Научная статья на тему 'OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI'

OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

238
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI»

OILADA DINIY ONG SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

ASOSLARI

Hurzoda Rashid qizi Baxromova

(O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti)

Dilfuza Gafurovna Isakdjanova

(266-maktab psixologi)

Bola tarbiyasi hozirgi kunning dolzarb masalalaridan bo'lib turibdi. Globallashuv sharoiti bolalar ongida salbiy oqibatlar qoldimoqda internetga qaramlik, ota-onalarning bee'tiborligi, ijtimoiy muhitga moslasha olmaslik bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchning keskin tushishiga hayottan sovushiga olib kelmoqda. Olimlar bolaning xissiy va shaxs sifatida rivojlanishida ota-ona xatti-xarakatlari ta'sirining nihoyatda yuqori ekanini ta'kidlashmoqda. Ham diniy, ham dunyoviy fikrlashi yuqori bo'lgan shaxslarni tarbiyalashda ota-onaning, xususan, onaning roli muhim ekanligini tajribalar isbotladi.

Oilaning muhim ahamiyatga ega bo'lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik,tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona san'atkor, bola san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'at jarayonining asosidir.[1]

Inson yartilgan barcha mavjudotlar ichida ongi orqali ajralib turadi ong uni turli xil tafakkur operatsiayalarida faol ishtirok etadi. Ongning yuksak darajada taraqqiy etishi bevosita kishining ijtimoiy munosabatlardagi o'rni, individual xususiyatlari va irodaviy sifatlariga bo'gliq. Ongning yuqori darajada shakllanishi uning e'tiqodiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Diniy ongning qay darajada shakllanishi turli xil omillarga chambars bog'liq. Masalan oila a'zolarimiznig bu masala bo'yicha qarashlari.Har bir bolada diniy ong vujdga kelishining ilk bosqichlari oilada boshlanadi. Yoshlarning ongida sof diniy ta'limot g'yoalarini shakllantirish hozirgi davrning ustuvor masalalaridan biri hisoblanadi. Diniy ongning qay darajada to'g'ri shakllantirilshi bevosita uning hayoti faoliyatiga o'z ta'sirini o'tkazib boradi .

So'nggi yillarda yurtimizda diniy bilim berish katta sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda diniy bilim berish sohasiini qo'llab-quvvatlash, sohaga malakali

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

267

mutaxassislarni jalb etish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, ushbu yo'nalishdagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag'batlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda.Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustda qabul qilingan "Din sohasidagi ma'naviy -ma'rifiy, ta'lim ishlarini va faoliyatini yanada takomillashtirishda ijtmoiy ko'mak va imtiyozlar berishto'g'risida"gi 364-qarori qabul qilingan. Bundan tashqari, 2008-yili Samarqand viloyatida Imom Buxoriy markazi ochildi.Markaz yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalar merosini har tomonlamateran o'rganish, keng targ'ib etish, Imo m Buxoriy mmerosi va hadis ilmiini o'rganish borasida xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, diniy hodimlarning bilim va tajribasi, kasb mahoratini oshirish kabi yo'nalishlarda faoliyat olib bormoqda.[2].

Ong, dunyoning subyektiv timsoli, uning faoliyatini mazmuni, ya'ni predmetning andozasi, inson "boshi"da borliqni aks ettiruvchi psixofenomen hisoblanadi. Garchi ong fenomeni falsafiy, psixologik mazmundagi tadqiqotlarda o'rganib kelayotgan bo'lsa-da, uning xususiy jihatlari O'zbekistonda olib borilgan psixologik tadqiqotlarda alohida ilmiy mavzu tariqasida o'rganilmagan. [3]

"Tarbiya" so'zi arabcha "robba" fe'lidan olingan bo'lib, o'stirdi ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma'nolarini bildiradi. "Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va ahloqiy quvvatlarini uyg'unlik hamda muvozanat ila o'stirishdir". [4]

Qur'oni Karimda ota-onalarga qarata bunday hitob qilinadi: "Ey imon keltirganlar! O'zlaringizni va oila a'zolaringizni yoqilg'isi odamlar va toshlar bo'lmish do'zaxdan saqlangiz..." (Tahrim surasi, 6-oyat).

Ulamolarimiz dinga xizmat qiluvchi bo'lajak olimlarni tarbiyalashda quyidagi tavsiyalrni berganlar. Xususan, ilk homila paydo bo'lgan davrdan boshlab chin ixlos bilan farzandim "solih bandalar" qatorida bo'lsin, ilm egasi bo'lsin deya go'zal niyat qilish. Onaning halqumidan doimo halol taomlar o'tishi, bola haqqiga tinmay duo qilish, zero ota-ona duosi eng tez ijobat bo'luvchi duolardan hisoblanadi. Onanig doimo Qur'on bilan mashg'ul bo'lishi, uni tinglash tilovat qilish. Homila paytida o'tib farzand dunyoga kelgandan, so'ng alla bilan birgalikda, Qur'on oyatlarini bolaga eshittirish. Bola qanchalik erta bu narsalrini eshitsa, keyinchalik u suralarni yodlayotganda qiyinchiliklarga nisbatan kam duch kelar ekan. Chunki miyamiz o'ziga tanish bo'lgan ma'lumotlarni assotsativ ravishda tez eslab qolish xususiyatiga ega ekan. Bundan tashqari Qur'on bilan

I_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

o'sgan bolaning fikrlashi, zehni atгofdagi bolalaгga nisbatan Ыг muncha ustun bo'laг ekan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning haг biringiz bamisoli cho'pondiгsizlaгki, o'zingizga qarasЫi raiyalar uchun katta ma'suliyat bo'yinlaгingizga yuklangandir", deganlaг. [5]

Har bir ota-ona faTzandi oldidagi mas'uliyatni his qilishi lozim. Yoshlikdan ularga oq-u qorani tanitishi, diniy qonun qoidalarni vazminlik bilan tushuntirshi lozim. Ulamolarimizni yana shu mazmundagi mashxur gaplaridan biri: "Farzandingizga taгbiyalamoqchi bo'lsangiz unga Qur'on o'гgating, zeгo u bolani o'zi tarbiyalaydi" Dinni bilgan inson ongida halol-xarom tushunchalari, siylayi-rahm, tavozuu, mehr-oqibat tuyg'ulaгi shakllangan bo'ladi.

Diniy ongning asosiy elementlaridan biгi diniy tuyg'udir.Aynan shu tuyg'u insonni boshqamvchi гichag vazifasini ham bajaгadi. Insonda diniy tuyg'uning mavjyudligi Yaгatgan zotga ishonch tuyg'ulari mavjudligi bevosita uniung bilish jarayonlariga ta'siг ko'гsatadi. Diniy ong darajasi shakllangan insonning tafakkur , diqqat, jaгayonlaгi ham boshqa e'tiqodsiz shaxs bilish jarayonlaridan birmuncha faгq qiladi.

Diniy ong ijtimoiy ongning shunday shakliki, u tabiiiy va ijtimoiy borliqning ilohiylashtirilgan, hayoliy in'ikosidir. U kishilarning tabiat va jamiyat hodisalaгiga, o'zlaгiga va o'zaro biг-biгlariga munosabatlaгini ilohiy kucЫarga bog'lab, ulaming irodasi, kaгami, saxovati yoki qaxri, g'azabi, nafrati, jazosi, sifatida ifodalaydi. Diniy ong: diniy tushunchalar, qaгasЫaг, nazaгiyalaг, ta'limotlaг, qadгiyatlaг, e'tiqodlardan iboгat bo'ladi. Diniy ongning dastlabki elementi- diniy tuyg'udir.Kishilarning diniy tasavvurlari diniy g'oyalaгi bilan qo'shilib, ma'lum diniy yo'nalish, diniy ma'no va ahamiyat kasb etgan mhiy kechinma diniy tuyg'u deyiladi.

Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajгiba, oddiy ko'rsatma va bilimlaг jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va ko'lamini oshirish talabini qo'yadi. [6]

REFERENCES

1."Baxtiyor oila". Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hilol-nashr. -Toshkent:.2016. -B.339.

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-267-271

2."Oila psixologiyasi". G'. B. Shoumarov. "sharq"matbaa aksiyadorlik kompaniyasi.-Toshkent:. 2010. -B.3.

3."Salafi solhlarning yoshlarga vasiyati". Abdushukur Murodov. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -Toshkent :. 2020. -B.3.

4. Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 295-298.

5. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

6. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

7. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 342-348.

8. O'zbekistonda davlat va din munosabatlari.-Toshkent:.2014.-B.29

9. Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

10. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

11. Ганиева, Г. В. К. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ДИАГНОСТИКИ КОМПЕТЕНЦИИ МАГИСТРА. International scientific review, (LXXIV), 58-60.

12. Дусмухамедова, Ш. А. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 355-361.

13. Исаева, М. А. К (2022). НАКАЗАНИЕ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 378-384.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

14. Радеев А.Е. Кластерный подход к искусству: за и против. Вестник УДК 7.01 СПГУ. Сер. 15. 2014.

15. Расулова, Ф. Ф. (2016). Агрессивное поведение и агрессивность личности. Путь науки, (7), 29.

О • О

® ©

ф

https://ares.uz/

May 211 ©

Republican Scientific and Practical Conference

©

271

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.