Научная статья на тему 'ВЛИЯНИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА'

ВЛИЯНИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
29
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ФОРМИРОВАНИЕ / ЭСТЕТИКА / ПРЕДСТАВЛЕНИЯ / ШКОЛЬНИК / СЕМЬЯ / ДУХОВНОСТЬ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Мамадалиева Н.А.

В статье рассматриваются вопросы формирования эстетических представлений у младших школьников в семье. Семья - это основная среда, где ребёнок получает первичные знания об окружающем мире. Обсуждается вопрос взаимосвязи уровня развития духовности в семье с формированием эстетических представлений у детей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ВЛИЯНИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2018. № 12-5(87)

УДК 378

Н.А. Мамадалиева

ВЛИЯНИЕ ВЗАИМООТНОШЕНИЙ РОДИТЕЛЕЙ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА

В статье рассматриваются вопросы формирования мировоззрения младших школьников посредством искусства, музыки, литературы, устным народным творчеством.

Ключевые слова: мировоззрение, формирование, музыка, народ.

SHaxs kamolida oila bosh omil ekanligi isbot talab qilmaydigan tamoyildir. SHuning uchun, insoniyat jamiyatida oila va bola ta'lim-tarbiyasi, oila va farzand munosabatlari hamisha o'rganilib, takomillashtirilib kelingan. Zero, oila faqat maslaklari borlarni biriktirgan maskan, «mashina» emas, balki «oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo'lib etishishiga ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir», ya'ni oila jamiyat taraqqiyotining poydevori bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. SHuning uchun ham oilada ota-onaning o'rni beqiyosdir.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida yashab faoliyat ko'rsatgan taniqli tatar ma'rifatparvari Rizouddin ibn Faxruddin oilada farzand ta'lim-tarbiyasida onalarning o'rni alohida ahamiyatga molikligini o'qtiradi va ota-onalarni, ayniqsa, onalarni «... ipagu harirlarga bezanib, to'yu tomoshalarda yurishlari...» qattiq tanqid ostiga oladi.

Agar bu tanqidga bugungi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, ishga boradigan ayol(ona)larning farzand ta'lim-tarbiyasidagi ishtiroki, ulushi ham mazmun, ham hajm jihatidan kamayib bormoqda.

Oila va farzand (bola) munosabatlari bola ta'lim-tarbiyasi haqidagi g'oyalar ichida Rizouddin ibn Faxruddinning yana bir fikri e'tiborlidir. «Oilada bola tarbiyasida onaning, ayniqsa, onaning o'rnini hech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi.

YAxshi xotin bolalarini ham yaxshi tarbiyalay oladi: xotinlar birinchi navbatda murabbiylardirlar; xotinning oila tebratishi murabbiylik, hamiridan patir qilishi, uning tandirida o'sha patirni yopish degan so'zdir. Bolalar har qanday xislatni eng avval ota-onalari va uydagi kattalar - bobolari va buvilaridan oladilar». Demak, oila ma'naviyati bola ta'lim-tarbiyasidagi bosh ijtimoiy fon bo'lishi lozim.

Oilada ota-onaning bosh vazifasi bola ta'lim-tarbiyasi, unga odobu-ahloq, zehn ato etishligi tarixiy manbalarda, buyuk allomalarning ta'limotlarida ko'p bor zikr etilgan. Hadisi SHarifda aytiladiki, «Hech bir ota o'z farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros berolmaydi». SHuningdek, J. Lokkning ta'kidicha, «Xalqning baxt-saodati bolalarni to'g'ri tarbiyalashda».

Inson o'z umri davomida mavhumlikni to'xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko'proq bilishga intiladi. Bu natija faqat faoliyat tufayligina ta'minlanadi. Agar maktabda darslar bola muayyan faoliyati tufayli mavhumlikni bartaraf etib borsa, oila sharoitida ota-ona va bola munosabatlari ham muayyan faoliyatdir: bola so'raydi, ota (ona) javob beradi; bola nimadir qiladi, ota (ona) uni to'g'rilaydi (undoq emas, bundoq qilish kerak, ba'zan bajarib ko'rsatadi, buni qilish mumkin emas, deb tanbeh beradi va hokazo). Bu hamkorlikdagi faoliyat shaklidir. Aynan faoliyat barcha o'zgarishlarni, jumladan, o'quvchilarda estetik tasavvurlarni shakllantirish asosidir. SHuning uchun ham Bernard SHou «Bilimga eltuvchi yagona yo'l, bu faoliyatdir», - deb o'qtiradi.

Oilada kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda ota-onalarning pedagogik bilimlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalardagi u yoki bu faoliyat turiga moyillikni to'g'ri aniqlash va unga mos yo'nalish berish alohida e'tiborga molik. Zero «Insondagi qobiliyatni kamolga etkurmak tarbiya ila bo'ladi» deb ta'kidlaydi Abdulla Avloniy.

Kezi kelganda ta'kidlab o'tish joizki, oilada bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda, umuman barkamol shaxs tarbiyasiga zamin yaratishda ota-onaga nisbatan bobo-buvilarning o'rni ko'proq. Mirzo Ulug'bekni buvisi Saroymulkxonim nabirasini buyuk olim, ma'naviyati yuksak darajadagi inson va davlat arbobi sifatida shakllanishida muhim o'rin tutgani tarixdan ma'lum. Bunday misollarni mashhur yozuvchilar, xofizu sozandalar, aktyorlar, rassomlar xayotlaridan misollarni yuzlab keltirish mumkin.

Oila sharoitida bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishda oiladagi ijtimoiy muhit, uning mazmuni, amal qilish tamoyillari, u yoki bu holat, vaziyatni baholash mezonlari, qo'llaniladigan uslublarlar, yondashuv va vositalar muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Bolada tasavvurni, shu jumladan, estetik tasavvurlarni oilada shakllantirishda makromuhit (bola yashayotgan jamiyat)dan ko'ra ko'proq mikromuhit (bola yashayotgan oila) ning ta'siri kuchliroq. CHunki, bola hali keng ma'nodagi muloqot, ijtimoiy harakat muhitining sub'ektiga aylanmagan, uning asosiy hayoti o'zining oilasida kechadi.

© Мамадалиева Н.А., 2018.

Вестник магистратуры. 2018. № 12-5(87)

ISSN 2223-4047

Оilаdа bоlаning estetik tasavvurining shakllanishi bеvоsitа vа bilvоsitа kеchаdi. Bu ikki xillik ham bolaning faoliyatida, ham uning ota-onalarining faoliyatida kuzatiladi, ya'ni bola kattalarning xatti-harakatlarini kuzatib, o'zlashtirib boradi. Faraz qilaylik, ona estetik jihatdan bachkana kiyim kiyishga moyilroq. O'zining bu harakatini farzandiga tushuntirmaydi, sharhlamaydi. Tabiiyki, bola undan o'ziga tegishli xulosa chiqarib boradi. Ba'zi hollarda uni o'ziga go'zal deb qabul qiladi. Bu onaning bolada estetik tasavvurni shakllanishiga bevosita ta'siri bo'lib, bu salbiy ma'no kasb etadi, ya'ni bola onasining kiyimini estetik holatdagi namuna sifatida qabul qiladi.

МАМАДАЛИЕВА НАЗИРА АБДУРАХМОНОВНА - учитель общеобразовательной школы № 48 Туракурганского района Наманганской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.