Научная статья на тему 'IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FRONT ORTIDAGI AYOLLAR JASORATI'

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FRONT ORTIDAGI AYOLLAR JASORATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Maxkamova R.A., Ishanxodjayeva Z.R.

Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri boʼlgan Ikkinchi jahon urushi yillari oʼzining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech qachon oʼchmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urush millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt oʼlimiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab boʼlganligi koʼplar asarlarda qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi. Shunga qaramay, vaqt oʼtgani sari uning ogʼriqlaridan xalos boʼlish qiyinlashib boraveradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FRONT ORTIDAGI AYOLLAR JASORATI»

IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA FRONT ORTIDAGI AYOLLAR JASORATI

Maxkamova R.A.

tayanch doktorant,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti.

Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Ishanxodjayeva Z.R.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11173741 Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri bo'lgan Ikkinchi jahon urushi yillari o'zining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech qachon o'chmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urush millionlab begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt o'limiga, cheksiz vayronagarchiliklar va uqubatlarga sabab bo'lganligi ko'plar asarlarda qayd etiladi, xotiralarda yodga olinadi. Shunga qaramay, vaqt o'tgani sari uning og'riqlaridan xalos bo'lish qiyinlashib boraveradi.

Ikkinchi jahon urushi butun insoniyat tarixida misli ko'rilmagan darajada azob-uqubatlar, yo'qotishlar va vayronagarchiliklar keltirganiga qaramay, XX asrda fan -texnika taraqqiyotida, ixtiro va kashfiyotlar bobida ancha muvafaqqiyatlarga erishildi. Bu urush jahonning yirik davlatlari tomonidan dunyoni iqtisodiy, siyosiy va hududiy hamda strategik jihatdan bo'lib olish maqsadida olib borildi. Bu qirg'in-barot urushning tashabbuskori sifatida fashistlar germaniyasi ekanligi haligacha tarix zarvaroqlarida qayd etilib kelinadi.

Haqiqatdan urush har bir davlat uchun og'ir sinov edi. O'sha davrlarda O'zbekiston ham ittifoq tarkibida bo'lganligi sababli urush bizning davlatni ham chetlab o'tmadi. Urush yillarida o'zbek xalqining birdamligi, mehr-muruvvati, bag'rikengligi, urushga ketganlardan kelgan qoraxatlarda o'sha oila vakillarining oldida turishdek hamjihatligi, kulfatda qolgan kishilarga o'zida ozgina qolgan bir burda nonni ham birga taqsimlab eyishligi, beg'araz yordam qo'lini cho'zishligi, bir gap bilan aytganda, o'zbek xalqi barcha ezgu amallar egasi ekanligini ko'rsatdi.

Urush haqida yozilgan asarlar, kitoblar va urushda qatnashgan bobo va buvilarimizning gaplarini eshitsak, uning daxshatidan vahimaga tushish hech gap emas. Moskvada 1996-yil aprelda "II jahon urushi saboqlari va fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning ahamiyati" nomli mavzuda xalqaro ilmiy amaliy anjuman tashkillashtirilgan. Bu anjumanda O'zbekiston vakili sifatida I. Iskandarov qatnashgan va uyidagilarni o'z xotiralarida eslab qayd etgan. Qaydlarida Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlaridan biri urushda qozonilgan g'alabada

O'zbekistonning xissasi haqida aytar ekan: "Fashizmga qarshi otilgan har o'nta snaryaddan bittasi O'zbekistonda ishlab chiqarilgan", - degan fikrni ta'kidlagan. Bu mehnatkash xalqning mashaqqatli mehnatiga berilgan ulkan va munosib bahodir.

Svetlana Aleksiyevichning "Urushning ayolga yot qiyofasi" asarida urush ortida xizmat qilgan jon olib, jon bergan ayollar va urushning dahshatli oqibatlari quyidagicha ta'riflanadi: "Urushda yarim inson, yarim yirtqich bo'lishing kerak. Bu haqiqatdan ham shunday... Boshqa yo'l bilan tirik qolish imkoni yo'q. Faqat inson bo'lsang tirik qolmaysan". "Ayollarga xos ish bilan shug'ullangimiz kelardi. Mana shu yetishmas edi bizga..." "Tasavvur qiling-a homilador ayol mina olib yursa... Axir u farzand kutardi... U ham sevardi, yashashni istardi. Albatta u ham qo'rqardi" Ha bu asarda yozuvchi Ikkinchi jahon urushida qatnashgan ayollarning.

Ilg'or surxon gazetasining 1941-yil 4-iyul sonida O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning "Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urushda qaysi g'oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z Vatani, el-yurtining yorug' kelajagi, beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo'q va bunga yo'l ham bermaymiz. Urush yillari - O'zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror sahifani olib tashlamaymiz. Bu tarix -bizniki, uni unutishga hech kimning haqqi yo'q",- deya ta'kidlaganliklari bejiz emas.

Alinazar Egamnazarovning "Oqlovdan so'ng" kitobidagi "Besh jangchining onasi" ocherki Ikkinchi jahon urushi davridagi yurtdoshlarimiz matonatiga bag'ishlangan. Bu ocherk urush vaqtidagi farzandidan qora xat kelgan onalar-u, eridan erta beva qolgan kelinlar, hali otasini tanimagan yetim bolalarning front ortidagi mashaqqatlari, chekkan iztiroblari, urush davridagi barcha qiyinchiliklar yoritilgan.

Qishloq xo'jaligida ayollarning og'ir mehnati ko'plab asarlarda o'z aksini topgan. Jumladan, sevimli adibimiz O'. Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani nafaqat urushning xalqimizga etkazgan moddiy va ma'naviy zarari badiiy talqinda yoritilganligi, balki xotin-qizlarning daladagi jasoratlari ko'rsatib berilganligi bilan bu davr tarixidan voqif bo'lishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Manbalarda berilishicha, urushning ilk davrlaridayoq ko'plab hudulardagi ayollar tashabbusni o'z qo'llariga olib, turli tadbirlar uyushtirganlar va barchani bir safda turib mehnat qilishga da'vat qilganlar.

O'zbekiston Ikkinchi jahon urushi davrida "Front ortidagi front" sifatida namoyon bo'ldi. Minglab o'zbek va o'zbekistonlik o'g'lonlar jang maydonlarida qahramonona kurash olib bordilar. Bundan tashqari urush bo'layotgan joylardan O'zbekistonga yuzlab sanoat korxonalari, ijtimoiy-madaniy muassasalar,

milHonlarcha insonlar ko'chirib keltirildi. Respublikaning o'zida o'nlab yangi korxonalar barpo etildi, ularning barchasi va respublikada mavjud korxonalar urush ehtiyojlariga yo'naltirildi. Xuddi shunday bir vaziyatda o'zbekistonlik ayollar butun og'irlikni o'z zimmalariga olishdi. Qishloq xo'jaligi, sanoat va iqtisodiyotning boshqa barcha sohalarda xotin-qizlar mehnati etakchi o'ringa chiqdi. Bu davrda ko'plab nafaqadagi ayollar ham o'z ishlariga qaytib kelib, mehnat qilganlar.

Tabiiyki, urush tufayli sanoat korxonalarida ishlaydigan erkaklarning katta qismi frontga jalb etildi. Bu esa, o'z navbatida, sanoat korxonalari ishchi-xizmatchilari safida ayollar sonining oshib borishiga sabab bo'ldi. Statistik ma'lumotlarga e'tibor beradigan bo'lsak, 1942-yilning oxiriga borib, sanoat ishchilarining 63,5 %, qishloq xo'jaligi vakillarining 65 % ni xotin-qizlar tashkil etgan edi. Vaholanki, 1940-yilda respublika bo'yicha sanoat sohasida band ayollar jami ishchilarning 43% ni tashkil etgan edi. 1941-yilning oxiriga kelib shahar sanoat korxonalarida 2,5 ming ayollar ishlay boshlaganlar. Shuningdek, Buxoroda ham urush yillarida ayollar faol mehnat qilganlar. Iqtisodiyotning barcha jabhalarida mehnat qilish ayollarning zimmasiga tushgan. Urush yillarida 200 dan ortiq buxorolik xotin-qizlar sanoat korxonalari va artellarga boshchilik qilganlar. Buxorolik 50 yoshli Bahrixon Ashurxo'jayeva evakuatsiya qilingan turli millatlarga mansub 8 ta bolani o'z tarbiyasiga olgan.

Urush yillarida O'zbekistonda ko'plab qurilishlar amalga oshirilgan bo'lib, xotin-qizlar qurilish ishlarida ham faol qatnashganlar. Jumladan, Salor va Farhod GESlari, respublikaning turli hududlarida urush davrida bunyod etilgan 200 ta korxona qurilishida erkaklar bilan tengma-teng mehnat qilganlar. Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu qurilish ishlari o'ta og'ir sharoitlarda, tabiat qiyinchiliklari va moddiy etishmovchiliklar vaziyatida olib borilganligi manbalardan ma'lum. Tarixchi olim R.Nurulinning bergan ma'lumotlariga ko'ra, urush yillarida respublikamizda faoliyat olib borgan frontga harbiy aslahalar etkazib bergan korxonalarning aksariyat ishchi-xizmatchilari ham xotin-qizlar va 14-16 yoshli bolalardan tashkil topgan. Ushbu muassasalarda ish qat'iy tartiblarda, qatttiq rejim asosida olib borilgan. 12 soatlik ish kuni, ochlik, sovuq, kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlarining etishmasligi tufayli ularning mehnati yanada og'ir kechgan. Masalan, 1942-yilda Urganch shahrida uyushtirilgan xotin-qizlar mitingida ko'plab uy bekalari ishtirok etganlar va barcha ayollarni frontga ketgan erkaklar o'rnini bosish uchun sanoat korxonalarida ishlashga da'vat qilganlar. Natijada 1943-yilga kelib Urganch korxonalarida 1300 nafar xotin-qizlar mehnat qilganlar.

Bundan tashqari, O'zbekiston urush yillarida frontni qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlashda etakchi o'rinlardan birida turgan qishloqda

erkaklarning yo'qligi tufayli bu ishlarning barchasi ayollarning zimmasiga tushgan va ayolar barcha ishlarni o'zlari bajarishga majbur bo'lishgan.

O'zbekistonlik ayollarning urush yillaridagi eng katta xizmatlari, O'zbekistonga evakuatsiya qilib keltirilgan oilalarga g'amxo'rlik qilish, ayniqsa bolalarni bag'riga olishda namoyon bo'ldi. M. Ubaydullayevning keltirgan ma'lumotlariga ko'ra, Shahrisabzdagi "Hujum" arteli ishchisi M. Tursunova ayollarga murojaat qilib: "O'zimning ikki farzandim bo'lganligi holda ko'chirib keltirilgan bolalardan tarbiyalashga olaman va sizlarni ham shunga chaqiraman", -deydi. Uning da'vati javobsiz qolmay, ko'pgina ayollar bu tashabbusga qo'shiladilar va uy-joysiz, ota-onasiz qolgan bolalarni o'z qaramog'iga oladilar. Shu bilan birga, Qashqadaryoda bolalar uylari soni 22 taga etganiga qaramay, viloyatning turli hududlarida jamoatchilik yo'llari bilan bolalar uylari tashkil etiladi.

Urush yillarida frontda va front orqasida nafaqat oddiy xalq balki madaniyat va san'at xodimlari ham xizmat qilgan. Ular o'zining san'ati bilan jangchilar va mehnatkash xalqqa ma'naviy dalda bergan. Bulardan- Tamaraxonim, Halima Nosirova, Gavhar Rahimova, Roza Karimova va boshqalarning, Zulfiyaxonim, Oydin Sobirova kabi shoira-adibalarining urushdagi g'alabaga qo'shgan hissasi esa alohida e'tibor va tahsinga loyiq.

Umuman, ikkinchi jahon urushi yillari barcha xalqlar vakillari qatori, o'zbek xalqining matonati sinovi bo'ldi. Bu sinovdan o'zbekistonlik xotin-qizlar ham sharaf bilan o'tdilar va tarixning barcha davrlarida bo'lgani kabi, dardu kulfatlarning balogardoni sifatida o'zlarini namoyon etdilar. Ularning vatan uchun qilgan xizmatlari yoshlarga hamisha, yana uzoq asrlar mobaynida o'rnak va namuna bo'lishiga shubha qilmaymiz. Ikkinchi jahon urushning ilk kunlaridan nafaqat yigitlar, balki ayollarni ham urushga yuborish borasida bir qator qarorlar qabul qilingan. Garchi avvaliga frontga borish ko'ngilli bo'lgan bo'lsa-da, 1942-yil bahoridan boshlab harakatdagi qo'shin safiga ayollarni ommaviy ravishda safarbar etish bo'yicha bir to'xtamga kelindi. Natijada esa, o'zbek ayollari ham janga majburan jalb etildi.

O'zbek ayollaridan frontda jasorat ko'rsatganlardan xususan Nargiza Ibrohimovani misol qilib olishimiz mumkin. Ushbu o'zbek jangchisi yovning qurol-yaroq va yoqilg'i saqlanuvchi omborxonalari chizmasini tuzishga boradi. Belgilangan maqsad bajarilib, qaytilayotganda ular dushman pistirmasiga duch keladilar va jang qilib, o'rmon ichida yashiringan tankka etib boradilar. Shu payt tankka snaryad kelib tushib, uni alanga qamrab oladi. Tank ichida qolib ketgan qo'mondon va muhim hujjatlarni olib chiqish vazifasi Nargiza Ibrohimovaga yuklatiladi.

Tirik qolgan uch nafar razvedkachi esa dushmanni chalg'itib turadilar. Qo'mondonni olib, butalar orasiga yashirinishga urinayotgan vaqtda navbatdagi snaryad kelib portlaydi. Natijada Nargiza Ibrohimova yarador bo'lib, hushidan ketadi. Tibbiy sanitariya batalonida o'ziga kelganida, qo'mondon hayotini saqlab qolganiga "За бойевые заслуги" medali bilan mukofotlanganini biladi. Davolanib chiqqach, razvedkachi qiz partizanlar otryadida "Katta yer" orasida muntazam aloqa o'rnatish bilan shug'ullanadi. Nargizaning jangovar yo'li Smolensk shahridan boshlanib, Orsha, Minsk, Vitebsk, Litva, Latviya, Polsha, Sharqiy Prussiyagacha davom etadi. Polshani ozod etish vaqtida aloqachi Nargiza Ibrohimova yangi topshiriq oladi. Unga ko'ra, razvedkachilar guruhi dushman egallab turgan aholi yashash yerlaridan birida qolib, hujum qilib kelayotgan sovet qismlariga qo'shilishi lozim edi. Vayron bo'lgan cherkov ichida o'rnashib, tez orada Nargiza Ibrohimova o'zlari joylashgan manzil koordinatini ratsiya orqali ma'lum qiladi.

Tong paytida fashist askarlarining o'zaro suhbatidan sovet qo'shinlari yaqinlashib kelayotganini anglagan guruh qo'mondoni artilleriyaga o't ochish haqida buyruq beradi. Bu xabarni Nargiza Ibrohimova ratsiya orqali jangchilar qismiga yetkazadi.

Yetib kelgan sovet qo'shinlari vayronalar ichida qolgan razvedkachilarga chiqishlariga yordam beradi. O'zbek qizi odamlarning yuzini ko'rar, lekin xech narsani eshitmas edi, chunki u kontuziyaga uchragan edi.

1945-yil martida harbiy kasalxonadan chiqqan Nargiza Ibrohimova o'z harbiy qismiga kelib qo'shiladi va Berlin uchun olib borilgan janglarda mardonavor qatnashadi. Nargiza Ibrohimova ko'rsatgan jasorati uchun "Красная Звезда" ordeni, "За взятийе Кенигсберга" va "За победу над Германийей" medallari bilan taqdirlangan, urushdan keyin esa, o'z Vataniga qaytib kelib, tug'ruqxonalarning birida doyalik faoliyatini olib boradi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek ayollari jang maydonlarida jon berib-jon olib, fashizm ustidan qozonilgan g'alabani ta'minlashga munosib va tengsiz hissa qo'shganlar. Va ular bu yo'lda, bugungi zamonamiz qizlari uchun tengsiz ibrat va o'rnak bo'la oladilar. O'sha davrlarda frontdagilar ona vatan uchun qon kechgan bo'lsalar, front ortidagilar ham chinakam fidoyilik ko'rsatdilar. Zavod va fabrikalarda ayollar va bolalar, keksalar va nogironlar mehnat qilib, front uchun qurol-yarog', kiyim-kechak hamda boshqa mahsulotlar yetkazib berdi. G'alla yetishtirib, o'zi non yemasa ham frontga jo'natdi, bog'lardagi sarxil mevalar birinchi navbatda janggohlarga yuborildi. Bir so'z bilan aytganda, front ortida qolgan xalqimiz ham jangda qon kechgandek jasorat va matonat ko'rsatdi. El-yurtimizning urush yillarida ko'rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g'urur-iftixor manbai bo'lib, vaqt o'tgani sayin bu o'lmas qadriyatlarning ahamiyati

tobora ortib bormoqda. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirilib, fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko'rsatgan faxriylarimizga alohida e'tibor va ehtirom ko'rsatish yurtimizda olijanob an'anaga aylangan. Urushda, frontda xizmat qilgan medallar bilan taqdirlandilar.

Bugun yurtimizda ana shunday asl farzandlar xotirasini yod etar ekanmiz, ularning chekkan mashaqqatlari evaziga erishilgan tinchlik uchun qalban minnatdor bo'lamiz. Ota-bobolarimizning urush yillarida o'tgan og'ir va ibratli hayot yo'llari bizga va bizdan keyingi avlodlarga yuksak namunadir. Hayotning zahmatli sinovlariga ko'krak tutib, yurti uchun yonib yashagan bunday insonlar xotirasi qalblarda hamisha abadiy qolgay.

Adabiyotlar:

1. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T. : O'zbekiston. 1996. T. 3. - B. 81.

2. Karimov I. A. O'zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. I jild. -T. : O'zbekiston,1996. - B. 54.

3. Inoyatov H. G'alabaga qo'shilgan hissa. - T. Fan, 1975.

4. O'zbekiston tarixi ( 1917-1991) 2-kitob. -T. :O'zbekiston, 2019.

5. Vatan sharafi uchun. 1944-yil 16- yanvar. N-3. (193). Tuzuvchilar: Shamsutdinov R. To'plam. Ikkinchi jahon urushi fronti va gazetalari. II jild. -T. : Akademnashr, 2017. - B. 26

6. Sirojev O. Fashizm ustidan erishilgan g'alabada Buxoroliklarning roli. - T. : O'zbekiston, 1996. -B. 337-338.

7. Yorbozorova Z. Ikkinchi jahon urushida o'zbekistonlik xotin- qizlarning faoliyati. B. M. I. Qarshi. 2013

8. Murmanseva V.S. "Ulug Vatan urushidagi sovet ayollari". M., Fikr, 1974-

yil.

9. Ишанходжаева, З. Р., Хазов, В. К., & Алмазова-Ильина, А. Б. (2020). Вклад Узбекистана в победу над фашизмом во Второй мировой войне. Вопросы истории, 8, 205.

10. Ишанходжаева, З. (2022). Изучение истории репрессивной политики советской власти: опыт и проблемы. Значение цифровых технологий в изучении истории Узбекистана, 1(01), 206-212. https://doi. org/ 10.47689/.v1 i01.13464

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.