Научная статья на тему 'MAVLID MAROSIMINING PAYDO BO‘LISHI VA O‘TKAZILISH TARIXI'

MAVLID MAROSIMINING PAYDO BO‘LISHI VA O‘TKAZILISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
114
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mavlid / Umaviy / Fotimiy / Azhar / Akmar / Badr al-Jamoliy / Muzaffariddin Ko’kbor / Erbil / Ayyubiylar. / Mawlid / Umayyad / Fatimid / Azhar / Akmar / Badr al-Jamali / Muzaffariddin Kokbor / Erbil / Ayyubids

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdullayeva, Mushtariy G’ofurjon Qizi

Payg’ambarning tavallud yillari bilan bog’liq bayramlar ma’lum davrdan keyin deyarli barcha islom mamlakatlarida diniy va ijtimoiy hayotning muhim elementiga aylanib, diniy marosim sifatida nihoyatda rang-barang va dabdabali tarzda nishonlangan ba’zan hukmdorlar uchun mavlid marosimi siyosiy va diniy ahamiyati ham yuqori bo`lgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF THE EMERGENCE AND HISTORY OF THE MAVLID CEREMONY

After a certain period, the holidays related to the Prophet’s birth years became an important element of religious and social life in almost all Islamic countries, and as a religious ceremony, celebrated in an extremely colorful and lavish way, sometimes the mawlid ceremony for rulers is political and religious. importance is also high.

Текст научной работы на тему «MAVLID MAROSIMINING PAYDO BO‘LISHI VA O‘TKAZILISH TARIXI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

MAVLID MAROSIMINING PAYDO BO'LISHI VA O'TKAZILISH TARIXI

Abdullayeva Mushtariy G'ofurjon qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi (Denov, O'zbekiston) e-mail: m. [email protected]

ANNOTATSIYA

Payg'ambarning tavallud yillari bilan bog'liq bayramlar ma'lum davrdan keyin deyarli barcha islom mamlakatlarida diniy va ijtimoiy hayotning muhim elementiga aylanib, diniy marosim sifatida nihoyatda rang-barang va dabdabali tarzda nishonlangan ba'zan hukmdorlar uchun mavlid marosimi siyosiy va diniy ahamiyati ham yuqori bo Igan.

Kalit so\lar. Mavlid, Umaviy, Fotimiy, Azhar, Akmar, Badr al-Jamoliy, Muzaffariddin Ko'kbor, Erbil, Ayyubiylar.

ABSTRACT

After a certain period, the holidays related to the Prophet's birth years became an important element of religious and social life in almost all Islamic countries, and as a religious ceremony, celebrated in an extremely colorful and lavish way, sometimes the mawlid ceremony for rulers is political and religious. importance is also high.

Key words. Mawlid, Umayyad, Fatimid, Azhar, Akmar, Badr al-Jamali, Muzaffariddin Kokbor, Erbil, Ayyubids

KIRISH

Payg'ambar (s.a.v) tavalludlari bilan bog'liq bayramlar hamda ma'rosimlar ma'lum bir davrdan keyin deyarli barcha islom mamlakatlarida diniy va ijtimoiy hayotning muhim ahamiyatga aylandi va hukmdorlar nazarida diniy o'zlik va hassosiyati bilan namoyan bo'ladigan marosim sifatida qaralgan. Mavlid [1] arabcha "tug'ilmoq", "tug'ilgan vaqti" yoki "tug'ilgan joyi", "mavlid" ma'nosini anglatuvchi "valâdat" so'zidan olingan bo'lib, vaqt o'tishi bilan bu turdagi asarlarga qo'yilgan umumiy nomga aylangan.

Aslida mavlid marosimi payg'ambarimiz(s.a.v) tarafidan aslo nishonlanmagan va nishonlanganligiga doir biror bir aniq manba ham mavjud emas. Hulafoi Roshidun davrida va undan keyingi Umaviy va Abbosiy davrlarida ham mavlud bilan bog'liq amal yo'q.Misrda shia Fotimiylar davlati tashkil etilgach, Muiz Lidinillah (972-975) davridan boshlab payg'ambarning tavallud kunlari rasman nishonlana boshlagan [2].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Bunga qo'shimcha ravishda, hazrat Ali, Fotima, Hasan, Husayn hamda o'sha davrning Fotimiylar xalifasiga atab rajab, sha'bon va ramazon oylarida oqshomlari moy chiroqlar yoqilib marosim sifatida nishonlash o'ziga xos ananaga aylangan.

Fotimiy shia mashrabining ismoiliy mazhabiga mansub bir arab davlati edi. Fotimiylar davlatining diniy asosini tashkil etgan mafkura sakkizinchi ismoiliy imom Ahmad al-Vafiy tomonidan e'lon qilingan Suriyadagi ismoiliy shialar orasida yettinchi imomatlik aqidasi edi. [3]

Rabiul-avval oyining o'n ikkinchi kuni kelganda ertalabdan peshingacha uch yuz tovoq holva tayyorlanib, birinchi navbatda qozikalon vadiniy voizlar, qur'on xatiblar ya'ni qorilar va boshqa amaldorlarga tarqatilar edi.Xalifa peshin namozini o'qib bo'lgach, qozilar va boshqa amaldorlar birgalikda "Azhar" masjidiga, bu yerda xatm o'qilganidan keyin "Manzara" deb nomlangan marosim joyiga boradilar.Keyinchalik Sohibulbob [4] bu yerga taklif qilingan. Qohira shahar hokimiesa tartibni o'rnatishmaqsadida ertaroq kelardi.Keyinchalik u hamrohlari bilan xalifaning huzuriga kelib, qozikalon, so'ng sohibulbob unvonlari o'qiladi, so'ngra boshqalarga jam bo'lib salom berar edi.Marosim Qur'oni karim tilovati bilan boshlanadi; Keyin navbati bilan Azhar va Akmar masjidlari voizlari kun ma'nosiga mos xutba o'qib, xalifaga duo qilishardi.Xutbalar tugagach, xalifa jamoatga salom berardi va rasmiy bayram tugaydi. Qolgan mavlidlar ham shu tarzda nishonlangan [5].

Ma'lum bo'lishicha, dastlab bu bayramlar kunduzi va yuqori lavozimli amaldorlar ishtirokidagi davlat tantanasi doirasida bo'lib o'tgan va bu erda ko'p odamlar ishtiroki va bayramona muhit bo'lmagan [6]. Xususan ko'pchilik sunniylar mazhabidagi insonlar bu bayramlarda qatnashmagan [7].

Fotimiy xalifalari ustidan katta ta'sirga ega bo'lgan va boshqaruvda hukmronlik qilgan vazir va bosh qo'mondon Badr al-Jamoliydan so'ng vazir bo'lgan o'g'li Afdol hazrati Hasan va Husaynning mavlididan boshqa to'rt(Payg'ambar(s.a.v), hazrati Ali, Fotima va zamonning xalifasi)mavlidni man qildi.Ammo Afdol vafotidan keyin vazirlikka kelgan Ma'mun al-Batayhiy bu marosimlarni Amir Biahkomillah 1123- yil davrida qolgan mavlid marosimlarini nishonlash yana qaytadan boshlagan

Ayyubiylar davrida (1171-1462) ko'plab bayram va marosimlar bekor qilinganligi sababli mavlidga e'tibor qilinmagani va uni xalq o'z uylarida nishonlagan.Biroq Salohiddin Ayyubiyning qaynisi, xayriya ishlari bilan mashhur bo'lgan Erbil Otabegi Begteginlik Muzaffariddin Ko'kbor (1190-1232) payg'ambarning mavlidini nishonlagani ma'lum. Sibt Ibn al Javziy yozgan rivoyatga ko'ra, bayram paytida 5000 qo'y, 10,000 tovuq, 100 ot so'yilgan, 100 000 ta tovoq ovqat va 30 000 laganda holva tarqatilgan.Rasmiy marosimlarda ulamolar,

[8].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

so'fiylarning mashhurlari qatnashar,Muzaffariddin Ko'kbo'r ularga hilot [9] kiydirib, sovg'a-salomlar berar edi.So'fiylar peshindan to tonggacha zikri samo majlislarini ham o'tkazar edilar.Har yili mavlid uchun sarflanadigan pul 300 000 dinor edi [10].

Mavliddan ikki kun oldin cholg'u va qo'shiqlar jo'rligida ko'p sonli hayvonlar so'yilib, qozonlar qaynatilgan.Mavlid kechasi shom namozidan so'ng Erbil qasrida zikr va samo majlisi o'tkazilar, so'ngra sulton shamlar yorug'ida xonaqohga kelar edi.Mavlid tongida so'fiylar qasrdan chiqibxonaqohga qo'lida hilotlar bilan kelar, keng maydonda a'yonlar va jamoat qatnashadigan rasmiy marosimlar o'tkazilar edi. Askarlarning harbiy yurishlar tashkil qilinar va va'zgo'ylar va'z qilib, hilotlar kiydirilib, ovqatlar tarqatilar edi.Shunday qilib, bayramlar tugaydi va ertasi kuni ertalabdan boshlab mehmonlar o'z shaharlariga qaytishni boshlaydilar [11].

Andalusiyalik muhaddis va tarixchi Ibn Dihiy al-Kalbiy (1207) yili Erbilga (Iroqning Kurdiston viloyati markazi va eng yirik shahri)tashrif buyurganlarida, Rasululloh (s,a,v)ning tavalludlarining katta tantanalar bilan nishonlanayotganini ko'rgach, "At-Tanvir fimavlidis-sirojul munir" nomli asarini yozib, Muzaffariddin Ko'kborga sovg'a qildi va unga 1000 dinor berdi.Ayyubiylar bu bayramlar Fotimiylardan farqli o'laroq, o'z tayyorgarliklari bilan uzoq vaqt davomida yoyilgani, bayramona kayfiyatda xalqning keng ishtirok etgani, tariqat a'zolarining o'rni birinchi o'ringa chiqqani diqqatga sazovordir. Abu Shams al-Maqdisiy ilk bor mavlidni Mosullik so'fiy Umar ibn Muhammad al-Mulla buni har yili o'z zoviyasida qilganini, Ko'kboriy esa mavlidi sharif marosimlarini buni misol qilib boshlaganini ta'kidlaydi, bu esa so'fiy bilimdonlarining marosimlardagi salmog'ini tushuntiradi. Qolaversa ayrim manbalarda qayd etilgan Muzaffariddin Ko'kbor mavlid amalini birinchi marta boshlagani haqidagi fikir Fotimiylardan farqli ravishda ushbu bayramning keng ishtirok etganidan kelib chiqqan bo'lsa kerak [12].

Andalusiyalik sayyoh Ibn Jubayr 1183 yil Makkaga kelgandako'rganlarini bayon etar ekan U zotning tavallud kunlarida Payg'ambarimiz(s,a,v) tavallud topgan uyning ziyoratchilarga ochilganini va u kishini tabriklash uchun u yerga tashrif buyurganliklarini aytadi.13 Bu uyni Horun Ar Rashidning onasi Xayzuron xaj safarida bo'lganida ta'mirlab, masjidga aylantirgan.14

Mamluklar davrida (1250-1517) Misrda mavlid bayramlari butun shukuhi bilan davom etgan.

Mamluklar davridan boshlab mavlid atamasi boshqa ko'zga ko'ringan e'tiborli shaxslar, xususan, valiylarning tavallud sanalari uchun ham qo'llanilgan.Ahmad al Badaviy, Ibrohim at Dasukiy kabi shayxlarning mavlidi kunlari nishonlangan14.Bunday mavlidlarning muhim qismi tavallud kuni emas, balki valiylarning vafoti sanasida nishonlangan. Xususan Ahmad al-Badaviyning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Tantadagi mavlidi eng ko'p gavjum bo'lgan mavlidlardan biri bo'lib, tariqat a'zolari olis o'lkalardan tashrif buyurishgan.

Mavlid bayramlarida Payg'ambar(s,a.v)ning tavalludini tasvirlaydigan va bu munosabat bilan salovatlarini o'z ichiga olgan madh o'qiladi, ular odatda mavlid, Shimoliy Afrikada esa mavlidiyya (arabcha ko'plik ma'nosimavlidiyat) deb ataladi.Bu kabi mavlid qasidalarining mashhurlaridan Ka'b ibn Zuhayrning "Qasidatul burdasi", Muhammad ibn Said al Busiriyning (vafoti taxminan 1296 yil) "Al Kavokibu'ddurriyya fi madhi hayrilbariyya" asari misol bo'la oladi15.Sulaymon Chalabiyning "Vasilatunnajot" deb nomlangan ilk turk tilida yozilgan mavlid she'riy matnidir.Arab tilida yozilgan yuzlab mavlidlar, Busiriy va Barzanjiy asarlarining turli tillarga tarjimalari bilan bir qatorda boshqa musulmon xalqlar tillarida ham ko'plab mavlidlar yozilgan.

Aytish joizki, mavlid bayramlari Payg'ambarga bo'lgan muhabbat va sadoqat belgisi bo'lishi bilan birga, turli ibodat va xayrli ishlarga xizmat qilishi nuqtai nazaridan diniy qonuniyatdir.Biroq, bu bayramlarga qarshi chiqqan ulamolar o'z fikrlarini umuman oqlaydigan nohaq munosabat va xatti-harakatlarni ma'qullab bo'lmasligi va bunday amallarga sabab bo'ladigan bayramlardan qochish kerakligi haqida ham ogohlantiradi.

REFERENCES

1. Berilingan sanasi: 2019 yil 8-noyabr, 12:52hllps: www.hurriyet.coin.tr gundem/mevlid-nedir-mevlid-kandilinin-anlam-ve-onemi-41369581.

2. O'zel.A."Mavlid: uning tarixi va diniy hukmi" Devon: Fanlararo tadqiqotlar jurnali (2002 ): 235 bet.

3. Yeomans Richard,"Islom, Qohirasi san'ati va arxitekturasi", Qohira: Qohiradagi Amerika universiteti matbuoti ISBN 9781859641545,(2006)43- bet.

4. Turkiya diyonat ishlari vaqfi, muallif: Sadi S. Kuchur. "Vazirdan keyin kelganligi sababli, kichik vazir deb ham ataladigan sohibul-bob qilichboz (harbiy) va rutbali (mutavvakin) amir",,https://islamansiklopedisi.org.tr/sahibul-bab. 5.O'zel, A. "Mavlid: uning tarixi va diniy hukmi". Devon: Fanlararo tadqiqotlar jurnali (2002):

5. P. Shinar, "Mag'ribdagi an'anaviy va islohotchi mavlid bayramlari", "Gaston Viet xotirasidagi tadqiqotlar", noshir. Myrian RosenAyalon, Quddus 1977, 373- bet.

6. Deyl F. Eykelman, "Mavlid", Din entsiklopediyasi, Nyu-York 1987- yil ,IX- bob, 292-bet.

XULOSA

236- bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

7. Makrizi, I- tom 432, II-tom 291; Ali al Jundi, "Nafhu'l-azhar fi mavlud al-muhtor", Qohira 1985- yil, 137- bet.

8. Lug'atda "o'z kiyimini yechmoq, yechib olgan kiyimini birovga bermoq" ma'nosini bildiruvchi (arabcha)"hal" o'zagidan olingan "hilot" atama sifatida kiyingan qimmatbaho kiyimni bildiradi. davlat arboblari va ba'zi boshqa shaxslar tomonidan ularni taqdirlash va hurmat qilish uchun.Turkiya diyonat ishlari vaqfiH/L'AT - TDVIslam Ansiklopedisi (islamansiklopedisi.org.tr).

9. Miratuzzamon, Haydarobod 1952 yil, VIII jild, 681-683 bet; Jaloloddin as Suyuti, "Husnulmaqsid fi amalil-mavlid", tarjimon; Mustafo Abdulqodir Ato, Bayrut 1985 yil, 43-44 betlar.

10. "Vafayatul-ayan", tarjimon; Ehson Abbos, Bayrut 1968-1972 yil, IV, 117-119; Shinar, 374- bet.

11. Jaloloddin as Suyutiy, "Husnulmaqsid fi amalil-mavlid", tarjimon; Mustafo Abdulqodir Ato, Bayrut 1985 yil, 42-43 betlar.

12. Rihla; Makkadagi bayramlar uchun qarang. Niko Kapteyn, "Muhammad payg'ambarning tug'ilgan kuni tarixiga oid materiallar"Qohira, 1980- yil, 92- bet, Islam, LXIX/2, Berlin 1992 yil, 193-203 betlar.

13. Erik Geoffroy, "Misr va Suriyadagi so'fiylik", Damashq 1995 yil, 106- bet.

14. Ahmet Ozel "Mavlid: Uning tarixiy va diniy hukmi" Devon: Fanlararo tadqiqotlar jurnali 2002 yil, 12-son, 243 (9 / 12) bet.

15. Bebitov, M. A., & Rahmanova, M. R. (2023). JALOLIDDIN XORAZMSHOHNING CHINGIZXONGA QARSHI KURASHIDA DEHLI SULTONI SHAMSIDDIN ELTUTMUSHNING ROLI. Academic research in educational sciences, 4(2), 5-12.

16. Abdirasulovich, B. M. (2023). AMIR TEMURNING HINDISTONGA YURISHI. Scienceweb academic papers collection.

17. Bahriddin o'g, M. O. A. (2023). AMIR JOKU BARLOS-AMIR TEMURGA SADOQAT VA DO'STLIK RAMZI. SIYOSATSHUNOSLIK, HUQUQ VA XALQAROMUNOSABATLAR JURNALI, 2(1), 68-69.

18. Jumayev, A. M. A. O. G. L., & Mamayusupov, O. A. B. O. G. L. (2022). IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 101-117.

19. Бахриддин О.Г., M. O. A. (2022). Роль трудов греческих историков в изучении древней истории народов Центральной Азии. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИНКЛЮЗИВНОГО И УСТОЙЧИВОГО ОБРАЗОВАНИЯ, 7(4), 188192

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.