OILADAGI SOG'LOM MUXIT SHAXS SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MEZONI SIFATIDA
G. Utamurodova
JDPI o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada oila, maxalla, va maktab kishini shaxs darajasiga yetkazuvchi tarbiya o'chog'i ekanligi hamda oiladagi sog'lom muxitning shaxs shakllaniga ta'sir etuvchi omillari masalalariga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: oila,tarbiya, sog'lom muhit, mahalla, maktab.
АННОТАЦИЯ:
Это статья является одной из наиболее актуальных тем сегодняшнего дня и фокусируется на преимуществах использования интерактивных методов обучения. Распространяется на основе современных педагогических технологий
Ключевые слова: инновационные технологии, интерактивное обучение, проблемное обучение,знания, навыки,мышле ние, восприятие.
ANNOTATION:
The article is one of the most relevant topics of today and focuses on the benefits of using interactive teaching methods. Distributed on the basis of modern pedagogical technologies.
Keywords: innovative technologies, interactive learning, problem-based learning, knowledge, skills, thinking, perception.
Oila, maxalla, va maktab kishini shaxs darajasiga yetkazuvchi tarbiya o'chog'idir. XX asning boshlarida Turkiston zaminida o'tgan milliy uygonish davrining nafaqat adabiyoti, balki ijtimoiy-siyosiy, manaviy-ma'rifiy xayotiga xam kuchli turtki bergan qomusiy ilm egasi, professor Abdurauf Fitratning "Oila" risolasi, mana qariyb yo'z yildirki o'z axamiyatini zaracha yo'qotmay kelayotir, buning sababi, asarda ilgari surilgan g'oya va muloxazalarning insoniy muxabbat, mexru -vafo, oila, nikox, farzand tarbiyasi, millat kelajagi singari boqiy qadriyatlarga bag'ishlangani bilan izoxlanadi. Uning asarida shunday bir xikmat bor: " qayerda oila mustaxkam asosga ega bo'lsa, shu yеrdagi xalq baxtli bo'ladi" [1.44].
Ma'lumki, oilada ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, oilaviy munosabatlarda sog'lom muxitning yo'zaga kelishiga bolalar
May 2024
92
tarbiyasining to'g'ri olib borilishiga, bolalarda ijobiy fazilatlarning va individual -psixologik xususiyatlarning shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "xayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'i ekanligini tan olishimiz darkor. Bola tug'ilgan kunidan boshlab oila muxitida yashaydi. Oilaga xos ananalar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi, eng muximi farzandlar oilaviy xayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, xis etadi" [2.76].
Bugungi jarayon oila va maktabda ijtimoiy tarbiyani qattiy yo'lga qo'yishni taqozo etmoqda. Darxaqiqat, oila asrlar davomida tarbiya maskani bo'lib kelgan. Unda o'zaro xurmat, mexr - oqibat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliy darajadagi qadriyatlar shakllangan, ajdoddan avlodga yetqazilgan. Shu sifatlar ona suti, oila a'zolari mexri va na'munasi bilan inson xulqi, xatti - xarakati mazmuniga singib borgan.
Sharq tarbiyasining moxiyatida ota-onaga mexr-muxabbat, xurmat-izzat yotadi. Ularni ranjitmaslik,ularga nisbatan xushmuomala bo'lish, istak xoxishini vojib etish, xafa qilmaslik sodiq va sadoqatli bo'lish farzandning ota-ona oldidagi farzi xisoblanadi.
Bu borada ayniqsa onalar, ayollar ana shunday ulug' insonlardir. Olimlarni xam voyaga yetkazgan ana shu ayollar, onalardir. Binobarin, Muxammad payg'ambar (s.a.v) ta'kidlab o'tganlaridek, "Ayollarni faqat ulug' odamlar xurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xorlaydi".
Ayniqsa onaga nisbatan ko'rsatadigan lutf diniy nuqtai nazardan xam, dunyoviy nuqtai nazardan xam juda murakkab va mas'uliyatli. Shuning uchun Xadislardan birida Rasullohdan ummatlaridan biri: "Ey Rasulloh men yaxshiligimni kimga qilsam bo'ladi? - deb so'raganda "Onangga", deydilar, shu savolni uch marta takrorlaganlarida xam "Onangga" degan javobni oladi. To'rtinchi marotaba esa "Otangga va yaqin qarindoshlaringga" degan javobni oladi. Xadislar xar bir insonni ona degan ulug zotni nixoyatda e'zozlashga chaqiradi, ularning xaqqiga farzandlar qanchalik savobli ishlar qilsa xam, onaning farzandini duyoga keltirishdagi to'lg'oqlaridan bittasiga barobar emasligini ularning ongiga ta'sirli, tarbiyaviy ifoda yo'li bilan yetkazadi [3.64].
Darxaqiqat, bola shaxsining shakllanishida butun ijtimoiy voqeylik xususan uning o'zi tug'ilib o'sgan oila muxiti xal qiluvchi vazifani bajaradi. Oiladagi turmush madaniyati, mexnat, xarakteri, ota-onaning axloqiy saviyasi, ijtimoiy masalaga, bolaning komil inson bo'lib o'sishiga ta'sir ko'rsatadi.
93
May 2024
Unga ko'ra, oila azolarining va murabiy o'qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish zarur. Shundagini oila, maxalla va maktabda tarbiya olib voyaga yetayotgan avlod ijtimoiy faol o'z mustaqil fikriga va voqea- xodisalarga munosabat bildiruvchi shaxslar bo'lib voyaga yetadi. Azal-azaldan yoshlar tarbiyasi butun jamoatchilik shug'ullanib kelgan. Bunday usul faqat bizda bor, uning umidbaxsh imkoniyatlaridan bugun unumli foydalanmoq zarur.
Ijtimoiy psixologik muxit va uning sog'lom bola tarbiyasiga ta'sirida ota -onaning roli beqiyosdir. Ayniqsa globallashuv davrida oiladagi ijtimoiy psixologik muxit va uning sog'lom bola tarbiyasiga ta'sirida psixologik muxit bugungi kunda dolzarb muammolardan biri bo'lib, oiladagi ilik psixologik iqlimni yaratishda ota-onaning, ayniqsa onaning axamiyati katta ekanligi xammamizga sir emas. Bunda bola yoshi psixologik xususaiyatlari xolatlari oiladagi psixologik iqlim xisobga olinishi lozim. Bolaning yoshi xolatini yaxshiroq tushunish uchun uning o'rniga o'zimizni qo'yib ko'rsakgina uning psixik olamini xolatini, xoxish-istagini anglab etamiz. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, sog'lom muxit yaratish uchun bolalar bilan muomala-munosabatga kirishishda ularning psixologiyasiga etibor qaratish kerak. Ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlarning ijobiy tus olishi uchun ota-ona farzandlari bilan muomala munosabatta kirishayotganlarida pedagogik odobga qat'iy rioya qilish darkor.
Shunday ekan, oila qanchalik inoq, uyushgan va mustaxkam bo'lsa, uning normativ ta'siri xam shunchalik samarali bo'ladi. Bunday oilada o'zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar xurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o'rgatilishi zarur. Oilada bola tarbiyasida xar bir xarakatni kuzatib borish kerak, lekin xadeb tanbex beravermaslik yoki mayda-chuyda ishlarga faqat "norozilik ko'zi" bilan qarash kerak emas. Balki o'sha kamchiliklarni bartaraf etish yo'llarini qidirib topish, bolaga sabr-toqat bilan buni tushuntirish zarur. Xozir zamon shiddat bilan o'zgarib borayotgan, bolalar tarbiyasiga, ruxiyatiga ta'sir etadigan voqea-xodisalar ko'plab ro'y berayotgan bir paytda ota-onalar farzandlari tarbiyasiga nixoyatda extiyot bo'lishlari lozim. Bolaga qattiq gapirib, tanbex berish kerak emas. Ularga yaxshi gapirib, ishonch bildirilsa, ko'proq samara beradi.
Ma'lum bo'lishicha sog'lom bola onalik va sog'lom turmush tarziga psixologik shakllantirishning asosiy o'chog'i - ota - ona oilasi bo'lib, birinchi o'rinda ona, uning ijtimoiy ustanovkasi, ona - bola munosabatlar tizimi, oila turmush tarzining bir butunligi xisoblanadi. Oilada farzandlar tarbiyasi bilan ko'proq onalar shug'ullanadilar. Uning axamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida xam, keyinchalik maktab, litseyda o'qiganda xam tartibli, intizomli,
94
May 2024
aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas'uliyat bilan vijdonan bajdaradigan bo'lib, bolalar jamiyatida xamisha o'zining o'rniga ega bo'la oladi.
Oila insonlarga xos bo'lgan axloqiy qadriyatlar o'zaro xurmat, ishonch, muxabbat, jamkorlik, xamdardlik tuyg'ularining konkret shaklda namoyon bo'lishini ta'minlashda onaning vazifasi muxim. Bola aqlli, odobli, mexnatsevar, xalol, iymonli, insofli bo'lishidan ota-onagina emas, balki birinchi navbatda butun jamiyat manfaatdordir. Chunki, jamiyatning taraqiyotini, insoniyatning yorqin istiqbolini manaviy yetuk, jismoniy sog'lom yoshlargina taminlay oladi. Oilada kamol topgan bola nafakat jismonan, balki muayyan manaviy fazilatlarni egallagan, ijtimoiy va xukukiy burchini anglagan inson sifatida tarbiyalanadi. Insonning asosiy moxiyati manaviyat ekan, uning dastlabki ko'rtaklari xam oiladagi tarbiya jarayonida shakllanadi.
V.S.Toroxtiy oila psixologik salomatliginiga asosiy mezonlari sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tgan: oilaviy qadriyatlarning bir- biriga mos kelishi, funksional-rolli o'zaro muvofiqlik, ijtimoiy-rolli adekvatlik, mikro ijtimoiy munosabatlarga moslashuvchanlik, emotsional to'yinganlik, oilaviy munosabatlarnig o'zoq davom etishiga intilish [3.88].
Oila va uning sog'lom manaviy muxiti sog'lom bolani jamiyatda yashashga, o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, xamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-xunarli bo'lish, muomalada axloq-odob normalariga bo'ysunishga o'rgatadi, psixologik jixatdan tayyorlaydi.
Shuningdek, ona farzandiga xayotning maqsadi va ma'nosini, turmushda uchraydigan murakkab vaziyatlarni tushuntirishi, turli ishlarni to'g'ri bajarish qoidalarini o'rgatmog'i lozim. Ba'zi onalarda xayotiy tajriba yetishmasligi sababli qizlar noshud, ba'zan esa yengiltak bo'lib qoladilar. Ayrim onalar "Xali qizim yosh, o'ynab kulsin, uy ishlarini, odatlarimizni o'rganadigan vaqti kelar, deydilarki, bu nafakat noto'g'ri, balki zararli xamdir. Olimlarning ta'kidlanishicha, ijobiy odatlar bolada qancha erta shakllantirilsa, uning mexnat va idrok etish qobiliyati shuncha tez va mukammal rivojlanadi. Bolani yoshligidanoq pok tabiatlikka, mustaqillikka, saranjom-sarishtalikka o'rgatilsa xam qiz uchun foydali bo'ladi. Shu bilan birga boladagi muxim fazilatlardan biri odob, sharmu - xayo bo'lib, nomusli, oriyatli bo'lish tushunchalari xam onalar tomonidan o'rgatiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, sog'lom bola mustaxkam oila tayanchi, mustaxkam oila esa jamiyatning, davlatning tayanchidir. Oilada sog'lom bola tarbiyasi, uning xayotida baxtli bo'lishi uchun oilada iliq psixologik iqlim yaratilishi lozim.
REFERENCES:
May 2024
95
1. Azimova, Z., & Olimjonov, O. (2023). PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ADABIYOTLARDA "KOMMUNIKATIV KO'NIKMA" VA "MULOQOT" ATAMALARINING MAZMUNI. QO 'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 8, 114-116.
2. Азимова, З. Э. (2018). Тарбиявий ишлар тизимини интеграл диагностик асосда такомиллаштириш (Олий таълим мисолида). Дисс. автореферати.
3. Mustaxkam oila manaviyati A. Abdusamedov va boshqalar. Sano-standart nashriyoti 2012-y.44-b.
4. В.С.Торохотий.Выделениеи подробное описание: Психология социальной работы с семей-М.: 1996.88с
5. SAGATOVA, S. (2022, April). CHARACTERISTICS OF INTERPERSONAL RELATIONS IN A FAMILY OF CHILDREN WITH DISABILITIES. In E Conference Zone (pp. 78-79).
6. Усманова, Ш. Д. (2024). ИЖТИМОИЙ ФАОЛ ВА РАВДБАТБАРДОШ МУТАХАССИСНИНГ ИНТЕЛЛЕКТУАЛ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 1), 281-285.
96
May 2024