Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONA – MAHALLA VA PEDAGOGLARNING O‘RNI VA HAMKORLIGI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONA – MAHALLA VA PEDAGOGLARNING O‘RNI VA HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
oila / mahalla / maktab / hamkorlik / inklyuziya / jamiyat / imkoniyat / g‘amho‘rlik.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Karaboyeva Maxliyo Qodirjonovna

Ushbu maqolada yurtimizda istiqomad qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolarni erkin ijtimoiy muhitga moslashishi, ta’lim olishi, fuqorolik imkoniyatlaridan to‘la qonli foydalanishiga yaratilgan huquqiy va ijtimoiy imkoniyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONA – MAHALLA VA PEDAGOGLARNING O‘RNI VA HAMKORLIGI»

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONA - MAHALLA VA PEDAGOGLARNING O'RNI VA HAMKORLIGI

Karaboyeva Maxliyo Qodirjonovna

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186871

Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda istiqomad qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolarni erkin ijtimoiy muhitga moslashishi, ta'lim olishi, fuqorolik imkoniyatlaridan to'la qonli foydalanishiga yaratilgan huquqiy va ijtimoiy imkoniyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: oila, mahalla, maktab, hamkorlik, inklyuziya, jamiyat, imkoniyat, g'amho'rlik.

Аннотация. В данной статье говорится о правовых и социальных возможностях, созданных для граждан с ограниченными возможностями, проживающих в нашей стране, для адаптации к свободной социальной среде, получения образования, полноценного использования гражданских возможностей.

Ключевые слова: семья, махалля, район, школа, сотрудничество, инклюзивность, сообщество, возможность, забота.

Annotation. This article talks about the legal and social opportunities created for citizens with disabilities living in our country to adapt to a free social environment, get education, and make full use of civil opportunities.

Key words: family, neighborhood, school, cooperation, inclusion, community, opportunity,

care.

Bizning oramizda hayot kechirib turgan shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin ma'naviyati yuksak, ruhi esa, juda kuchli va matonatli. Afsuski, nogironligi bo'lgan shaxslar ko'pincha ishlash, ta'lim darajasini oshirish va jamiyat hayotida to'laqonli ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo'ladilar. Hozirgi paytda ularning soni jahon miqyosida juda ko'p. Aksariyat hollarda ular kamsitishlardan aziyat chekadilar. Albatta, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasidagi eng katta mas'uliyat davlat zimmasiga yuklatiladi. Bu borada respublikamizda turli qonun va qarorlar ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda.

2020-yil 23-sentyabr kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuniga ilk bora "Inklyuziv ta'lim" tushunchasi kirtildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbrlari to'g'risida"gi 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ 4860-sonli qarori, Xalq ta'limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5712-son farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan xizmatlarni sifatini yaxshilash maqsadida qator me'yoriy huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha yo'l xaritasi tuzildi 2020-2022-yillarda inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ bazani takomillashtirish, 2023-2025-yillarda esa, inklyuziv ta'lim tizimini bosqichma-bosqich boshqa umumiy o'rta ta'lim

muassasalarida joriy qilish va o'qitishni takomillashtirish va ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari sonini optimallashtirish ko'zda tutildi [2, 3-b.].

Yurtimizning bir qator olimlari tomonidan nuqsonli bola oilasining alohida muammolari, oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari mavzusida tadqiqot ishlari olib borgan bo'lib, ularning tadqiqoti ota-ona va nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik holatlarini o'rganish va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishga bag'ishlangan.

Inklyuziv ta'lim vazifalari: ta'lim muassasasida ta'limda alohida ehtiyoji bo'lgan imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarning ta'lim olishlari uchun zarur psixologo-pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yo'naltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; maxsus ta'lim muassasasi o'quvchilari ta'lim tashkilotlari bilan uyg'unlashtirgan holda faoliyat olib borish yo'li bilan o'quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash; jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, bolaning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro'yobga chiqarish; jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir [3, 6-b.].

Inklyuziv ta'limning afzalliklari shundan iboratki, har bir inson inklyuziv amaliyotdan foyda ko'radi. Inklyuziv ta'lim orqali bola mustaqilroq va o'ziga ishonadigan bo'lib yetishadi. O'z ichidagi qo'rquvlari kamayadi va tegishli ijtimoiy ko'nikmalarni o'rganadilar. Shuningdek, ular g'amxo'rlik va rahm-shafqatni ifoda etish qobiliyatidan xabardor bo'lishadi. Bu ta'lim muhitidan faqatgina bola emas, bolaning ham ota-onalari foyda ko'rishadi. Chunki bunungi kunda imkoniyati cheklangan bolasi bor ota-onaning birinchi tashvishlantirgan narsasi bolasining tengdoshlari qatoridan ajralib qolayotganligi va ta'lim olishin qiyin bo'layotganligidir. Hozirgi kunda ota-ona bolasi ta'lim olayotgan tashkilotga borib bemalol bolasining ta'lim olayotgan muhitini ko'rishi va yordamlashishi mumkin.

Ota-onalar va boshqa oila a'zolari bilan qo'shilishdan foyda ko'rishadi, shuningdek, ular o'zlari va farzandlari uchun turli xil ijtimoiy vaziyatlarni kengaytiradilar. Ular o'z jamoalaridagi katta oilalar guruhi bilan aloqani boshdan kechiradilar, qo'rquvni kamaytiradi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona mahalla va maktab ta'lim tashkiloti hamkorlik faoliyatda hamda bolalarning ta'limiy faoliyatida hamda bolalarning ta'limiy jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda bola ijobiy xususiyatlarga ega bo'lishi va hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish ota-ona va tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog'liq. Imkoniyati cheklangan bolaga ota-ona va ta'lim tashkilotidagi hamkorlik qay darajada muhim va bolaning hayotida qanday imkoniyatlarni yaratadi shular haqida to'xtalib o'tamiz. So'nggi yillarda jamiyatning nogiron kishiga, ya'ni imkoniyati cheklangan shaxsga munosabati tubdan o'zgara boshladi, uni jamiyatning teng huquqli va munosib a'zosi deb tan olindi, lekin baribir ham bugungi kunda imkoniyati cheklangan shaxslarning o'zining qo'shimcha muammolari bor [4, 26-b.].

Odatda, oilada imkoniyati cheklangan bola tug'ilishi bilan ota-ona tashvishga tushadi va moddiy, maishiy, moliyaviy muammolari ko'payadi. Shu vaziyatda ko'pincha bola tengdoshlariga qo'shilmaslik oqibatida o'z qobig'iga o'ralib qolib ketadi. Masalan, bir oilada imkoniyati cheklangan bola tug'ilsa u kamdan-kam holatlarda bolani ota-ona qo'rqmasdan ta'lim tashkilotlariga qo'sha oladi.

Keyingi tarafini ko'radigan bo'lsak, ota-ona ko'pincha bolasi imkoniyati cheklangan bo'lganligidan uyaladi, Bunday vaziyatlarda ko'pincha bolani ota-onasi o'zim ta'lim va tarbiya beraman deb, bolasini ta'lim tashkilotlariga qo'shmaydi va odamlarni ko'ziga ko'rsatmaydi. Bola o'zi bilan o'zi qolib ketish natijasida, sezilarli darajada yomon oqibatlar kuzatiladi. Biz imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona hamkorligi qanchalik muhimligini ko'rib chiqamiz.

Maktab ta'lim tashkilotiga imkoniyati cheklangan bola keldi, uni guruh muhitiga moslashtirish - o'qituvchi uchun juda muhim va murakkab ish. Bunda o'qituvchi, albatta, psixolog bilan hamkorlikda bolaning aynan nimadan bola qiynaladi va u nimalarga qiziqadi shularni kuzatish orqali bilib olishi kerak. Bunda ota-ona hamkorligi ham o'qituvchi va psixolog hamkorligiga birlashgan holatda bo'ladi.

O'qituvchi ota-onalar bilan tez-tez uchrashuvlar uyushtirib munozara, test, so'rovnomalar o'tkazib turilsa, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg'ulot bola uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bu ota-ona uchun ham farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi va bolalarni tengdoshlari qatoridan ajrab qolmayotganligini, bolasining ta'lim olayotganini bolasining o'zi ko'rmagan xususiyatlarini anglashiga ota-ona bola uchun hamkorlik qay darajada ekanligini his qiladi va farzandi oldida uning kelajagiga zamin yaratib berish mas'uliyati yanada oshadi.

Demak, bir oilada bitta imkoniyati cheklangan bola bor bo'lsa, ota-ona bu vaziyatda bolasini tengdoshlari qatoriga qo'rqmasdan qo'shishi va uning bilim olishi uchun yaratilgan yetarlicha shart-sharoitlardan foydalanishi imkoniyati cheklangan bolasining kelajagi uchun zamin yaratib berishi kerak [5, 6-b.].

Xulosa qilib aytganda, imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishda ota-ona va maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligi yaxshi samara beradi. Hamkorlikni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojat qilib bolaning aqliy va jismoniy tarafdan sog'lom bo'lib yetishishida hamkorlik olib borilsa, albatta, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yishda ota-ona va maktabgacha ta'lim tashkiloti birdek hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi va uning rivojlanishi, kelajagini belgilab berishi uchun turtki bo'ladi. Shuning uchun biz vaziyatdan kelib chiqib imkoniyati cheklangan bolalarni qo'llab-quvvatlashimiz ularga yaratilib berililgan shart-sharoitlardan foydalanishi uchun o'z hissamizni qo'shishimiz va inklyuziv ta'lim muhitini yaratishimiz kerak. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ta'lim tashkiloti hamkorlik qilishda inklyuziv ta'lim muhitini guruhlarda yaratishi juda katta foyda beradi.

Imkoniyati cheklangan bola uchun inklyuziv ta'lim yana nimalar beradi? Bolalarda atrofdagi imkoniyati cheklangan bolalarga pozitiv munosabat va hurmat tarbiyalanadi. Yordamga muhtoj insonlarga e'tiborsizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar boshqalarning dardini o'ziniki singari qabul qiladilar. O'rgangan natijalarim shuni ko'rsatadiki, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashda ota-ona imkoniyati cheklangan bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalar hamkorligi zarur.

Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go'dakligidan ularning nuqsonlarini aniqlash uchun o'qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Psixologlar,

o'qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o'quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlardagi faoliyatlari davomida aniq tashhis qo'yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi - yordamga muhtoj bo'lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integratsiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv ta'lim turini tanlash lozim.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi O'RQ-637-sonli Qonuni.

2. O'zbekiston Raspublikasi Prezidenti 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-sonli qarori.

3. Xamidova M.U. Maxsus pedagogika. - T.: Fan va texnologiya, 2018.

4. Nurmuxamedova L.Sh. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari: Ped. fanl. nomz. ... dis. Avtoref. - T., 2005. - 26 b.

5. http://www.newjournal.org/Volume-13_Issue-1_September_2022

6. http://ilmiy.bmti.uz/blib/files/116/Maxsus%20pedagogika.pdf

7. http://www.ombudsman.uz/oz/news/2021/06/12/nogironligi-bolgan-shaxslargateng-imkoniyatlar

8. http://www.ombudsman.uz/oz/news/2021/06/12/nogironligi-bolgan-shaxslargateng-imkoniyatlar-yaratish-boyicha-ishlar-jadallashtirilishi-lozim-2

9. https://www.samdu.uz/uz/news/17499

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.