Научная статья на тему 'OILADA ONANING O‘RNI'

OILADA ONANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1072
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ODOB / AHLOQ / MA'NAVIYAT / MA'RIFAT / TA'LIM / TARBIYA / GO'ZALLIK / LATOFATLIK / MARDLIK / JASURLIK

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umarova Z.O.

Ushbu maqolada asosan ayollik sha’nini hamma narsadan yuqori qo‘yishga, ayollik burchini muqaddas va sharafli ish deb qarashga o‘rgatiladi. Fidoyilik - ayollik qismati ekanligi, unga bo‘ysunish kerakligi uning ongiga singdirib borilganligi xususida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE MOTHER IN THE FAMILY

This article mainly teaches to put the dignity of woman above all else, to consider the duty of a woman as a sacred and honorable deed. It is said that self-sacrifice is a part of femininity and that the need to obey it is instilled in her mind.

Текст научной работы на тему «OILADA ONANING O‘RNI»

Umarova Z. O.

"Iqtisodiyot va boshqaruv" bo'limi va katta o'qituvchisi

Jizzax politexnika instituti

OILADA ONANING O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan ayollik sha 'nini hamma narsadan yuqori qo'yishga, ayollik burchini muqaddas va sharafli ish deb qarashga o 'rgatiladi. Fidoyilik - ayollik qismati ekanligi, unga bo 'ysunish kerakligi uning ongiga singdirib borilganligi xususida fikr bildirilgan.

Kalit so 'zlar: odob, ahloq, ma 'naviyat, ma 'rifat, ta 'lim, tarbiya, go 'zallik, latofatlik, mardlik, jasurlik.

Umarova Z.O. senior lecturer department of economics and management Jizzax Polytechnic Institute

THE ROLE OF THE MOTHER IN THE FAMILY

Abstract: This article mainly teaches to put the dignity of woman above all else, to consider the duty of a woman as a sacred and honorable deed. It is said that self-sacrifice is a part of femininity and that the need to obey it is instilled in her mind.

Keywords: etiquette, morality, spirituality, enlightenment, education, upbringing, beauty, grace, courage, bravery.

Oilada onaning o'ziga xos o'mi borki, uni boshqa hech kim va hech narsa bilan tenglashtirib bo'lmaydi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ma'naviyat oiladan, eng avvalo, er-xotinning madaniy muomilasidan boshlanadi. Zero, Hadisi Sharifda ham "Ayollarni faqat ulug' odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo'rlaydi. Haqiqiy mo'min deb xushxulq va ayoliga nisbatan xushmuomala kishiga aytiladi" [1], - deyiladi. Demak, musulmonchilik shartlaridan biri - o'z jufti haloliga xushmuomala bo'lish ekan. Payg'ambarimiz aytganlaridek: "eng buyuk do'stlik er-xotinlikdir"[2].

Shu nuqtai-nazardan qaraganda, XIX asrda Samarqandda yashab o'tgan taniqli shoir, Ulug'bek madrasasining mudarrisi Abdulkarim Sipandiyning hayotidan bir misol keltirishni joiz topdik. Kelinni birinchi bor chimildiqda ko'rgan va uning go'zal husniga mahliyo bo'lgan Sipandiy sohibjamol kelinchak sha'niga she'r o'qiydi:

Ey, nigoro, bunchalar nozu adolar kim uchun?

Oshig'ing dil izhorin tinglamaysan ne uchun?[3]

mata'li g'azal bo'lib, u quyidagi maktab bilan tugaydi:

Mening ko 'z o'ngimda jamoling goh oyu, goh kundir,

Oy go 'zalu, gul xushbo 'y, yana bunda ne kamdur?[4]

Hamma gap shundaki, 16 yoshli go'zal kelinchak nafaqat husnda, hatto aql-farosatda ham tengi yo'q dono ekanki, shoirning bu otashin dil izhoriga zukkolik va nazokat bilan she'riy javob qaytaradi.

Kelin-kuyovning bunday nafis, madaniy muloqoti ularning go'zal ma'naviy qiyofalarini ko'z o'ngimizda namoyon qiladi-ki, bunday qalb nozikligi, aqlning teranligi, farosatning sharqona ko'rinishi faqat ulug' kishilarda, qalbi go'zal, ma'naviyati boy kishilardagina uchraydi.

Hadisi Sharifda: "Agar kishi o'z jufti haloliga jilmayib boqsa, u ham eriga jilmayib boqsa, Alloh taolo ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, agar qo'lidan ushlasa, gunohlari panjalari orasidan to'kiladi", [5] - deyilishi bejizemas, albatta. Biz islom aqidalarini e'tiqod darajasiga etkazgan, o'z hayotlarida unga amal qilgan ajdodlarimizning ana shu go'zal xulqlarini, odatlarini yoshlarimizga tushuntirsak, targ'ib qilsak, ma'naviyatning poydevoriga dastlabki g'ishtni qo'ygan, ma'naviyat sari dastlabki qadamni tashlagan bo'lamiz.

Oilada onaning o'rni, uning farzandlar tarbiyasiga ko'rsatgan ta'siri haqida xalqimiz ko'p va xo'p fikrlar aytganki, bu bejizemas. Chunki oiladagi iqlim, farzandlarning xulqi, odobi, otaga munosobati, atrofdagi kishilarga va jamiyatga munosobati aynan anashu onaga bog'liq. Bola hayotga, kishilarga, voqealarga, avvalo, onaning ko'zi bilan qaraydi. Shuning uchun ham xalq orasida "Ota bilimli bo'lsa, farzandlar bilimli bo'ladi. Ona bilimli bo'lsa, millat bilimli bo'ladi", degan naql mavjud.

Atoqli pedagog A.Avloniy aytganlaridek, "...Birinchi - uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur" Haqiqatan ham, millat tarbiyasiga birinchi navbatda onalar mas'uldirlar. Chunki ayollarda faqat oilani emas, ba'zi erkaklar ham eplay olmaydigan, mamlakatni idora qila oladigan quvvat ham borki, buni juda ko'p allomalarimiz tan olib, ayolning nafaqat oiladagi, hatto jamiyatda o'z o'rni borligini alohida ta'kidlashgan va "Oqila ayol - oilaning asosi, bolalarni o'z zamonasi uchungina emas, kelajak uchun tarbiyalay oladi" [6], - deganlar.

Darhaqiqat, jamiyatning yuksalishida ayolning tutgan o'rni naqadar kuchli ekanligiga hayotning o'zi, tarixning o'zi guvohlik beradi. Ona-dunyoda eng tabarruk zot. Hayot onadan boshlanadi, chunki u farzandlar ijodkori, insoniyat me'mori. Ona - inson tafakkurining gulshani, inson kamolotining sababchisidir. Ona uchun eng kata baxt - bu farzandlarni risoladagiday tarbiyalash, voyaga etkazishdir. Onaning farzandga munosoboti har qanday vaziyatda o'zgarmaydi. Kishining eng yaqin do'sti, sirdoshi, beg'araz maslahatgo'yi ham ona. Eng og'ir damlarda senga ham dard va hamdam bo'lgan ham ona. Farzandda eng ko'p haqqi bor odam ham ona. Ona roziligini olgan farzand uchun Jannat eshiklari ham ochiladi. Shuning uchun ham "Jannat onalar oyog'i ostida", - deyiladi muborak Hadisi Sharifda.

Ulug' kishilarimizning tarjimai hollariga nazar tashlasak, ularning ulug'lik darajasiga ko'tarilishlarining sababchisi ham onalari ekanligining guvohi bo'lamiz. Ibn Sino onasi Sitorabonudan, Bobur onasi qutlug' Nigorxonimdan dastlabki insoniylik sabog'ini olishgan.

Qiz bola - go'zallik va orastalik timsoli. Shuning uchun ham qiz bola yoshlikdan go'zal odobga, go'zal muomalaga, go'zal hatti-harakatlarga, go'zal turmushga o'rgatib boriladi. Chunki qizbolaning hatti-harakati, muomalasi, yurish-turishidan, ko'zlaridan, yuzidan go'zallik, latofat uf urib turishi kerak. Ana shu go'zallik oila a'zolarining ko'nglini yoritadi. Oilada go'zal iqlim yaratadi. Ana shu go'zal iqlim oiladagi farzandlarni go'zallikka oshno qiladi, ularda go'zal hislarni tarbiyalaydi. Oiladagi go'zallik, go'zal iqlim anashundan boshlanadi. Oiladagi go'zallik jamiyat go'zalligiga asos bo'ladi, oiladagi go'zallik, orastalik uy yumushlarining bekamu-ko'st, mehr bilan bajarilishini, ro'zg'or anjomlarining toza, pokiza, saranjom tutilishi va saqlanishini talab qiladi.

Har bir totuv, ahil oila qiz boladan go'zal didni, pazandalik, chevarlik, ozodalikni talab etadi. Kizi bor uyning fayzi bor deydi, donno xalqimiz. Darhaqiqat, qizi bor uy toza, ozoda, saranjom-sarishta, hovlilar shinam, ko'chalar suv sepilgan, supurilgan, kiyim-boshlar toza, orasta, muomalada osoyishtalik, xushmuomalalik - hammasi shu hovlida qiz bolaning borligidan dalolat beradi. Har bir ishda qizbolaning qo'li borligi seziladi, har bir buyumda, ko'cha, hovli, uyda qiz bolaning nafasi uf urib turadi.

Qiz bola, iboli, hayoli, latofatli bo'lishi kerak. Shuning uchun ham ona unga qanday o'tirib, qanday turishni, qaysi paytda qanday gapirishni, o'zini qanday tutishni o'rgatadi. Qiz bola bo'lajak turmush o'rtog'ini hurmat qilishi, uning topib - tutib kelganini asrab-avaylashi, o'z o'rnida sarflashi, soliha, oqila uy bekasi, sadoqatli ayol va mehribon ona bo'lishi kerak. Buning uchun qiz bola yoshligidan uy yumushlarini bajarishga, mahsulotlarni tejab ishlatishga, hurmat qilish, sadoqat va mehribon bo'lishga odatlantirib boriladi. Ayollik sha'nini hamma narsadan yuqori qo'yishga, ayollik burchini muqaddas va sharafli ish deb qarashga o'rgatiladi. Fidoyilik - ayollik qismati ekanligi, unga bo'ysunish kerakligi uning ongiga singdirib borilgan [7].

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Ibroximov, X.Sultonov "Vatan tuyg'usi", Toshkent - 1996, 83 - bet.

2. A.Ibroximov, X.Sultonov "Vatan tuyg'usi", Toshkent - 1996, 84 - bet.

3. Sipandiy Samarqandiy. Toshkent.O'z.FA "Fan" nashriyoti. 1995 yil. 6-bet.

4. A.Ibroxmov, X.Sultonov "Vatan tuyg'usi", Toshkent - 1996 yil, 85 - bet.

5. A.Ibroxmov, X.Sultonov "Vatan tuyg'usi", Toshkent - 1996 yil, 89 - bet.

6. N.Mustafoeva "Ayol yuksaltirur bashariyatni", "Tafakkur" jurnali, 1999 yil, № 3. 120- bet.

7. G.A.Haydarova, K.U.Pardaeva, B.N.Gapparov "Xalq pedagogikasi", "Tafakkur" nashriyoti, Toshkent. 2009 yil, 144-151 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.