Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON HARBIY XIZMATCHILARINING IKKINCHI JAHON URUSHIDA G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI'

O‘ZBEKISTON HARBIY XIZMATCHILARINING IKKINCHI JAHON URUSHIDA G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

305
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ikkinchi jahon urush / fashizm / front orti / ruslar flangi / maxsus xizmat. / The Second World War / fascism / behind the front / Russian flank / special service.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tohirjon Xamitovich Normetov

Ushbu maqolada O‟zbekiston fashizm ustidan g„alaba qozonish uchun juda katta hissa qo„shganligi, Respublika o„sha paytlar frontga qurol-yaroq va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birga millionlab ko„chirilgan insonlar uchun umumiy maskanga aylanganligi haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article states that Uzbekistan made a great contribution to the victory over fascism, that the Republic at that time, along with supplying weapons and food to the front, became a common place for millions of displaced people.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON HARBIY XIZMATCHILARINING IKKINCHI JAHON URUSHIDA G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTON HARBIY XIZMATCHILARINING IKKINCHI JAHON URUSHIDA G'ALABAGA QO'SHGAN HISSASI

Tohirjon Xamitovich Normetov

Chirchiq OTQMBY Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada O'zbekiston fashizm ustidan g'alaba qozonish uchun juda katta hissa qo'shganligi, Respublika o'sha paytlar frontga qurol-yaroq va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan birga millionlab ko'chirilgan insonlar uchun umumiy maskanga aylanganligi haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ikkinchi jahon urush, fashizm, front orti, ruslar flangi, maxsus xizmat.

This article states that Uzbekistan made a great contribution to the victory over fascism, that the Republic at that time, along with supplying weapons and food to the front, became a common place for millions of displaced people.

Keywords: The Second World War, fascism, behind the front, Russian flank, special service.

Ikkinchi jahon urushi XX asrning eng katta fojiasi va insoniyat tarixidagi eng yirik urush edi. U Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqaldi, Shimoliy muz, Atlantika, Tinch va Hind okeanlarida, ularga tutash dengizlarda harbiy harakatlar olib borildi. Urushda 61ta davlat qatnashgan. Unga 1 milliard 700 million odam, ya'ni dunyo aholisining to'rtdan uch qismi jalb qilingan edi. 10 million kishi armiyaga safarbar qilindi, bu Birinchi jahon urushidagiga qaraganda 1,5 baravar ko'pdir. Taxminiy hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, faqat jang maydonida nemis fashistlari tomonidan otib o'ldirilganlarni o'zi 50 milliondan ortiq odamni tashkil etadi - Birinchi jahon urushidagidan 5 baravar ko'p. Vayronagarchilikdan ko'rilgan zarar va urushga sarflangan mablag'lar 4 trillion dollarni tashkil etdi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bu urushda nemis fashizmi va yapon militarizmining dahshatli kuchlari ustidan qozonilgan g'alabani insoniyat ulkan qurbonlar va mashaqqatlar evaziga qo'lga kiritdi. Urush tugaganiga o'nlab yillar o'tgan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

bo'lsada, uning tarixi va voqealari odamlar e'tiborini hali-hanuz

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

tortmoqda. Ikkinchi jahon urushining sabablari, xarakteri, saboqlari, geosiyosiy oqibatlari haqida bugungi kunda qizg'in bahs-munozaralar avj olmoqda.

XX asrning eng katta falokatining tarixiy ildizlarini, dunyo xalqlarining fashizmga qarshi harbiy qarshilikda ishtirok etish sabablarini tushunishga qiziqishning ortishi tasodifiy emas. Bunga quyidagi holatlar sabab bo'ladi.

Bu urush jahon hamjamiyati xalqlarini zamonaviy geosiyosiy voqelikni saqlab qolish uchun umumiy kurashda birlashtirishning noyob tajribasini namoyish etdi, Hozirgi yangi global mojaro sharoitida o'tmish tajribasiga murojaat qilish keyingi xavfga qarshi global kurashda birlashtiruvchi sa'y-harakatlarni chuqurlashtirishga, kelishmovchiliklarni bartaraf etishga va zamon talablariga munosib javob topishga yordam beradi.

So'ngi o'n yilliklarda ko'plab mamlakatlarda, hattoki antigitler koalitsiyasida qatnashganlar, aholining ba'zi siyosiy jamoasi va guruhlari ham, ayniqsa, fojiali urush yillari haqida aniq tasavvurga ega emas yoshlar tarkibi fashizmni qayta tiklashga, natsizm falsafasini va Gitler tizimini oqlashga harakat qilishyapti.

Bu holat SSSR parchalangandan keyin sovet tizimi merosini yengib o'tishda fashistik harakatlarni faollashtirish uchun postsovet davlatlarida kuzatilyapti, buning oqibatida Ikkinchi jahon urushida o'zini yaqqol namoyon qilgan noxush fashizm ko'rinishini ilmiy aniq ochib berish ehtiyoji paydo bo'lyapti.

Ikkinchi jahon urushining siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy kelib chiqishini aniq tushunish jarayonlarining dinamikasini ilmiy jihatdan to'g'ri aniqlash, urush davri voqealarining murakkab o'zaro bog'liqligini chuqur anglash, shuningdek, qahramonona va fojiali urush yillarining obyektiv manzarasi chizish imkonini beradi.

Sobiq Ittifoq xalqlarining, shu jumladan O'zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki tarixini haqqoniy yoritish uchun keskin harbiy qarama-qarshiliklarning paydo bo'lish genetikasini har tomonlama o'rganish prinsipial ahamiyatga ega.

Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushi, urushining hal qiluvchi janglaridan biridir.

20 avgustda nemislar Stalingrad yaqinidagi Donni kesib o'tib, shimoldan shaharni chetlab o'tib, Volgaga o'tishdi. Stalingrad doimiy ravishda bombardimon qilinardi. Shahar yonayotgan edi. 1942- yil 25- avgustda Stalingradda harbiy holat e'lon qilindi. Ertasi kuni, 26- avgust kuni o'sha kunlarda G'arbiy frontda bo'lgan G.K.Jukov Oliy qo'mondonning birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.

Ilgari bunday lavozim mavjud emas edi. Nemislarning Stalingrad hududida bo'lishiga Stalinning noto'g'ri qarorlari oqibati ekanligini Stalinning o'zi anglab yetarmidi yoki yo'q - buni aytish qiyin.

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Jukov Oliy bosh Qo'mondonlikka Stavkaga kelganida, Stalinning so'zlari uni hayratda qoldirdi: "Balki nemislar Stalingradni egallab olishar". Shundan so'ng Stalin Jukovni u erga yuborishga qaror qildi .

Gitler maxsus kuchlarni Kavkazdan Stalingradga o'tkazib, yaqin kunlarda shaharni batamom egallab olmoqchi edi

General Paulus esa bu rejani amalga oshirishga to'g'ri kelmasligini ta'kidlab, shaharni egallashga urinmasdan, uni artilleriya va samolyotlar yordamida harbiy sanoat markazi sifatida yo'q qilishni talab qildi.

Aks holda, ruslar flanglarni ishga solib, butun maxsus guruhni o'rab olishlari mumkinligi haqida 6-armiya qo'mondoni ogohlantirdi. Gitler generalning ishonsiz takliflarini takabburlik bilan rad etdi.

12 sentabr kuni nemislar shahardan 10km uzoqlikda edilar va 13-sanada Stalingradda janglar boshlandi.

Shahar mudofaasini 62-(qo'mondon-general V.I.Chuykov) va 64- (qo'mondon-general M.S.Sumilov) qo'shinlari bo'linmalari amalga oshirdi.

Nemis-fashist qo'shinlari shaharni bosib olish uchun to'rt marta urinishdi. 62-armiya qo'mondonligiga tayinlangan general Chuykov yaqinda Xitoydan qaytib kelgan edi, u yerda Chuykov harbiy maslahatchi bo'lgan edi. U to'xtovsiz janglar davom etayotgan shahar haqidagi ilk taassurotlarini shunday ta'riflagan edi: "Tajribasiz odamga yonayotgan shaharda yashashga joy qolmagandek, u yerda hamma narsa vayron bo'lib, yonib ketgandek tuyulardi. Lekin men narigi qirg'oqda jang davom etayotganligini, shiddatli kurash ketayotganligini bilardim"[3].

15 sentabrga o'tar kechasi himoyachilarning ahvoli shu qadar yomonlashdiki, yangi madad kuchlarini, yangi general A.K.Rodimsevning bo'linmasini kechuvdan so'ng darhol jangga kiritishga majbur bo'ldi. 16-sentabr kuni Bosh shtab Stalinga Berlindan radioxabar olinganligi to'g'risida habar berdi: "Stalingrad jasur nemis qo'shinlari tomonidan bosib olindi. Rossiya shimoliy va janubiy qismlarga bo'lindi, ular tez orada o'lim talvasasiga tushishadi". Oliy qo'mondon Stalingrad fronti shtabidan so'radi: "Stalingradda nima bo'layotganini menga ochiq ayting. Stalingradni nemislar olgani rostmi? Haqiqatni boricha ayting. Menga darhol javob berib".

Ular nima deb javob berishlari mumkin edi? General Yeryomenko Volganing o'ng qirg'og'iga o'tishdan qo'rqdi. Daryo unga to'kilib ketgan mazutdan alangalanardi. 50 kilometrgacha cho'zilgan yog'ochli shahardan deyarli hech hima qolmagandi, uning qariyb janubiy qismini nemislar egallab bo'lgandi.

General Chuykovning 62-armiyasi shimoldagi ishchilar posyolkalariga tirmashar edilar, Mamayev Kurganndan boshlangan bizning mudofaamiz esa nemislar tomonidan egallab olingan edi.

June, 2023

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

Jang shtabdan 800 metr uzoqliqda borayotgan edi, qo'shinlar bilan aloqa yo'q edi. Jukov bir qancha kontr zarbalar uyushtirdi, u nemis flanglariga zahiradagi diviziyalar bilan qayta-qayta hujum qildi. General Rodimsevning13-gvardiya diviziyasi Mamayev qo'rg'onini qaytarib oldi.

Ikki tomon ham dahshatli yo'qotishlarga uchrab borardi, lekin sovet jangchilari shaharning qolgan qismini saqlab qoldilar

Shu kabi urushni hali hech kim ko'rmagan edi. Stalingrad jangida tirik qolganlar shunday fikrda edilar - Volga bo'yi janglaridagidek xavf-xatarga biz hech boshqa janglarda duch kelmagan edik. Biznikilar birinchi va ikkinchi qavatda! Yer to'la va tepada - nemislar. "Yegulikni yetkazib berish" har safar jangovar operatsiyaga aylanar edi, buning uchun vzvodni ognemyot (o'tsochar) bilan, ba'zida esa tanklar ham yuborilar edi.

Bu jangda hamma narsa aniq jangchi, kichik komandir bilan hal bo'lar edi. Nihoyat ular o'zlarini butunlay ozod his qila boshladilar Ularning ustida og'ir ezuvchi tizim yo'q edi. Maxsus xizmat xodimlari front orti Volga ortida bo'lib qoldilar, ya'ni stalingradliklar uchun, ularning o'zlarinig so'zlari bilan aytganda, "ular uchun yer yo'q edi". Inson qaddini ko'tardi. Bunday insonlarni fashistlar yenga olmasdilar. Qamalda (qurshovda) o'tirgan jangchi, vzvod, batalyon "partiya va hukumatning qarorlariga "bo'ysunmay qo'ydilar. Ularni qo'rquv, Volga emas, balki fashistga nafrat to'xtatib turardi. Asirlikka olingan bir nemis ofitserining kundaligida shahar himoyachilarining misli ko'rilmagan qahramonliklari haqida o'qish mumkin. 1 sentabr: nahotki ruslar haqiqatdan ham Volga qirg'oqlarida kurashmoqchi bo'lsalar? Bu aqlga sig'maydiku... 2-sentabr: aql bovar qilmaydigan qaysarlik. 13-sentabr yovvoyi hayvonlar.. .16 -sentabr; . bular odam emas, balki shaytonlar. 27-oktabr: bizning dushmanlarimiz odam emas, balki qandaydir temir mavjudotlar. Ular hech qachon charchamaydilar va o'tdan qo'rqmaydilar 28-oktabr: har bir soldat o'zini o'limga mahkumman deb hisoblaydi.

Noyabr boshida Gitler o'z nutqida quyidagilarni aytgan edi: "Men Volgaga belgilangan joyda, belgilangan shahar yonida chiqmoqchi edim. Bu shahar Stalin nomi bilan atalar ekan. Men bu shaharni zabt etmoqchi edim. Hech qanday mubolag'asiz, men sizga shuni aytishim mumkinki, biz uni egallab oldik. Faqat bir kichik qismigina hali bizning qo'limizda emas". Biroq Gitler adashgan edi: shahar dushmanga qarshi bardosh bera oldi.

Gitlerning o'zining halokatga olib keluvchi xatolari haqida gapirish mumkin, uning generallarini tanqid qilish mumkin, lekin shuni inkor qilib bo'lmaydiki, hal qiluvchi daqiqalarda sovet jangchilarining o'zini qurbon qilishlari tufayli shahar dushman qo'lida qolmadi. Stalingrad mudofaasida, Chuykov so'zlari bo'yicha, jangchi va komandirlar "aql bovar qilmaydigan vazifalarni

bajarishgan".

June, 2023

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

Stalingrad vayronalarida kurashayotgan jangchi va komandirlar, yillar o'tib, quyidagilarni eslashardi: o'sha og'ir kunlarda ularning xatti-harakatida, ongida aniq bir burilish ro'y bergan; qonli jangda (to'polonda) aniq buyruqlarni kutib o'tirishga to'g'ri kelmagan, bu ishni ular tavakkal qilib, butun mas'uliyatni o'z bo'yniga olib harakat qilishgan, ularning yagona maqsadi - chekinmaslik, shaharni saqlab qolish edi. Vaziyatni tushungan holda ba'zi komandirlar shturm guruhlarini tuzib, ularga mustaqil harakat qilishga imkon berar edilar.

Harbiy harakatlardagi burilish nuqtasi urush davrida totalitar ongga xos bo'lgan chigallik, bo'ysunish, tashabbussizlikdan xalos bo'lgan ko'plab jangchilar va Sovet armiyasi qo'mondonlarining ongida burilish sodir bo'ldi.

1942-yil 19-noyabrda "Volga qal'asi" hududida Qizil Armiyaning qarshi hujumi boshlandi. Hujumning beshinchi kunida Janubi-g'arbiy va Stalingrad frontining oldingi qismlari birlashdilar. 250ming kishilik nemis qo'shinlari qurshovda qoldi.

Nemis qo'shinlari qurshovni buzib o'tishga harakat qilganlari sari ular atrofidagi halqa kun sayin siqilib borardi. Janubi-g'arbiy va Stalingrad frontlarining muvaffaqiyatli harakatlari natijasida 8-Italiya armiyasi, 3-va 4-Ruminiya armiyasining asosiy kuchlari tor-mor qilingan edi. Shimoliy Kavkazda joylashgan front ortidagi nemis-fashist qo'shinlariga, Rostovga hujum qilish uchun sharoitlar yaratilar edi. Janubiy yo'nalishdagi butun vaziyat ham o'zgargan edi.

1943-yil 10-yanvarda K.K.Rokossovskiy qo'mondonligi ostida Sovet qo'shinlari Stalingrad yaqinida o'rab olingan dushman guruhini yo'q qilishni boshladi. Nemis bo'linmalari ruhiy tushkunlikka tushgan edi, ammo hamon yetarlicha kuchli edi. Sovet qo'mondonligi qurshab olingan bo'linmalarga ultimatum qo'ydi, ultimatum dastlab ular tomonidan qabul qilinmagan edi. Ammo tez orada Paulus o'z ahvolining umidsizligini to'liq angladi.

2-fevralda Stalingradda 6-armiyaning qolgan qismi ham taslim bo'ldi. Volgadagi buyuk jang yakun topdi. 200 kun davomida dushman Volga va Don oralig'ida 1,5mln.ga yaqin jangchilarini yo'qotdi. U katta miqdorda harbiy texnikasidan ayrildi. Sovet armiyasi strategik tashabbusni mahkam qo'lga oldi.

Volga qal'asi mamlakat xalqlari qahramonligining timsoliga, ularning mard o'g'lonlarining mislsiz jasorati timsoliga aylandi.

O'zbek xalqining o'g'lonlari Volga va Don bo'ylaridagi janglarda manfur dushman bilan olib borilgan muqaddas janglar yilnomasiga yorqin sahifalar yozdilar. G'arbiy frontda jang qilgan o'zbek askarlari o'zbek xalqining Murojaatiga quyidagicha javob yozishgandi: Muqaddas kurashimiz tobora ko'proq botirlarni dunyoga keltirmoqda. G'arbiy frontda jang qilayotgan jasur, mard, botir o'zbek jangchilari - qahramonlar nomini ona O'zbekiston bilsin.

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

Qo'rqmas Axat Bobomurodov zirhlangan nemis mashinasi oldida o'zini yo'qotib qo'ymadi. U o'zining quroli bilan bir jangning o'zida to'rtta dushman tankini yakson qildi. Boboqul Abzalovning sevimli ayoli quvonishga loyiq. Abzalovayolining nasihatini (ko'rsatmasini) mag'rurlik bilan bajaryapti. Urushning birinchi kunlaridayoq Boboqul 51 fashistni o'lirdi. Frontda Qo'ziboyev, Toshpo'tov, Abdurasulov va boshqa o'zbek jangchilarining nomlari ulug'lanadi.

Tunu-kun o'zbek snayperlari razil nemislarni yakson qiladilar. Mamadali Madaminov 84 nemisni, Toshpo'latov 91 nemisni, Qosim Saytob 29 nemisni, Ikrom Toshmatov 93 nemisni qirib tashladilar. O'z qahramonlari bilan o'zbek xalqi faxrlansin[4].

Yashirib bo'lmas faxr va iftixor bilan Stalingrad fronti qo'shinlari qo'mondoni Yeryomenko o'zbek jangchilari haqida shunday yozadi: Bir shoir "O'zbekning yuragi -bu sherning yuragi", deb yozadi. Axir bu Lenin orden bilan taqdirlangan Xamro Ochilov haqida emasmi? U pulemyotni a'lo darajada o'zlashtirib, 1500 nafar dushmanni yer tishlatdi.

300 dan ortiq dushmanni o'ldirgan mohir minomyotchi Zrendukayev va Raxmatullinlar emasmi? bir qancha nemis tanklarini vayron qilgan, boshidan yaralanganligiga qaramasdan dushman bilan oxirigacha kurashgan qahramon Qurbonov emasmi? boshqa o'nlab, yuzlab Stalingrad ostonasidagi jangda dovrug'i ketgan o'zbek o'g'lonlari emasmi?

A'lo darajadagi jangchi sifatida 62-armiyaning 326-armiya injener batalyoni sapyori serjant Magomet Raymonqulovni ko'rsatish mumkin.

1942-yil noyabr-dekabr oylarida o'z hayotini xavf ostiga qo'yib, qiyinchiliklarni yengib o'tib, u jangovar vazifalarni bajarishga chorlardi. Serjant Raymonqulov juda topqir jasur edi. U Stalingrad himoyachilariga o'q-dorilarni yetkazib berar, yaradorlarni qirg'oqqa olib chiqar edi. Bunday mashaqqatga chidash qiyin, lekin Magomet o'z harbiy burchini sidqidildan bajarardi.

Shu armiyaning 47-alohida injener rotasidan Bozor Narzaliyev ham o'z hamyurtidan qolishmasdi. U o'z qismida mohir minyor sifatida tanilgan edi. B.Narzaliyev dushman qo'shinlari yo'llarini minalashtirar edi. Bu minalar yordamida ko'pgina dushman tirik kuchi va texnikasi nobud bo'lgan. Stalingraddagi janglardan birida u dushman o'qlari ostida ikki soat davomida 140 ta minani qo'yib chiqqan. 1943-yil boshida esa o'zimizning tanklar va piyodalar o'tishi uchun yo'llardagi dushman minalaridan tozalagan. Sharafli 62-armiyaning qism va birlashmalarida, keyinchalik 8-gvardiya armiyasi bo'lib qoldi, o'zbek xalqining boshqa o'g'lonlari ham qahramonliklari bilan ajralib turadi. Bular - N.A.Sharafutdinov - tibbiy xizmat gvardiya mayyori, kichik leytenant Maqsud Saxobutdinov - 39-

o'qotar diviziyasi rotasi komandirining tarbiyaviy ishlar bo'yicha

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

o'rinbosari, katta leytenant Y.S.Sobitob - 79-o'q otar diviziyasi rota komandiri, jangchilar - Abdulxamid Xadishev, Axmed Nabiyev, Zafar Mufazalov va boshqalar.

Jangovar qahramonliklarni 64-armiya, keyinchalik 7-gvardiya armiyasi, jangchilari ko'rsatishgan. Farg'onalik Turop Nuraliyev katta telefonist (aloqachi) edi. Qahshatqich janglarda Abganerovo stansiyasidan shimolroqda bo'linmalar bilan aloqa bir necha marotaba uzilib qolardi. Nuraliyevga esa polkning qo'mondon kuzatuv punktini batalyon va rotalar bilan uzluksiz bog'lash buyurilgan edi. Nuraliyev butun mahoratini ishga solib, qiyin vazifani amalga oshirdi. Bu bilan u polk komandirining bo'linmalar bilan bog'lanib, jangovar harakatlarni boshqarib, dushman hujumini muvaffaqiyatli qaytarishiga katta yordam berdi.

Buxoro viloyati Qorako'l tumani Yangibozor qishloq sovetidan pulemyotchi Xaitov Vatan uchun janglarda alohida qahramonlik ko'rsatdi. Uning pulemyoti beshta jangda dushmanning 300dan ortiq askar va ofitserlarini yakson qildi. Kamoljon Turg'unov esa Pavlov uyi mudofaasida haqiqiy vatan o'g'loni ekanligini ko'rsatdi. Stalingrad janglarida qahramonlarcha Toshkent davlat pedagogika instituti talabasi Yelena Stempovskaya halok bo'lgan, unga vafotidan so'ng Qahramon unvoni berilgan.

Volga bo'yida mardlarcha jang olib borganlar - Kuli Elmurodov, I.Askarov, M.Niyazbekov, K Grigorev, V.Voytov, M.Vaks, A, Bloxin, Fattoh Farmonov. Bu insonlarning har biri bir necha o'nlab dushmanni va uning texnikasini yakson qilganlar.

Serjant Usmonov o'lmas (o'chmas) qahramonlik ko'rsatdi. U granata yordamida bitta tankni portlatdi, yarador bo'la turib, yerto'ladan bir nechta granatalar bilan chiqib, boshqa tank ostiga o'zini tashlab,uni yo'q qildi.

Ko'plab o'zbekistonlik jangchilar 15-gvardiya o'q otar diviziyasi tarkibida bo'lib, jang olib borganlar. Diviziya ikki marotaba Qizil bayroqli diviziya unvoniga ega bo'lgan.

20-avgustdan 23-avgustgacha dushman katta kuch, yuzlab tanklar bilan aviatsiyaning faol ko'magida Volga bo'yidagi diviziya pozitsiyalariga hujum qildi. Dushmanning son jihatdan ustunligiga qaramay, shafqatsiz qonli janglarda fashistlarga katta talofatlar bergan diviziya o'z jangovar vazifasini sharaf bilan bajardi. Fashistlar qo'mondonligining Krasnoarmeysk orqali Stalingradga o'tish rejasini barbod qildi.

Janubdan Stalingrad ostonasini himoya qilishda davom etib, diviziya boshqa bo'linmalar bilan hamkorlikda dushman kuchlarini zaiflashtirib, holdan toydirardi.

Qat'iyat va matonat bilan olib borilgan uch oylik mudofaada dushmanga katta talofat yetkazildi: U 7,5 mingdan ortiq askar va ofitserlarni yo'qotdi, 150 ta tank, 74 avtomashina, 25 ta turli kalibrli qurol, 101 ta pulemyot, 29 ta minomyot, 2ta samolyot va bir qancha boshqa texnika yo'q qilindi. Alohida o'rnak ko'rdatganlar jangovar orden va medallar bilan taqdirlandilar.

June, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

Ular orasida quyidagilarni ko'rish mumkin: 11-o'qotar batalyoni tarbiyaviy ishlar bo'yicha rota kosandiri o'rinbosari gvardiya kapitani Nosir Sulaymonov, 5-o'qotar batalyoni rota komandirining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari, 44-gvardiya o'qotar polki katta leytenanti Xamid Xamidov, 1-o'qotar rota 1-o'qotar batalyon 1- o'qotar polk snayperi G'ulom Murotov va boshqalar.

O'zbek xalqining mard va jasur o'g'il-qizlari Stalingrad uchun jangda 33-gvardiya va 112-o'qotar diviziyasi, 90- va 94- o'qotar brigadalarida va boshqa ko'plab qism va harbiy bo'linmalarda qahramonlarcha jang olib borganlar. "Stalingrad mudofaasi uchun" medali bilan 2733 nafar o'zbek jangchilari taqdirlanganlar.

Volga bo'yidagi g'laba katta tarixiy hamiyatga egadir. Bu urush keskin burilish davrini boshlab berdi, Germaniyaning harbiy qudratini va harbiy obro' sini pasaytirdi. Bu g'alaba natijasida SSSR va Qurolli Kuchlarining xalqaro obro'si ortdi. Bu Yevropada ozodlik kurashining kuchayishiga va antifashistik koalitsiyaning mustahkamlanishiga yordam berdi. 1943-yil qish va bahorda boshlangan Stalingrad hujumi mart oyining oxirigacha davom etgan umumiy strategik hujumga aylandi. Dushman 600-700 km orqaga uloqtirildi va bo'linmalarni g'arbdan Sovet-Germaniya frontiga o'tkazishga majbur bo'ldi[5].

Shu o'rinda davlatimiz Prkezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kmidlaganlaridek: "Urushning dastlabki kunlaridanoq O'zbekistonning butun moddiy va ma'naviy kuchlari fashizmga qarshi kurashga safarbar etildi, respublikaning hayoti harbiy izga tushirildi. O'zbekistonning o'sha vaqitdagi yaroqli aholisining 50 foizidan ko'krog'i, ya'ni 1 million 951 ming kishi frotga jo'natildi. Urush yillarida Sovet Ittifoqining g'arbiy hududlaridan minglab aholi, badarg'a qilingan xalqlar O'zbekistonga ko'chirib keltirildi. O'zbek xalqi ularga qo'lidan kelgan g'amxo'rlikni ko'rsatdi"[6].

O'sha olovli yillarda O'zbekistonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalqimiz "hamma narsa-front uchun, hamma narsa-g'alaba uchun deb yashadi, ormo va xalovatidan voz kechib, tinimsiz og'ir mehnat qildi. Respublikamiz frontning mustahkam ta'minot bazasiga aylandi. Yurtimizdan jang maydonlariga 2 mingdan ziyod samolyot, ko'plab quprol-yarog'lar, harbiy-sanitariya poyezdlari, yuzlab dala oshxonalari, plakatlar, ulkan miqdorda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi[7]. Fashistlar Germaniyasi tor-mor etildi.

O'zbekistonliklarni urushda ko'rsatgan mardligi va jasorati yuqori baholandi. 200 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofatlandi. 301 askar va komandirlar qahramon

XULOSA

unvoniga sazovor bo'lishdi, ularni 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar

June, 2023

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,Э I SJIF: 5,771 I UIF: б,1

o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi "Shuhrat" ordeni bilan msukofatlandi[8].

O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi xalook bo'lgan, 158000 kishi esa bedarak yo'qolgan, 60452 nafar kishi umrbod nogiron bo'lib qolgan.

Xulosa o'rnida ta'kidlash joyizki, Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekistonda harbiy-siyosiy tafakkurning rivojlanishi, o'zbek xalqining buyuk g'alabaga munosib xissasi, mustaqili izlanuvchilar tomonidan o'rganishi davom etmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekistonlik mehnatkashlarni Ikkinchi jahon urushiga qo'shgan xissalari - T., 1975. - S.190.

2. Chuykov V.I. Stalingraddan Berlingacha. - M., 1985. - S.131-148.

3. Chuykov V.I. Stalingraddan Berlingacha. - M., 1985. - S.133-135.

4. Saidov I.M. Monografiya. Vklad Uzbekistana v pobedu nad fashizmom.

5. Ikkinchi jahon urushi yillarida O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi. T.1. -34,9-3,50 b

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk G'alabaning 75 yilligiga bag'ishlangan tayentanali marosimdagi nutqi" dan. 2020 y 9 may.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. O'zbekistonlik Ikkinchi jahon urushi qahramonlari A.A.Axmedov va boshqalar.-T.: "Sharq", 2020- 3b.

8. O'zbekiston Armsiyasi jurnali. 2020.iyun №2 (22). 14-15 betlar.

June, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.