Научная статья на тему 'OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI ASOSIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FARZAND TARBIYALAYOTGAN OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH'

OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI ASOSIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FARZAND TARBIYALAYOTGAN OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
oila / mahalla / hamkorlik / nogironlik / ijtimoiy himoya / farzand / bola / ota-ona / ijtimoiy ish xodimi / psixolog / pedagog.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Mazkur maqolada bugungi kunda respublikamizda nogironligi bo‘lgan farzandli oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoyalashda mahallalar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ish xodimi va psixologlarning hamkorlikdagi vazifalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI ASOSIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FARZAND TARBIYALAYOTGAN OILALARNI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASH»

OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI ASOSIDA NOGIRONLIGI BO'LGAN FARZAND TARBIYALAYOTGAN OILALARNI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH

Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

pedagogika fanlari doktori, professor, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti direktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215774

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda respublikamizda nogironligi bo'lgan farzandli oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va himoyalashda mahallalar tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalari bo'yicha ijtimoiy pedagog, ijtimoiy ish xodimi va psixologlarning hamkorlikdagi vazifalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: oila, mahalla, hamkorlik, nogironlik, ijtimoiy himoya, farzand, bola, ota-ona, ijtimoiy ish xodimi, psixolog, pedagog.

Bu borada nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashda mahallalarda faoliyat olib boruvchi ijtimoiy xodimlardan kerakli bilim va ko'nikmalar talab qilinadi. Shu bilan birga, ijtimoiy ish xodimi nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilaning xususiyatlarini yaxshi anglagan bo'lishlari va nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim olishida ota-onalarga inklyuziv ta'lim bo'yicha axborotlarni yetkaza olishi, ota-onalarga farzand tarbiyalash va parvarishlash mas'uliyati va majburiyati haqida tushunchalar berish, milliy qonunchilik sohasida yaxshi xabardor bo'lishi va ijtimoiy-huquqiy maslahatlar berishi muhim sanaladi.

Har bir farzand bizning kelajagimizdir. Oilada farzand tug'ilishi - oila uchun eng katta baxt hisoblanadi. Bu esa oila a'zolari va yaqin qarindoshlarining munosabatlarini yanada mustahkam bo'lishiga zamin yaratadi. Ammo, shunday vaziyatlar bo'ladiki, orziqib kutilgan farzand alohida ehtiyojga ega bo'lib tug'ilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda oila a'zolari kuchli kechinmalarni boshdan kechiradilar. Dastlab, ota-onalarda bolaning tashxisini tan olish jarayonidagi qiyinchiliklar, umidsizlik va aybdorlik hissi, o'z farzandining kelajagini o'ylab kuchli qayg'urish va boshqa holatlar yuz beradi. Bu kabi vaziyatlar oila a'zolaridan tabiiy ravishda muayyan vaqtni va sabr-toqatni talab qiladi.

Ma'lumki, psixologik xotirjamlik hukumron bo'lgan oilalarda nogironligi bo'lgan bolalar keyinchalik to'laqonli yashashi uchun zarur bo'lgan va barcha bilim va ko'nikmalarni oila bag'rida o'zlashtra oladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan bolalarning rivojlanishida albatta, yaqinlarning ko'magi va e'tibori sabab muammolar muvaffaqiyat bilan yechim topadi. Biroq, bola notinch oila yoki nosog'lom muhitda tarbiyalanayotgan bo'lsachi, bu holat bolaning ta'lim-tarbiyasiga, salomatligiga va ijtimoiy faolligiga ko'p jihatdan salbiy ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymaydi. Aksariyat hollarda bolaning alohida ehtiyojga egaligi ota-ona uchun ruhiy jarohatlovchi omil hisoblanadi. Unda ota-ona chuqur tushkunlikka tushishi sababli bola bilan munosabatda o'ta g'amxo'rlik ko'rsatishi mumkin. Yoki aksincha, ba'zi bir ota-onalarda bolaning muammolariga e'tiborsizlik kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilada psixologik, ijtimoiy va jismoniy holatlar bilan bog'liq o'zgarishlar sodir bo'ladi. Psixologik - bolaning kasalligi, kelib chiqishi turlicha bulgan ruhiy jarohatlarning ta'siri bilan bog'liq bo'lgan surunkali stress holatlari. Ijtimoiy - mazkur toifadagi oila o'zining shaxslararo munosabatlari doirasini cheklaydi, ba'zan

ona o'z ishidan voz kechishga majbur bo'ladi, er va xotin o'rtasidagi munosabatlar o'zgaradi. Jismoniy - ota-ona farzandiga qayg'urishi va ularning boshidan kechirayotgan stress holatlari turli psixosomatik kasalliklarni keltirib chiqarishi va sog'lig'ining yomonlashuviga sabab bo'lishi mumkin.

Bu holatlar nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilalarni barvaqt qo'lab-quvvatlashni talab etadi. Malakali ijtimoiy xodim nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilalarni o'z vaqtida aniqlab, ularning ehtiyojlarini baholab, ular uchun kerakli sharoitlar yaratishga alohida e'tibor beradi. Ijtimoiy xodim ushbu toifa oilalarning shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni yengishga hamda yordam berishga harakat qiladi.

Nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilalar bilan ishlashda ijtimoiy ish xodimi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

• ijtimoiy ish xodimi oila va bolaning muammolarini chuqur o'rganish orqali xavf omillarini aniqlaydi;

• ijtimoiy ish xodimi ota-onalarga mavjud muammolarni (stress, tushkunlik, moddiy qiyinchiliklar) yengib o'tishlarida ko'maklashadi;

• ijtimoiy ish xodimi ota-onalarga nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalash borasidagi ma'lumotlarni yetkazish orqali yordam ko'rsatadi;

• ijtimoiy ish xodimi nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan ota-onalarga farzandini reabilitatsiya jarayoniga erta jalb qilish zaruriyati to'g'risida tushuntirish ishlarini olib boradi;

• ijtimoiy ish xodimi ota-onalarga qayerda va qanday ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatilishi va mavjud imtiyozlar yuzasidan ma'lumot beradi va yo'naltirish ishlarini olib boradi;

• ijtimoiy ish xodimi oilaning nogironligi bo'lgan farzandi bilangina emas, balki oiladagi barcha a'zolarning ijtimoiy muammolari bilan ham ishlaydi;

• ijtimoiy ish xodimi nogironligi bo'lgan bolaning rivojlanishi, ta'limi, ijtimoiy-reabilitatsiyasi va jamiyatga uyg'unlashuvi masalalarida ko'maklashadi va ular uchun teng imkoniyatlar yaratadi.

Nogironligi bo'lgan farzand tarbiyalayotgan oilalar bilan ishlashda ijtimoiy ish xodimining vazifasi bolaning ijtimoiy moslashuvi, sog'lig'i va rivojlanishiga oid mutaxassis (maxsus pedagog, psixolog) tomonidan berilgan tavsiyalar va ko'rsatmalarni uy sharoitida farzandi bilan mustaqil ravishda shug'ullanishi yuzasidan kuzatuvini olib borishni ham nazarda tutadi. Nogironligi bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoyasini ta'minlashda ijtimoiy xodimlar keys-menejment amaliyoti asosida ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar sababli nogironligi bo'lgan bolalarning umumiy o'rta maktablarda inklyuziv ta'limga integratsiyasini amalga oshirish, nogironligi bo'lgan farzandi bor oilalarga mahallalar tomonidan ijtimoiy konsultativ ko'mak ko'rsatish, nogironligi bo'lgan yoshlarni ish bilan ta'minlash, nogironligi bo'lgan qizlarning kasb-hunar egallashi va oliy ta'limga bo'lgan ehtiyojlarini amalga oshirish maqsadida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda va o'z samarasini namoyon etmoqda.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlami tasdiqlash to'g'risida»gi 638-son qarori.

3. Ромашина С.Я., Майер А. А. Фасилитативная педагогика. Барнаул, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.