Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONLIK PARTIZANLARNING SHARQIY YEVROPA VA JANUBIY–SHARQIY HUDUDINI OZOD ETISHDAGI ISHTIROKI (Chexoslovakiya misolida)'

O‘ZBEKISTONLIK PARTIZANLARNING SHARQIY YEVROPA VA JANUBIY–SHARQIY HUDUDINI OZOD ETISHDAGI ISHTIROKI (Chexoslovakiya misolida) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qosimov M.R.

Janubiy–sharqiy yevropadagi eng yirik qarshilik ko‘rsatish harakati Chexoslovakiya va Yugoslaviya hududida amalga oshiriladi. 1944-yilning boshida Chexoslovakiya hududida 27 mingda ortiq chexoslovak va sovet partizanlari faoliyat yurtigan. Slovakiya hududida Sovet hokimiyati tomonidan SSSR hududidi to‘liq ozod etilgach Chexoslovakiya hukumatining iltimosiga binoan Ukrainadagi partizanlik brigadasi rahbari A.F.Yegorovning qo‘poruvchilik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari andijonlik Aleksey Semenovich Yegorov desant qilib tashlanadi va uning rahbarligida 1 – Chexoslavak partizanlar brigadasi tashkil etiladi [1, –Б. 7].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONLIK PARTIZANLARNING SHARQIY YEVROPA VA JANUBIY–SHARQIY HUDUDINI OZOD ETISHDAGI ISHTIROKI (Chexoslovakiya misolida)»

O'ZBEKISTONLIK PARTIZANLARNING SHARQIY YEVROPA VA JANUBIY-SHARQIY HUDUDINI OZOD ETISHDAGI ISHTIROKI

(Chexoslovakiya misolida)

Qosimov M.R.

o 'qituvchi,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174883 Janubiy-sharqiy yevropadagi eng yirik qarshilik ko'rsatish harakati Chexoslovakiya va Yugoslaviya hududida amalga oshiriladi. 1944-yilning boshida Chexoslovakiya hududida 27 mingda ortiq chexoslovak va sovet partizanlari faoliyat yurtigan. Slovakiya hududida Sovet hokimiyati tomonidan SSSR hududidi to'liq ozod etilgach Chexoslovakiya hukumatining iltimosiga binoan Ukrainadagi partizanlik brigadasi rahbari A.F.Yegorovning qo'poruvchilik ishlari bo'yicha o'rinbosari andijonlik Aleksey Semenovich Yegorov desant qilib tashlanadi va uning rahbarligida 1 - Chexoslavak partizanlar brigadasi tashkil etiladi [1, -E. 7].

1944-yilning yozida A.F.Yegorev boshchiligidagi 22 nafar sobiq partizanlar Chexoslovakiyaning Prshavo hududida yuboriladi. Ularga vazifa sifatida partizan brigadasi tashkil etish va 1944-yilning 29-avgustida Slovakiyada ommaviy qo'zg'olon ko'tarish vazifasi qo'yiladi. Uning rahbarligida partizanlar Slovakiya hududida partizanlar 21 ta ko'prik va dushmanning 20 ta harbiy poyezlarini portlatib yuboradi. Chexoslovakiya hududlari ozod etilgach bo'linmaning barcha jangchilari chexoslavak hukumati tomonidan orden va medallar bilan mukofotlanadi. Hatto uning nomi bilan ataluvchi "Yegorov yulduzi" ordeni ta'sis etiladi.

Ikkinchi Jahon urushi yillaridagi ko'rsatgan jasoratlari uchun A.F.Yegorov ikkita "Lenin "ordeni, "Oltin Yulduz" medali, "Qizil bayroq" ordeni, 1-darajali "Vatan urushi partizani" medali, "Kavkaz mudofaasi uchun" medali hamda Chexoslovakiyaning yuksak unvonlari - Yan Jijka ordeni, ikkita harbiy xoch, ikkita "Chexoslovakiya partizani" ordeni va Fransiyaning "Viktoriya" medali bilan taqdirlangan.

Chexoslovakiya hududida 1943-yilning oxirida katta leytenant Nikoly Valdimirovich Donsov tomonidan 57 nafar harbiy asirdan iborat bo'lgan "Pobeda" partizanlik otryadini tashkil etadi. N.V.Donsov 1-Belorrussiya frontidagi 69-Armiyaning 151-o'qchi dviziya tarkibida jang qilib, 1942-yil 1-avgustida Rostov uchun bo'lgan janglarda og'ir yaralanib nemislarga asir tushadi. Asirlikdan qochib o'zbek, rus, ukrain, qozoq, qalmoq va boshqa millatga mansub jangchilardan iborat partizanlar guruhini tuzib, unga rahbarlik qiladi. Keyinchalik 184 kishidan iborat ushbu otryad front chizig'i yaqinidagi "10 - partizan brigadasi" tarkibiga borib qo'shiladi

1944-yilning 29-avgustida Slovakiyada fashistlarga qarshi umummilliy qo'zg'olon ko'tariladi. Ushbu qo'zg'olon Chexoslovakiya hududida faoliyat olib borayotgan chex, polyak, yugoslav, bolgar va sovet partizanlari mahalliy aholi yordamida ko'tariladi [2, -C. 260]. Ushbu qo'zg'olonda o'zbekistonlik partizanlar ham faol ishtirok etadilar. Yangiyo'llik Kostantantin Danilov 1943-yilda Xarkov shahri yaqinida bo'lgan janglarning birida og'ir yarador bo'lib dushmanlar tomonidan asirga olinadi. Asirlikda 1943-yilning dekabridan - 1944-yilning fevraliga qadar Janko, Kostansi va Ploeshti shaharlardagi lagerlarda saqlanadi. 1944-yilning fevralida Dmitriy Kuzmenko va Nikolay Golodnov bilan birgalikda asirlikda qochib, Chexoslovakiyaning shimolidagi A.Vlechko rahbarligidagi partizanlar safiga qo'shiladi [3, -C. 8].

1944-yilning sentabrida bo'lgan janglarning birida A.Vlechko halok bo'lgach otryadga K.Danilov rahbarlik qiladi. Komandirlarga xos bo'lgan mahorat ko'rsatib bir jangning o'zida dushmanning 300 dan ortiq zobit va askarlarini yo'q qiladi. 1944-yilning oxirida Ukraina Pratizanlik Markaziy Shtabi tomonidan Slovakiyadagi 2-partizan otryadi komandiri etib tayinlanadi. Chexoslovakiyadagi qahramonliklari uchun keyinchalik ushbu otryadga Chexoslovakiyaning milliy qahramoni Yan Shverm nomi beriladi[4, -C. 137]. 1964-yilda Slovakiyadagi milliy qo'zg'olon ko'tarilganligining yigirma yilligida partizan otryadi komandiri K.Danilov Slovakiyaga tashrif buyurib quroldosh do'stlari bilan uchrashadi.

1944-yilda Slovakiyada fashistlarga qarshi ko'tarilgan milliy qo'zg'olonda o'zbekistonliklardan partizan otryadi komandiri Vasiliy Feodorivich Melnikov, Raimboy Allamov, Abdulla Narzullayev va Roziq Hamroyevlar ishtirok etdi [5, -B. 179].

1945-yilning fevralida K.K.Popov qo'mondonligidagi 2-slovak partizan otryadi tarkibiga Abduraxmon O'rozniyov dushman asirligidan qochib qo'shiladi.batalon komandiri qilib tayinlangan A.O'rozov temir yo'l va dushmanning harbiy texnikasini portlatish bilan shug'ullanadi. Chexoslovakiya nemis bosqinchilaridan ozod etilgach A.O'rozboyev O'zbekistonga qaytib kelib o'qituvchilik bilan shug'ullanadi [6, -C. 266].

1945-yilning martida chex hukumatining iltimosiga binoan Sovet hukumati tomonidan partizanlar orasida aloqalarni amalga shirishni taminlovchi 13 kishidan iborat "Praga uchun" partizan aloqachilar otryadi tashkil etiladi. Ular orasida o'zbeskistonliklardan Alixon Qoshiqov (Koshikov) bor edi. Uning otryadi Kout tumanidagi Melixovsk o'rmonidagi partizanlar orasida aloqani o'rnatadi. Berilgan topshiriqlarni a'lo darajada bajargani uchun 1944-yilning 25-noyabrida M.I.Kalinin nomidagi partizan otryad a'zosi A.Qoshiqov Ukraina partizanlik markaziy shtabi

rahbari general-leytenant T.A.Strokach tomonidan 2-darajali "Vatan urushi partizani" medali bilan taqdirlangan [7, -С. 141].

Polsha va Chexoslovakiya hududlaridagi partizanlik harakatida toshkentlik Vazik Arkadiyevich Orduxanov ishtirok etdi. Toshkent pedogogika universitetining tarix fanlari nomzodi V.A.Orduxanov 1940-yilda armiya safiga chaqiriladi. Urushga qadar Brest yaqinidagi 592-artelireyia polkida xizmat qilgan. Orssha, Smolensk va Vyazmoy shaharlari mudofaasida ishtirok etadi. 1942-yildan G.M.Linkov rahbarligidagi "Batya", keyinchalik A.P.Brinskiyning "Dyadya Petya" partizanlik brigadasida xizmat qiladi. 1943 - 1944-yillardagi ko'rsatgan jasorqatlari uchun hukumat tomonidan V.A.Orduxanov 1-darajali "Vatan urushi" va "Qizil Yulduz" ordenlari bilan mukofotlangan. 1943-yilning iyulida Rovensk viloyati partiya rahbari Vasil Begma tomonidan 1-darajali "Vatan urushi partizani" medali bilan taqdirlangan [8, -С. 142].

Sovet hududi nemis bosqinidan ozod etilgach, Belorussiya va Ukraina hududidagi partizan otryadlari Chexoslovakiya hududida qaytadan tashkil etila boshlandi. Anchayin partizanlik ishlarida tajribali jangchilar bilan boyigan chexoslovak partizanlari dushmanga qarshi muvaffaqiyatli lurash olib bordilar. Chexoslovakiya hududlari ozod qilingach, partizanlar harkatdagi armiya saflariga qo'shib olingan va ularning ko'pchiligi Berlingacha bo'lgan yo'lni bosib o'tganlar.

Adabiyotlar:

1. Рахимов М. Партизан сукмоклари.Тошкент. Узбекистон. 1989. -Б.7

2. Джураев Т.Д. В боях за советскую родину. Тошкент. Узбекистан, 1970. -С.260.

3. Правда востока . 28 август 1964 г.

4. Джураев Т.Д. Узбекистанцы участники партизанской войны. Тошкент. Узбекистан, 1975. -С.137.

5. Usmonov Q., Sodiqov M. O'zbekiston tarixi (1917 - 1991 - yy). Toshkent. Sharq. 2010. -B.179.

6. Узбекская ССР в годы великой Отечественной войны (1941 - 1945 гг.). Т.3. Ташкент. Фан. 1985. -С.266.

7. Джураев Т.Д. Узбекистанцы участники партизанской войны. Тошкент. Узбекистан, 1975. -С.141.

8. Джураев Т.Д. Узбекистанцы участники партизанской войны. Тошкент. Узбекистан, 1975. -С.142.

9. Ишанходжаева, З. Р., Хазов, В. К., & Алмазова-Ильина, А. Б. (2020). Вклад Узбекистана в победу над фашизмом во Второй мировой войне. Вопросы истории, 8, 205.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.