Научная статья на тему 'FАRZАND RUHIY TАRBIYАSIDА ОTА-ОNАNING MА'SULLIGINI SHАKLLАNTIRISHNING PSIXОLОGIK USULLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH'

FАRZАND RUHIY TАRBIYАSIDА ОTА-ОNАNING MА'SULLIGINI SHАKLLАNTIRISHNING PSIXОLОGIK USULLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
67
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
оilа / fаrzаnd / tаrbiyа / Keu testi / munоsаbаt / kоmil insоn / о„zbek оilаlаri / psixоlоgik sаvоdxоnlik. / family / child / upbringing / Keu test / attitude / perfect person / Uzbek families / psychological literacy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Аlimоvа Nаrgizа Usmоnоvnа

Ushbu mаqоlаdа оilаlаrdа оtа-оnаlаrning fаrzаnd tаrbiyаsigа jiddiy e‟tibоr qаrаtishi, kоmil insоn, ruhаn sоg„lоm fаrzаnd qilib vоyаgа yetkаzishgа qаrаtilgаn mаsаlаlаr kо„rilgаn. Оtа-оnа vа fаrzаnd munоsаbаtlаrigа e‟tibоr qаrаtilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF PSYCHOLOGICAL METHODS FOR THE FORMATION OF PARENTAL RESPONSIBILITY IN THE MENTAL EDUCATION OF A CHILD

This article discusses the issues on giving serious attention by parents when raising children in the family, raising them as perfect, mentally healthy children. The focus is on the relationship between parents and children.

Текст научной работы на тему «FАRZАND RUHIY TАRBIYАSIDА ОTА-ОNАNING MА'SULLIGINI SHАKLLАNTIRISHNING PSIXОLОGIK USULLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH»

FАRZАND RUHIY TАRBIYАSIDА ОTА-ОNАNING MА,SULLIGINI SHАKLLАNTIRISHNING PSIXОLОGIK USULLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH

Аlimоvа Nаrgizа Usmоnоvnа

TerDU Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6757417

Annotatsiya. Ushbu maqolada oilalarda ota-onalarning farzand tarbiyasiga jiddiy e 'tibor qaratishi, komil inson, ruhan sog'lom farzand qilib voyaga yetkazishga qaratilgan masalalar ko'rilgan. Ota-ona va farzand munosabatlariga e 'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: oila, farzand, tarbiya, Keu testi, munosabat, komil inson, o'zbek oilalari, psixologik savodxonlik.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ МЕТОДОВ ФОРМИРОВАНИЯ РОДИТЕЛЬСКОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ В ПСИХИЧЕСКОМ ВОСПИТАНИИ

РЕБЕНКА

Аннотация. В dannou cmambe рaссмaтривaются eonpocbi o6paeHun poöumenHMU сeрьeзнoгo внимaния при eocnumaHUU детей в семье, вoспитaния их свершенным, психически 3ÖopoebiM детьми. В центре внимaния — oтнoшeниярoöитeлeй и детей.

Ключевые слова: семья, рeбeнoк, вoспитaниe, тест Кеу, oтнoшeниe, свершенный 4enoeeK, узбекские семьи, психoлoгичeскaя грaмoтнoсть.

IMPROVEMENT OF PSYCHOLOGICAL METHODS FOR THE FORMATION OF PARENTAL RESPONSIBILITY IN THE MENTAL EDUCATION OF A CHILD Abstract. This article discusses the issues on giving serious attention by parents when raising children in the family, raising them as perfect, mentally healthy children. The focus is on the relationship between parents and children.

Keywords: family, child, upbringing, Keu test, attitude, perfect person, Uzbek families, psychological literacy.

Biz muqaddas dargoh deb hisoblaydigan oila maskani ikki ustun - er va xotindan iborat bo'lsa, bu ikki ustunni bir-biriga mustahkam bog'lovchi - farzanddir. Farzandning har jihatdan komil inson bo'lib yetishishida ota- ona va bola munosabatlarida tarbiya masalasi katta ahamiyatga ega. Оta- onalar bilan farzand munosabatlarining o'zbek oilalari muhitida o'rganilishi millat va davlat kelajagini o'ylash hisoblanadi. Oiladagi ota-ona va farzand munosabatlarining samarali kechishida o'zbek oilalarida ota-onalarning farzandiga munosabat xususiyatini aniqlash masalalarigae'tibor qaratish lozim. Tarbiya ota-onaning nafaqat shaxsiy ishi, balki ijtimoiy burchidir. Tarbiyaviy ta'sirlarning shakl va uslublaridan to'g'ri foydalanish har tomonlama sog'lom farzandlar tarbiyasiga zamin hozirlaydi. Qolaversa ota-onalar bolani dunyoga keltirganliklari uchun emas, uni odobli, ahloqli qilib voyaga yetkazganliklari tufayli olqishga sazovor bo'ladilar.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Oilada ota-onaning, shu oiladagi kattalarning yurish-turishidan tortib, so'z madaniyati, kiyinishi, kishilar bilan muomalasi, hatto atrof- muhitga munosabati va shu singari oddiy bo'lib

KIRISH

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ko'rinadigan holatlar ham bola tarbiyasiga katta ta'sir qiladi. Bolaning kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi ko'proq ota-onasi va o'z oilasiga hamda unda tarkib topgan muhitga bog'liq. Hozirda yoshlarni yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalash ishlariga e'tibor keng tus oldi. Yoshlarni axloqan pok, jismonan sog'lom, yetuk kishilar qilib tarbiyalash oilaning oldiga qo'yilayotgan eng muhim talablardan biridir.

TADQIQOT NATIJALARI

Oilada ota-ona va farzand munosabatlarining kuzatilishi xususiyatlarini aniqlash uchun «Oiladagi o'zaro munosabatlar, ota-onaning bolalariga munosabatini aniqlash» Keu testidan foydalandik.

Jadval. Ota-onalarning bolalariga nisbatan munosabat darajalari (%da)

Daraja Juda yaxshi O'rtac ha Yo mon

Otalar 53.0 45.0 2.0

Onalar 69.0 31.0 -

Bu olingan natijalar ota-onalarning bolalari bilan munosabat darajalarini bildirar ekan, emotsional munosabatlar, bola bilan ko'proq vaqtni o'tkazish, unga g'amxo'rlik qilish, u bilan birga biror mavzuda suhbatlashish, kichikligida ertak va hikoyalar o'qib berish ko'proq onalar tomonidan amalga oshirilganligini bildiradi. Shuning uchun onalarning buaytilgan munosabat xususiyatlari "Juda yaxshi" darajada ko'p ekanligi ko'rinadi. Otalarning oilada asosan boquvchi sifatida o'z vazifalarini bajarishlari ularning bola bilan o'rnatadigan muloqot darajalarining kamligiga, bolani qiziqishiga ko'ra suhbatlar tashkil etish chastotasining pastligiga olib keladi. Shuning uchun otalarning bolaga nisbatan munosabati ko'proq o'rtacha darajadaligi ayon bo'ladi. Ayrim otalarning ishlariga kirishib ketganlari, professional jihatdan mavqelari, ijtimoiy statuslari yuqoriligi, yoki salbiy illatlarga berilishlari, ularning bola bilan o'rnatadigan munosabati yomon bo'lishi mumkinligini ko'rsatib turibdi.

MUHOKAMA

Demak, ota-onalarning bolalar bilan bo'ladigan munosabatlari juda yaxshi, o'rtacha darajadagi holatlarda ko'rinar ekan. Bunda onalarning muloqot doiralari kengligi va ular bu muloqotni muntazam amalga oshirish imkoniyatlari oila muhitida mavjud ekanligi ma'lum bo'ldi.

O'zbek oilasi sharoitida ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o'ziga xos ijobiy tomonlari kuzatilgani bilan ayrim tomonlari borki, bu o'z navbatida bola xarakterining shakllanishida namoyon bo'ladi. O'tkazgan tadqiqotdan olingan natijalarga asoslanib, quyidagi xulosalarni keltirishni o'rinli deb hisoblaymiz:

- Ota-onalar o'z rollariga muvofiqlik xususiyatlarini namoyon eta olar ekanlar, bu borada ularda asosan, talabchanlik, ba'zan yumshoqlik ko'rsatish va g'amxo'rlik xususiyatlarini ko'rsata olish va namoyon etishi kuzatildi.

- Oilada bolaga nisbatan munosabatda onalarning otalarga nisbatan ko'proq vaqt ajratishi kuzatildi.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

- Bolaga va uning xulqiga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish va oqilona ish tutish jihatidan esa otalar onalarga nisbatan ustun ekanliklari namoyon bo'ldi.

- Bolaning turli jihatdan rivojlantirish ishiga onalar ko'proq imkoniyat yaratib beradilar. Onalarning o'z bolalarini kuzatish imkoniyatlari yuqori ekanligi namoyon bo'ldi.- Bolaga munosabatda otalar ko'proq ravishda uni teng deb qarashlari, do'stona tushunishlari aniqlandi.

- Hozirgi ota-onalarning o'z rollariga muvofiq ekanliklari ularning o'z bolalari bilan munosabat o'rnatishda juda yaxshi, o'rtacha darajadagiholatlarida ko'rindi.

- Farzandlar ota-ona oilasidagi o'zaro munosabat va vaziyatlarga befarq emasliklari namoyon bo'ldi. Bu esa o'z navbatida farzandlarning ota-onasi oilasi bilan munosabati xususiyatlarida salbiy emas, balki ijobiy tendensiyalar ustunligini ko'rsatadi.

O'zbek oilasida ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o'ziga xos psixologik xususiyatlarini aniqlash, xulosalar hamda olingan natijalar asosida ushbu tavsiyalarni berishni zarur deb hisoblaymiz:

- Ota-onalarga ota-onalik mas'uliyati va baxti nasib etgach, farzandlari tarbiyasiga, uning kelgusida qanday inson bo'lishiga bevosita javobgar ekanligini doimo tushuntirish;

- Ota-onalar o'z farzandlari oldida yaxshi insoniy munosabatlarni, jumladan namunali muomalani namoyish etishlarini targ'ib qilish;

- Mahallada ota-ona va farzandlar ishtirokida shaxslararo munosabatlargadoir suhbatlar uyushtirish;

- Ota-onalarning bola tarbiyasida psixologik savodxonlik masalalariga e'tibor berish, joylarda psixologik maslahatxonalar tashkil etish.

XULОSА

Demak, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabat bola shaxsi shakllanishidagi yetakchi omillardandir. Jamiyatimizda olib borilayotgan barcha o'zgarish va ma'naviy islohotlar jamiyatda, barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir, bu esa o'z navbatida yaxshi fuqaro, jamiyatning barkam ol a'zosini tarbiyalash hamdir. Shuning uchun biz oila muhitida ota- ona va farzand orasidagi psixologik munosabatlarni to'g'ri tashkil etishga oila a'zolarini tayyorlasak, bundan hayotimizda yuz berishi mumkin bo'lgan ziddiyatlar, nizoli vaziyatlarni oldini olgan bo' lamiz.

Аdаbiyоtlаr rо^yxаti

1. O'ralovna, J. G. (2022). Social Psychological Problems of Alienation. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 204-206.

2. ^yMaeBa, r. y. (2021). ncuxo^oranecKHe MexaHH3Mbi ^opMHpoBaHHa npo$eccHoHa.bHbix oraomeHHH öygy^ero negarora. ^ocrH^eHHA HayKH u oöpa3oBaHHa, (4 (76)), 72-76.

3. Rahmonova, M. (2021). Patriotic ideas in the works by fitrat: theoretical and practical harmony. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1466-1474.

4. Yo'ldoshev M. Oiladagi ruhiy muhit va uning tarbiyaga ta'siri. T.: 2014.99 b.

5. Karimova V.M. Oilaviy hayot psixologiyasi. T., 2016. 142 b.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

7.

9.

6. Oila psixologiyasi: Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun. G'.B.Shoumarov tahr. ost. - Toshkent, 2019. 338 b.

Uzoqov X., G'oziev E. va bosh. Oila etikasi va psixologiyasi.T., 2012. 129 b. Hayot kitobi: Yosh oilalar uchun ensiklopedik qo'llanma. - T., "Sharq",2011. 272 b. Usmanovna, A. N. (2021). The role of parents in the upbringing of children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1995-1999.

10. Narzullayevna, K. G. (2021). Characteristics of marriage motivation in young people. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 2238-2241.

11. Uljaevna, U. F. (2020). Didactic games in preschool educational system. Проблемы современной науки и образования, (4-2 (149)), 27-29.

12. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool children. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 77(2), 326-329.

13. Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. DOI: 10.5958/2249-7137.2021. 00358. X "Development and education of preschool children" ACADEMICIA. An International Multidisciplinary Research Journal. (Double Blind Refereed & Peer Reviewed Journal). ISSN, 2249-7137.

14. O'rinova, F. (2019). REPORT ON PROBLEMS IN THE PRE-SCHOOLS OF ORGANIZATIONAL PREVENTIVE CENTERS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(11), 311-315.

15. Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of Primary School Students in Mathematics. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 5(2), 235-239.

16. Уринoвa, Ф. У., & Эркинoвa, Ш. Ё. (2013). Зтачение иннoвaциoннoй индивидуaльнoй paGora в пoвышении эффективнocти caмocтoятельнoй учебнoй деятельнocти студентов. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (12-2).

17. Уpинoвa, Ф. У. ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКСИОЛОГИЯ КАК ЧАСТЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ИННОВАТИКИ. УЧЕНЫЙXXIВЕКА, 36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.