Научная статья на тему 'ОILАDА TО’G’RI MULОQОTNI TАSHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

ОILАDА TО’G’RI MULОQОTNI TАSHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilk qаdаm / oila / tarbiya / ota-ona / millat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zоhidоvа Mаdinаxоn Turg‘Unbауevnа

Mаktаbgаchа уоshdаgi bоlаlаrning оilаdаgi mulоqоtini tо'g'ri shаkllаntirish vа ungа tа’sir etuvchi оmillаr mаsаlаsi pedаgоgik muаmmо sifаtidа tаhlil etildi. «Mulоqоt mаdаniуаti» tushunchаsining ilmiу-pedаgоgik tаlqini, tа`rifi berilib, uning mаzmuni vа mоhiуаti ilmiу-nаzаriу jihаtdаn оchib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОILАDА TО’G’RI MULОQОTNI TАSHKIL ETISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

UDK: 159.9.07+371

OILADA TO'G'RI MULOQOTNI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Zohidova Madinaxon Turg'unbayevna https://doi.org/10.5281/zenodo.11211960

Annotatsiya. Maktabgachayoshdagi bolalarningoiladagi muloqotini to'g'ri shakllantirish va unga ta'sir etuvchi omillar masalasi pedagogik muammo sifatida tahlil etildi. «Muloqot madaniyati» tushunchasining ilmiy-pedagogik talqini, tarifi berilib, uning mazmuni va mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan ochib berildi.

Kalit so'zlar: ilk qadam, oila, tarbiya, ota-ona, millat.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan —Ilk qadamll Davlat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli, hamda, 2020 yil 6 noyabrdagi —Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidalgi PQ-4884-sonli qaroriga ko'ra —Maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini va uzviyligini ta'minlashll vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirish bugungi kunning asosiy talablaridan biridir.

Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni matbuotda e'lon qilingan "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o'z hayoti davomida oladigan barcha ma'lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurish ikeltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o'z ona tilini o'zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg'onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o'ynasa, maktabgacha ta'lim tashkilotining hissasi ham buborada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'limuz luksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, ta'bir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan. Uzviylik — ta'limi tizimining barcha bo'g'inlari o'rtasida o'zaro aloqa o'rnatishdir. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktabda olib boriladigan ta'lim va tarbiya ishlari mazmuni, uni amalga oshirish uslublarining o'zaro bog'liqligi bilan belgilanadi.

Uzviylik taraqqiyotning ob'ektiv qonuniyatidir. Taraqqiyot o'zining yangi bosqichiga o'tganda eski bosqichda bor narsalarni butunlay inkor etmaydi, balki o'zidan oldingi bosqichlardagi muhim jihatlarni saqlab qolish va rivojlantirish orqali o'zining keyingi bosqichlardagi taraqqiyotini ta'minlab boradi.. Taraqqiyot o'zining yangi bosqichiga o'tganda eski bosqichda bor narsalarni butunlay inkor etmaydi, balki o'zidan oldingi bosqichlardagi muhim jihatlarni saqlab qolish va rivojlantirish orqali o'zining keyingi bosqichlardagi taraqqiyotini ta'minlab boradi.Oilaga sharqona, o'zbekona sodiqlik, o'tgan yetti pushtini bilish, ota-ona, qarindosh-urug', keksalarga hurmat, yoshlarga mehribonlik, oila a'zolari, er-xotin va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarning mustahkamligi uning o'ziga xos xususiyatlaridir. Oilalar g'oyat katta bo'lib, ularda kishilar jamoa asosida yashab kelganlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

Oilaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan funksiyasi tarbiyalash funksiyasidir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona — san'atkor, bola — san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir. Chunki bola shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval, oilada amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma'lum bir siyosiy-g'oyaviy dunyoqarash, axloqiy me'yorlar va xulq na'munalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.

Oilaning kommunikativ funksiyasi oila a'zolarining o'zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta'kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma'naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o'zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a'zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida oila muhiti hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O'tmishda ba'zi faylasuflar, pedagoglar bolaning oila muhitida tarbiyalanishi manfaatparastlik va boshqa illatlarni vujudga keltirib, odamlarning o'zaro inoq yashashiga xalaqit beradi, deb hisoblaganlar. Bunday fikrdagi kishilar hozir ham topiladi. Ular hamma ota-onalarda pedagogik bilimlar bo'lavermaydi, bundan tashqari, bola bir-bir yarim yoshida yasliga, keyin bog'chaga, maktabga boradi. Demak, ko'p vaqtini ijtimoiy tarbiya muassasalarida o'tkazadi, ota-onalar bir sutkada o'z bolasi tarbiyasi uchun un besh minut ham vaqt ajratmaydi, degan xulosalarga tayanib, oilaviy tarbiyadan butunlay voz kechib, ijtimoiy tarbiyaga o'tish kerak, degan fikrni olg'a surmoqda. Shu bois oilani ijtimoiy hayotdan butunlay ajralib qolgan qal'a deb qarash noto'g'ri. «Agar inson o'z tabiatiga ko'ra ijtimoiy mavjudot ekan» (K.Marks) oila ham ijtimoiy jamoadir; axir, u odamlar ittifoqidan tarkib topganku! Binobarin, har bir oiladagi tarbiya ham ma'lum ma'noda ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Oiladagi tarbiya asosida shakllangan shaxsning manfaati jamiyat manfaatlariga zid bo'lmay yashashi va birlashib ketishi ham mumkin. Ulyanovlar oilasida insoniyat baxti uchun kurashgan fidokor shaxslar yetishib chiqishi bunga yorqin misol bo'la oladi. Yozuvchi V.Kanimets «Ulyanovlar» nomli kitobida Mariya Aleksandrovna va Ilya Nikolaevich bolalar tarbiyasiga qanday ahamiyat berishgani, Vladimir Ilich shaxsining kamolotida oila tarbiyasi, muhiti qanday rol, o'ynagani tasvirlab berilgan. Shu o'rinda bu kitobni o'qishni tavsiya etish maqsadga muvofiqdir. Bola shaxsini kamolga yetkazish uchun kurashda oiladagi tarbiyaviy j arayonni pedagogik madaniyat asosida tashkil eta olish juda muhimdir.

Pedagogik madaniyat nima? Pedagogik madaniyat - bolani klassik va zamonaviy pedagogik bilimlarni bilgan holda zamon talabi asosida tarbiyalashdir. Ota-onada pedagogik madaniyat o'z-o'zidan hosil bo'lmaydi, balki unga tarbiya bilan jiddiy shug'ullanish, izlanish, o'qish, tajriba orttirish orqali erishiladi. Oilada bola tarbiyasini rejimdan boshlash, rejimni bolaning yoshiga qarab belgilash lozim; rejimga o'rgangan bolada tartiblilik, intizomlilik xislatlari tabiiy ravishda rivojlanadi; shuningdek, uni tozalikka o'rgatish kerak. Bu tarbiyaviy omillarni amalga oshirishda bolaning jismoniy rivojlanishiga, chiniqishiga ham e'tibor, berib borishi lozim. Bola tilga kira boshlashi bilan nisbatan murakkab tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak. Bola ozoda, intizomli, odobli qilib tarbiyalansa-yu, zamonaviy sotsial-psixologik va taraqqiyot talablari hisobga olinmasa, uning kelajagiga, baxtiga zomin bo'lib qolish mumkin. Shuning uchun ota-ona ijtimoiy tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda bolalarning kasb-hunarni, kompyuter savodxonligini, tillarni, badiiy adabiyotni, ilmni o'rganishga sportga intilishini rag'batlantirishlari zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

Ota-ona sinchkov psixolog, nozik didli pedagog, bolaning kelajagini yaratuvchi bashoratgo'y bo'lishi lozim. Agar ota-ona boladagi iste'dod kurtaklarini o'z vaqtida sezib, ularning rivojlanishiga sharoit yaratib bera olsa, bola shaxsining kamol topishiga katta yo'l ochadi. "Sizning o'z xulqu atvoringiz - hal qiluvchi eng muhim narsadir. Bolani faqat u bilan gaplashganda, nasihat qilganda, yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb o'ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir momentida, hattoki o'zingiz uyda yo'qligingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday gaplashishingiz, xursand bo'lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do'st va dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz, kulishingiz, gazeta o'qishingiz - bular hammasi bola uchun katta ahamiyatga ega. Gapingiz ohangi sal o'zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi yoki sezadi, bola fikringizdagi hamma o'zgarishlarni har xil yo'l bilan bilib oladi, lekin o'zingiz bundan bexabar bo'lasiz. Agar siz uyda qo'pollik yoki maqtanchoqlik qilsangiz, yoki ichkilikka berilsangiz, undan ham yomoni - onani xaqorat qilsangiz - siz bolalaringizga nihoyatda katta zarar yetkazgan bo'lasiz, ularga yomon tarbiya bergan bo'lasiz va sizning bu nojo'ya qiliqlaringizning oqibati juda yomon bo'ladi. Ota-onaning o'ziga talabchan bo'lishi, ota-onaning o'z oilasini hurmat qilishi, ota-ona o'zining har bir qadamini nazorat ostiga olishi lozim - tarbiyaning birinchi va eng asosiy metodi shudir!" Bu parcha har bir oilada bo'lishi va tez-tez o'qib turilishi lozim bo'lgan A.S.Makarenkoning «Bolalar tarbiyasi haqida leksiyalar» kitobidan keltirildi. Bu kitobdagi gaplar mag'zini chaqib olgan ota-ona o'z pedagogik madaniyatini yuksaltirishga erishadi, deydi va o'zbek oilalaridagi tarbiyaning o'ziga xosligiga to'xtaladi. O'zbek oilalarida bolani mehnatsevarlikka o'rgatishga alohida e'tibor beriladi. Bunda ko'pincha ota-onalarning o'zlari bolalarga o'rnak ko'rsatadilar. Masalan, ona ovqat pishirish, kir yuvish, uyni saranjom-sarishta tutish, kabi ishlarni sidqidildan bajaradi va buni o'zining oiladagi burchi deb biladi, hech qachon eriga: huquqimiz tengku, siz ham kir yuving, non yoping!» demaydi. Ota ham o'z navbatida ro'zg'ordagi barcha og'ir ishlarni, oilani iqtisodiy jihatdan ta'minlashni o'z zimmasiga oladi, bu borada mehnatsevarlik, jonkuyarlik namunalarini ko'rsatadi. Bunday sharoitda ota-onaga taqlidan bola shaxsida mehnatsevarlik, oilaparvarlik xislatlari tarkib topa boradi. O'zbek xalqining «bir bolaga yetti qo'shni xo'jayin», degan naqli bor. Bola ulg'aygan sayin mahalladagi to'y-ma'rakalarda qatnashadi, atrofdagi yaxshi odamlarni ko'rib o'zining fazilatlarini boyitadi, kamchiliklarini yo'qotishga harakat qiladi, undagi xudbinlik hislari yo'qolib boradi. Katta yoshli kishilar bolani yaxshi ishlari uchun maqtab, yomon qiliqlari uchun uyaltirib turadilar.

Yuqoridagi fikrlardan o'zbek oilalarida bola shaxsini kamolga yetkazish uchun hamma shart-sharoit muhayyo, degan xulosa kelib chiqmaydi. Ba'zi o'zbek oilalarida bolaning usti but, qorni to'q bo'lsa yetadi, bo'ladigan bola o'zi bo'laveradi, degan salbiy qarashlar ham mavjud. yoki katta-katta to'y-ma'rakalar qilgan holda xola shaxsining rivojlanishi uchun zarur buyumlarni xarid qilishni istamaydilar. Ba'zi xonadonlarda bolalarning darsligidan tashqari badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar yo'q, gazeta-jurnallarga obuna bo'lishmaydi, men bir kosib yoki savdo xodimiman, kitobni nima qilaman deyishadi. Vaholanki, kitobsiz hech kimning shaxsi kamolga yeta olmaydi. Keyingi yillarda har bir xonadon uchun zarur «Salomatlik», «Uy-ro'zg'or ensiklopediyasi» «U kim? Bu nima?» kabi kitoblar chop etiladi. Bu kitoblar oilada bola tarbiyasi bilan shug'ullanishda juda qo'l keladi, shuning uchun o'zbek xonadonlari ularga ega bo'lishi lozim. Ba'zi ota-onalar borcha, maktab bor deb bola tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanmaydilar, bodalari noto'g'ri yo'lga kirib ketgandan so'ng esa-oh-voh qilib yuradilar. Ota-ona borcha, maktab bilan yaqin aloqa o'rnatsa, oiladagi tarbiyaviy ishlar ijtimoiy tarbiya bilan uyg'unlikda olib borilsa, bola shaxsining shakllanishi ikki xillik, xatolar ro'y bermaydi. Oila tarbiyasida katta-kichik masala

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

yo'q. Shuning uchun ovqatlanish, muomala, yurish-turish, kiyinish, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, televidenie, radio eshittirishlaridan foydalana bilish, ko'pchilik orasida o'zini tutish, kattalarni hurmat qilishni o'rganish bola shaxsining kamol topishida birdek ahamiyatga ega bo'lgan ishlardir. Har bir xalq o'z bolalarining baxtli bo'lishi uchun qadimdan kurashib kelgan. Buni avlodlardan avlodlarga o'tib kelgan ma'naviy xazina - kitoblardan bilsa bo'ladi. Ana shunday kitoblardan biri - Sharqda mashhur bo'lgan «Qobusnoma» dir. U XI asrda, fors-tojik tilida yaratilgan, juda ko'p tillarga tarjima qilingan. 1860 yilda Ogahiy tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingach «Qobusnoma» o'zbek xalqining oila tarbiyasini amalga oshirishda yordam beradigan qo'llanmalardan bo'lib qolgan. Bu kitobda kasb-hunar o'rganishning zarurligi xususida shunday deyiladi: «Agar tabiating har qancha asl bo'lsa ham, unga mag'rur bo'lmagil, chunki tan go'zalligi hunar bezagi bilan ziynatlanmas, hech narsaga arzimaydi. Masalan, debdurlarkim, ulug'lik akut va bilim bilandir, nasl-nasab bilan emas. Ota-onang qo'ygan otlariga mag'rur bo'lmagil, bu ot faqat tashqi ko'rinishdan boshqa narsa emas. Ammo sen hunar bilan bir nomga ega bo'lgil». Binobarin, har qanday kasbning ustasi bo'lish uchun oilada bolaga yo'l ochish kerak, chunki bolalikda shakllangan mohirlik, udda-buronlik sifatlari bir umr doimiy yo'ldosh bo'ladi.

REFERENCES

1. Sh. M. Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 sonli farmoni

2. Sh.M. Mirziyoyevning "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. T.:-2016y. 29- dekabr.

3. F.R.Qodirova «Nutq o'stirish metodikasi» OUM T.;2012y. (electron)

4. Qodirova M.R., Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent, 2006 yil.

5. Shodiyeva Q. Kichkintoylarni o'qish va yozishga o'rgatish. Toshkent, "O'qituvchi" - 2002

yil.

6. Shodiyeva Q. Nutq o'stirish uslubiyati. Toshkent,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.