Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASHDA LOYIHA BOSHQARUVI STANDARTLARI AHAMIYATI'

O‘ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASHDA LOYIHA BOSHQARUVI STANDARTLARI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
69
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalqaro reyting / loyiha / loyiha boshqaruvi / loyiha bishqaruvi standartlari / davlat boshqaruvi / davlat xizmati / boshqaruv ko‘rsatkichi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Isaqova Zebo Murodovna

Maqolada O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda davlat xizmatiga loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etishning samaradorligi, mazkur jarayonni tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tahlil etildi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi ahamiyatini ilmiy va nazariy jihatdan asoslandi. Maqolada shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashda loyiha boshqaruvi standartlaridan foydalanish samarali natijalarni ko‘rsatishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O‘RNINI YAXSHILASHDA LOYIHA BOSHQARUVI STANDARTLARI AHAMIYATI»

O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O'RNINI YAXSHILASHDA LOYIHA BOSHQARUVI STANDARTLARI AHAMIYATI

Isaqova Zebo Murodovna

Davlat boshqaruvi akademiyasi tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10145051

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilashda davlat xizmatiga loyiha boshqaruvi standartlarini joriy etishning samaradorligi, mazkur jarayonni tashkil etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tahlil etildi. Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi ahamiyatini ilmiy va nazariy jihatdan asoslandi. Maqolada shuningdek, O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilashda loyiha boshqaruvi standartlaridan foydalanish samarali natijalarni ko'rsatishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan

Kalit so'zlar: xalqaro reyting, loyiha, loyiha boshqaruvi, loyiha bishqaruvi standartlari, davlat boshqaruvi, davlat xizmati, boshqaruv ko'rsatkichi.

Abstract. The article analyzed the effectiveness of introducing project management standards to the public service in improving Uzbekistan's position in international rankings and indexes, as well as the organizational and economic mechanism of organizing and developing this process. The importance of state administration bodies in solving territorial issues and implementing the goals and tasks of socio-economic development was substantiated scientifically and theoretically. The article also shows that the use of project management standards can show effective results in improving Uzbekistan's position in international rankings and indexes.

Keywords: international rating, project, project management, project management standards, public administration, public service, management indicator.

Аннотация. В статье проанализирована эффективность внедрения стандартов проектного управления на государственной службе в улучшении позиций Узбекистана в международных рейтингах и индексах, а также организационно-экономический механизм организации и развития этого процесса. Научно и теоретически обосновано значение органов государственного управления в решении территориальных вопросов и реализации целей и задач социально-экономического развития. В статье также показано, что использование стандартов управления проектами может показать эффективные результаты в улучшении позиций Узбекистана в международных рейтингах и индексах.

Ключевые слова: международный рейтинг, проект, проектное управление, стандарты проектного управления, государственное управление, государственная служба, показатель управления.

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, dunyoning aksariyat mamlakatlarida davlat xizmatini tubdan modernizatsiya qilish va isloh qilish 1970-1980-yillarda boshlangan. Hozirda mazkur jarayonlar davlat organlari faoliyati ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko'rsatib, professional va sifatli davlat xizmatini shakllantirish imkonini berdi. Shu sababli, O'zbekistonda ma'muriy islohotlarni amalga oshirish sharoitida davlat xizmatini isloh qilishga oid jahon tajribasini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Mazkur masalaga bo'lgan e'tibor Prezidentimizning 2022-yil 18-maydagi PQ-246-son «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida o'z aksini topgan. Ushbu hujjatda

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

PMI PMBOK loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish bo'yicha davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish belgilangan[1].

Mazkur qarorning asosiy maqsadlaridan biri - O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish sanaladi.

Ta'kidlash joizki, o'tgan yilning ikkinchi yarmida The Worldwide Governance Indicators (WGI) natijalari e'lon qilindi. Jahon bankining ushbu tadqiqotida 200 dan ortiq mamlakatlar baholangan. Jahon banki ekspertlari tomonidan tuzilgan Davlat boshqaruvi sifati indeksida O'zbekiston o'z o'rnini yaxshiladi. Indeks mas'uliyat, siyosiy barqarorlik, hukumat samaradorligi, korruptsiyani nazorat qilish va boshqa ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, reytingdagi mamlakat hamon o'rtacha ko'rsatkichdan past [2] (1-rasm).

1-rasm. O'zbekistonning Butunjahon boshqaruv ko'rsatkichlari (WGI) bo'yicha yillar kesimidagi holati

konatkJrh vii l&roHkM Mil

Ahoiifling Uiiuu tux&gi club >1 tuvoWottA :0I6 _ Mil

Siyouy butjitwlik vi M'nvgtlik tcnuti.'rmunjt yscakst 2011 _ ;oi6

Uukutuai UoUy»uwoi unurwiQfJi&i

QuuuuctuUV utMi Mil §_ 2016 g. »51 H-

QQBUB UitUVQfltSI 3011 :oi6

KoiruiXijjuy cixk tti'jisb loll-§_ 2016 2021

Manba: Kaufmann D., A. Kraay, and M. Mastruzzi. The Worldwide Governance Indicators: Methodology and Analytical Issues - abstract id=1682130

Butunjahon boshqaruv ko'rsatkichlari (WGI) - bu global tadqiqot va davlat boshqaruvi sifati va samaradorligi bo'yicha dunyo mamlakatlari reytingi bo'lib, 1996-2021 yillar davomida 200 dan ortiq mamlakat va hududlar uchun oltita jamlangan ko'rsatkichlar asosida shakllantiriladi[3]:

1. Aholining fikrini hisobga olish va hisobdorlik (aholining davlat hokimiyatini tanlashda ishtirok etish darajasini, so'z erkinligi darajasini aks ettiradi);

2. Siyosiy barqarorlik va zo'ravonlikning yo'qligi (hukumatni konstitutsiyaga zid vositalar bilan beqarorlashtirish ehtimolini o'lchaydi);

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

3. Hukumat faoliyatining samaradorligi (davlat xizmatlari sifatini, davlat xizmati sifatini baholaydi);

4. Qonunchilik sifati (hukumatning asosli siyosat va huquqiy hujjatlami ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatini baholaydi);

5. Qonun ustuvorligi (turli sub'ektlarning jamiyatda amalda bo'lgan me'yorlarga bo'lgan ishonch darajasini va ularning bu me'yorlarga rioya qilishga tayyorligini baholaydi);

6. Korruptsiyaga chek qo'yish (davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaatlar uchun foydalanish amaliyotining keng tarqalganligini baholaydi).

«Hukumat samaradorligi» bo'yicha O'zbekiston 208 davlat orasida 116-o'rinni egallab, avvalgi natijani 22 pog'onaga yaxshilagan. Hukumat faoliyati davlat xizmatlari sifati, davlat xizmati va uning siyosiy bosimdan mustaqillik darajasi, siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish sifati hamda hukumatning bunday siyosatga sodiqligining ishonchliligi haqidagi tasavvurlarni aks ettiradi. O'zbekiston bo'yicha ko'rsatkich hamon salbiy zonada (-0,20)[4] (2-rasm).

Boshqaruvning tayyorgarligini baholash moslashuv uchun investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshiradigan institutsional omillarni aks ettiradi. Ko'rsatkichlarga quyidagilar kiradi: siyosiy barqarorlik va zo'ravonliksizlik, korruptsiyani nazorat qilish, tartibga solish sifati va qonun ustuvorligi. Ularning barchasi Jahon boshqaruv ko'rsatkichlaridan (WGI) olingan[5]. ND-GAIN ko'rsatkichlari bo'yicha mamlakat indeksi, zaiflik va tayyorlik bo'yicha davlat boshqaruviga tayyorgarligi baholanganda, O'zbekiston o'rtachadan past bahoni olgan (0.373). Eng yuqori 3 lik qatorida Singapur (0.893), Finlandiya (0.870) va Yangi Zelandiya (0.869) o'rin olgan.

O'zbekistonning bunday reytinglarda o'rnini yaxshilash maqsadida hukumatimiz tomonidan ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari loyihaviy boshqaruvning PMI PMBOK — «Loyihalarni boshqarish bo'yicha bilimlar jamlanmasi» xalqaro standarti (keyingi o'rinlarda — PMI PMBOK xalqaro standarti) asosida past ko'rsatkichli indikatorlar bo'yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqishi belgilangan. Shu bilan bir qatorda, xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan PMI PMBOK xalqaro standarti asosida ishlab chiqilgan takliflar O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning tarkibiy indikatori va subindikatorlaridagi o'rnini yaxshilashga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda mas'ul davlat organlari tomonidan birinchi navbatda inobatga olinishi qayd etilgan.

PMI PMBOK xalqaro standarti jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilgan loyihalarni boshqarish sohasidagi bilimlarning eng to'liq taqdimotini o'z ichiga oladi. Shuni ta'kidlash kerakki,

O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

standart loyihani boshqarishning qaysidir bosqichida qo'llanilishi mumkin bo'lgan tayyor vosita emas, u ko'proq amaliy metodologiyalarni qo'llash uchun ba'zi asoslarni belgilab beruvchi loyiha boshqaruvi modeli deb ataladi. PMBoK qo'llanmasida ko'pchilik loyihalar uchun xos bo'lgan beshta asosiy jarayon guruhi mavjud [6]. Jarayonlarning asosiy guruhlari: - boshlash -rejalashtirish - bajarish - monitoring va nazorat - loyihani berkitishdan iborat. Loyihani boshqarish tamoyillari quyidagilardan tashkil topgan:

- Maqsadli boshqaruv;

- Jamoa;

- Manfaatdorlar;

- Qiymat;

- Tizimli fikrlash;

- Yetakchilik;

- Biriktirish;

- Sifat;

- Murakkablik;

- Risk;

- Moslashuvchanlik va chidamlilik;

- O'zgarishlar.

Shunisi e'tiborliki, PMI PMBOK xalqaro standartiga asosan loyihani amalga oshirish sohalarini qo'llash loyihani boshqarish tamoyillariga asoslanadi [7]. Bu yerda tamoyil asosiy norma, mezon yoki qiymat sanaladi. Loyihani boshqarish tamoyillari loyiha ishtirokchilarining xatti-harakatlarini belgilaydi, chunki ular mo'ljallangan natijalarga erishish uchun yuqorida qayd etilgan sohalarga ta'sir o'tkazadi va shakllantiradi. Tamoyillar va jarayonlar guruhi o'rtasida kontseptual o'xshashlik mavjud bo'lsa-da, printsiplar xatti-harakatni boshqaradi, jarayonlar guruhi esa ushbu xatti-harakatni namoyish qilish uchun xizmat qiladi. Mazkur yo'nalish davlat xizmatiga joriy etilganda esa, uning maqsadga muvofiqligi va barqarorlik ta'minlanadi, chunki standart mezonlari muvofiqlik meyorlari, shartnoma majburiyatlari, aniq maqsadlarga erishish yoki boshqa real ko'rsatkichlar bilan bog'liq bo'ladi. Bu esa davlat xizmati sifati va samaradorligiga ta'sir o'tkazib, O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilashga olib keladi.

Darhaqiqat, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish va bugungi kunda butun zamonaviy dunyoda yuzaga kelayotgan voqeliklarlarning barchasi davlat va boshqaruv organlaridan harakatchanlikni, qarorlar qabul qilishda moslashuvchanlikni talab qiladi. Ushbu sohada davlat va boshqaruv organlarida tegishli tajribaning yo'qligi, shu jumladan, tegishli malakaga ega bo'lgan kadrlar, resurslar tanqisligi va chegaralanganligi, tashqi muhitdagi o'zgarishlarga tezkorlik bilan munosabatda bo'lish talablari hamda yaxshi natijalarga erishish davlat va boshqaruv organlari faoliyatiga loyihalarni boshqarish standartlarini joriy etish samaradorligi bilan bog'liq.

REFERENCES

1. 2022-yil 18-maydagi PQ-246-son «Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori - https://lex.uz/en/docs/-6026692 va https://static.norma.uz/doc/doc_5/246.pdf

2. https://info.worldbank.org/governance/wgi/Home/Reports

3. https://info.worldbank.org/governance/wgi/

4. https://info.worldbank.org/governance/wgi/Home/Reports

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

5. https://gain-new.crc.nd.edu/ranking/readiness/governance

6. Павлов А.Н. Управление проектами на основе стандарта PMI PMBOK. Изложение методологии и опыт применения / А.Н. Павлов. - 2-е изд., испр. - М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2012. - 208 с.

7. PMBok 7The standard for project management and a guide to the project management body of knowledge (PMBOK guide) - 138-p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.