Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONLIKLARNING IKKINCHI JAHON URISHI YILLARIDA PARTIZANLIK HARAKATLARIDAGI ISHTIROKI'

O‘ZBEKISTONLIKLARNING IKKINCHI JAHON URISHI YILLARIDA PARTIZANLIK HARAKATLARIDAGI ISHTIROKI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

139
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Urush / okkupatsiya / jasorat / mardlik / g„alaba / tinchlik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Normetov T. X.

Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urishi yillarida o„zbek erkaklari va ayollarining urushda ko„rsatgan qahramonliklari aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONLIKLARNING IKKINCHI JAHON URISHI YILLARIDA PARTIZANLIK HARAKATLARIDAGI ISHTIROKI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTONLIKLARNING IKKINCHI JAHON URISHI YILLARIDA PARTIZANLIK HARAKATLARIDAGI ISHTIROKI

T. X. Normetov

Chirchiq OTQMBY Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urishi yillarida o'zbek erkaklari va ayollarining urushda ko'rsatgan qahramonliklari aks etgan.

Kalit so'zlar: Urush, okkupatsiya, jasorat, mardlik, g'alaba, tinchlik.

Urushning birinchi oylaridayoq frontga yuborish haqida o'zbekistonlik yoshlardan O'zbekiston harbiy komissariyatlariga 32000 ariza tushdi[1].

1941 yildan boshlab respublikada korxona va front uchun kadrlar tayyorlash (keng) tarmog'i tashkil etildi. Urush yillarida minglab o'zbek jangchilari barcha frontlarda kurash olib borib, qahramona jasorat ko'rsatib, shosh-sharafga erishdilar. Ulardan 120000 nafari orden va medallar bilan taqdirlangan, 280 nafari esa ko'rsatgan jasorati uchun eng yuksak unvon - Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan[2].

O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov shunday degan edilar: "... urush veteranlari bizning Vatanimiz va xalqimizning mayoqlaridir.Janglar maydonida o'z kelajagi uchun, musaffo osmon uchun kurashgan barcha vatandoshlarimizni biz yod etamiz. Yuksak haqiqatni unutishga hech kimni haqqi yo'q va biz bunga yo'l qo'ymaymiz"[3].

ADABIYTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yurt iqtisodiyotini qayta qurish bilan birga respublikaga armiya uchun jangovar zaxira yaratishga to'g'ri kelgan. O'n minglab yigit-qizlar umumiymajburiy ta'limdan o'tganlar front uchun jangovar zaxira va qo'mondon kadrlarni tayyorlagan O'rta Osiyo harbiy okrugi bu borada muhim rol o'ynagan. Bu yerda 1941 yil noyabr oyidan 1942 yil mart oyigacha 14 ta milliy diviziya va brigadalar, ulardan 9 ta o'qchi batalyon, 5ta kavaleriya diviziyasi shakllangan[4].

Brest qal'asi himoyasida hamo'zbekistonlik jangchilar alohida ajralib turgan. Ular - Doniyor Abdullayev, Xojiboyev, Axmad Aliyev, N.Sodiqov, A.Abdullayev, YE.A.Lise, F.I.Layenkov, Og'amirza

ANNOTATSIYA

KIRISH

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Aliyev, Raximboy Arslonov, Tursun Xidirov, Nurum Sidiqov va ko'plab boshqalar[5].

180 nafar Toshkent piyodalar bilim yurti tarbiyalanuvchilari (hozirgi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar Akademiyasi), ya'ni o'zbek jangchilariMoskva himosidagi jangchilar orasida, mashhur Panfilovchilardiviziyasi qatorida va boshqa Qizil Armiya qism va birlashmalarida alohida qahramonlik ko'rsatdilar.

G'ulom Abdukarimov Moskva ostonasi janglarida Panfilov (panfilovchilar) diviziyasi tibbiy sanitar batalyonining bosh jarrohi bo'lgan. Og'ir mudofaa janglarida, 1941 yil 17-18 noyabr kunlarida (12-hal qiluvchi nemis qo'shinlaring hujumi) 120 nafar jangchini operatsiya qilib, hayotini saqlab qolgan. Abdukarimovga uning do'sti Zarif Ibragimov yordam bergan. Panfilov diviziyasi tarkibida leytenantlardan Pilyugin, Mamadali Madaminov, Abdulla Tagayev, M.V.Valitov va boshqa o'zbek jangchilar qahramonlik ko'rsatishgan[6].

Birinchi va ikkinchi kavaleriya jangchilari ham sharafli nomga loyiqdirlar. Ular orasida Moskva ostonasidagi urushda jangovar xizmatlari uchun yuqori unvonlar bilan taqdirlangan o'zbek yigitlari bor: pulemyotchi Sharofutdinov Toji, serjant Otaboyev Jumaboy, sapyor Ashirov Xoldor, kavaleriyachi Boqiyev Abdurahmon, tank pulemyoti komandiri, Jo'rayev Sulton, pulemyotchi Karimov Komil, sanitar instruktori Zulfiqorov Abdullajon, Namangandan artilleriyachi Abdusattor Raximov yuksak Qahramon unvoniga sazovor bo'lganlardandir.

Jangchilar orasida o'zbek qizlari ham bor edi. Zeboxon G'aniyeva - yuksak qahramonlik taqdiriga ega inson. Jangovar mukofotlar kavaleri, qo'shiq va hikoyalar qahramoni, snayper, razvedkachi, filolog, raqqosa, aktrisa. Uning nomi bilan bugungi kunda qo'shiq va raqs ansambli faoliyat olib boradi.

Stalingrad janglarida ham o'zbeklar mardlik va jasurlik namunasi bo'lganlar. Buyuk Pavlov uyi mudofaasida jangchilar orasida Turg'unov bor edi. O'chmas (o'lmas) qahramonlikni katta serjant Usmanov ko'rsatdi. U granata bilan birga o'zini tank ostida tashladi va uni portlatib yubordi. Yana Stalingrad ostonasida jasurlarcha halok bo'lgan Toshkent davlat pedagogika instituti sobiq talabasi Yelena Stempkovskaya haqida alohida aytish kerak. U vafotidan keyin Qahramon unvoniga sazovor bo'lgan. 2738 nafar o'zbek yigit-qizlari "Stalingrad ozodligi uchun" medali bilan taqdirlanganlar[6].

Kursk shahridagi jangovar operatsiyalarda O'zbekistonda shakllangan jangovar birlashmalar faol qatnashishgan. Shular orasida Qizil Bayroq ordenli 162-o'qchilar diviziyasi bor edi. O'zbekistonlik jangchilar

frontning boshqa hududlarida ham mardonavorlik ko'rsatishgan.

November, 2023

Oryol shahrini ozod etishda Farg'onalik paxtakor pulemyotchi Ahmadjon Shukurov xizmatlarini alohida e'tirof etish kerak. Shu yigit sharafiga rus Zolotoryovka qishlog'i Shukurovka nomiga o'zgartirilgan.

Dneprni kechib o'tishda (1943 yil noyabr) ko'pgina o'zbek jangchilari o'zlarining harakatlari bilan ajralib turishdi.Ulardan 100 nafarga yaqini - T. Mirzayev, V.Nabiyev, D.Usmanov, A Qurbonov, F.Yuldashev, P.M.Rjevskiy, A Uzoqov, N.A. Sarayev va boshqalar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi.

Fashizm ustidan g'alaba qozonishda va okkupatsiya (bosib olingan yerlarni ozod etishda) qilishda partizanlik harakati alohida rol o'ynadi. Partizanlarning katta kuchlari Ukrainaning shimolida , g'arbida va janubi-g'arbida, Belorussiyada, Leningrad, Smolensk va Oryol viloyatlarida, Qrimda o'z harakatlarini olib borishgan. Butun urush yillari davomida dushman hududida 6200 ziyod bir milliondan oshiq turli millat vakillaridan tashkil topgan partizan otryadlari va maxfiy guruhlar ish olib borganlar. Ular orasida M.Topivoldiyev, D.Abduraimov, D.Qosimov, T.Ismailov, S Fayziyev M.Axmedov va boshqalar alohida hurmatga loyiqdirlar.

Mamadali Topivoldiyev va uning 60 kishilik otryadining dushman hududida ko'rsatgan mo'jizaviy jasoratlari va qahramonliklari butun frontga namuna bo'ldi.MamadaliTopivoldiyevga Qahramon unvoni berilgan va uning nomi Belorusda juda mashhur.

Mamadali Topivoldiyev Qizil Bayroq ordeni, "Jasorat uchun", "Vatan urushi partizani" medallaribilan taqdirlangan,1944 yil 15 avgustda esa unga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. O'zbek xalqining botir o'g'loni sharafiga Pisarevo belorus qishlog'i Topivoldiyevkaga, Krugloye posyolkasi esa Topivoldiyevoga o'zgartirilgan. Afsonaviy Kazbek jasoratlari haqida "Unutilmas qo'shiq" nomli badiiy film( 1974 yilda o'zbek va belorus kinematografchilari bilan hamkorlikda) va "Ikki xalq o'g'loni" nomli hujjatli film (2011 yil, rejissor M.Yuldashev) olingan.

Turkiston ofitseri Sergey Savvich Belchenko 1927-1932 yillarda O'rtaOsiyo harbiy okrugi chegerachi qismlarida xizmat olib borgan. 1941 yildan Belorussiyadagi partizan harakatlari tashkilotchisi va faol qatnashchisi bo'lgan,1942 yil maydan partizanlar harakati G'arbiy shtabi boshlig'i, 1942 yil sentabrdan partizanlar harakati Markaziy shtabi vakili, Kalininsk fronti Harbiy kengashi a'zosi, 1943 yilda partizanlar harakati markaziy shtab boshlig'i o'rinbosari etib tayinlangan.

Ukrainada dushman bilan kurashgan S.A.Kovpak, A.N.Saburov, A.F Fyodorov, M.I.Naumov partizan otryadlarida yuzlab o'zbek qasoskorlari bor edi. Ular to'satdan hujumlar uyushtirib, strategik ko'priklar va temir yo'llarni portlatishardi.O'zbek jangchilari haqida bor Sovet Ittifoqi Karamoni S.A.Kovpak va A.F Fyodorov, ukrain partizanlan

November, 2023

60

komandiri, Sovet Ittifoqi Karamoni, general-mayor P.P.Vershigora memuarlarida o'qish mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Masalan, afsonaviy Kovpak partizanlar birlashmasida o'zbek xalqining 20 nafar mard o'g'lonlari bo'lgan. Shular orasidagi Abduxamid Saydaliyev haqida alohida aytish kerak. U birlashma bilan birga Putivlyadan Karpatgacha, Karpatdan Polesyegacha, Polesyedan Polshadagi San daryosigacha, so'ng Varshava va Belovejsk Pushasigacha borgan. Bir qancha o'zbekistonliklar Ukrainada jang olib borayotgan birlashmalar partizanlar qismlari safini to'ldirdilar.Ular dushman fronti ortida diversion(qo'poruvchi) guruhlarda mardlarchajang olib borishdi. Masalan, 1942 yil avgust oyida Temirov boshqaruvi ostidasi diversion guruh ikki vagonni izidan chiqarib yubordi. Bu jangda dushmanning 45 askari yakson qiliggandi.

Tarix zarvaraqlarida Ukrainadagi yashirin tashkilotda mardlarcha kurashgan o'zbekistonli jangchilar haqida o'qish mumkin. Masalan,termezlik, ip yigirish fabrikasi sobiq ishchisi, jasur qiz Yevdokiya Bogatiryovaning Makeyevka shahridagi Donbass yerto'lasida (podpolye) olib borgan faoliyati misol bo'la oladi.U front chizig'i orqalirazvedka guruhlari tarkibida janubiy front partizanlar harakati shtabiga yuborilgan edi. Bogatiryova bir necha bor front chizig'i orqali partizanlar harakati shtabiga ma'lumotlarni yetkazib bergan. Razvedka operatsiyalarida ham muvaffaqiyatga uchragan. Lekin bir kuni dushman jazo otryadi uning va uning safdoshlari iziga tushdi. Jangchilar asirga olinib, dahshatli qiynoqlardan keyin Chistyakovo qamoqxonasida otib o'ldirilgandi. Xalok bo'lganlar orasida Dusya Bogatiryova ham bor edi.

O'zbekistonlik partizan vakillari otryadi Leningrad viloyatidagi 2- Leningrad partizanlar brigadasida edi. 1942 yil fevral oyida otryad tuman markazida joylashgan dushman garnizonini va yirik temir yo'l Dedovichi stansiyasini tor-mor etishda ajoyib natija ko'rsatdi. Jang paytida o'z jangovar harakatlari bilan o'zbekistonlik Odamboy Muratov, Nigman Rajabov, Yunus Nigmatullin va boshqalar ajralib turganlar.

Bryanshinadagi janglarda I.Musayev, A.Hakimov, I.Qosimovlar nomlari alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Ularning qahramonliklari yuqori davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Polshadagi qarshilik harakatlarida o'zbekistonlik jangchilarning hissasi katta bo'ldi. Ular deyarli barcha partizan birlashmalarida bo'lib, ba'zilari esa shu otryadlarning tashkilotchi komandirlari va shtab

boshliqlari edi. Polshalik tadqiqotchilar hisobiga ko'ra Polshadagi

November, 2023

lagerlardan 65000dan ortiq sovet fuqarolari qochgan. Qochganlarning katta qismi -20000dan oshiq - Polsha jangchilari bilan birlashib, fashistlarga qarshi kurashda faol qatnashganlar.

Ularning tarkibida o'zbekistonliklar ko'p edi.Masalan, samarqandlik Sayfulla Nurullayev. U dushman asirligidan qochib, Lyublino rayonidagi Yanovsk o'rmonlarida kurash olib borayotgan partizan otryadiga qo'shildi. Jilenko guruhi tarkibida 1944 yil 7 iyunda o'zining jangovar do'stlari bilan Lyublin-Krasnik temir yo'lida 5 ta harbiy eshelonni portlatib yubordi. Shunda 50 nafar fashist o'ldirilgan va 140 nafari yaralangan edi. Shunga o'xshash harakatlar ko'p edi. 1941-1943 yillarida asirlikdan qochgan o'zbekistonliklar Yevropa mamlakatalarida dushman tomonidan okkupatsiya qilinganfashistlarga qarshi kurashuvchi guruhlar safini to'ldirdilar.

XULOSA

Tarix zarvaraqlarida G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi Qarshilik Harakatlari haqida ham ma'lumotlar o'z aksini topgan.Urush oqibatida Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniyada bo'lib qolgan o'n minglab sobiq sovet fuqarolari antifashistik harakatlarga qo'shila boshlaganlar.Ular dushmanga putur yetkazish harakatlarida, diversiyalarda qatnashishar, qo'llariga qurol olib partizanlar otryadlarida gitlerchi bosqinchilari bilan kurashar edilar.

1943 yil sentabr oyida Italiyada, sobiq nemis "ittifoqdoshi" ning shimoliy va markaziy qismlari fashistlar tomonidan okkupatsiya qilingandan so'ng, birinchi zarba beruvchi partizan brigadalari shakillana boshladi.Ular Italiya milliy qahramoni Garibaldi nomi bilan atalardi. Garibaldichilar qatorida o'zbekistonlik Stepan Opanasenko, Axmad Mamajonov, Mixail Mirumyans, Vladimir Greyev, Turg'un Qo'chqorov, Sharif Samadov, Omon Berdiyev, Pyotr Kolesnikov va boshqalar mardlarcha jang olib borishgan. Fashistlar qo'liga tushib, ular tushkunlikka tushmadilar, misli ko'rilmagan harakatlar oqibatida ozodlikka chiqib, partizanlar otryadlariga qo'shildilar.

Masalan, 1943 yilda Germaniyadan asirlikka tushgan guruhlar bilan Karrari shahridagi karyerlarda ishlash uchun yuborilgan andijonlik T.Quchqorov va A.Mamajonovlar mahalliy aholi vatanparvarlari yordami bilan tog'larga qochishgan.Karrari shahrini ozod etishda o'zbekistonliklar mardlarcha jang olib bordilar.Mamlakatni Gitler bosqinchilaridan ozod etgan jasur o'zbek o'g'lonlarini Rimda Italiyaning mashhur jamoat arbobi Palmiro Tolyatti iliq kutib olgan.

Ozodlik Korpusi ko'ngillilari o'zlarining jangovar samarqandlik do'sti Samatov Sharipni italncha ism bilan Aleksandro deb atashar edi. U otryadda razvedchkachi bo'lib,

November, 2023

62

bo'limni boshqarar edi. Samatov dushman qurollarini olish kabi xavfli operatsiyalaridaqatnashar , kazarmalarni portlatar , harbiy omborlarni yoqib yuborar edi. Dushmanga qarshi operatsiyalardan birida esesovchilar uni tutib olishib, "San -Vitore" qamoqxonasiga qamab qo'ydilar.Qo'rqmas partizan barcha qiynoqlarga chidadi, o'z do'stlarini sotmadi.1945 yil 1 may kuni Samatov qatl etilishi kerak edi. Lekin 25 aprel kuni Italiya milliy ozodlik Komiteti xalq qo'zg'olonini ko'tardi va mamlakatning shimoliy hududlarini dushmandan ozod etdi. Sh Samatov ozodlikka chiqdi.

Germaniyaga qarshi urush 1945 yilda g'alaba bilan yakun topdi. Jang maydonlarida qolgan yuz minglab qurbonlar evaziga mamlakat ozod etildi. Jahon fashizm zulmidan qutqarildi.

REFERENCES

1. Usmonov K. O'zbekiston tarixi (1917-1991). - T., Shark. 2008y

2. I.A.Karimov. Vatan sajdagox kabi mukaddasdir. - T., O'zbekiston, 1996. 81 bet

3. Jurayev. M. va boshqalar Yangi O'zbekiston tarixi. 2 kitob. T.: Shark. 2000.

4. Usmonov.K. i dr. O'zbekiston tarixi (1917-1991). - T., Shark. 2008y.

5. Ziyoyev X. O'zbekiston mutaqlligi uchun kurash tarixi. - T., 2001y

6. Mustaqil O'zbekiston ensiklopediyasi. 2001-2004 y.

November, 2023 Multidisciplinary Scientific Journal

63

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.