Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TURLI SHAROITDA SHAXSIY TARKIBNI RAQIB SALBIY INFORMATSION-PSIXOLOGIK TA'SIRIDAN HIMOYA QILISH
Boboyev Xurshid Yusupovich
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv
markazi katta o'qituvchisi, podpolkovnik.
Mazkur tadqiqot jarayonida jangovar shaylikni oshirish maqsadida raqib salbiy informatsion-psixologik ta'siridan himoyalanish va raqibga qarshi psixologik kuzatuvlarni kuchaytirish chora -tadbirlari bayon etilgan.
Kalit so'zlar: "Psixologiya", "Tadqiqot ishlari", "Psixik jarayon", "Salbiy axborot vositalar", "Psixologik ta'sir", "pornografik", "Axborot-psixologik operatsiya "
В ходе данного исследования в целях повышения боеготовности были описаны меры по защите от негативного информационно-психологического воздействия противника и по усилению психологических наблюдений за противником.
Ключевые слова: «Психология», «Исследование», «Психический процесс», «Негативные медиа», «Психологическое воздействие», «порнографический», «Информационно-психологическая операция».
Qo'shin harakatlarini matbuotda yetarlicha yoritib berish uchun matbuot anjumanlari o'tkazilishi, maxsus tasvirga tushirilgan videomateriallarning jurnalistlarga taqdim etilishi, jurnalistlarning harbiy qismlarga tashrif buyurishlarini va harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashishlarini tashkil etish mumkin. Harbiy xizmatchilarga ularning matbuot xodimlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadga muvofiq.
Har bir Vatan himoyachisiga, dushman kirdikorlarini va uning salbiy tarzdagi axborotlarini zararli tomonlarini ochib tashlash, unga qarshi kurashadigan ruhiy jang uslublarini o'rgatish lozim. Buning uchun har bir ofitserlar, komandir va qo'mondonlar doimo shaxsiy tarkib bilan olib boradigan mashg'ulotlarda, darslarda O'zbekiston Respublikasi va uning Qurolli Kuchlarining tarixini, urf-odatlarini hamda asosiy vazifalarini shaxsiy tarkibga yetkazib borishi zarur.
Chunki: "Bugun O'zbekiston o'zining milliy manfaatlarini ko'zlab, olib
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
borayotgan mustaqil siyosatni ko'rolmasdan, uni o'zgartirishga qaratilgan bu yovuz harakatlarni, yurtimiz sha'ni va obro'siga dog' tushirish, xalqaro maydonda uning yuzini yerga qaratish uchun katta mablag', katta kuch tashlab, tuhmat va uydirmalarni tarqatib, mamlakatimizga nisbatan e'lon qilinmagan informatsion urushini kim va nima maqsadda boshlagani haqida xalqimiz to'la xabardor bo'lishi, uni chuqur anglashi lozim-ligiga alohida urg'u berildi"1.
Bu borada, shaxsiy tarkibni va aholini dushman nashrlarida yoritilgan informatsion psixologik ta'sirdan himoya qilishda dushmanlar tomonidan olib boriladigan, "mazmuniga ko'ra axborot-psixologik operatsiyaga qarshi dushmanning shaxsiy tarkib va mahalliy aholiga ko'rsatadigan axborot-psixologik ta'siriga, bu ta'sirlarning salbiy oqibatlarini tugatishga, shaxsiy tarkibda g'oyaviy va axloqiy-psixologik immunitetni shakllantirishga, noqonuniy harbiy tuzilmalarga nisbatan shunga muvofiq ta'sirlarni o'tkazishga qarata yo'naltirilgan operatsiyaga qarshi tadbirlarini o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jangovar harakatlar vaqtida shaxsiy tarkib ongi va ruhiyatiga nafaqat dushman tomonidan bo'ladigan, balki, noqonuniy harbiy tuzilmalar faoliyatiga xayrixoh bo'lgan ba'zi bir ijtimoiy-siyosiy harakatlar, partiyalar, tashkilotlar, siyosat va jamoat arboblari tomonidan ham bo'ladigan salbiy axborotpsixologik ta'sirlarga qarshi tayyor turish kerak.
Ularning nutqlari, izohlari, harbiy operatsiyalar borishiga nisbatan salbiy talqinlari shaxsiy tarkibning axloqiy-psixologik holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Salbiy axborot-psixologik ta'sirlarni yo'qotish uchun muntazam ravishda uning asosiy yo'nalishlarini kuzatib borish va tahlil qilish, shuningdek, mustaqilaxborot-targ'ibot ishlarini olib borish zarur.
Tashkiliy va texnik chora-tadbirlar yordamida salbiy axborotlar kirib keladigan yo'llar to'siladi.
Shaxsiy tarkib bilan esa ekstremistik guruhlarning axborot-psixologik aksiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari, ular qo'llaydigan usul va vositalar bilan tanishtirish bo'yicha maxsus mashg'ulotlar o'tkaziladi harbiy qism va bo'linmalar joylashgan hududlarga dushman tomonidan tashlangan targ'ibot varaqalari yig'ib olinib, yo'q qilinadi, ovozli targ'ibot vositalarining tovushi uchiriladi, harbiy xizmatchilarning jangovar vazifalarni bajarishdan bosh tsoqaishlarini uyushtirish
1 "Xalq so'zi" . 2005. 23 avgust.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
maqsadida harbiy qismlarga kirmoqchi bo'lgan shaxslar harakatlarining oldi olinadi va ular hibsga olinadi.
Bunday vaziyatlarda mahalliy aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish uchun maxsus targ'ibot-tashviqot guruhlarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Odatda bunday guruhlar tarkibiga psixologlar, tarbiyaviy ishlar organlariningxodimlari, huquqshunoslar, dinshunoslar, jurnalistlar, san'atkorlar va boshqa soha xodimlari kiritiladi.
Ayniqsa, nafaqat har tomonlama asoslangan, balki atayin manbadan iborat bo'lgan mishmishlarning oldini olishga katta e'tibor berish zarur. Mishmishlar tarqalishining oldini olishning yagona yo'li axborot bo'shlig'ining bo'lmasligidir. Buning uchun esa voqealar to'g'risida aniqxabarlar o'z vaqtida shaxsiy tarkibga va aholiga yetkazilishi zarur.
Komandirlarning tarbiyaviy ishlar buyicha o'rinbosarlari bo'linmadagi axborotlar uchun javobgardirlar.
Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
> shtab bilan hamdo'stlikda tayyorlangan axborotlarni matbuotga taqdim etish;
> boshqa axborot vositalar bilan hamdo ' stlik qilish;
> harbiy qism va bo'linmalar ichida axborotlarni tarqatish.
Qo'shin harakatlarini matbuotda yetarlicha yoritib berish uchun matbuot anjumanlari o'tkazilishi, maxsus tasvirga tushirilgan videomateriallarning jurnalistlarga taqdim etilishi, jurnalistlarning harbiy qismlarga tashrif buyurishlarini va harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashishlarini tashkil etish mumkin. Harbiy xizmatchilarga ularning matbuot xodimlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlaridagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilab berish maqsadga muvofiq.
Suhbat vaqtida ular berilgan savollarga qisqa va aniqjavob berishlari, muammoni o'z bo'linmalari manfaatidan kelib chiqib yoritishlari, berilayotgan ma'lumotlar magnit tasmasiga yozib olinayotganligini esda tutishlari zarurligini bilishlari kerak.
Harbiy xizmatchilar kim bilan suhbatlashayotganliklarini va ularning so'zlari qanday maqsadlarda ishlatilishi mumkinligini bilishlari, harbiy xavfsizlik, davlat va harbiy sirlar haqida unutmasliklari zarur. Yaralanganlar, kontuziya bo'lganlar va halok bo'lgan harbiy xizmatchilar haqidagi ma'lumotlar odatda jamoatchilikka ma'lum qilinmaydi. Jurnalistlarga hamrohlik qilayotgan ofitserlar matbuot xodimlari-ning o'z reportajlarida maxfiy ma'lumotlarni bermasliklarini ta'minlashlari zarur.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bunday ma'lumotlar jangovar operatsiyalarni o'tkazish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatishi, vaziyatni keskinlashtirishi, shaxsiy tarkib va mahalliy aholining hayoti hamda salomatligiga tahdid solishi mumkin"2.
Psixologik operatsiyani olib borishda hammavaqt dushman olib borayot-gan siyosatiga hushyor turish va har qanday holatda dushman targ'ibot-tashviqotiga qarshi kurash uchun quyidagi dasturlarga:
> dushmanni harbiy mojaroni (to'qnashuvni) kutilmaganda boshlash uchun olib borayotgan ishlari va taktikalarini har tomonlama tezkorlik bilan o'rganmoq va uninazardan qochirmaslik lozim;
> axborot tarqatish va harbiy sirlar ochilishi mumkin bo'lgan tarmoq-larni yo'q qilish zarur;
> bosqinchilik tajovuzini oldini olish va shu zahota munosib javob qay-tarish, jangovar tayyorgarlik saviyasini yanada oshirishga qaratilishigaamal qilish zarur.
Shaxsiy tarkibning salohiyatini qayta tiklash, texnik vositalari bilan ta'minlash, ayniqsa, jangovar shayligini oshirib, eskirib qolgan texnika, qurol-yarog'larni almashtirish va shaxsiy tarkibni hushyorligini oshirish kerak;
shaxsiy tarkibni ma'naviy va psixologik hamda texnikaviy tayyorgar-lik holatini oshiraborib, ayniqsa, ma'naviy, psixologik ta'minotini shart-sharoitga qarab tanlash zarur.
Hozirgi paytda faoliyat ko'rsatadigan axborot vositalari xilma-xil bo'lgani tufayli, psixologik operatsiya olib borishjarayonida ularning maxsu-lotlaridan foydalanishga jiddiy e'tibor berish zarur.
Shunday qilib, ma'naviy psixologik ta'minot deb: bir qator tadbirlarni yaxlit bitta yig'indiga jamlab, tinchlik paytida harbiy xizmatchilarni ma'naviy va ruhiy holatiga ta'sir qilib, uning jangovar safarbarligini, tayyorgarligini oshirish, urush vaqtida esa jangovar harakatini takomillashtirish demakdir.
Bugungi kunda: "Jangovar tayyorgarlikning intellektual darajasini yuksaltirish, uni ilg'or usul-uslublar, modellashtirish, kompyuter va informatsion texnologiyalar, zamonaviy fan yutuqlari asosida tashkil etish yo'lida olib borayotgan harakatlarimiz, bir tomondan, harbiy xizmatni o'zi uchun kasb deb tanlagan insonlarning aql -zakovati va mahoratini oshirishni taqozo etmoqda, ikkinchidan, bugunharbiy xiz-matni o'tashga hozirlik ko'rayotgan yoshlarimiz oldiga yangi, yuksak talablar qo'ymoqda"3.
Hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari olib borayotgan urushlar xilma-
2 Abdullaev R. I. Psixologik operatsiyalar. Toshkent. 2004. B 31-33.
3 I.A.Karimov. Vatan himoyachilariga bayram tabrigi. "Xalq so'zi". 2004. 14 yanvar
172
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xilligi sababli birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, modellashtirish, kompyuterlashtirish va informatsion texnologiyalar olib kirgan kuch-qudrat psixologik operatsiya shakllarini o'zgartirib yubormoqda. Harbiy mutaxassislar aniqlashicha, axborot (informatsion) urushi tor va keng ma'noda qo'llanishi mumkin.
Tor ma'noda qo'llanilishi deganda dala axborot urushlari nazarda tutiladi. Aniqrog'i, qo'shinlarni boshqarishda, ya'ni jangovar harakatini boshqarishda qo'llaniladi. Bunga razvedkaishlarini olib borish, dushmanni chalg'itish va tezkorlik jihatidan niqoblash (maskirovka), psixologik operatsiya, dushman ommaviy axborot vositalarini yo'q qilish, jangovar boshqaruv, aloqa va o'z qo'shinlarini yuqorida qayd etilgan uslublardan himoya qilish.
Keng ma'noda qo'llanilishi: informatsion (axborot) urushi. Bu keng ma'noda jangovar harakatlarni o'z ichiga oladi, ommaviy axborot vositalari, qurollangan maxsus harbiy qismlar va yuqori aniqlikdagi qurollar bu holat-da to'la safarbar etiladi.
Tinchlik paytida Davlat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda psixologik operatsiyaning yetakchisi va yo'lboshchisi Prezident, ya'ni Oliy Bosh Qo'mondon hisoblanadi.
U, O'zbekiston Qurolli Kuchlarini mustahkamlashda, psixologik operatsiyaning barcha uslublaridan foydalanib, davlatimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirmoqda.
O'zbekistonning birnchi Prezidenti I.A.Karimovning O'zbekiston davlatining xavfsizligini ta'minlash va uning Qurolli Kuchlari jangovar qudratini mustahkamlash borasida olib borgan amaliy harakati axborot vositalari orqali jahonga tarqatilgandan keyin, O'zbekiston davlatiga g'araz ko'zi bilan qaraydigan jahondagi ba'zi davlatlarning O'zbekiston davlatiga nisbatan uyushtirayotgan psixologik urushlari o'z-o'zidan mag'lubiyatga uchrab qolgan edi va hozir ham Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qumondoni Shavkat Mirziyoev rahbarligida davom ettirilib olib borilmoqda.
Turli sharoitda shaxsiy tarkibni raqib salbiy informatsion-psixologik ta'siridan himoya qilish
Turli sharoitda shaxsiy tarkibni, raqib informatsion-psixologik ta'siridan himoya qilishda, texnika yordamida dushman axborot xabarlarini tarqatayotgan vositalarni yo'q qilishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim:
1) yolg'on-uydirmalarga qarshi tashviqot ishlarini olib borishdan foyda-lanish, yasama mahsulotlarni tayyorlash;
2) faraz qilish yo'li bilan texnikalardan foydalanib, dushman Qurolli Kuchlarga va aholisiga qarata qarshi tashviqotlarni olib borish;
3) texnikalarni qo'llashda faxrlanish uslubidan foydalanish;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
4) texnikaviy qo'llash uslubining saviyasini oshirish.
Tarixiy taraqqiyotning o'zgarishi bilan zamonaviy axborot vositalarini rivojlanishi, ularni jahonga tarqalishi, yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, radio, televideniya, kompyuter, internet, elektron pochta, mobiltelefonlarning rivojlanishi o'ziga hos tezlik bilan axborot oqimlarini tarqatib, qurolli kuchlar shaxsiy tarkibiga va mamlakatlar fuqaro-lariga ta'sir qilmoqda.
Kompyuter qarshisida ishlash, televizor ko'rish odamning ko'zlarini toliqtirib, zerikishga olib keladi. Bu borada dam olish kunlari va ishdan keyin inson o'z qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, toza havoda sayr qilishi va tabiat quchog'ida bo'lib, jismoniy ishlar bilan shug'ullanishi kishilarni psixologik jihatdan toliqqishdan chiqaradi. Odam tabiat quchog'idan yangidan kuch-quvvatga to'lib qaytadi. Shunday ekan, jangovar operatsiya paytida ofitserlar, komandirlar, qo'mondonlar va oddiy askarlarning psixologik toliqishi tabiiydir.
Mutaxassislar o'tkazgan tadqiqotlarda internet "kasalligi"ning belgisi quyidagicha:
- "Ma'lumot qidirish uchun bir necha daqiqaga kompyuter oldiga o'tirasiz, ammo o'zingiz sezmagan holda soatlab vaqtingizni boy berganingizni sezmaysiz;
- kompyuter monitori oldida uzoq muddat o'tirish, jismoniy muammolarni keltirib chiqaradi;
- borgan sari internetda ishlashga mushtoqlikni sezib qolasiz;
- internet orqali noma'lum kishilar bilan tanishish sizga hayajon bag'ishlaydi. Insonlar bilan muloqot qilishdan ko'ra, internetni afzal bilasiz;
- elektron pochta orqali biror xat kelganmikan, degan kuchli orziqish sizning doimiy yo'ldoshingizga aylanib qoladi;
- internetda kerakli ma'lumotni topish uchun belgilangan uchrashuv, dars va hatto ovqatlanishdan ham voz kechasiz;
- kompyuterdan uzoqlashib qolganingizda yuragingiz siqilib, ichki bir tuyg'u sizni kompyuteringiz sari chorlayveradi.
- yaqinlaringizga kompyuter oldida o'tkazilgan vaqtni bir necha barobar kamaytirib aytasiz va hokazo.
Olimlarning ta'kidlashicha, hozirda dunyoni qamrab olayotgan "o'rgimchak to'ri" kuchli virusdek qo'loch yoymoqda. Buning oqibatida esa, surunkali kasal-liklar soni keskin ko'payib bormoqda.
Internet asoschilaridan biri - amerikalik Fil Kats ana shunday ka-sallik qurboni bo'ldi. U shu darajada kompyuter kodlariga sho'ng'ib ketgan ediki, oqibatda o'zini o'rab turgan va uning nazaridagi klavishlar orqali boshqarib bo'lmayotgan murakkab
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
real hayotdan uzilib qoldi.
Internet tizimida senzura va cheklovlarga yo'l qo'yish mumkin bo'lmaganligi uchun turli xil siyosiy ma'lumotlar, hukumatlar doirasida ham muam-molar tug'dirmoqda. Ustiga-ustak, internetdagi ko'plab pornografik, portlovchi va zaharli moddalar tayyorlashni o'rgatadigan saytlar, g'arazli niyatdagi guruhlar uchun juda qo'l keladi. XX1 asr davlatlar uchun katta muammo bo'lishi kutilayotgan internet kimlar uchundir oddiy bir ko'ngilochar vosita sifatida ham xizmat qilmoqda"4.
Jahonda internet, elektron pochta, radiotelefon, teleradio vositalari orqali tarqatilayotgan salbiy axborot tashviqotlari, bir insonni ikkilanishga va mamlakatlar olib borayotgan siyosatlarga ishonmaslikka olib keladi. Salbiy axborot vositalari ta'siri natijasida qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi va davlat fuqarolari dunyoqarashlari o'zgarishi mumkin.
Anashunday insonlarni kompyuter va televideniyaga intilishini hisobga olgan dushman, o'zining zaharli va buzg'unchilik ishlarini yolg'on-yashiq uslublarni qo'llab shaxsiy tarkib va fuqarolar ongiga ta'sir o'tkazib, ularning ruhiyatini o'zgartirib o'ziga kerakli tomonga boshqarshi mumkin. Anashu televedeniyadan va internet tizimidan keladigan xabarlarni bartaraf qilish uchun shaxsiy tarkibni va fuqarolarni kundan-kunga televideniyadan va internet tarqatiladigan salbiy informatsion chiqishlarga qarshi kurashga tayyorlab borish zarur.Shaxsiy tarkibni va fuqarolarning yuqori darajada Vatanni sevishi va uni ardoqlashi, ya'ni vatanparvarligi, tarixiy, ma'naviy va psixologik sog'lomligi, o'zining harbiy kasbi uchun mag'rurlanishi va uni mutaxassis sifatida harbiy san'atni bilishi, davlat siyosatiga fidoilligi, ya'ni uni qo'llab-quvvatlashi, qurolli kuchlar safida xizmat qilishlari, axborot vositalari ta'siri ostida qolishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Dushman salbiy axborot xabarlariga qarshi turish, ma'lum qoidalar va qonunlarga amal qilingan holda olib boriladi.
O'zbekistonning birinchi Prezidenti - Islom Karimov ta'kidlaganidek:
"Faqat ma'naviy sog'lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo'lishi mumkin".
Buni hisobga olgan holda: "Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an'analari, urf-odatlari, tili va ruhi negiziga qurilgan milliy musta-qillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg'unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg'usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halolikni, mardlik va sabr-bardoshlilikni, adolat tuyg'usini, bilim va
4 Mahmud Mahkamov. "Internet takomili va muammolari". "Xalq so'zi" . 2004. 6 fevral.
175
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ma'rifatga intilishini tarbiyalash yo'lida xizmat qilmog'i lozim"5 .
Bunday, ruhiy tarbiya barcha sohalarda, ayniqsa Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibini trabiyalashda tinimsiz olib borilsa, jangchilarni hamma vaqt og'ir sharoitlarga tezda moslashishiga, terroristik, ekstremistik, diniy aqidaparastlik oqimlariga qaqshatgich zarba berishga doimo tayyor turshga chorlaydi.
Bu borada harqanday psixologik qiyinchiliklarni yengish, dushman tomondan ishlatilgan salbiy axborot-psixologik xrujlarga qarshi kurashga va bordu-yu dushman qurolli hujum qilishga o'tsa uni yanchib tashlashga, diversion guruhlarni ushlab va yo'q qilishga qodir bo'ladi.
Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibni va mahalliy aholini xavfsizligini va sog'ligini ta'minlash yo'lida olib boriladigan informatsion-psixologik operatsiyalar ularni iymon-e'tiqodini, irodasini va ma'naviy-ruhiy holatini mustahkam qiladi.
Bu esa, "Odamlarimiz, avvalambor yoshlarimizning iymon-e'tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o'zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmatqilish fazilatini qaror toptirish, ularning, men O'zbek far-zandiman deb, g'urur va iftixor bilan yashashiga erishishiga"6 yordam beradi.
Bunday vazifalarni amalga oshirish,shaxsiy tarkibniva fuqarolarni dushman televideniyasi orqali tarqatadigan salbiy ta'sirga qarshi kurashga tayyorlash va ularda milliy o'zlikni shakllantirish demakdir. Inson ruhiyatini davolashda so'zning ta'siri o'ziga xos juda kuchli quvvatgaega. Ayniqsa insonni sog'lamlashtiradigan, uni ruhiyatini ko'tara-digan, do'stlar bilan birlashtiradigan, balodan asraydigan, kasal qiladigan ham va tarbiyalaydigan ham so'z, dushmanga muhtoj qilmaydigan va unga zarba beradigan ham so'z.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan turli sharoitda shaxsiy tarkibni, raqib informatsion-psixologik ta'siridan himoya qilish, texnika yordamida dushman axborot xabarlarini tarqatayotgan vositalarni yo'q qilish lozim ekanligini bilib olishimiz mumkin.
5 I.A.Karimov "O'zbekiston buyuk kelajak sari". Toshkent. "O'zbekiston".1999. B 311.
6 I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-jild. Toshkent. "O'zbekiston". 2000. B 494.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Алексей Кудрявцев. «Ваххабизм»: проблемы религиозного экстремизма на Северном Кавказе, «Центральная Азия и Кавказ», Общественно-политический журнал, № 3(9) 2000. ИАС Швеция. Страницы 116 - 117.
2. Gazeta "Krasnaya Zvezda". 2003 yil, 29 yanvar, 2-bet.
3. "Xalq so'zi" gazetasi, 2003 yil, 8 iyul.
4. Вадим Карпов. "Подземка Стала Адом". Газета "Труд", 7 февраля 2004 г.
5. Vinokurov I. , Gurtovoy G. Psixotron urush: Afsonadan haqiqatga. M.: Misteriya, 1993. - 366 bet.
6. Volkogonov D. A. Psixologik urush (Imperializmning ommaviy ong tizimidagi qo'poruvchilik harakati). - M.: Voenizdat, 1984. - 320 bet.
7. Dotsenko Ye. L. Psixologik manipulyatsiyalar. - M.: CheRo, 1997. - 344b.
8. Kovalev G. A. Psixologik ta'sir: Tizimli - ekologik tahlil. M.: RAU, 1989. - 320 bet.
9. Kulikov V. N. Psixologik ishontirish. - Ivanova: Ped. in-t., 1978. 350 bet.
10. Laynbardjer P. Psixologik urush. - M.: Voenizdat, 1962. 350 bet.
11. "Zombi" dasturi harakatda: Uskunalar yordamida insonni boshqarsa bo'ladimi?: Majmua/Tuzuvchi. T. Skobelova. - M.: Sandina, 1995. 136 b.