Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIGA TAYYORLASH MASALALARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIGA TAYYORLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
imkoniyati cheklangan bolalar / salomatligida imkoniyati cheklangan bolalar / inklyuziv ta’lim / ta’lim muassasalari / o‘qituvchilar / defektologlar / logopedlar / psixologik-tibbiy-pedagogik ko‘rik.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Saitova Muattar Ulug’Bek Qizi

Maqolada bugungi kunda umumiy ta’lim muassasalarida ta’lim beruvchi bo‘lajak o‘qituvchilarni inklyuziv ta’lim jarayoniga tayyorlash masalalari bayon etilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni boshqa bolalar bilan birgalikda o‘qitishda duch kelishi mumkin bo‘lgan bir qator dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIGA TAYYORLASH MASALALARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIGA TAYYORLASH MASALALARI

Saitova Muattar Ulug'bek qizi

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186732

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda umumiy ta'lim muassasalarida ta'lim beruvchi bo'lajak o'qituvchilarni inklyuziv ta'lim jarayoniga tayyorlash masalalari bayon etilgan. Imkoniyati cheklangan bolalarni boshqa bolalar bilan birgalikda o'qitishda duch kelishi mumkin bo'lgan bir qator dolzarb muammolar va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqilgan.

Tayanch so'zlar: imkoniyati cheklangan bolalar, salomatligida imkoniyati cheklangan bolalar, inklyuziv ta'lim, ta'lim muassasalari, o'qituvchilar, defektologlar, logopedlar, psixologik-tibbiy-pedagogik ko'rik.

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar soni kam emasligi, ehtimol ekologiyaning ifloslanishi kabi omillar sababli ortib borayotganligi achinarli holat. Vaholanki, ular ham sog'lom bolalar kabi mamlakatimiz fuqorolaridir. Bu imkoniyati cheklangan bolalar ham barcha sog'lom bolalar kabi yashash, ta'lim olish va o'z oldilariga turli orzu-maqsadlarni qo'yib, shu maqsadlari tomon intilib yashashga haqli.

Ma'lumki, ilgari bunday bolalar uchun soddalashtirilgan dasturlardan foydalangan holda maxsus (tuzatish) maktablarida ta'lim berilar edi. Aslida, imkoniyati cheklangan bolada aqliy nuqsonlar mavjud bo'lmasa, u umumiy ta'limni ham, chuqurlashtirilgan dasturlarni ham o'zlashtira olgan bo'lardi, biroq jismoniy salomatlik xususiyatlariga ko'ra, ularga maxsus (tuzatish) maktablarida ta'lim berilardi.

Bugungi kunga kelib, imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim olish masalasiga yondashuvlar o'zgardi. Keyingi yillarda davlatimizda ta'limning inklyuziv ta'lim yo'nalishiga alohida e'tibor qaratildi va imkoniyati cheklangan bolalar ham umumta'lim maktablariga qabul qilina boshlandi.

Ayni paytda soha mutaxassislari, tadqiqotchilar tomonidan ham inklyuziv ta'lim (Inklyuziv ta'lim iborasi - ingliz tilidan olingan bo'lib, inclusive, inclusion-uyg'unlashmoq, qamrab olmoq ma'nolarini bildiradi) muammolariga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Tadqiqotchi D.Madjidova ta'riflashicha: "Inklyuziv ta'lim - bu imkoniyati cheklangan bolaning maxsus ta'lim ehtiyojlarini hisobga olgan holda, umumiy ta'lim muassasasida tengdoshlari orasida o'qish-o'rganishni ta'minlaydigan maxsus tashkil etilgan ta'lim jarayoni. Imkoniyati cheklangan bola inklyuziv ta'lim olishda asosiy afzallik - tengdoshlari bilan ta'lim va ijtimoiy tajriba, bilim va tarbiya orttirishidir [5]. Inklyuziv ta'lim samaradorligining asosiy mezoni imkoniyati cheklangan bolaning ta'limiy bilimlarini o'zlashtirishi bilan birga ijtimoiylashuvi, madaniyatiga kirib borishidan iborat. Har bir bolaning shaxsiy ta'lim ehtiyojlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda qulay rivojlanish sharoitlarini yaratilishi zarur [6].

Ma'lumki, O'zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'iy nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablarida ta'lim olish huquqiga ega. Bu davlat tomonidan kafolatlangan.

Bundan tashqari, imkoniyati cheklangan bolani tarbiyalayotgan oilaning inklyuziv ta'lim tizimiga faol kiritish, bola-ota-ona munosabatlariga kompleks psixokorreksiya dasturlarini yaratish masalari ham alohida ahamiyatga ega, sababi oiladagi sharoit va imkoniyatlar

salomatligida norasolikka ega bo'lgan bolani tarbiyalash va ijtimoiylashtirishning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Bunday oilalarda ota-ona va bola munosabatlarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish nazariy nuqtai nazardan ham, ushbu mavzu rivojlanmaganligi sababli ham, amaliy nuqtai nazardan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Qator olimlar tomonidan imkoniyati cheklangan bolali oilalar va ota-onalarning muammolari va ularni hal qilish yo'llarini o'rganish bo'yicha izlanish tadqiqotlari olib borilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga yangicha yondashuvning asosiy talabi - imkoniyati cheklangan bolalar ta'limiga bunday bolalar ota-onalarining ham mutaxassislarning tuzatish ishlari faoliyatini psixologik qo'llab-quvvatlash va diagnostika sohasiga kiritilishidan iborat. Oilani psixologik-pedagogik yordam tizimiga faol kiritish, shu bilan birga, ota-onalarning o'ziga psixologik yordam ko'rsatish shakllarini izlab topish, bundan tashqari, bolaga kompleks psixokorreksiyaviy ta'sir ko'rsatish ishlarida, oilada ota-ona munosabatlari kelgusida ushbu toifadagi bolalar bilan ishlaydigan bo'lajak mutaxassis-o'qituvchilar uchun alohida amaliy o'rganishlari zarur bo'lgan dolzarb vazifalar bo'lib hisoblanadi.

Inklyuziv ta'lim faoliyatining dastlabki bosqichlarida bo'lajak o'qituvchilarning imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashga tayyor emasligi (kasbiy, psixologik va uslubiy) muammosi, shuningdek, inklyuziv muhitda ishlash uchun professional kompetensiyalarining yetishmasligi, psixologik to'siqlarning mavjudligi hamda ularning kasbiy mahoratlari yetarli darajada shakllanmaganligiga e'tibor qaratish zarur. Bunday ta'limni tashkil etishda asosiy psixologik "to'siq" - bu ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari uchun inklyuziyaga zarar yetkazib qo'yish qo'rquvi, salbiy munosabat va noto'g'ri qarashlar, kasbiy noaniqlik, o'zgarishni istamaslik, "maxsus" bolalar bilan ishlashga psixologik tayyor emaslikdan iborat. Bu nafaqat ta'limning psixologik, balki uslubiy jihatdan ta'minlovchi, eng muhimi, inklyuziv tamoyillarni amalga oshiruvchi ta'lim muassasalari rahbariyati oldiga ham jiddiy vazifalarni qo'ymoqda.

Bo'lajak kasbiy faoliyatlarida o'qituvchilarga imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limini individuallashtirishga yondashuvni tushunish va amalga oshirishda tuzatish pedagogikasi, maxsus va pedagogik psixologiya sohasidagi mutaxassislarning ixtisoslashtirilgan kompleks yordami zarur bo'ladi. Biroq umumiy maktablarida dars beruvchi bo'lajak o'qituvchilar o'rganishi kerak bo'lgan eng muhim masala - turli xil o'rganish qobiliyatiga ega bo'lgan bolalar bilan ishlash va ularning har biriga pedagogik yondashuvda mazkur induviduallik xilma-xilligiga e'tibor qaratishlaridan iborat.

Bo'lajak o'qituvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni boshqa bolalar bilan birgalikda o'qitishda turli muammolar paydo bo'lishi mumkinligi va ularni hal etish masalalariga ham alohida e'tibor qaratishlari zarur:

- Ma'lumki, mamlakatimizda har bir bola ta'lim olish, o'qib, o'rganish uchun sharoitlarni ta'minlaydigan ta'lim muassasasini tanlash huquqiga ega. Imkoniyati cheklangan bolalarning psixofizik rivojlanishi va salomatlik holatini hisobga olgan holda, shu jumladan, ijtimoiy, pedagogik va psixologik yordam olish, bepul psixologik, tibbiy-pedagogik tuzatish ishlari zarur bo'ladi. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta'lim muassasasiga qabul qilish barcha bolalarni maktabga qabul qilishning umumiy tartibiga muvofiq amalga oshiriladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, maktabga borishdan oldin tibbiy ko'rik va psixologik sinov natijalari davlat umumta'lim maktablariga joylashish uchun hech qanday bahonaga sabab bo'lmasligi kerak. Shu sababli agar aqliy jihatdan norasoliklari bo'lmasa, imkoniyati cheklangan bolani maktabga qabul qilishdan bosh tortish mumkin emas. Imkoniyati cheklangan bolaning ta'lim muassasasida to'laqonli ta'lim

olishi, o'qishi uchun inklyuziv ta'lim tamoyillari qo'llanilishi zarur. Bu imkoniyati cheklangan bolalarning turli ehtiyojlari va individuallk jihatlarini hisobga olgan holda, ta'lim olishda teng imkoniyatlarni ta'minlash kerakligini anglatadi.

Ma'lumki, imkoniyati cheklangan bolaga to'g'ri munosabatda bo'lish masalasida ota-onalar va o'qituvchilarning yondashuvi mos kelsa, sinfdoshlar o'zlarini uning himoyachisi va homiysi sifatida tutadilar, bag'rikeng va mehribon bo'ladilar. Buni bo'lajak umumiy ta'lim muassasalari o'qituvchisi yaxshi bilishlari shart. Ular bunday bolalarga nisbatan o'quvchilarda "Bolalar turlicha, biroq huquqiy jihatdan teng" tamoyilini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari zarur.

Umumiy ta'lim maktablarida birgalikda o'qib-o'rganish nafaqat imkoniyati cheklangan bola, balki sog'lom bolalar uchun ham foydalidir. Kattalar va tengdoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini his qilgan imkoniyati cheklangan bola maktab o'quv dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtiradi. Uning o'ziga bo'lgan ishonchi oshadi, u barcha qiyinchiliklarni xotirjamlik bilan yengadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari o'z farzandlarining imkoniyatlarini va uning rivojlanish istiqbollarini ko'zlab, bolani o'qitish va tarbiyalash mas'uliyatini haqiqiy mutaxassislarga topshirganlarida hamma uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. Bu muammoni ota-onalar, o'qituvchilar va ta'lim muassasalari mutaxassislarining yaqin hamkorligida hal etish zarur.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, zamonaviy umumiy ta'lim muassasasi barcha uchun teng imkoniyatlar maktabidir. Barcha bolalarga muvaffaqiyatga erishish, o'zini xavfsiz his qilish va jamoada barcha bilan birga bo'lishni his qilish imkonini beradigan, yordam ko'rsatiladigan muassadir. Bo'lajak o'qituvchilar bilishi zarur bo'lgan bilimlar doirasida imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta'limni yanada to'laqonli va malakali amalga oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

- Imkoniyati cheklangan bola uchun individual ta'lim dasturini ishlab chiqish;

- Inklyuziv ta'lim, maxsus (korreksion) pedagogika va psixologiya yo'nalishlari bo'yicha malaka oshirib borish;

- Imkoniyati cheklangan bolalar uchun o'quv jarayonida yordamchi o'qituvchilar xizmatidan samarali foydalanish;

- Moslashuvchan ta'lim muhitida imkoniyati cheklangan bolalar oldida yuzaga keladigan to'siqlarni bartaraf etish, do'stona muhitni ta'minlash;

- Ta'lim muassasasi ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, shu jumladan, sog'lom rivojlangan bolalar ota-onalaridag bag'rikenglik munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga hissa qo'shishga intilish.

Yuqoridagi masalalarni amalga oshirishda yosh mutaxassis-bo'lajak o'qituvchilarning shunday ta'lim sharoitiga tayyorligi, buning uchun ular o'z vazifalarini yaxshi bilishlari muhim ahamiyatga ega. Avvalo, imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalari bilan uzviy munosabat o'rnatishlari va imkoniyati cheklangan bolani qanday bo'lsa, shunday qabul qilishlari, unga barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam berishlari, uni qo'llab-quvvatlashlari, mas'uliyatni anglab yetishlari zarur. Shundagina ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari bilan hamkorlikda ta'limiy munosabatlar samarali bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. https://president.uz/uz/lists/view/4987.

2. https://president.uz/uz/lists/view/4954.

3. Авила О.Г. Ранняя комплексная помощь ребенку с особенностями психофизического развития // Работаем с особой семьей / Рекомендации по работе с семьей, в которой родился ребенок с особенностями психофизического развития (для персонала родильных домов) - Минск. Общественное объединение «Белорусская ассоциация помощи детям-инвалидам и молодым инвалидам», 2009. 17-21 с.

4. Ismailova B., Alimova I. Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ijtimoiy-madaniy moslashuvida kompleks yordamni tashkil etish. // O'zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash: mahalliy va xorijiy ilg'or tajriba" mavzusidagi Xalqaro forum materiallari. - T., 2018. 67-69-b.

5. Madjidova D.A. Inklyuziv ta'lim muhitida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi. [Matn] ilmiy-metodik qo'llanma. - Toshkent. "Bookmany print" nashriyoti. - 56 bet. ISBN 978-9943-9727-3-5. УУК 37.015.31 ББК 74. М 14.

6. Madjidova D.A., Islamova N.S. Inklyuziv ta'limda o'quvchilar nutqini korreksiyalash xususiyatlari / "Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv o'qitishning psixologik-pedagogik jihatlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani, O'zPFITI, 2023-yil 2-iyun. - B. 3841. https://zenodo.org/record/7991668.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.