CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. OBRAZLAR TALQINIDA LINGVISTIK IMKONIYATLAR
Rahimjonova Gulnoza,
Kalandarovna Lola,
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchilari
ANNOTATSIYA
Antraponimlar nafaqat til, balki butun madaniyatimiz va ma'naviyatimizning boyligidir.Antraponimlarda xalqimiz madaniyati va tarixining o'ziga xos izi, aksi bo'lish bilan birga asar g'oyasini ochib beruvchi hamda o'quvchi tasavvurida obrazni gavdalantiruvchi lisoniy birlikdir.
Kalit so'zlar: antraponim, lisoniy birliklar.mentalitet, diskursiv tahlil, obraz, onomastika
Ma'lumki, dunyo tilshunosligida matnga dastlab semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan bo'lsa, XXI asr boshlaridan matnni lingvokul'turologik, pragmatik sotsiolingvistik, kognitiv va psixolingvistik tadqiq etishga bo'lgan e'tibor kuchaydi. Natijada matnga faqat semantik- sintaktik jihatdan o'zaro munosabatga kirishuvchi gaplar yig'indisi emas, balki o'zida ma'lum bir til egalarining borliq haqidagi bilimlari, tafakkuri, milliy-madaniy dunyoqarashi va mentalitetini aks ettiruvchi sotsial qimmatga ega bo'lgan muloqot shakli sifatida qarala boshlandi.
Dunyo tilshunosligida pragmalingvistika, diskursiv tahlil, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya kabi sohalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi nutqiy jarayonning lisoniy ifodasi bo'lgan matn yaratilishi hodisasining talqinida ham muhim ilmiy qarashlar paydo bo'lishiga olib keldi.Xususan, murakkab va serqirra hodisa hisoblangan matn tadqiqida so'zlovchi - matn - tinglovchidan iborat uchlik asosiy ob'yekt bo'lishi lozimligi ko'plab tadqiqotchilar tomonidan ta'kidlandi.[1]
Matn tadqiqiga bunday yondashuv antraponimlarning nutqiy jarayondagi eng faol lug'aviy birlik sifatidagi to'liq ahamiyatini ochib beradi. Bugungi kunda diskursiv tahlilning bir necha yo'nalishlari mavjud bo'lib, ulardan biri diskurs interpretatsiyasidir. Diskurs interpretatsiyasi nutq tuzilmasini "ichdan" turib tahlil etuvchi, kognitiv tilshinoslik bilan uzviylikka ega bo'lgan tahlil ko'rinishlaridan biridir. Diskursiv tahlil tadqiqotchidan ham muallif nuqtai nazarini, ham o'quvchi nuqtai nazarini e'tiborga olishni talab qiladi.[2.]
Bu fikrning antraponimlar bilan bog'liq tomoni shundaki, adresant(nomlovchi har qanday shaxs: ota- ona, adib, shoir, dramaturg...) ob'yekt( chaqaloq, personaj) ga ism tanlar murojaat qilar ekan, o'zi ham bilgan va bilmagan holda bir necha nuqtai nazarlar( zamon, makon, milliy mentalitet, jismi, kabi ichki va tashqi ta'sir omillar) ni inobatga oladi. Masalan Yo'ldosh Sulaymon" Subhidam" romanining tasvir ob'yekti sifatida Qo'qon va uning atrof qishloqlarini tanlaydi. Asarning bosh qahramonlaridan biri Sarviniso Qo'qonda tug'ulib katta bo'lgan. Uning ota- bobolari ham asli shu yerlik.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Yozuvchi bu haqda adabiy davralarda bo'lib o'tgan suhbatda Sarvinisoga dastlab ( asar qo'lyozmasida) Jumagul deb ism berganini, lekin bu ism Qo'qon hududi xotin- qizlari uchun tipik ism bo'lmaganligi sababli qahramon ismi Sarviniso bilan almashtirilganligini aytadi. Shuningdek, bu ism yozuvchi tasvirlagan qizning go'zalligini, xushqomat, kelishganligini ham ifodalaydi..(mumtoz adabiyotdagi sarv obrazini eslang) Demak, ijodkor( adresant) o'z personajga ism tanlar ekan, u ziyrak kitobxon, o'quvchi (adresat) ni bir zum ham xayolidan qochirmaydi - o'zi ilgari surmoqchi bo'lgan fikrni soda, tushunarli, ishonchli tilda yetkazishga urinadi.Bunda adresant ,shubhasiz, ismlarning etnomadaniy maydoniga ham alohida e'tibor qaratadi. Mana shunday adiblardan biri Surxon vohasining beqiyos so'lim Boysun tumanida tug'ilib voyaga yetgan Shukur Xolmirzayevdir. Uning ijodkor sifatida shakllanishiga tug'ma iste'dodi bilan birga, yurtning shu go'zalliklari o'z ta'sirini o'tkazgan, albatta. Buni yozuvchi asarlarida asar qahramonlarining, tabiat manzaralarining, hayvonot va o'simlik dunyosining nihoyatda tiniq, ichdan his etilib tasvirianganidan bilsa bo'ladi. Bunga ijodkorning "Otning egasi" hikoya matni misol bo'la oladi . Shuning uchun«Otning egasi» hikovasi talqinini, avvalo, bosh qahramonga tanlangan ismni tushunishdan boshlash kerak. Inod — arabchadan _olingan bo'lib, «chortkesar», «qat'iyatli», «qaysar» ma'nolarini beradi. Agar oldindan shuni bilib hikoya voqealariga razm solsak, muallif aytmoqchi bo'lgan muhim haqiqatni, g'oyani chuqurroq his qilamiz.
Inodning hech narsaga alishmaydigan boyliklari- ko'ngil mulki bor. Garchi otasidan juda erta, xotini va farzand- laridan fojiali terzda-avrilgan bolsa-da. ulardan yodgor, judolik tafitini bosib turadigan qishlog'i, maktabi hamda qorabayir oti bor. Qorabayirga qarab faqat "zo'r" tulporni ko'rayotgan kichik leytenant Egamberdi Xudoyberdiyev uchun esa Inodning ko'ngli, unda kechayotgan tuyg'ular begona. Birovning mulk-u molini o'zlashtirishdan vijdoni qiynalmaydigan bu kimsa, endi o'sha birovning ko'ngil boyligiga ham changal solmoqni xohlaydi. 0'sha «birov» deganlari ham odam ekanligi, faqat qorabayiridan ayrilmaslik uchun u nega hamma narsasidan voz kechmoqqa tayyorligi Egamberdini bir zum bolsin o'ylamaydi. U niyatiga yetishsa - qorabayirga ega bo'Isa, bo'ldi. Inod garchi tog' qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qilsa-da, tabiatan sodda va ishonuvchan .Inod chiroyli gaplardan, kitobiy so'zlardan nihoyatda yiroq.Uning tiliga chiqarib ayta olgani:[3]«...Men baribir otimrii bermayman. U menga... juda qadrdon bo'lib qolgan,.. Otni bersam, kunim qattiq bo'ladi, Egamberdi. Shunga qaramay, Egamberdi Inodning oldiga otga egalik qilish uchun bir necha bor keladi. Inod bo'lsa bor mol - mulkidan ayrilsa ham lekin qorabayirdan ayrilishni taniga sig'dirolmaydi. Chunki Inod uchun ot xuddi farzandi, otasi va xotini kabi aziz ham dardkashidir. Buni Inodning Otni bersam kunim qattiq bo'ladi jumlasidagi qattiq so'zidan ham bilsa bo'ladi, ko'chma manodagi bu so'z hayotining og'ir o'tishidan darak beradi. Lekin Egamberdiga ham qorabayirga
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. egalik qilish hissi tark etmaydi Hikoyada Inod otni olgani kelgan Egamberdiga ikki
marotaba bir xil savol beradi: «Shundaymi? Bu so'z Inodning tilidan emas, balki
qalbidan savoldan ko'ra javobdek, .to'g'jri гog'i, qat'iy qaroidek yangrab chiqadi.Bu
lisoniy birlik oгqali otni hech qachon bermaslik ma'nosi anglashiladi. Demak
sintaktik butunliklar turli pragmatik vazifada qo'llanilishi va turlicha yondashuvni
keltirib chiqaradi.
Hikoya so'nggida Inod o'zining ko'ngil boyligini boshqalar ixtiyoriga, dargumon taqdirga topshirishdan ko'гa uni, jonsiz holda bo'lsa-da, yonida qolishini istaydi va o'zi uchun qadrdon bo'lgan otini o'z qo'llari bilan otib tashlaydi.otdan voz kechishdek fojiali holatda ham Inodning jismiga monand ismi, ismiga mos tabiati o'z so'zini aytdi. Uning qat'iyati, qaysarligi, cho'гtkesaгligi yana biг boг namoyon bo'ldi. O'tgan asrning so'nggi choragida onomastikaga oid respublikamizda o'tkazilgan ilmiy- nazariy anjumanlar sohaning rivojida muhim o'rin tutdi.Anjuman materiallari "Onomastika masalalari" nomi bilan bir necha ilmiy to'plam holida nashr etildi. Sohaga oid ilmiy- tadqiqotlar ko'lami kengayishi natijasida taniqli adabiyotshunos olim E.B Magazannikning"Onomapoetika yoki adabiyotda gapiгuvchi nomlar" nomli monografiyasi, tadqiqotchi Yu. Po'latovning matndagi nomlar tarjimasiga doir qiziqarli risola chop etildi.Bu esa badiiy obraz yaratishda yozuvchilar qahramonlari nomlanishi tadqiqi uchun yana biг katta tuгtki bo'ldi deyish mumkin. Bundan ko'rinadiki, ijodkoг badiiy matnni yaratar ekan, albatta, badiiy obrazlarga asar qahramonlaгining butun bo'y-bastini ochib beruvchi, yoki asar matnidan ahglashiladigan muhim g'oyani osonroq ilg'ab olishga, tushunishga ko'mak beгuvchi ism, nom tanlash imkonini beгadi. Bu kabi badiiy matnlami ko'plab topish mumkin. Biroq kezi kelganda aytish joizki, barcha asarlar personajlari yuqoridagi kabi talqinlarga tayanadi deyish ham o'rinsiz. Chunki hamma asarlaгdagi qahramonlaг nomlaгi o'zining hatti-harakati yoki ichki dunyosini oydinlashtirmasligi mumkin. Bu kabi o'гinlaгda adib tomonidan leksik vositalar orqali shaxs yoki tabiat lavhalari gavdalantirilganini uchratamiz. Jumladan Oybek ijodining gultojlaridan bo'lgan "Qutlug' qon" dagi Miгzakaгimboy obraziga nisbatan shunday chizgilaг beгiladi: [4 ]"Mirzakarimboy ilonning yag'ini yalagan odam edi: hamma boylar kabi ayyor, mug'ambir,puxta- pishshiq; u yuгaksiz emas, balki har ishda ehtiyotkoгlikni ma'qul ko'rar edi. Mana shular orqasida u, kamtarin mahalla baqqolining o'g'li Karim chittak - kichkina , lekin harakatlari chaqqon va ildam bo'lganidan, yoshlikda shunday laqabi bor edi, - hozir kimsan Mirzakarimboy! Bundan ko'rinadiki, ijodkor badiiy matnni yaratar ekan ,albatta ,badiiy obrazlarga asar qahramonlarini xarakterini ochib beruvchi , yoki asar matnini tushunishga ko'mak beruvchi ism nom tanlaydi.Mana shunday ijodkorlardan biri Ulug'bek Hamdamdir. Uning "Ota" romanidagi bosh obrazlardan birini misol qilib olsak bo'ladi.Asardagi obrazlarimizdan biri bo'lgan Po'lat obraziga ham yozuvchu shunday yukni yuklaydi. Asardagi qahramonimizni o'n besh yillik
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. urush, asirlik va qamoqdan qutilib qolishi uning po'latdek mustahkam irodasi , har qiyin ishga dosh berishida ko'rinadi. Shuning uchun adib unga Po'lat ismini qo'yadi. Asarda Po'lat va Yog'du o'n besh yillik turmushi bo'lsada , ular tirnoqqa zor, Qarindosh urug'larni, doktorlarni ajrashinglar , ikkalalaring ham soppa - sog' sizlar, boshqa turmush qursalaring ,albatta , farzand ko'rasizlar degan gaplaridan zerikib qishloqning ovloq bir yeriga uy solishib yashashida,Ham sinfdoshi , ham hamkasbi bo'lgan Erboy uning farzand ko'rmayotganini yurakka tegadigan qilib, tekkanda ham o'qdek tegadigan qilib aytganda ham har qanday raqibini gurzidek keladigan mushti bilan bir urib uchirib yuboradigan Po'lat mustahkam bardoshini yana bir bor namoyon qildi. Maktabdosh do'sti ayni damda dushmani bo'lgan Erboy tomonidan atayin uyi yondirilib bor - budidan ayrilgan, buning ustiga- ustak yakka-yu yagona farzandi Sevinchning yuzini bir tomoni kuyib odamni qo'rqitar darajaga kelganda ham Po'lat o'zini qo'lga ola bildi. Demak, asar qahramoni tasviri orqali yozuvchi uning oddiy pachoq odam emasligi, qolaversa, baquvvat kuch-quvvat sohibi sifatidagi qiyofasini ko'rsatichga muvaffaq bo'lganini sezish qiyin emas. Ko'rinadiki, obraz tasviri kishining tashqi jihatlari bilangina emas, ularning bajaradigan ishlari orqali ham namoyon bo'lishi mumkin. Bu kabi faoliyat, xatti-harakatlarning lingvistik tasviri ostida bevosita o'quvchi tasavvurida obraz gavdalanishi, shubhasiz. Badiiy matndagi obrazlar silsilasini lingvistik omillar asosidagi talqini, tilshunosligimizning yangi va ulkan imkoniyatlaridan darak beradi.
Adabiyotlar:
1. Mamajonov Muhammadjon. Antroponimlar diskurs relevant sifatida desertatsiyasi. Farg'ona, 2020.
2. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. Toshkent, 2013.
3. Shukur Xolmirzayev. Saylanma. 3 jild. Hikoyalar. Toshkent, 2003.
4. Oybek. Asarlar. O'n to'mlik. Qutlug' qon. G'ofur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent, 1969.
5. Ulug'bek Hamdam. Ota. Roman.Yangi asr avlodi. Toshkent, 2020.
6. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зохддова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).
7. Sodirzoda, M. M. (2021). Ways to cultivate the creative thinking of beginners in the classroom through information and communication technologies. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 955-958.
8. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.
9. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 31-32.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
10. Турахужаева, А., & Мухторий, М. (2018). СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ЛЕКСЕМ" СИСТЕМЫ" В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-4), 157-159.
11. Tillaboyeva, G., & Umarova, N. R. (2021). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA BADIIY TAXALLUSLARNING QO 'LLANILISHI. Студенческий вестник, (13-5), 70-72.
12. Qizi, G. S., & Umarova, N. R. (2021). The use of anthroponyms and pseudonyms in alisher Navoi's gazelles. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 349-3
13. Shavkatovna, S. R. (2021). DEVELOPING CRITICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 97-102.
14. Qizi, S. Y. S. (2021). Syntactic Valence, Syntactic Relation. The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research, 3(04), 129-132.
15. Shuxratova, Y. (2021, March). DRAMATIC WORKS AND THE SAD CONCEPT OF SPEECH. In Archive of Conferences (Vol. 17, No. 1, pp. 266-268).
16. Shuxratova, Y. (2020, December). PROSE TEXTS AND THE CONCEPT OF SORROW OF SPEECH. In Конференции.
17. Шухратова, Ю. Ш. (2021). SIMILARITY AND COMPARISON IN COMPOUND SENTENCES. Экономика и социум, (5-1), 454-457.
18. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
19. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
20. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
21. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
22. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.
23. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для получения 6TOrasa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285