovqatni bildirib, bir insonga bir dalani anglatadi. Oziq-ovqat bu- xuddi ming yil avval ham, hozirda ham inson uchun zarur bo'lgan eng asosiy narsadir. Demak, baxt deganda qadimgi xitoyliklar Osmon va Xudolarning homiyligini tushunganlar. Bu iyeroglifda

1 Valiyeva N.A., Xitoy tilida "baxt" konseptining frazelogik birliklarda ifodalanishi, filol.fan.nomz.(PhD). ...diss. - Т., 2023. B- 55 .

aynan Osmon o'rnatgan axloqiy prinsiplarga rioya etib, ham Xudolarni, ham ajdodlarni e'zozlab yashagan odam, hayot uchun lozim bo'lgan - uy-joy va oziq-ovqatlarning barchasini oladi .

jiäguwen (miloddan avvalgi XIV-XI asrlarga tegishli ya'ni Shang davrining ikkinchi yarmi)ya'ni toshbaqa qobig'i va suyaklardagi folbinlik yozuvlarida I fu iyeroglifiga quyidagicha ta'rif keltirilgan: mazkur iyeroglif ikki qismdan iborat bo'lib, chap tomonda ж qurbongohni, o'ng tomonda esa sharob tutib turgan ikki qo'l ya'ni insonlar qurbongohga sharob quyib, xudolarga iltijo qilayotganini ifodalagan. Shunday qilib, ular osmondan, xudolardan baxtni so'raganlar.

Shu kunga qadar evolyutsion shaklda rivojlanib kelayotgan I fu iyeroglifi zamonaviy Xitoyda bir necha alohida bo'laklardan iborat: ^ yi , — yi, Р kou, Ш tian. ^ yi iyeroglifi omad va martabani ifodalab, I fu iyeroglifiga quyidagicha talqin berilgan: - РШ, yiköu tian, yi lu quan ya'ni o'z dalasiga ega, omadli

bo'lib, baland martabalarga erishish.

Oshanin tahrirligi ostida nashr qilingan (Ошанин И. М. (ред.) Большой китайско-русский словарь. 1983-1984) lug'atda I fu iyeroglifiga quyidagi tarjimalar berilgan:

1н(2815)Ш - baxt I ot. 1)baxt, farovonlik; baxtli; baxtdan bahramand bo'lish; ~ Ш baxtli taqdir; 2) duo, marhamat (ne'mat), osmondan yuvorilgan marhamat, baxt tilamoq; ft- (muloyim.) Sizning duolaringiz ila; 3) muloyim. (tanaga nisbatan) to'liqlik, do'mboq: u semiribdi; 4) qadimiy. qo'llarni bukib

ta'zim qilmoq (ayol kishining ta'zimi); 5) qadimiy. qurbonlik qoldiqlari, qurbonlikka keltirilgan taom; ~ Щ qurbonlik sharobi qoldig'i, qurbonlik go'shti qoldiqlari.

II fe'l 1) baxt tortiq qilmoq, bag'ishlamoq, duo qilmoq; so'zma-so'z yaxshilarga baxt ato etish, yomonlarga ofat (qilmish- qidirmish); qadimiy. ta'zim qilmoq (ikki qo'lini bukkan holdagi ayol kishining ta'zimi nazarda tutilmoqda) ~ T — ~ [ayol] u ikki qo'li bukib ta'zim qildi.

III atoqli. 1) geografik qis. a) Fuzyan; ~ ^^ Fuzyan bojxonasi (Sanduaoda); ~ Ш fuzyan mandarini (meva navi); b) Fujou shahri; 2) Fu (familiya) .

I fu (^Ih) baxt; yaxshilik; ezgu amal(^^) omad. shen zai

~zhöng buzhi ~ siz farovonlikda yashaysiz, lekin uni qadrlamaysiz (tushunmaysiz); nima bo'lsa ham doim norozi bo'lmoq .

Demak, 5000 yillik xitoy ma'daniyatida I fu iyeroglifining o'rni katta va beqiyosdir. Xitoy an'anaviy madaniyatida Ш, M ( baxt, martaba, uzoq

umr, quvonch, boylik) tushunchalari orasida birinchi navbatda I fû iyeroglifi egallaydi. Keyingi to'rtta iyeroglifdan farqli, nomoddiy va o'ziga xos ma'noga ega, biroq frazeologik birliklarni tahlil qilish jarayonida I fû iyeroglifi va qolgan to'rtta iyeroglif bir-biri bilan bog'liqligi va birini ikkinchisi taqozo qilishini ko'rdik. Albatta, xitoy xalqi mental ongida baxt deganda darhol I fû iyeroglifi tasavvur qilinsada, biroq frazeologik birliklarda "baxt" konseptini ifodalash uchun yana ^ uzoq umr, Ш martaba(mansab), ^ quvonch(tantana, marosim), M boylik kabi komponentlar mavjud. Demak xitoy tilida baxtni I fu iyeroglifi ifodalasada, biroq "to'liq baxt"ni, aynan SI "wufu" ifodalaydi.

Xitoyliklarning baxtga bo'lgan munosabati bir necha ming yillik xalqning kummulyativ tajribalaridan kelib chiqqan. Baxt tushunchasi xitoyliklar milliy mental ongida SI "wufu" bilan bog'liq bo'lib, milliy bayramlarida ham SUfëH "wufu linmén" kabi qizil qog'ozdagi yozuvlarni uchratish mumkin. Xitoyliklarning barchasi SI "wufu" ya'ni to'liq baxt o'z ichiga beshta iyeroglifni olish va u barchaga baxt olib kelishiga ishonadilar.

Xitoy tilida tabiat unsurlari bilan bog'liq bo'lgani hamda besh tarafni ifodalagani sabab besh soniga bo'lgan munosabat o'zgacha ekanini kuzatish mumkin. Xitoyliklarni dunyoga bo'lgan munosabatida falsafiy jihatdan butun borliqni, koinotni In va Yan kuchlari tashkil qiladi va ularni o'zaro uyg'unligi orqali uyg'unlik vujudga kelishi haqida qarashlari mavjud. Aynan In va Yan suratidan besh iyeroglifi shakli kelib chiqadi 2. Demak, dunyo yaralishi va uni ushlab turuvchi kuch, tabiatdagi o'zaro uyg'unlikni ifodalagni sabab ham besh iyeroglifi xitoyliklar milliy ongida boshqa sonlardan yuqoriroq o'rin egallaydi. Undan tashqari quyidagi qarashlarni ham ko'rish mumkin: "beshta asosiy rang (ko'k, qizil, sariq, oq, qora), qadimgi Xitoy musiqasida

ham besh ton mavjud. Bu raqamning ijodiy boshlanishiga ishonib, dunyoni harakatga, rivojlanishga va o'zgarishlarga olib borishiga ishonib, xitoyliklar uni tibbiyot bilan bog'laydilar - beshta ichki organlar va beshta his qilish organi, astrologiya bilan - beshta asosiy sayyoralar ( SM3wuxing: Yupiter, Mars, Saturn, Venera, Merkuriy. Quyosh va oy bu ro'yxatga kiritilmagan, sababi ular in va yan tamoyillarining aniq timsoli hisoblangan).4" Shu bilan birga aynan besh soni bilan bog'liq ya'ni beshta komponentni o'z ichiga olgan bir necha atamalarni kuzatish

2 Ан С.А.,Ворсина О. А., Песчанская Е. В. Многозначность понятия «счастье» в китайской философии культуры. Вестник Челябинской государственной академии культуры и искусств. 2012/4 (32)

3 https://bkrs.info.

4 Ли Цианьхуа. Концепт «счастье» в китайских пословицах и поговорках /Ли Цианьхуа, И. Б. Смирнов // Вестник Ленинградского государственного университета имени А.С. Пушкина. Серия Филология / гл. ред. В. Н. Скворцов. - СПб.: ЛГУ имени А.С. Пушкина, 2013. - № 3. - С. 175-185.

mumkin. Masalan: wuxing, wulûn, wuwèi, undan tashqari bevosita baxt haqidagi qarashlar bilan bog'liq ^^ wûwéi, H^ sânduô kabilardir. wuxing, wulûn, wuwèi ularning barchasi bevosita baxtni ifodalamasada, biroq qisman bog'liqlik mavjud. Buni quyidagi izohlarda ham kuzatish mumkin.

wuxing besh unsurni ifodalab o'z ichiga tuproq, yog'och, metall, olov, suvni oladi. Mazkur atama dunyo yaralishidagi asosiy model sifatidagi qarashlar ham mavjud. wuxing energiya, harakat o'lchovi ya'ni beshta energiyadir.

wuxing - bu bizga yozma til va bilim bo'lmagan qadim zamonlardan kelgan tizim, avloddan-avlodga ramzlar ko'rinishida yetib kelgan5.

H^6wulûn konfutsiychilikda insonlararo munosabatlarning asosiy me'yorlarini ifodalaydi. Bunday munosabatlar bir necha qatlamlarga bo'linadi ya'ni hukmdor va saroy a'zolari, ota va o'g'il, katta va kichik (aka-uka), er va xotin, do'stlar o'rtasidagi munosabatlardir. Mazkur beshlik ham qisman baxt konseptini o'z ichiga olib, aynan Ifflêfê^ huo you è zuo, fû zi déshëng yomonlik manbai musibatlar, insondagi yaxshi xislatlar baxt manbaidir ya'ni go'zal ahloq baxtli hayotga yo'l ochadi kabi qarashlardan ham anglasa bo'ladi. H^ sânduô (asosan duo yoki tabrik so'zlarda) ko'pchilikda orzu qilgan uchta narsa:

- baxt, uzoq umr va o'g'illar;

- yozuvchiga ko'p o'qish, yozish va boshqalar bilan muhokama qilish zarur;

- olim uchun ko'p o'qish, fikr yuritish va tushuntirish

Yuqoridagi barcha tilaklarni aynan mazkur iyerogliflar o'zda mujassamlaydi. Bu yerda ham birinchi qismda uchta asosiy istaklardir, o'g'illar bu yerda o'zidan nasl qoldirish, yozuvchi uchun uchta asosiy manba, ilm ahli uchun esa muhim talablardan fikr yuritish va tushuntirish kabi tushunchalarni kuzatish mumkin. Garchi besh iyeroglifi bilan bog'liq bo'lmasada, biroq mazkur tushuncha ham baxt bilan bog'liq. Aynan i^H "wufû" ning ikki Ih fû baxt va ^ shou uzoq umr komponentini o'z ichiga oladi.

^^ wuwéi (Daoizmning harakatsizlik ta'limoti: "noharakat"; so'zma-so'z, "hech qanday harakat") ya'ni bu yerda harakat deganda, "koinotning tabiiy yo'nalishiga to'g'ri kelmaydigan hech qanday harakat qilmaslik7" tushuniladi. Xitoy falsafasida, ayniqsa miloddan avvalgi IV va III asrlardagi ilk daoizm faylasuflari (^ ^ daojia) amaliyoti. Urushayotgan davlatlar davridagi xitoy mutafakkirlari

5 Dana K.A. Influence of Usin philosophy on the etymology and semantics of the Chinese language (on the example of certain groups of words) // Russia-China: history and culture. Kazan: 2020. -p. 35

6 https://baike.baidu.com/item.

7 https://www.britannica.com/topic/wuwei-Chinese-philosophy

(miloddan avvalgi 475-221) doimiy ravishda vujudga keladigan dinamik olamni tasavvur qilganlar. Daochilarning fikriga ko'ra, butun kosmos yo'lining (Ш dao) tinimsiz tebranishlari orqali o'z-o'zidan (^^ ziran) ochiladi. Koinotdagi barcha narsalar, shu jumladan, barcha odamlar ham, bu kosmik yo'lga mos keladi, agar to'siqsiz bo'lsa, baxtli bo'lib, gullab-yashnaydi. Biroq, insonlar - mantiqiy fikrlash, til, madaniyat va hukumat orqali - ko'pincha bu tabiiy yo'nalishga aralashib, sun'iylik uchun o'z-o'zidan voz kechadi. Bunday qarashni paremiyalaria ham kuzatish mumkin:Ш — "T ^ zaisheng yiri, shengsi qiannian bir kunlik hayot yaxshi, ming yillik o'limdan ya'ni insonga taqdim etilgan hayotdan qoniqish va rohatlanishni ifodalamoqda. Yana bir misol keltirib o'tsak, zhTzu changle

inson hayotidan qanoatlansa baxtli bo'ladi.

Yuqoridagi barcha keltirilgan tushunchalar baxt bilan bevosita va bilvosita bog'liqdir.

XULOSA

Yuqoridagi ma'lumotlardan xitoyliklar azaldan, baxtni ifodalash va uni anglash kabi savollarga javob berishga uringani anglash mumkin. Xitoy milliy lisoniy ongida "baxt" tushunchasi aniq shakllangan. Xitoyliklar milliy madaniyatida besh soni ilohiy ekaniga ham ishora qilinganini kuzatish mumkin. Ya'ni ££ w^un, wuxing, £ Ш wuwei tushunchalari bunga misol bo'la oladi. Xitoyliklar olamning lisoniy manzarasida "baxt"ga yodashuvining 4xil ko'rinishi mavjud. Ularning barchasi asrlar davomidan jamiyat qonun-qoidalari, talablari, turmush-tarzi ta'sirida shakllangan. Mazkur tushunchalar 2000 ming yillik tarixga ega. Aynan "wufu" tushunchasi orqali Xitoy xalqining milliy mental ongidagi o'zgarishni kuzatish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. - 2003., - С.245.

2. Ан С.А.,Ворсина О. А., Песчанская Е. В. Многозначность понятия «счастье» в китайской философии культуры. Вестник Челябинской государственной академии культуры и искусств. 2012/4

3. Dana K.A. Influence of Usin philosophy on the etymology and semantics of the Chinese language (on the example of certain groups of words) // Russia-China: history and culture. Kazan: 2020. -p. 35

4. Ли Цианьхуа. Концепт «счастье» в китайских пословицах и поговорках /Ли Цианьхуа, И. Б. Смирнов // Вестник Ленинградского государственного университета имени А.С. Пушкина. Серия Филология / гл. ред. В. Н. Скворцов. - СПб.: ЛГУ имени А.С. Пушкина, 2013. - № 3. - С. 175-185.

5. Nasirova, S. A. (2020). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese languane. - Opcion: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, 260-273.

6. Китайско-русский словарь /Сост. Фу Чонг. - Шанхай, 2004. - 1249 с.

7. Ошанин И. М. (ред.) Большой китайско-русский словарь.Т. 1-4. M.: Hayka, 1983-1984. - С.1062.

8. https://baike.baidu.com/item

9. https://www.britannica.com/topic/wuwei-Chinese-philosophy

10. https://bkrs.info.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.