Научная статья на тему 'OILA DINIY E’TIQODNI SHAKLLANTIRUVCHI MASKAN SIFATIDA'

OILA DINIY E’TIQODNI SHAKLLANTIRUVCHI MASKAN SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

572
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA DINIY E’TIQODNI SHAKLLANTIRUVCHI MASKAN SIFATIDA»

OILA DINIY E'TIQODNI SHAKLLANTIRUVCHI MASKAN SIFATIDA

Mushtariy Alisher qizi Isayeva

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Din psixologiyasi va pedagogika

kafedrasi o'qituvchisi

Oilalarning mustahkamligi jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, milliy xavfsizligini, uning ravnaqi, taraqqiyotini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy maskan sifatida farzand kamolotida tutgan o'rni, uning o'z qobiliyati va iktidorini namoyon etishiga ta'siri masalalari hamisha dolzarb bo'lib kelgan. Bu mavzu insoniyat tarixida yashagan ko'plab allomalarning e'tiboridagi muhim muammolardan sanaladi. Oilaviy muhit jamiyat uchun sog'lom fikrdagi avlodni tarbiyalashning asosiy bo'g'ini hisoblansa, ota-ona bilan farzand o'rtasidagi munosabatlarda diniy e'tiqodni tarbiyalash asosiy vositadir.

Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e'tiqod tuyg'usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg'usidir. Ishonmoq tuyg'usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma'naviy ehtiyojlaridandir.[1] O'zbek tilining izohli lug'atida din -e'tiqod, ishonch ma'nosida kelib, Ilohiy kuchga, Xudoga ishonishga asoslangan dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmuini bildiradi.[2]

Psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak, din inson ruhiyatining namoyon bo'lishining o'ziga xos sohasi bo'lib, ijtimoiy guruhlar va shaxslarning ijtimoiy ong (ijtimoiy hayot) shakllaridan biri hisoblanadi. Insonlar ko'p holatda dinga ma'naviy va psixologik, mafkuraviy bo'shliqni to'ldirish, o'zini shu yo'nalishda topish va o'zlarining kundalik muammolarini mustaqil ravishda hal qila olmaydigan paytlarda murojaat qiladilar. Dindorlarning o'zlari dinga bo'lgan ilk moyilliklarini "mo'jiza" bilan, kutilmagan idrok va ma'rifat bilan, Xudo bilan muloqot qilish bilan bog'lashadi.[3]

Agar e'tiqod - shaxs, guruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol a'zosiga aylantiruvchi omil bo'lsa, diniy e'tiqod ilohiy kuchlarga ishonuvchi kuchlar ongida bo'lgan diniy tasavvurlar, obrazlar majmuasidir. Diniy e'tiqod diniy ongning asosiy elementi sifatida diniy aqidalarga, yo'l-yo'riq va ko'rsatmalarga shak-shubhasiz ishonish xamda ularga amal qilishdir. Demak, har qanday diniy ongning negizida diniy e'tiqod yotadi.

Ma'lumki, diniy ong - dindor kishilar ongi bo'lib, diniy ishonch-e'tiqod mustahkamligining muhim omilidir. Biroq har

qanday e'tiqod ham diniy e'tiqod bo'lavermasligini ta'kidlash

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

joiz. Zero, diniy iymon, e'tiqod inson psixologiyasida alohida barqaror ishonchning mavjud bo'lishini taqozo etadi. F.Abdurahmonov va Z.Abdurahmonovalar diniy ong elementlariga: diniy psixologiya; diniy kechinma; diniy hissiyot; muhabbat, qo'rqinch, shodlik hamda diniy mafkura; dogmatika; apologetika; diniy normalar larni kiritadi.[4]

Aytish joizki, ong darajasining yuqoriligi e'tiqod o'rtasidagi iroda va ishonchning tafakkur bilan bog'liq ehtiyojmandligini belgilaydi. Bu esa oila, mahalla, tarbiya maskanlari orqali yoshlarga singdiriladi hamda ularning o'zaro uyg'unl igini talab etadi. Shuningdek, jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma'naviy muhitni keng qaror toptirish, o'zbek milliy mentalitetiga mutlaqo yot bo'lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta'sirlarga qarshi turishda oilaning o'rni va ahamiyatini oshirishni taqozo etadi.

Demak, din ijtimoy-siyosiy, ma'naviy-madaniy sohalar, millatlararo munosabatlar bilan birga oilada ham muhim rol o'ynaydi. Zero, din odamlar hayot tarzi, fikr va xatti-harakatlarini sanksiyalashtiradi, ularga olijanoblik baxsh etadi yoki gunoh sifatida qoralaydi. Shu tariqa, din oilaga bevosita o'z ta'sirini o'tkazadi.

Umuman olganda, inson hayotining tom va mukammal ma'nosi oilada mujassamlanadi. Jamiyatimizda oila tushunchasi ulug'lanadi va er-xotinlikning muqaddasligi himoya qilinadi. Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy an'analarni saqlab qolish hamda targ'ibot qilish masalalari bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

O'zbeklarda oilaviy munosabatlar islomiy va milliy qadriyatlarning chuqur tarixiy ildizlariga borib taqaladi. Islom dinida oilaga katta e'tibor berilib, uni q anday tashkil qilish, oila a'zolarining huquqlari, farzandlar tarbiyasi, oilada chiqadigan kelishmovchiliklarni muolaja qilish, umuman oilaviy hayotning barcha masalalariga javob topish mumkin. O'z turmush rafiqasi bilan qanday muomala qilish, ota-onalar va farzandlar bilan qanday munosabat qilish, oila a'zolariga nisbatan hurmat-ehtirom zohir etish kabi oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari islom dinining asosiy manbalari hisoblangan Qur'oni karim, hadislar va shar'iy qonunlarda yoritilgan.

Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladiki: "Uning alomatlaridan (yana biri) - sizlar (nafsni qondirish jihatidan) taskin topishingiz uchun o'zlaringizdan juftlar yaratgani va o'rtangizda inoqlik va mehribonlik paydo qilganidir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

158

kishilar uchun alomatlar bordir" ("Rum"surasi, 21-oyat). Qur'oni karimda oiladagi er bilan xotinning o'rni belgilab berilgan bo'lib, erkak kishining mas'uliyati alohida qayd etilgan. Ya'ni, erning o'z xotini oldida ham ijtimoiy, ham jismoniy, ham moliyaviy burchi mavjud. Qur'onda erga oila boshlig'i sifatida muayyan vazifalar yuklatilgan bo'lib, islom dini o'z ayollariga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lgan erkaklarni insonlarning eng yaxshilari qatoriga qo'shadi. Umuman, Qur'ondan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos oyatlarni ko'plab keltirish mumkin.[5]

O'zbek oilalarida islom dinining o'rni katta ekan, oila mustahkamligini ta'minlash, barkamol insonlarni voyaga yetkazishda nafaqat diniy qadriyatlarning roli, balki shaxs diniy yo'nalganligining ham ahamiyati kattadir.

Islom manbalarida bola dunyoga kelmay turiboq, uning kelajagi to'g'risida qayg'urish kerakligi haqida ko'rsatmalar bor. Oilaning zimmasidagi muqaddas burchlarning biri - ulkan tarbiya o'chog'i ekanligi shunda namoyon bo'ladi. Oila o'z farzandlarini tarbiyalab, ularga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish bilan ularga boshlang'ich ijtimoiy yo'nalish beradi. O'z farzandalarini katta oqimga - jamiyatga qo'shish bilan esa oila jamiyat yo'nalishi, iqtisodiyoti, madaniyati va ma'rifatini ham belgilashga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Oila deganda ko'z o'ngimizda er-xotin o'rtasidagi ittifoq gavdalanadi. Bu ittifoq esa o'zaro ishonch, hurmat, mexr-muhabbat singari insoniy hislatlar bilan bog'langan bo'lsagina u mustaxkam «qo'rg'onga» aylanadi. Jamiyatimizda oila tushunchasi ulug'lanadi va er-xotinlikning muqaddasligi himoya qilinadi.

Er-xotinlik faqat qonuniy nikoh tufayligina tan olinadi. Bundan boshqasi axloqsizlik sanaladi. Bu tabiiy hol albatta. Chunki, qonun doirasida tuzilgan nikoh orqaligina er-xotinlar o'rtasida huquq va majburiyatlar paydo bo'ladi.

Din shaxs va uning atrofdagilarga bo'lgan munosabati shakllanishiga ta'sir etib, har tomonlama mukammal inson bo'lishida muhim rol o'ynaydi. Din odamzotni hech qachon yomon yo'lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o'tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini xushyor bo'lishga, harom yo'llardan uzoq yurishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.

Ma'lumki, muqaddas dinimiz islomda, uning asosiy manbalari hisoblangan "Qur'oni Karim" va Hadislarda ham oilaviy turmushning va er-xotin munosabatlarining barcha tomonlari hakida qimmatli ma'lumotlar va shar'iy qonunlar yoritilgan. Qur'oni Karimning oyatida oiladagi er bilan xotinning o'rni belgilab berilgan. Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma'naviy taraflariga javobgar, uni chetdan bo'ladigan xar kanday xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir.

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

159

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-157-161

Mana shulaming evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og'ir-bosiqlik, oila ro'zg'or tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar mavjudligi sababli u oilaning boshlig'i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadokatli bo'lgan ayoldir. Qur'oni Karimdan er-xotin yoxud oilaviy munosabatlarga xos ibratli misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Demak, oila mustahkamligini ta'minlashda, barkamol insonlarni voyaga yetkazishda, avvalo, shaxsning diniy yo'nalganligining ahamiyati katta. Zero, shaxsning diniy yo'nalganligi farzandlarning qanday diniy bilim olishiga, diniy qadriyatlarning oilada qanday o'rin tutishi va bajarilishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Islom dini o'zbek xalqida odat shariat qonunlari bilan bir qatorda jamoa hayotini tartibga solishida muhim rol o'ynashini hisobga oladigan bo'lsak, mazkur omil katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. «Куръони Карим» ва узбек тилидаги маънолари таржимаси / Шайх Мухаммад Содик Мухдммад Юсуф. - Тошкент: «HILOL NASHR» нашриёт, 2018. - 628 б.

2. Allport G. The Person in psychology. Boston: Beacon, 1968, pp. 376-409. (Ruse d.: Olport Gordon V. Lichnost' v psikhologii. Moscow, "KSP+" Publ., St.Petersburg "Iuventa" Publ., 1998. 375 p.)

3. Isayeva, M. A. (2014). Religious and psychological aspects of family functions. The Way of Science, 90.

4. Mukhiddinova U. (2021) Physical Activity as a Factor of Mental Development // CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS), ISSN: 2181-2454. Volume 1, Issue 3, November 2021. P.260-263.

5. Mukhiddinova U., Zotova E. (2021) Relationship of functional asymmetry with individual psychological features of the personality // The Way of Science International scientific journal, № 4 (86), 2021. ISSN 2311-2158. Impact factor of the journal «The Way of Science» - 0.543 (Global Impact Factor, Australia). P.85-89

6. Rasulova, F. F. (2016). CHARACTERISTICS OF PRINCIPAL WAYS AND METODS OF CORRECTION OF AGGRESSIVE BEHAVIOR AMONG TEENAGERS. Theoretical & Applied Science, (9), 173-176.

7. Rasulova, N. T. (2021). PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF REPRODUCTIVE CONSCIOUSNESS AND BEHAVIOR.

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 375-380.

8. Исаева М. Оилавий муносабатлар психодиагностикаси // Интернаука. - 2020. - №. 23-3. - С. 63-66.

9. Мельникова Н.А. Социальная психология: конспект лекций. - М.: 2008. - 160 с.

10. Мухиддинов У. (2022) Копинг-стратегиялар таснифига доир кдрашлар // Таълим ва тарбия жараёнининг ижтимоий х,амда педагогик-психологик муаммолари: таклиф ва ечимлар / Макрлалар туплами. - Тошкент. Б.344-348.

11. Мухиддинов У., Мухиддинова Ф. (2022) Роль копин-стратегий в спортивной деятельности // Таълим ва тарбия жараёнининг ижтимоий хдмда педагогик-психологик муаммолари: таклиф ва ечимлар / Макрлалар туплами. -Тошкент. Б.349-353.

12. Назаров, А. С. (2020). Психологический анализ уровней принятия управленческих решений и факторов, влияющих на него. Молодой ученый, (21),

13. Тойирова, Л. И., & Абдуганиева, Д. А. (2019). ИННОВАЦИИ В ОБРАЗОВАНИИ: С УЧЕТОМ ВОЗРАСТНЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОБУЧАЮЩИХСЯ. 1п Перспективные этапы развития научных исследований: теория и практика (рр. 21-23).

739-740.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.