Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI SHIA JAMOALARIDA “ASHURO” MAROSIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDAGI SHIA JAMOALARIDA “ASHURO” MAROSIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nigʻmatullayev Ibrohim

Shialar (arabcha — “partiya”, “izdoshlar”, “tarafdorlar”) — Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning amakivachchasi, kuyovi va sahobasi hisoblangan Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlarini Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning yagona qonuniy merosxo‘rlari va ma’naviy vorislari deb tan olgan turli jamoalarni birlashtirgan Islomdagi yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI SHIA JAMOALARIDA “ASHURO” MAROSIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

14.Axmatova, M. (2023). TURIZMDA TRANSPORT XIZMATLARI BILAN BOG 'LIQ MUAMMOLAR VA ULARGA INNOVATSION YECHIMLARI. DIGITAL TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, 7(4), 58-65.

15.Shadiyev, A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz), 23(23).

16.Базарова, M. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). "РАКДМЛИ ЩТИСОДИЁТ" ДА АХЩИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРКАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

17.Khalilov, В. (2023). FINANCIAL INDICATORS OF BUSINESS EFFICIENCY IN COMPANIES. Modern Science and Research, 2(10), 835-839.

18.Рахматов, Ж. А., Алимова, Ш. A., & Бобомуродов, К. X. (2021). Стратегия инвестиционной политики Республики Узбекистан.

19.Bustonovna, J. Z. (2024). O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINING BARQAROR O'SISHIDA SANOAT TARMOQLARINING AHAMIYATI.

O'ZBEKISTONDAGI SHIA JAMOALARIDA "ASHURO" MAROSIMINING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

I.Nig'matullayev O 'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o 'rganish UNESCO " kafedrasi tayanch doktoranti

Shialar (arabcha - "partiya", "izdoshlar", "tarafdorlar") - Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning amakivachchasi, kuyovi va sahobasi hisoblangan Ali ibn Abu Tolib va uning avlodlarini Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning yagona qonuniy merosxo'rlari va ma'naviy vorislari deb tan olgan turli jamoalarni birlashtirgan Islomdagi yo'nalishlardan bin hisoblanadi [1:298].

O'tgan asrning 20-30-yillarida O'rta Osiyoning yangi respublikalarida ro'y bergan ijtimoiy-madaniy sohalardagi o'zgarishlarga qaramay, o'rta osiyolik eronliklar o'zlarining etnik o'ziga xosliklarini, diniy an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'lganlar.

O'rta osiyolik eronliklar hozirgi O'zbekistonning bir qancha shaharlarida -Samarqand, Jizzax, Buxoro, shuningdek, yuqoridagi shaharlarning chekka hududlarida oz sonli etnik-diniy guruh hisoblanadi. Ularga o'z etnik o'zligini saqlab qolishiga shialarning yagona Imomiylik mazhabiga e'tiqod qilishi sabab bo'lgan [2:762].

Shia jamoalarida o'ziga xos bo'lgan bayramlar - xalifa Ali va uning avlodlarining tavallud kunlari ham katta tantana bilan nishonlanadi. Shu bilan birga, shialar motam kunlariga ham katta ahamiyat beradilar. Mazkur motam kunlari Muhammad (s.a.v.)ning va shia imomlari o'limi bilan bog'liqdir [3:102-103].

Bugungi kunda shialar o'zlarining eng muhim diniy bayramlaridan bin hisoblangan "Ashuro" marosimini nishonlaydilar. Ushbu marosim "Muharram" oyining o'ninchi kuniga to'g'ri keladi. Mazkur "Ashuro" marosimi shialar uchun katta ahamiyatga bo'lib, shahidlik va fidoyilik ramzi hisoblanadi [4]. "Ashuro" marosimi bilan bog'liq asosiy voqealardan bin bu milodiy 680-yilda sodir bo'lgan Karbalo jangi hisoblanadi. Ushbu jangda Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning nabirasi Imom Husayn nomi bilan ham tanilgan Husayn o'z tarafdorlari, shu jumladan rafiqasi va bolalari bilan birga o'ldirilgan. Ushbu bayram xotira kuni hisoblanib, shialar uni qayg'u va motam kuni sifatida nishonlaydilar [5].

Buxoroda eroniylari "Ashuro" kunini 40 kun nishonlaydilar, Buxoro eroniylaridan farqli o'laroq, Samarqand eroniylarida "Ashuro" kuni 10 kun davom etadi.

Eronda yashovchi shialardan farqli o'laroq, Buxoro eroniylari o'zlarini qonga belangunga qadar azoblamaydilar, balki ko'krakka urish - latmiya bilan cheklanadilar.

Latmiya yoki latmiyat — "Muharram" oyida o'tkaziladigan motam marosimining bir qismi bo'lib, odatda shialar tomonidan ko'krak qafasiga urib zarbalar berish, she'rlar o'qish orqali amalga oshirilib, qayg'uni anglatadi. Latmiya, shuningdek, quvonchni ifoda etadigan qarsak chalishni ham o'z ichiga olishi mumkin, ko'kragiga urish esa qayg'uni ifodalaydi. Latmiya ko'pincha Islom Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning nabirasi Husayn ibn Alining shahidligi xotirasiga bag'ishlanadi.

Latmiya Muharram oyida o'tkaziladigan motam marosimining bir qismi bo'lib, u Karbal jangi (milodiy 680-yil) va Husayn ibn Alining Ubaydulloh ibn Ziyod qo'lida shahid bo'lishiga bag'ishlangan marosimlarning bir qismi hisoblanadi [6]. Asosiy marosimdan keyin duo o'qiladi va hamma xotirlash dasturxoniga o'tiradi. Dasturxonda marosim taomlaridan palov, no'xat, qo'y go'shti, sabzili bug'doy bo'tqasidan tayyorlangan xalisa, nowot choy yoki qaynatilgan turshakdan tayyorlangan sharbat va gulob (tojikcha - gul suvi) bo'ladi. Gulobdan, ovqatga qo'shishdan tashqari, ta'ziya marosimidan oldin atrofiii tozalash vositasi sifatida ham foydalanadilar.

Katta diniy bayramlarda marosim ovqatlarini tayyorlash, boshqa mintaqalar va shaharlardan mehmonlarni qabul qilish kabi tashkiliy tadbirlar jamoa a'zolarining xayr-ehsonlari hisobidan amalga oshiriladi.

Uy sharoitida "Ashuro" kunini o'tkazishda ham xuddi shunday holat mavjud bo'lib, unga ko'ra, uy ikki qismga bo'linadi, erkak va ayollar marosimni alohida-alohida o'tkazib, u duo o'qish, sham yoqish va ravzadan iborat. Umuman olganda, uy sharoitida o'tkaziladigan "Ashuro" kuni xudoyi marosimini eslatadi.

O'rta Osiyo shialari orasida Buxorodagi "Ashuro" marosimining o'ziga xos xususiyati teatrlashtirilgan tomoshalarning va motam yurishlarining yo'qligi (shabih) bilan xarakterlanadi.

Ayollar o'rtasida "Ashuro" kunini o'tkazish umumiy tarzda mazkur marosimni amalga oshirishdan biroz farqlanadi. Oyamullo deb atalaluvchi ayollar diniy rahbari islomning me'yoriy tomonlari va dinning xalq shakllari bo'yicha mutaxassis sifatida ishlaydi. "Ashuro" marosimida oyamullo imom va ravzaxon vazifalarini bajarishi mumkin hisoblanadi.

"Ashuro" marosimida ayollar tomonidan husayniyaxonada amalga oshirilgan unumdorlik sehrlari bilan bog'liq marosimlarni ko'rib chiqish mumkin.

Masalan, marosimga keluvchi ayollar o'z niyatlarini qog'ozga yozib kelishi va uni oyamulloga o'qitishi va yana niyati amalga oshishi uchun xayr-ehson qilishi, minnatdorchilik belgisi sifatida durrachalar olib kelib, uni minbarda qoldiradilar. Keluvchilar avlodi ko'payishini, yaqinlariga sog'liq va boshqalar tilab, niyatlarni qilib, o'sha durrachalardan oladilar. Bu esa zardushtiylik dini e'tiqodlari bilan bog'liq hisoblanadi [7:766].

"Ashuro" marosimining ayollar tominidan o'tkazilishi erkaklarniki kabi davom etadi, ammo oyamullo minbarga ma'ruza qilish uchun chiqmaydi, balki zinapoyaning birinchi pog'onasiga o'tiradi.

Yuqorida aytib o'tilgan marosim taomlaridan tashqari, Ayollar dasturxonida Hazrati Abbos kulchasi katta rol o'ynaydi. Kichik kulchalar xamiriga za'faron, bodiyon va sut kabi mahsulotlar qo'shib tayyorlanadi [7:766].

Umuman olganda, asosan keksalar ishtirok etgan va kechqurun o'tkazilgan "Ashuro" tadbirida ishtirokchilar navbatma-navbat 1.5-2 soat davomida Hazrat Husaynning o'ldirilishi haqidagi hikoyani o'qiydilar. Tadbir ishtirokchilari qora yopiq stol atrofida o'tirib, 588haker bilan to'q qizil choy ichadilar. Keyin xizmat qilgan kishi gulob deb atalgan atirgul suvini qatnashganlarning qo'liga quyadi. Keyin somsa va xalisa deb nomlangan bug'doy bilan qaynatilgan go'shtli taom iste'mol qilinadi [2:21].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Ислам. Энциклопедический словарь. M.: «Наука», Главная редакция восточной литературы, 1991. - С. 298.

2.Dervi§ L. Ôzbekistan iranilerinin tarihine kisa bir bakiç // Selçuk Üniversitesi Turkiyat Araçtirmalan Dergisi. - 2021. - №. 51. - S. 12.

3.Toxtiyev Sh.R. Markaziy osiyoda shia jamoalarining shakllanishi va o'ziga xos xususiyatlari [Matn]: monografiya / Sh.Toxtiyev. - Toshkent. Bookmany print, 2022.-В. 102-103.

4.Сегодняшний праздник у шиитов: традиции и обряды (investim.guru)

5.Когда и как отмечается ашура по шиитски: традиции и обычаи (investim.guru)

6.Латмия — Википедия (wikipedia.org)

7.Аверьянов Ю., Сеитов Э. Обрядовая жизнь шиитов ирони Бухары по данным полевых исследований // Оазисы Шелкового пути: современные проблемы этнографии, истории и источниковедения народов Центральной Азии: К

100-летию доктора исторических наук Балкис Халиловны Кармышевой, 2018: сб. науч. Ст. /отв. Ред. Котюкова Т.В. -М., 2018. - С. 762.

8.Ibrohim Ma'ruf o'g, Nig'matullayev. "The Tradition Of Commemorating Fatima In Shia Communities Of Bukhara." Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities 28 (2024): 26-28.

9.Nig'matullayev I. О 'ZBEKISTONDAGI SHIA JAMOALARINIО 'RGANISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR //Innovations in Science and Technologies. -2024. - T. 1. - №. 1. - C. 84-92.

lO.Ibrohim, Nig'matullayev. «Mahmudxo'ja Behbudiy asarlari va uning ahamiyati.» Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.2 (2022): 43-46.

11 .Nig 'matullayev I. О 'ZBEKISTONDA SHIA JAMOALARI VA ULARGA NISBATANISHLATILGAN NOMLAR TAHLILI //Interpretation and researches. - 2024.

И.Нигматуллаев И. УЗБЕКИСТОНДА МИЛЛАТЛАРАРО ТОТУВЛИК ВА ДИНИЙ БАГРИКЕНГЛИКНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - T. 2.-№. 1.-С. 166-171.

13.Alidjanova L., Nigmatullayev I. Abu Raykhan Beruni And His Scientific-Spiritual Heritage //International Scientific and Current Research Conferences. - 2020. - C. 80-82.

INNOVATSION JARAYONLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH KORXONALARNING RAQOBATBARDOSHLIGINIRIVOJLANTIRISH

VOSITASI SIFATIDA

L.S. Muxitdinova,

BuxDU, 1-bosqich magistranti I. s. muxitdinova(a)buxdu. uz.

Annotatsiya: Maqolada innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirish sohasidagi tadqiqotlaming dolzarbligi asoslab berilgan, ularning korxonalarning xalqaro raqobatbardoshligini shakllantirishdagi ahamiyati ko'rib chiqilib, davlatning innovatsion siyosatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o'rni ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Raqobatbardoshlik, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion jarayonlar, menejment, sanoat korxonasi

Bugungi kunda sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini saqlab turishi va yangi bozorlarga kirib borishida korxonalarning innovatsion rivojlanishini oshirish juda muhim masala hisoblanadi. Innovatsiya - bu yangi bilimlar, yangi texnologiyalar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar va ularni jamiyatga tadbiq etish demakdir, sanoat esa iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. Shu sababli barcha korxonalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.