Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA OILANING O‘RNI'

INKLYUZIV TA’LIMDA OILANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / inklyuziv ta’lim / bola / nuqson / ruhiyat / oila / ota-ona / qobiliyat / logoped / psixolog / hamkorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Adashaliyeva Mexribonu Mirzoxid Qizi

Mazkur maqolada bugungi kunda inklyuziv ta’limga berilayotgan alohida e’tibor, uning mazmun-mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil etishning asosiy jihatlari, inklyuziv ta’limda ota-onalarning o‘rni, ularning asosiy vazifalari, bolalarning ruhiy holati, turlicha qobiliyatlarga ega bo‘lgan bolalarning ta’lim ehtiyojlariga mos keladigan tizimni yaratish, oila va ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlik jarayoni, inklyuziv ta’limni joriy etishda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning asosiy natijalari to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA OILANING O‘RNI»

INKLYUZIV TA'LIMDA OILANING O'RNI

Adashaliyeva Mexribonu Mirzoxid qizi

Namangan davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11186785

Annotatsiya. Mazkur maqolada bugungi kunda inklyuziv ta'limga berilayotgan alohida e 'tibor, uning mazmun-mohiyati, inklyuziv ta'limni tashkil etishning asosiy jihatlari, inklyuziv ta'limda ota-onalarning o'rni, ularning asosiy vazifalari, bolalarning ruhiy holati, turlicha qobiliyatlarga ega bo'lgan bolalarning ta'lim ehtiyojlariga mos keladigan tizimniyaratish, oila va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikjarayoni, inklyuziv ta'limni joriy etishda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning asosiy natijalari to'g'risida fikr-mulohaza yuritilgan.

Tayanch so'zlar: ta'lim, inklyuziv ta'lim, bola, nuqson, ruhiyat, oila, ota-ona, qobiliyat, logoped, psixolog, hamkorlik.

Аннотация. В данной статье особое внимание уделено сегодняшнему инклюзивному образованию и его сущности, особенностям организации инклюзивного образования, роли родителей в инклюзивном образовании, авторским работам, психическому состоянию детей, принятию систем, подходящих для обучения детей в разных семьях, процесс взаимного сотрудничества с родителями, креативность работы с родителями по внедрению инклюзивного образования.

Ключевые слова: образование, инклюзивное образование, ребенок, инвалидность, психика, семья, родители, способности, логопед, психолог, сотрудничество.

Abstract. In this article, special attention is paid to inclusive education today, its essence, the main aspects of organizing inclusive education, the role ofparents in inclusive education, their main tasks, the mental state of children with different abilities. creation of a system that meets the educational needs of children with disabilities, the process of interaction with families and parents, and the main results of work with parents in the introduction of inclusive education.

Key words: education, inclusive education, child, disability, psyche, family, parents, ability, speech therapist, psychologist, cooperation.

Ko'p ming yillik tarixga ega dono xalqimiz azal-azaldan bolalar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib kelgan. Albatta, xalqimiz o'z farzandlarini moddiy jihatdan ta'minlash bilan birgalikda ma'nan ham yetuk, barkamol, milliy an'ana va urf-odatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, odob-ahloq, yuksak ma'naviy qadriyatlar asosida voyaga yetkazish uchun harakat qiladilar. Oilada ota-onalar o'z farzandlariga ta'lim-tarbiya berishda, eng avvalo, bolalarning shaxsiy xislatlarini o'rganishlari lozim. Chunki, ota-ona va farzand o'rtasida yuzaga keladigan asosiy tushunmovchiliklar yoki o'zaro kelishmovchiliklar ularning shaxsiyatini to'g'ri va to'liq anglay olmasligimizdan kelib chiqadi.

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unga ko'ra, har yili dunyoda tug'ma va irsiy kasalliklarga chalingan 50 ming nafardan ortiq bolalar dunyoga keladi. Yildan yilga o'tib nogiron kishilar soni asta-sekin ortib boraveradi. Ular asosan tug'ma: miya falaji, ko'rlik, karlik, aqliy zaiflik, tayanch harakatlanish va boshqalar bo'lib, dunyoda nogiron bolalar sonining o'sishi, ular uchun to'siqsiz hayot muhitini yaratish, aholining bunday qatlami muammolarini ham hal qilish yo'llarini topishni, shuningdek jamiyatda ularning o'z o'rnilariga ega bo'lishlarini taqozo etadi. Shuning uchun ham imkoniyati cheklangan bolalarga ta'lim-tarbiya berish borasida zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda imkoniyatlarni izlash

zamonaviy ilm-fan va maxsus pedagogika ta'lim sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning bosh vazifasi bo'lib turibdi.

Mamlakatimizda yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi ham bu boradagi muhim qadamlardan biri bo'ldi. Xususan, Qonunning 20-moddasida: "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan" - deb keltirib o'tilgan [1].

Bolalarning ta'lim olishlari, ulardagi nuqsonlar, ayniqsa nutq kamchiliklari, kelgusida ularni bartaraf etish choralarini ko'rish masalasi maxsus pedagogika fanining doimiy diqqat-e'tiborda bo'lib kelgan. So'nggi yillarda mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, ko'plab olimlar mazkur sohada izlanishlar olib borganlar. Mazkur olib borilgan tadqiqotlar natijalari ularning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida, darslik, monografiya, risola, o'quv va uslubiy qo'llanmalarida o'z aksini topgan. Jumladan, xorijlik olimlardan A.P.Usova, K.P.Bekker, M.Sovak, N.A.Ignatchenko, Ye.S.Almazova va boshqalarning asarlarida keng yoritib berilgan [2, 3, 4, 5].

Shuningdek, O'zbekistonda inklyuziv ta'lim va uning asosiy masalalari Z.M.Ahmedova, M.Yu.Ayupova., M.P.Hamidova, L.R.Mo'minova, D.A.Nurkeldiyeva, J.V.Xusanova, L.Nurmuhammedova kabi olimlarimizning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan [6, 7, 8, 9].

Odatda, inklyuziv ta'lim - bu alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiya olish imkoniyatlarini ta'minlaydigan, bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'iy nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat umumiy ta'limni rivojlantirish jarayonidir. Inklyuziv ta'lim tizimi maktabga qatnay olmaydigan nogironlar aravachasidagi bolalar yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarning yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda teng huquqli ta'lim olish, maxsus yordamga ega bo'lish imkoniyatlarini kafolatlaydi.

Amerikalik olimlar inklyuziv ta'limni ommaviy maktabni rivojlanish muammolari bo'lgan oddiy bolalar va bolalarning birgalikdagi ta'lim vazifalari va ehtiyojlariga tubdan o'zgartirish deb qaraydilar. Yevropa mamlakatlarida esa, xususan nemis tilida so'zlashadigan mamlakatlarda "inklyuziya" atamasi nisbatan kam qo'llaniladi. Ular "integratsiya", "hamkorlikda o'rganish" atamalaridan foydalanishda davom etmoqdalar.

Respublikamiz o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki yillardan boshlaboq, bolalar va o'smirlarning jismonan sog'lom va baquvvat, ma'nan va ruhan yetuk shaxs bo'lib kamol topishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan ta'minlashga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida 16 yoshgacha bo'lgan 300 mingga yaqin turli ko'rinishdagi nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim olish ehtiyojlari mavjud.

Ota-ona uchun o'z farzandidan-da qadrliroq ne'mat bo'lmasa kerak. Ota ham, ona ham o'z farzandlari uchun faqat yaxshilikni ravo ko'radi. Ularning baxtu saodati uchun yashaydilar va mehnat qiladilar. Farzandlar esa buni o'z vaqtida sezishlari va tushunishlari hamda o'zlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga harakat qilishlari lozim.

Ota-onalar, hatto bolalarining rivojlanishida biron-bir o'qish yoki tengdoshlari bilan muloqot qilishda muammolarni ko'rsalar ham, ko'pincha unga qanday yordam berishni bilmaydilar. Muammoni payqamaslik - bu imkoniyat emas, bu faqat bolaning axloqiy tushkunligini kuchaytiradi.

Bolaning asosiy xislatlaridan biri ularning erkatoyligidir. Barcha bolalar erkatoylikka moyil bo'ladi va ularning qilgan har bir xatti-harakatlarida erkatoylik alomatlari yaqqol namoyon

bo'ladi. Ota-onalar ba'zi-ba'zida yoqimli, shirin so'zlar aytishlari bilan bolalar erkalanadilar. Lekin, ota-onalarning o'zlari qilayotgan ishlarini doimo o'zlari bajarmasalar, qilgan harakatlari gapirgan gaplariga mos bo'lmasa, so'zlagan yaxshi so'zlari hech qachon ijobiy natija bermaydi. Ro'parasidagi o'z bolasiga hech qanaqa foydasi bo'lmaydi.

Bolalarni tarbiyalashning yana bir usuli ularni kaltaklashdir. Biroq, bu ma'qullangan usul emas. Bunda ko'p kaltak yegan bola diydasi qattiqlashib, atrofdagilarga nisbatan shafqatsiz bo'lib boradi. Nafaqat o'zini, balki ota-onasi, yaqin qarindoshlarini ham hurmatsiz qilib qo'yadi.

Bolalar tarbiyasida otaning qat'iyati, so'zidan qaytmasligi muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillardan hisoblanadi. Otalar o'zlarining bu xislatlarini farzandlariga sezdirib turishlari zarur. Onalar ham, o'z navbatida, otalarning xuddi shu xususiyatlarini bolalarning yodiga solib turishlari, shu bilan o'z farzandlarini turli yomon illatlardan qaytarib turishlari lozim. Ota-onalar o'z farzandlarini butun hayoti mobaynida ma'naviy jihatdan ham qo'llab-quvvatlab, ularda sog'lom fikrlarning shakllanishini ta'minlash uchun o'z mehrlarini ayamasliklari kerak. Chin dildan mehrni his qilib ulg'aygan bolalarning shaxsiyati, dunyoqarashi, kelajakda o'zlariga nisbatan bo'lgan ishonchi ortib boradi, mustaqil hayotda ham o'z o'rnilarini topa oladilar.

Turlicha qobiliyatlarga ega bo'lgan bolalarning ta'lim ehtiyojlariga mos keladigan tizimni yaratish maktabgacha, maktab, professional va oliy ta'lim tizimlarining uzluksizligi bilan ta'minlanadi. O'zaro manfaatli hamkorlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

- Maktabgacha ta'lim muassasalarida turli xil o'yinlar va qiziqarli mashg'ulotlarni tashkil etish orqali;

- Maktab pedagogik kengashlari va yig'ilishlarni, ota-onalar yig'ilishlarini, tarbiyaviy tadbirlarni hamkorlikda o'tkazish;

- Ta'lim muassasalari mas'ul xodimlarining mas'uliyatini yanada oshirish;

- Maktab-oila-mahalla hamkorligini kuchaytirish va boshqalar.

Bolalarning ruhiy holatini tushunmaslik hamda to'g'ri tarbiya bera olmaslik, bolalar bilan qanday munosabatda bo'lish lozimligini bilmaslik ota-ona va bolalarning o'zaro munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishida turli xil muammolar yuzaga keladi. Ota-ona tarbiyasi bolaning ruhiy holatiga sezilarli ta'sir qiladi.

Bolalarning ayrim tabiiy tug'ma kamchiliklari, ba'zan esa aqliy nuqsonlari tashqaridan olib qaraganda sezilmasligi mumkin. Albatta yoshligidanoq bolaning jismoniy kamchiliklari ota-ona tomonidan darhol inobatga olinadi. Biroq, har bir insonning u yoki bu kamchiligi, ya'ni jismoniy yoki aqliy kamchiligi tarbiyachi-pedagoglarning nazaridan aslo chetda qolmasligi lozim. Ularning asosiy vazifasi ana shu nuqsonlarni inobatga olgan holda ish tashkil qilishdir.

Imkoniyati cheklangan bolalari mavjud bo'lgan oilaga alohida e'tibor talab qilinadi. Bunday oilalar to'g'risida ma'lumot to'plangach, maxsus reja ishlab chiqiladi. Eng avvalo, ota-onalar bunday bolalarga qanday g'amxo'rlik qilishlari bo'yicha alohida tavsiyalar ishlab chiqiladi. Har bir imkoniyati cheklangan bola bilan pediatr, o'qituvchi, psixolog, nevropatolog, defektolog (logoped), terapevt kabilar ish olib boradi.

Oila bilan ishlashning eng asosiy maqsadi - barcha oila a'zolarining (jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy, intellektual) shaxsiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, har tomonlama ma'naviy ko'mak berish, shuningdek, bola va uning atrofini turli xil omillarning shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta'siridan himoya qilishdan iboratdir.

Oila va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlik jarayoni quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- oilaning yashash sharoitlarini o'rganish;

- oilaning umumiy muammolariga oydinlik kiritish va uning xususiyatlarini o'rganish;

- boshqalardan farqli jihatlarini hamda oilaning maqsadlari va orzu-umidlarini aniqlashtirish;

- savollarga javob berish yoki atrofdagi voqea-hodisalarga munosabat bildirish shakllarini kuzatish (jim, tez yoki ko'p gapirish, janjal, tajovuzkor, o'zini tutishi, ishonmaslik va boshqalar);

- bunday oilalarga avval qanday yordam berilgan va kelgusida yana qanday yordam berish mumkinligini o'rganish;

- oila a'zolarining o'tmishini va shaxsiy xususiyatlarini o'rganish.

Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar bilan ish olib borishning muhim yo'nalishlaridan biri - bu nogiron bolalarning ota-onalarining jamoat birlashmalarining (uyushmalarining) mavjudligidir. Chunki, bunday birlashma yoki uyushma ularning yolg'izlanib qolmasligi hamda doimiy muloqot jarayonida bo'lishlarining ishonchli kafolatidir. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiya qilayotgan oilalarga yordam ko'rsatish maqsadida tuzilgan bunday birlashmalar o'z oldiga ota-onaning farzandiga uyetarlicha e'tibor qaratishi, bola ongiga "rivojlanishning maxsus qonunlari" tushunchasini singdirish, bolaning shaxsiy, aqliy, ijodiy va ijtimoiy resurslarini maksimal darajada ro'yobga chiqarish kabi vazifalarni qo'yadi. Bunda an'anaviy va noan'anaviy usullardan foydalanish mumkin.

Ilmiy jihatdan olib qaralganda, ota-onalar ham turlicha tavsiflarga ega bo'lib, inklyuziv ta'lim muhitida o'zining tarkibi, manfaatlari, mavqei va ehtiyojlari bo'yicha turlicha ahamiyat kasb etadilar, o'zaro munosabatlari va aloqalari bo'yicha doim ham uyg'unlik shakllanavermaydi. Bu esa o'z navbatida inklyuziv ta'limning rivojiga ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekiston sharoitida maktabgacha va maktab ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni joriy etishda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar quyidagi yo'nalishlardan iborat bo'lishi mumkin:

- ota-onalar o'rtasida ularning inklyuziv ta'lim bo'yicha bilimlari va tasavvurlarini aniqlash, inklyuziv ta'limga bo'lgan munosabatlarini o'rganish maqsadida pedagogik, psixologik va sosiologik so'rovnomalar o'tkazish;

- umumta'lim maktablari psixologlari tomonidan ota-onalar yig'ilishlarida, shuningdek, mahallalarda inklyuziv ta'limning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari yuzasidan zarur tushuntirish va targ'ibot ishlarini olib borish;

- hududlarda imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash, ularning ota-onalari bilan inklyuziv ta'limga jalb etish ishlarini olib borish;

- imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalarida rivojlanish nuqsonlari mavjud bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etish bo'yicha ta'lim va tibbiyot muassasalari hamda ota-onalar hamkorligini kuchaytirish;

- Ijtimoiy tarmoqlar orqali inklyuziv ta'lim joriy etilishi bo'yicha onlayn maslahatlar berib borish, inklyuziv ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun tavsiyalar, tarqatmali materiallar, bukletlar va boshqa turdagi targ'ibot materiallari tayyorlash va tarqatish va boshqalar.

Oilada ota-onalarning vazifasi esa bolalarni tinchlantirish, ularning tashvishlarini yengillashtirish, oilada ular uchun zarur shart-sharoitlar va qulay ichki muhitni yaratishdir. Imkoniyati cheklangan bolaning rivojlanishi ko'p jihatdan oilaviy farovonlikka, uning jismoniy va ma'naviy rivojlanishida ota-onalarning faol ishtirokiga va albatta alohida ta'lim berish sifatiga bog'liq bo'ladi. Bunday sharoitlarda bola o'zining harakatchanligi, yangi qirralarining "ochilishi", o'zini boshqalardan kam his qilmasligi va boshqa sifatlar tufayli erkin his qiladi va maqsad sari intiladi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, inklyuziv ta'limni tizimli va samarali joriy etish ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning shakllari, usullari, ko'lami va sifati bilan chambarchas uzviy bog'liq bo'lib, bunda maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, uning hududiy organlari, ular tasarrufidagi ta'lim muassasalari xodimlaridan alohida mas'uliyat va innovasion yondashuvlarni talab etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 23 sentabr.

2. А.П.Усова. "Роль игра в воспитании детей", под ред. А.В.Запорожца. - Москва.: Просвещение, 1976 г.

3. К.П.Беккер, М.Совак. "Логопедия", Москва, Издательство: Медицина, 1981 г.

4. Н.А.Игнатченко. Актуальные проблемы коррекционной педагогики. Краснодар, Кубанский государственный университет, 2019 г.

5. Алмазова Е.С. Логопедическая работа по восстановлению голоса у детей // под общ. ред. Г.В.Чиркиной. - М.: Айрис-пресс, 2005 г.

6. З.М.Ах,медова, М.Ю.Аюпова, М.ПДамидова. Логопедик уйин (дарслик). Тошкент, Узбекистон файласуфлари миллий жамияти "Файласуфлар" нашриёти, 2013 йил.

7. Ж.В.Хусанова. "Тугри гапирайлик", Тошкент, "Ук;итувчи", 1995 йил.

8. М.Ю.Аюпова. "Логопедия", Тошкент, Узбекистон файласуфлари миллий жамияти "Файласуфлар" нашриёти, 2001 йил.

9. "Inklyuziv ta'limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami. Toshkent - 2021 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.