Научная статья на тему 'OILA PSIXOLOGIYASIDA ERTA AJRIMLARNING OLDINI OLISH YO‘LLARI'

OILA PSIXOLOGIYASIDA ERTA AJRIMLARNING OLDINI OLISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1030
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila psixologiyasi / nikoh / bola psixikasi / oila ko‗deksi / ―orqaga qaytish‖ / ajrim.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Oybek Alisher O‘g‘li Abdullayev

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo‗g‗ini sanalgan oilaning yuz beradigan nizolar, munosabatlardagi tanazzul hamda erta ajrimlarning sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulahazalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA PSIXOLOGIYASIDA ERTA AJRIMLARNING OLDINI OLISH YO‘LLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1517-1520

OILA PSIXOLOGIYASIDA ERTA AJRIMLARNING OLDINI OLISH

YO'LLARI

Oybek Alisher o'g'li Abdullayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jamiyatning asosiy bo'g'ini sanalgan oilaning yuz beradigan nizolar, munosabatlardagi tanazzul hamda erta ajrimlarning sabablari va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulahazalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Oila psixologiyasi, nikoh, bola psixikasi, oila ko'deksi, "orqaga qaytish", ajrim.

KIRISH

Asrlar davomida oilalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ularni har tomonlama jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida barqarorligini ta'minlash jamiyatimizning ustuvor yo'nalishlaridan biri sanalgan. Binobarin, xalq muayyan oilalardan tashkil topar ekan, uning barqarorligi, oilalarning tinch-totuvligi mamlakatning rivoji va istiqbolini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Globalizatsiya, fan-texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda qonuniy nikoh asosidagi oilani saqlab qolish hammamizning hattoki har birimizning vazifamizdir. Ha, bu oilalarda bo'ladigani kabi meniki yoki seniki singari sansalor bo'ladigan shunchaki maishiy masala emas, bu tom ma'nodagi jamiyat va davlatning ertasi uchun, avlodlar davomiyligi uchun favqulodda muhim hodisadir. [1] Oila faqat adabiy jarayonda - adiblarning yoziqlarida, musavvirning polotnosida, kinoaktyorlarning ekran va sahnadagi rollarida emas, balki amalda muqaddas va daxlsiz bo'lishi shart. Ha, O'zbekistonimiz uchun oila muqaddas bo'lib qolaveradi. Boshqacha bo'lishi mumkin ham emas. Ammo shunga qaramasdam oilaviy ajrimlar soni ko'payib bormoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirda O'zbekistonda oilalar barqarorligini ta'minlash, er-xotin o'rtasidagi ajrashishlar sonini kamaytirish, oilani saqlab qolish imkonini beradigan ko'plab tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-siyosiy choralar belgilangan va bu boradagi huquqiy asoslar yaratilgan. Taassuflar bo'lsinki, shunga qaramasdan, er-xotin o'rtasidagi

1517

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1517-1520

ajrashishlar soni ularning o'sib borish dinamikasini ko'rsatadi. Bu holat, ayniqsa, yirik shaharlarda yuqori ekani hech birimizga sir emas.

Bugungi kunda oilalarni moddiy-ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash, yosh oilalarga ko'maklashish davlat va nodavlat yo'li bilan amalga oshirilmoqda. Ayrim davlat organlari oilalarni moddiy qo'llab-quvvatlash, ularga davlat tomonidan moddiy yordam berishni ta'minlash bilan shug'ullanmoqda. Oilalarni qo'llab-quvvatlashda, oilaviy nizolarni hal etishga ko'maklashishda fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari - mahallalarning roli kattadir. Ammo bugungi jamiyatimizda u ajrimlar soniga jiddiy to'siq bo'la olmay qoldi. Ko'pincha oilalar, er-xotinlar yoki oilaning boshqa a'zolari o'z muammolarini yashirish, ularni oshkor qilmaslikka harakat qilishadi yoxud davlat organlariga, mahhalla kommitetiga nisbatan ishonch yo'qligi sababli ularga murojaat qilishdan tiyilishadi. Buning natijasida kichik muammolarning kattalashib ketishiga, va oqibatda, oilaviy ziddiyatlar va nizolarning vujudga kelishiga hamda yakunda - er-xotin ajrashishiga sabab bo'ladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tahlillar ushbu muammolarning yechimini topish, ularni bartaraf etish borasida bir qancha yechimlar mavjud.

Er-xotin o'rtasidagi ajrashishlarga asosan turli kelishmovchiliklar, er-xotinning bir-birini tushunmasligi yoki boshqa ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy omillar sabab bo'ladi. Tan tolish kerak, oilani saqlab qolish imkoni bo'lgan hollarda ham qonunchilikning mukammal emasligi, tamonlarning murosasizligi kabi nosamarali uslublar ham er-xotinning ajrashishlariga sabab bo'ladi.

Bugungi kunda oilaviy majburiyatlarni bajarish muammosi oilaviy munosabatlardagi eng asosiy masalalardan biri sanaladi. Er-xotinning oilaviy majburiyatlarni bajarmasligi oqibatida ajrashishlar soni ortib bormoqda. Bunda amaldagi OKda oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik uchun maxsus javobgarlik choralarining belgilanmaganligi ham sabab bo'lmoqda deyishimiz mumkin. Shu bois OKda oilaviy majburiyatlarni bajarmaganlik huquqiy javobgarlikni vujudga keltirishi haqidagi norma kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Shundan kelib chiqib, ehtimol bu borada ma'muriy javobgarlik choralarini qo'llashga doir huquqiy normalarni ham shakllantirish lozim, degan fikrdamiz ham.

Oilaviy nizolarga yana bir sabab sifatida biz yosh oilalar barqarorligini saqlashda uchinchi shaxslarning salbiy ma'nodagi aralashishlari deb hisoblashimiz mumkin. Garchi Oila kodeksida "oilaviy munosabatlarga aralashishga yo'l

1518

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1517-1520

qo'yilmasligi" nazarda tutilgan bo'lsa-da (3-modda), hozirda yosh oilalarga qaynonalar va boshqa qarindoshlarning o'zboshimchalik bilan aralashuvi oqibatida ajrashishlar soni ortib bormoqda. Ushbu masalalarning yechimi sifatida OKga oila to'g'risidagi qonun hujjatlari va ularning qo'llanilishi oilani va uning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlashni, oila a'zolarining oilani saqlash va bolalar tarbiyasi uchun o'zaro javobgarligini, voyaga yetmagan bolalarni turli salbiy ta'sirlardan himoya qilishni ta'minlashga qaratilishiga oid aniq normani nazarda tutish zarur. Ko'p hollarda ajrashishlarga shaxsning oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini suiiste'mol qilishlari ham sabab bo'ladi. Er-xotinning bir-biriga nisbatan oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarni suiiste'mol qilinishiga yo'l qo'yilmasligiga oid qoida esa amaldagi kodeksda o'z ifodasini topmaganligiga ham guvoh bo'ldik. Bunda er-xotinning, shu jumladan boshqa oila a'zolarining oila munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlarida qonun hujjatlariga rioya etishlari, birgalikda turmush qurish qoidalarini, axloq-odob tamoyillarini hurmat qilishlari, vijdonan va halol harakat qilishlariga oid normani Oila kodeksiga kiritish maqsadga muvofiq.

Yana bir holat olimlar fikricha, "orqaga ketish" deb nomlanadi. Bu shunday holatki, unga ko'ra, er va xotinni yaxshi, iliq munosabatlar bog'lab turgan, lekin aynan muhabbat birdan sovib, er-xotin bir-birini ko'rsa g'ashi keladigan, gaplari yoqmaydigan, nizokash bo'lib qoladi. Bunday voqealar hayotda tez-tez uchraydi. Sababi - birdan yongan olov, ya'ni, muhabbat, ma'lum vaqt o'tgach o'chishi, so'nib qolishi mumkin. Shu kabi holatlar va undan boshqa sabablar tufayli oila ajrimlarining sodir bo'lishi barcha zamonlar va davrlarda ham kuzatilgan. Faqat nikohning barbod bo'lishi shakllari va sabablarida har bir davrda o'ziga xos asoslar bo'lgan deyish mumkin. Masalan, Sharq mamlakatlarida qadimdan nikohning barbod bo'lishi eng kam uchraydi, deb hisoblab kelingan. Chunki oila institutining poydevori mustahkam bo'lishiga ajdodlarimiz qayg'urganlar.

Yetti pushtini surishtirish, sovchilik instituti orqali bir-biriga mos keladigan yoshlarning taqdirini bog'lash, hattoki, uzoq qarindoshlar o'rtasidagi nikohlar, ya'ni, oldindan bir-birlarini bilgan odamlaming o'zaro kelishuvi, mehr va muhabbat rishtalari orqali oila qurish o'zbekchilikka xos odatlar sifatida qadrlangan va ta'kidlab o'tilgan nikoh motivlarining barchasida oqilona fikr yuritish, yoshlar va ular ota-onalarining "yetti o'lchab bir kesishi" oilaning mustahkam bo'lishi uchun zamin hisoblangan. [2]

1519

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-1517-1520

Eski manbalarda nikoh ajrimiga sabab bo'lgan omillar sifatida avvalo, er yoki xotinda to'ydan keyin aniqlangan nasliy xastaliklar, ko'p holatlarda erkak kishining, ayrim holatlarda ayolning boshqa inson bilan "til" topishib ketishi, boobro' va mansabdor shaxsning kelinchakni yoqtirib qolishi va zo'rlik bilan eski oilani buzishga majbur qilishlar, farzandsizlik, ayolning bepushtligi sabab erkakning xotinni taloq qilishi, iqtisodiy nochor yosh oilaning o'z ro'zg'orini yurita olmaganligidan ayolning boshqa odamga turmushga chiqishga majbur bo'lib qolishi kabi sabablar qayd etilgan.

Muhimi shundaki, nikohning barbod bo'lishidagi tashabbus asosan erkak kishining qo'lida bo'lgan. Agar u xohlasagina nikoh barbod bo'lgan. Agar mabodo ayol tashabbus ko'rsatsa, u qattiq jazolangan, jamoatchilik uni qoralagan, hattoki, tosh bo'ron qilinganligi to'g'risida qadimgi tarixdan, eski kinofilmlardan ma'lum. Qadimgi Xitoyda nikoh ajrimiga olib keladigan sabablarga erning ota-onasi ra'yiga qaramaslik, ularga kelinning gap qaytarishi, betgachoparlik, bepushtlik, mahmadonalik, bedavo xastalik, rashk kabilar kirgan. Lekin, yuqoridagi holatlar bo'lsa-yu, ayol erining ota-onasiga aza tutayotgan bo'lsa yoki u chin yetim bo'lsa, eri uni baribir uydan haydab yubora olmagan.

Muqaddas dinimizda ham oilaning buzilishiga olib keluvchi taloq masalasi aynan erkakka berilgan, aslida buning zamirida ham oilarning buzilishining oldini olish maqsadi ilgari surilgan.

XULOSA

Xulosa qiladigan bo'lsak, turli yo'llar bilan bo'lsa-da, er-xotin o'rtasidagi ajrashishlar sonini kamaytirish, oilalarning bir butunligi va barqarorligini saqlab qolish borasidagi mexanizmlarni kuchaytirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni kuchaytirish nafaqat, zamon talabi, ayni vaqtda siz-u bizning asosiy vazifamizdir.

REFERENCES

1. Akramova F. A., Abdullayeva R. M. S harq mutafakkirlarining oila xususidagi qarashlari.T.: Shams, 2002. — 25 b. 11.

2. Akramova F. A., Abdullayeva R. M. Oilaviy hayotni o'rganishga oid psixologik testlar. T.: Shams, 2002. — 58 b.

1520

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.