Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1307
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yosh oilalar sohiblari / oila instituti / nikoh munosabatlari / barkamol oila / ziddiyatlar / ajralishlar / baxtiyor hayot kechirish / tadqiqotlari natijalari / Young families / family institution / marital relations / harmonious family / conflicts / divorces / happy life / research results

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Naima Axmadovna Murodova

Oila mustahkamligi va oila nikoh munosabatlari masalasi barcha zamonlarda dolzarb ahamiyatga ega. Oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiypsixologik xususiyatlari haqida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The issue of family stability and family marriage relations is relevant at all times. There was a talk about the socio-psychological features of the formation of conflicts in family relationships.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

OILAVIY MUNOSABATLARDA NIZOLAR SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Naima Axmadovna Murodova

Jizzax davlat pedagogika instituti magistr talabasi

ANNOTATSIYA

Oila mustahkamligi va oila nikoh munosabatlari masalasi barcha zamonlarda dolzarb ahamiyatga ega. Oilaviy munosabatlarda nizolar shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: Yosh oilalar sohiblari, oila instituti, nikoh munosabatlari, barkamol oila, ziddiyatlar, ajralishlar, baxtiyor hayot kechirish, tadqiqotlari natijalari.

The issue of family stability and family marriage relations is relevant at all times. There was a talk about the socio-psychological features of the formation of conflicts in family relationships.

Keywords: Young families, family institution, marital relations, harmonious family, conflicts, divorces, happy life, research results.

Tarixiy manbalarning dalillashicha, qadim-qadimdan oilaga muqaddas maskan, inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va barqarorligini ta'minlaydigan ijtimoiy institut sifatida qaralgan. Shu bois, oila va nikoh masalalariga, oilaviy turmush tartib-qoidalariga, er-xotinning vazifa va burchlariga alohida e'tibor berilgan. Oila turmushi bilan bog'liq muammolar uning farovonligi, farzandlar kamoloti, er-xotinning ezgu-istaklari va manfaatlariga mos hal etilgan. o'zbek xalqining oilaviy turmush xos tarixiy taraqqiyot davomida orttirgan tajribasi uning muammolarini hal qilish va turmush tarzini maqsadga muvofiq tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda Respublikamizda oila va nikoh masalalari davlat ahamiyati darajasiga ko'tarilgan. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 2-fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonining chiqarilishi fikrimizning yana bir

ABSTRACT

KIRISH

isbotidir. Oila mustahkamligi va oila nikoh munosabatlari

February, 2022

masalasi barcha zamonlarda dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Yosh oilalar sohiblari o'z munosabatlarini qanday yo'lga qo'yishlari kerakligini tushunishlari uchun ma'lum bir vaqt va kerakli psixologik shart-sharoit zarurdir. Er-xotin nafaqat bir-birini sevishi kerak, balki oilaviy munosabatlarni qurish asosida barkamol oilani barpo etishlari talab etiladi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Oilaviy hayot psixologiyasi, oila-nikoh munosabatlari, oiladagi o'zaro munosabatlar, undagi ziddiyatlar, ajralishlar va uning oqibatlari keyingi yillarda psixologiya fanining keng tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Bu sohada psixolog olimlardan G'.B.Shoumarov, M.G.Davletshin ,E.G'oziyev. V.M.Karimova, N.A.Sog'inov, X.Karimov, F.R.Ro'ziqulov va boshqalar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. Respublikamizning yetakchi psixolog olimlaridan G'.B.Shoumarov o'z tadqiqotlari natijalariga tayanib, oilaning mustahkam bo'lishi, er-xotinning baxtiyor hayot kechirishlari va tinch-totuv yashashlarida ularning o'zaro qovushishi muhim rol o'ynaydi deb ko'rsatib beradi. U o'zaro qovushuvlarni shartli ravishda 3 tarkibiy qismga bo'linishni e'tirof etadi (1-rasm).

biologik

psixologik

sotsial qovushuv

1-rasm. O'zaro qovushuvlarni tarkibiy qismlari.

E.G'oziyevning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borgan tadqiqotlarida ta'kidlanishicha, oilaviy munosabatlar turli negiz: iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy-irodaviy, ahloqiy-aqliy, qarindosh-urug'chilik, yaqinlik va do'stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta'minlanadi.

NATIJALAR

Oilaviy munosabatlarnig eng xarakterli jihati bu oilaviy nizolardir.Oilaviy nizolar va uning kuchayishi "mevasi" bo'lgan ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham,O'zbekistonda ham oilaviy nizolar hamda ajralish muammosini o'rganishga keng

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

716

ilmiy jamoatchilik e'tibori jalb qilinib kelinmoqda. Bu kabi muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxasssislari o'rganib kelmoqdalar. Oilaviy nizolar haqida so'z borar ekan, tabiiy bir savol tug'iladi. Inson esini taniganidan ota-onaga,atrofdagilarga,tabiatga mehr qo'yib,ulg'ayganda sevib-sevilib,ezgu niyatlar bilan oila quradi-yu, nega oila qurgandan keyin o'zaro munosabatlarda nizo-janjallar ro'y berishi tabiiydir. Oila muhitidagi o'zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy rollarga oid tasavvurlar va ularning differensiatsiyasi o'zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo'lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma'naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an'analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog'liqligi asoslab berilgan. Oilaviy nizolarning shakllanishi va ularning buzilib ketishida er-xotin fe'l- atvorining mos kelmasligi, farzandsizlik, sevgi va mehr-muhabbatning yetarli

emasligi, uning byudjetini oqilona boshqara olmaslik asosiy omillar bo'lib, ro'zg'or ishlarining saranjom-sarishta va orasta emasligi, iqtisodiy ta'minotdagi kamchiliklar, rashk va ishonchsizlik, ota-onalarning er-xotin munosabatlariga aralashuvi, dunyoqarash va maslaklarning nomuvofiqligi, jinsiy nomoslik kabi omillar ham oilaviy munosabatlarda ziddiyatlarni kelib chiqarishda muhim o'rin tutadi.

MUHOKAMA

Ko'pchilik muvaffaqiyatli oilada tarbiya topgan yoshlar,o'zlarining bo'lajak oilaviy hayotlari uchun o'z ota-onasi oilasini ideal qilib oladilar. Shunday ideal oila qurishni istagan yoshlarning esa turmushlari kutganlaridek kechmasa, moslashish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolar oldida esankirab, oila qurishda adashganliklaridan noliy boshlaydilar. Shu sababdan ham er-xotin munosabatlarini faqat yaxshi tomondan ko'rsataverish emas, balki, bu munosabatlarda uchraydigan, real hayotda mavjud psixologik holatlarni ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvat tasavvur shakllanadi. Yosh oila yuzaga kelganidan so'ng unda er-xotin munosabatlarining rivojlanishiga xalaqit qiladigan ko'plab ijtimoiy- psixologik, etnik, hududiy, jinsiy omillar ham mavjud bo'ladi. Yoshlarga bu psixologik omillar haqida aniq va asoslangan tushunchalar berish lozim bo'ladi. Bu kabi oilaviy nizolarning oldini olishga asos bo'ladi. Yana bir jihat esa, oilada oila a'zolari o'rtasida bir-birini tushunishning yetishmasligi, hamda ko'pincha

muloqot jarayonida bir-birini tinglashni, anglashni bilmaslikdan

February, 2022

nizolar kelib chiqadi. Alohida ta'kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo'ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o'zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo'lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma'naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to'g'risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, oilaviy turmush masalalari, oila-nikoh muammolari, undagi o'zaro munosabatlar bo'yicha tadqiqot ishlari qanchalik keng miqyosda olib borilmasin, hali ham ularning yetarli darajadagi yechimi masalasi mavjud emas. Oilaviy munosabatlar va uning muhim jihatlari, uning asoschilari bo'lmish er-xotin va unda voyaga yetayotgan farzandlar kamoloti, oiladagi shaxslararo munosabatlar va unda yuzaga keladigan nizolar shakllanish jarayonini ijtimoiy psixologik xususiyatlarini tashkil etadi. Hozirgi sharoitda oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishda oilaviy psixoterapiya vositalari va usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lib, ular oilaning me'yorli faoliyat ko'rsatishiga, undagi ziddiyatlarning turlari va ularning shakllanish sabablarini o'rganishga, profilaktikasini tashkil etishga hamda shaxslararo munosabatlar muvofiqligini ta'minlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. G'.B.SHoumarov, I.O.Haydarov "Oila psixologiyasi" o'quv qo'l. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun. 2008 y. "SHarq" nashriyoti.

2. E.G'oziyev, M. Xolmuhammedov, X. Ibrohimov. Psixologiya metodologiyasi.- T.: "Sharq",2002.-123 b

3.T..Sodiqova "Kuyov bo'lish ilmi". T.:-2005.

5. T. Malik "Kelinlar daftariga"T.:"Davr-press,2009

6. Tursun Oy"Nozik savol".T.:"Yangi nashr"-2007

XULOSA

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.