Научная статья на тему 'XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’ZBEKISTONNING HAR TOMONLAMA RIVOJLANISH SALOHIYATINI OSHIRISH STRATEGIYALARI'

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’ZBEKISTONNING HAR TOMONLAMA RIVOJLANISH SALOHIYATINI OSHIRISH STRATEGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
74
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalqaro reyting / indeks / strategiya / yangi mexanizm / islohot / davlat boshqaruvi / “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi”.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ma’ruf Qo’chqorov

Ushbu maqolada O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnining tegishli sohalarda oshib borayotganligi va ushbu tendensiyani yanada jadallashtirish uchun kerak bo’lgan strategiyalarni ishlab chiqishga oid muhim bo’lgan ilmiy qarashlar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’ZBEKISTONNING HAR TOMONLAMA RIVOJLANISH SALOHIYATINI OSHIRISH STRATEGIYALARI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O'ZBEKISTONNING HAR TOMONLAMA RIVOJLANISH SALOHIYATINI OSHIRISH STRATEGIYALARI

Ma'ruf Qo'chqorov

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10143093

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o'rnining tegishli sohalarda oshib borayotganligi va ushbu tendensiyani yanada jadallashtirish uchun kerak bo'lgan strategiyalarni ishlab chiqishga oid muhim bo'lgan ilmiy qarashlar yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: xalqaro reyting, indeks, strategiya, yangi mexanizm, islohot, davlat boshqaruvi, "Yangi O 'zbekiston taraqqiyot strategiyasi".

Аннотация. В данной статье освещены важные научные взгляды на повышение позиций Узбекистана в международных рейтингах и индексах в соответствующих областях и разработка стратегий, необходимых для дальнейшего ускорения этой тенденции.

Ключевые слова: международный рейтинг, индекс, стратегия, новый механизм, реформа, государственное управление, «Новая стратегия развития Узбекистана».

Abstract. This article highlights important scientific views on the increasing position of Uzbekistan in international rankings and indexes in the relevant fields and the development of strategies needed to further accelerate this trend.

Keywords: international rating, index, strategy, new mechanism, reform, public administration, "New Development Strategy of Uzbekistan".

KIRISH

Butun dunyo davlatlarida mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan muhim omfflar, birinchi navbatda Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faoliyatda erkinlikni ta'minlash kabi muhim bo'lgan normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar hisoblanadi. Shuningdek, uning natijalari haqida va mamlakatda erishilayotgan yutuqlarni dunyo hamjamiyati e'tiboriga bildirib o'tish, hamda tegishli sohalar bo'yicha uning xalqaro darajada tutgan roli, ya'ni xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini baholash, davlatning nufuzini belgilash uchun juda muhimdir.

Asosiy qism

So'nggi yillarda O'zbekistonda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan misli ko'rilmagan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda va buni albatta O'zbekistonning xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori darajada e'tirof etilayotganligida ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevralda "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora tadbirlari" to'g'risidagi qarori hamda, 2020-yil 2-iyundagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash, hamda davlat organlari va tashkilotlarda ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish" to'g'risidagi farmoni O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga tegishli dasturi amal bo'lib xizmat qilmoqda, shuningdek ushbu sohalarda erishilgan yutuqlarning natijalari jahon ommasiga ma'lum qilinmoqda.

Masalan, mamlakatimiz Xalqaro meros jamg'armasining "Iqtisodiy erkinlik" indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida 19 pog'onaga, "Biznes yuritish"

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

indeksida 18 pog'onaga ko'tarilganligini davlat rahbari tomonidan e'lon qilingan qaror va farmonlarning ijobiy natijasi sifatida baholash joizdir

O'z navbatida yuqorida e'lon qilingan qaror va farmonlarni ijrosini bevosita ta'minlash va Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha 2019-yilda Respublika kengashi tashkil etildi. Tashkil etilgan Respublika kengashining asosiy vazifasi etib esa xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston o'rnini munosib yaxshilashdan iborat bo'lgan bir qator ustuvor strategiyalar belgilandi:

- mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalardagi tub o'zgarishlarni hisobga olish va shu yo'nalishdagi ishlarning ijobiy samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish;

- davlat boshqaruvi hamda hokimiyat organlari tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, xalqaro hamjamiyat tajribasidan o'tgan, hamda ushbu asosda shakllangan bir qator, xususan davlat va jamiyat qurilishi sohasida inson huquqlarini himoyalash sohasida va qishloq xo'jaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo'yicha tashabbuslarni ilgari surish;

- jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy

hujjatlar va ushbu loyihalarning mamlakatimiz o'rniga ta'sirini to'liq holda baholash kabi

muhim bo'lgan yo'nalishlardan iboratdir.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan e'lon qilingan 2017-yil fevraldagi "Yangi O'zbekiston strategiyasi" doirasida hayotga izchil kirib borayotgan islohotlar va erishilgan yutuqlar, hamda uning natijalariga oid dalil va ko'rsatkichlar jahon hamjamiyatining e'tiborini tortmoqda. Bu esa o'z navbatida amalaga oshirilayotgan taraqqiy o'zgarishlarni yangi tarixiy bosqichda davom ettirilayotganligini anglatadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a'zosi sifatida o'zining taraqqiy maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi uning jahon miqyosidagi o'rnini, reytingini va eng muhimi ibratli tajribasini butun dunyoga ko'rsata olmoqda. O'z navbatida bunday natijalar, ushbu yo'nalish doirasida e'lon qilinayotgan qaror va farmonlar hamda "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" ushbu jarayonni yanada jadallashtirish uchun amalda tatbiq etilayotganligini anglatadi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.05.2022-yildagi PQ-246-sonli qarori. "XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASHDA ILMIY SALOHIYAT HAMDA AMALIY FAOLIYAT UYG'UNLIGINI TA'MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA" https://lex.uz/docs/-6026692.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.06.2020 yildagi PF-6003-sonli "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O'RNINI YAXSHILASH HAMDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA ULAR BILAN TIZIMLI ISHLASHNING YANGI MEXANIZMINI JORIY QILISH TO'G'RISIDA". https://lex.uz/docs/-4838762.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.02.2017 yildagi PF-4947-sonli "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO'YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASI TO'G'RISIDA". https//lex.uz/docs/-3107036.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.