Научная статья на тему 'OILАDА BOLА MА’NАVIYАTINI SHАKLLАNTIRISHNING АSOSIY YO‘NАLISHLАRI'

OILАDА BOLА MА’NАVIYАTINI SHАKLLАNTIRISHNING АSOSIY YO‘NАLISHLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mа’nаviyаt / jаmiyаt / oilа / mаhаllа / yuksаk mа’nаviyаt / mа’nаviy meros.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dаdаboevа Dilfuzахon, Salimova Mavluda

Ushbu mаqolаdа bolа mа’nаviyаtini shаkllаntirishning аsosiy yo‘llаri hаqidа so‘z borib, undа bolа tаrbiyаsidа oilаning аhаmiyаti yoritib berilgаn. Bundаn tаshqаri yuksаk mа’nаviyаtli shахsni tаrbilаshdа nаfаqаt oilа bаlki mаhаllа vа tа’lim tаshkilotlаrining o‘rni hаm muhimligi tа’kidlаnаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILАDА BOLА MА’NАVIYАTINI SHАKLLАNTIRISHNING АSOSIY YO‘NАLISHLАRI»

OILADA BOLA MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING

ASOSIY YO'NALISHLARI

1Dadaboeva Dilfuzaxon, 2Salimova Mavluda

1Farg'ona viloyati Beshariq tumani 57-DMTT direktori 2Farg'ona viloyati Beshariq tumani 28-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11258289

Annotatsiya. Ushbu maqolada bola ma'naviyatini shakllantirishning asosiy yo'llari haqida so'z borib, unda bola tarbiyasida oilaning ahamiyati yoritib berilgan. Bundan tashqari yuksak ma 'naviyatli shaxsni tarbilashda nafaqat oila balki mahalla va ta'lim tashkilotlarining o'rni ham muhimligi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, jamiyat, oila, mahalla, yuksak ma 'naviyat, ma 'naviy meros.

Yosh avlod ma'naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma'naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch kitobida aniq ko'rsatmalar berilgan. Demak, biz yoshlarning ma'naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib ko'rsatishimiz durust bo'ladi, qaysi o'lchov, qanday me'yorlarni asos qilib olishimiz lozim - bular hammasi kitobda aniq ko'rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular - ulug' ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug' ma'naviy meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg'ular.

Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch kitobida bu haqiqatlarni, bu tuyg'ularni yosh avlod ongiga singdirishning uch tabarruk makoniga alohida e'tibor qaratadi: ularning birinchisi - oila, ikkinchisi - mahalla, uchinchisi - ta'lim-tarbiya tizimi. Agar shu uch makonda ma'naviy muhit ko'ngildagidek bo'lsa, hamma ish ko'ngildagidek bo'ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Afsuski, muayyan sabablarga ko'ra bugungi kunda har uch makonda ham muammolar ancha-muncha yig'ilib qolgan. Bugungi kunda jamiyatda oila ma'naviy muhitiga alohida e'tibor ajratilgan. Ba'zi ota-onalarning o'sib kelayotgan yosh farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning "ongu tafakkurida har kuni bir o'zgarish yuz berib, ko'zida yangi-yangi savollar paydo bo'layotganiga" jiddiy ahamiyat bermasligi, boz ustiga ba'zi ota-onalar bola oldida o'zini tutishni bilmay, axloq-odob bobida farzandlariga o'rnak bo'lish o'rniga ahli oilasiga qo'pol muomala bilan farzandlari ruhiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, hatto ba'zi oilalarda bolaning ma'naviy olamida og'ir asoratlar qoldirishi mumkin bo'lgan o'zgalar baxtini ko'rolmaslik, fisqu fasod, ig'vo muhiti ham mavjudligi taassuf bilan qayd etiladi va shunday xulosa qilinadi: "Biz o'z farzandlarimizning baxtu saodatini, iqbol va kamolini ko'rishni istar ekanmiz, nafaqat oiladagi, balki mahalla-kuydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'sir ko'rsatishi haqida doimo o'ylashimiz, bu masalada zimmamizda qanday ulkan mas'uliyat borligini unutmasligimiz zarur."

Muallif har qaysi xonadondagi ma'naviy iqlimni yaxshilash haqida bosh qotirar ekan, yana badiiy so'z qudratiga murojaat qilishni maslahat beradi. Mumtoz adibimiz Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar"ida tasvirlangan o'zbek oilalariga xos odob va axloq namunalarini ibrat qilib ko'rsatadi. O'zbek xalqining azaliy bolajonligi, oilaparvarligini iftixor bilan ta'kidlar ekan, muallif bunday ezgu tuyg'ular farzandlarni "yoshlik chog'idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat asosida voyaga yetkazish" yo'lida sarflanishi lozimligini alohida uqdiradi.

Mahalla - insonni jamiyat bilan uyg'unlashtiradigan hamda shu ruhda tarbiyalaydigan eng katta sahovatli go'sha va beqiyos Vatan. Muallif xalqimizning "Mahalla - ham ota, ham ona" degan hikmatli iborasini keltirib, bu so'zlarni millatimiz uchun "hayotiy haqiqatning ifodasi" deb ta'riflaydi va mahalla - tarbiya maktabi sifatidagi vazifasiga alohida urg'u beradi.

Kitobda mustaqillik davrida oila ma'naviy muhitini yaxshilash, azaliy qadriyatimiz bo'lgan mahallaning ijtimoiy maqomini ko'tarish, ta'lim-tarbiya sohasida o'tkazilayotgan tub islohotlar haqida eslab o'tish bilan bir qatorda bu sohalarning bugungi dolzarb muamolari haqida batafsil mulohazalar bildiriladi. "Shuni unutmaslik kerakki, -deb yozadi Prezident, - kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq.

Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shunday talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim deb qabul qilishimiz kerak, - degan edi yurtboshimiz. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishini talab etadi". Shunday ekan, bu sohada yuzaki, rasmiy yondoshuvlarga, puxta o'ylanmagan ishlarga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi" .

Ta'lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi, davlat va jamiyat nazoratidagi umummilliy masaladir. Ta'lim va tarbiya bir-biridan ajratib bo'lmaydigan uyg'unlikda olib borilishi lozim. Ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifasi komil inson tarbiyasidir. Ammo yaqin o'tmishda bizda bolaga tabiiy va aniq fanlar bo'yicha bilim berish asosiy maqsadga aylanib, bolaning ma'naviy tarbiyasi o'z holiga tashlab qo'yilgan, ko'pincha faqat siyosiy-tashkiliy tadbirbozlikka aylanib ketgan edi. Davlatimiz va hukumatimizning Maktabgacha ta'limni yanada rivojlantirish va ta'limning keyingi bosqichlari bilan uzviyligini ta'minlashga xizmat qiluvchi islohotlari tufayli bu sohaga yangicha e'tibor qaratildi. Ammo hanuz bu sohada hal qilinishi lozim bo'lgan muammolar birtalay ekanligi hammamizga ma'lum. Hali bu yo'lda qiladigan ishlar ko'p, ammo hozirdanoq bu sa'y-harakatlarning samaralari borgan sari yorqinroq ko'zga tashlanib borayotganini ham mamnuniyat bilan e'tirof etish mumkin. Oilada bola ma'naviyatini shakllantirishning asosiy yo'llari va shart-sharoitlari nimalardan iborat? Ularning faqat ayrimlarini sanab o'tamiz:

- Oiladagi mehr-muhabbat muhiti. Ushbu tuyg'udan mahrum bo'lgan kishi o'z yaqinlarini, vatandoshlarini, Vatanini hurmat qilishga qodir bo'lmaydi, odamlarga yaxshilik qila olmaydi. Oiladagi mehr-muhabbat va samimiyat, oila a'zolarining bir-biriga e'tiborliligi va g'amxo'rligi bolalar ruhiyatiga kuchli ta'sir qiladi, bolaning his-tuyg'ulari namoyon bo'lishi, uning ma'naviy ehtiyojlari shakllanishi va amalga oshishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Bizlarning barchamiz o'z ishlari bilan band bo'lgan va bir uyda yashaydigan odamlarning alohida bir guruhiga mansub bo'lishgina emas, balki yaqin kishilarimizning oldimizda ekanligini his etishga, o'z individualligini, takrorlanmasligini, o'zining alohida xususiyatini, o'z an'analarini yaratadigan oilaning umumiy muhitidan nafas olishga ehtiyoj sezamiz.

- Samimiylik muhiti. Ota-onalar hayotning muhim ahamiyatli holatlarida bolalarga yolg'on so'zlamasligi kerak. Bola har kanday yolg'on, aldash, soxtakorlikni favqulodda o'tkirlik bilan tez sezadi; uni payqab sarosima va vasvasaga tushadi, shubha-gumonga g'arq bo'ladi. Agar biror gapni bolaga aytish mumkin bo'lmasa, u holda bemani gapni o'ylab topib, so'ngra kalovlanib qolgandan yoki yolg'on so'zlab aldagandan, buni bola bilib qolganidan ko'ra hamma vaqt yaxshisi to'g'ri javob berishdan kochish yoki bolaga bildirishning ma'lum bir chegarasidan nariga

o'tmaslik lozim. Hech qachon "Buni bilishga yoshlik qilasan" yoki "Buni sen baribir tushunmaysan", demaslik kerak. Bunday javoblar bolaning yuragidagi kiziquvchanlik va xudbinlikni ko'zlaydi. Yaxshisi «Men buni senga ayta olmayman: har bir kishi ma'lum bir sirlarni o'zida saqlashga majburdir, o'zgalarning siriga aralashib hadeb so'raverish odobdan emas va kamtarlikka kirmaydi», deb javob bergan ma'kul. Bu bilan to'g'rilik va samimiyatga ziyon yetmaydi burch, intizom va odoblilikdan aniq saboq beriladi.

- Tushuntirish. So'z bilan tarbiyalash uchun so'z tarbiyalanuvchining fikrida va qalbida iz qoldirishi kerak. Buning uchun esa so'zlarning ma'nosiga tushunib yetishni o'rgatish lozim. Faqat ana shundagina hissiy ta'sir kilishga umid qilishimiz mumkin. Tarbiyachi anik faktlar, voqealar, hodisalardan umumiy haqiqatlarni, xulq-atvor prinsiplarini ochib berishga o'z vaqtida o'tishi kerak. O'smirlar mulohaza qilishni yoqtirishadi, biroq ota-onalar ularning balog'atga yetmaganligini ta'kidlab, buni ular hali kichkina ekanligi va shu sababli ular o'z fikrini bildirishga kichiklik qilishi bilan izohlab ko'pincha ularning mulohazalarini bo'lishadi. Biroq, aynan mana shu mulohazalar orqali o'smirlar ma'naviy-ahloqiy tushunchalarni anglab oladilar.

- Bolaning ko'z o'ngida mehnat bilan shug'ullanish. Bola kattalarning ishini muntazam ravishda kuzatib borib, buni o'yinda amalga oshirishga harakat kila boshlaydi, so'ngra yordamchi sifatida mehnat jarayoniga kirisha boshlaydi, va nihoyat, ishni mustaqil bajarishga kirishadi.

- Bola hayotidan dabdaba, qashshoqlik, haddan tashqari mazaxo'rlik, alkogol singari holatlarni istisno kilish zarur.

- Bolani axloqsiz odamlar bilan muloqotga kirishishdan ehtiyot qilish zarur. Imitatsiya (taqlid kilish) bilimlar va tajribani egallab olishning muhim usuli hisoblanadi. Imitatsiya instinkti bolani o'z atrofidagi barcha odamlarning barcha xatti-harakatlarini qaytarishga majbur qiladi. Bola faqat 7 yoshga to'lgandan keyin o'z ahloqiy asoslarini shakllantiradi va atrofdagi odamlarning xulq-atvori va qilmishiga baho berishi mumkin. Shu sababli bolani sevadigan va unga yaxshilik tilaydigan katta yoshdagilar o'zlarining axloqsiz xatti-harakatlari bilan bolaga namuna bo'lmaslik uchun o'zlarining har bir qadamini qat'iy nazorat qilishlari zarur.

Demak, oila bir qancha funksiyalarni bajaradigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Bu funksiyalar ichida muayyan bir mafkura doirasida mustahkamlangan g'oyalar, qadriyatlar, g'oyalar tizimi asosida dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi ham bor.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 0016-21-sonli "Sanitariya qoida va me'yorlari", 2021 yil 26 iyun.

2. Ro'ziyeva Sh.M. "Bolalar taomlari tayyorlash texnologiyasi"

3. Soldixo'jaev S.S. "Bolalar ovqatiga qo'yiladigan gigiyenik talablar". -T: "Meditsina", 1989.

4. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

5. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

6. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.