Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARI: SABABLARI VA OQIBATLARI'

O‘ZBEKISTONDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARI: SABABLARI VA OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘l harakati / xavfsiz harakat / transport oqimi / avtomobil / haydovchi / yo‘l / piyoda / yo‘l-transport hodisasi / harakat qatnashchisi / qonun / me’yoriy hujjatlar / yo‘l tarmoqlari / tirbantlik / tezlik / yo‘l sharoitlari / tartibsiz harakat / piyodalar o‘tish joylari. / traffic / safe traffic / traffic flow / car / driver / road / pedestrian / traffic accident / traffic participant / law / regulations / road networks / traffic jam / speed / road conditions / irregular traffic / pedestrian crossings.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xaytbayev E.B., Dinakaran S.

O‘zbekistonda, xususan Jizzax va Toshkent viloyatlarida yo‘ltransport hodisalari tufayli odamlar va jamiyat uchun halokatli oqibatlar ortib bormoqda. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktik choratadbirlarni amalga oshirishda asosiy sabablar va oqibatlarni tushunish juda muhimdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROAD TRANSPORT ACCIDENTS IN UZBEKISTAN: CAUSES AND CONSEQUENCES

In Uzbekistan, especially in the Jizzakh region, the fatal consequences for people and society are increasing due to traffic accidents. It is very important to understand the main causes and consequences when implementing preventive measures to ensure road safety.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA YO‘L-TRANSPORT HODISALARI: SABABLARI VA OQIBATLARI»

Xaytbayev E.B.

Jizzax Politexnika instituti assistenti

Dinakaran S.

Sambhram, B.tech fakulteti o'qituvchisi

O'ZBEKISTONDA YO'L-TRANSPORT HODISALARI: SABABLARI

VA OQIBATLARI

Annotatsiya. O 'zbekistonda, xususan Jizzax va Toshkent viloyatlarida yo 'l-transport hodisalari tufayli odamlar va jamiyat uchun halokatli oqibatlar ortib bormoqda. Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy sabablar va oqibatlarni tushunish juda muhimdir.

Kalit so 'zlar: yo 'l harakati, xavfsiz harakat, transport oqimi, avtomobil, haydovchi, yo 'l, piyoda, yo 'l-transport hodisasi, harakat qatnashchisi, qonun, me'yoriy hujjatlar, yo 'l tarmoqlari, tirbantlik, tezlik, yo 'l sharoitlari, tartibsiz harakat, piyodalar o 'tish joylari.

Khaitbayev E.B. assistant

Jizzakh Polytechnic Institute Dinakaran S. lecturer Faculty of B.tech Sambhram

ROAD TRANSPORT ACCIDENTS IN UZBEKISTAN: CAUSES AND

CONSEQUENCES

Abstract. In Uzbekistan, especially in the Jizzakh region, the fatal consequences for people and society are increasing due to traffic accidents. It is very important to understand the main causes and consequences when implementing preventive measures to ensure road safety.

Key words: traffic, safe traffic, traffic flow, car, driver, road, pedestrian, traffic accident, traffic participant, law, regulations, road networks, traffic jam, speed, road conditions, irregular traffic, pedestrian crossings.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda yo'l-transport hodisalarining oldini olish borasida ko'plab chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Ammo shunga qaramay, bu borada ijobiy o'zgarishlar ko'p, deb bo'lmaydi. Achinarlisi, ayrim haydovchilar yo'l harakati qoidalarini buzishda davom etmoqda.

Bunday sharoitda ba'zi mutaxassis va ekspertlar jazoni yana-da kuchaytirishni taklif qilayotir. Biroq bu bilan asosiy maqsadga erishish mushkul. Demoqchimizki, barcha yo'l harakati qatnashchilarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirmasdan turib, yo'l-transport hodisalarining oldini olib bo'lmaydi.

Mavjud vaziyat tahlili ham shunga ishora bermoqda. O'zbekiston Ichki Ishlar Vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 2023 yilning yetti oy davomida respublika hududida 4 772 ta yo'l transport hodisalari qayd etilgan. Shundan 2 453 tasi yoki 51,4 foizi subyektiv sabablarga ko'ra sodir etilgan, ya'ni haydovchilar yo'l harakati qoidalariga e'tibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan.

Agar haydovchilar yo'l harakati qoidalariga rioya qilganda yuqoridagi barcha yo'l transport hodisalari sodir bo'lmasligi mumkin edi. Achinarlisi, yetti oyda O'zbekistonda yo'l-transport hodisalari natijasida 1 115 kishi halok bo'lgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan.

Bir raqamga e'tibor qaratish lozim - yo'l-transport hodisalarida halok bo'lganlarning 1 078 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan. Soha mutaxassislarining fikricha, agar orqada o'tirgan yo'lovchilar xavfsizlik kamarini taqqan bo'lganida oldingi o'rindiqlarda o'tirgan yo'lovchilarning ko'pchiligi avtohalokatda omon qolishi mumkin edi. Ularning so'zlariga ko'ra, agar orqadagi yo'lovchilar kamar taqmagan bo'lsa, yo'l transport hodisasi vaqtida oldingi o'rindiqda o'tirgan yo'lovchining halok bo'lish ehtimoli besh barobar ortadi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmati statistik ma'lumotlariga ko'ra, yo'l transport hodisalari turlari bo'yicha sabablar etib piyodalarni urib yuborish, avtomashinalar to'qnashuvi va boshqalar keltirilgan.

Birgina Toshkent shahar Ichki Ishlar Bo'limi ma'lumotlarida aytilishicha, 2023 yilning o'tgan yetti oyida poytaxtda 675 ta yo'l transport hodisasi qayd etilgan. Hodisa oqibatida 71 kishi halok bo'lgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi tezlikni oshirish bo'lgan — 199 ta holat. Haydovchilar tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga e'tibor bermaslik, mast holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta yo'l transport hodisasi sodir etilgan.

Xususan Jizzax viloyatida yo'l-transport hodisalarining asosiy sababi tezlikning oshishi, bu esa boshqaruvni e'tiborsiz qoldirish va boshqaruvni yo'qotishdir. Jizzax viloyatida 2023 yil o'tkazilgan tahlil natijasida, o'n bir oy mobaynida viloyat bo'yicha 443 tani tashkil qilib, shundan noyabr oyida 13 tani tashkil qilmoqda. Etiborga olishimiz kerakki, bu yo'l transport hodisalarining asosiy qismi jizzax shahri hududiga to'g'ri kelmoqda. Shaxar hududida sodir etilgan qoidabuzarliklar soni to'qqiztani tashkil qilmoqda va barchasi tezlikni belgilangan miqdordan yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Jizzax shahar hudidida 11 oy mobaynida o'tkazilgan tahlil natijasida 59 ta yo'l transport hodisasi sodir etilib, unda halok bo'lganlar soni 5 nafar va jarohat

olganlar 4 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan noyabr oyining o'zida 13 ta sodir etilib unda halok bo'lganlar 2 ta va jarohat olganlar soni esa 15 tani tashkil qilmoqda.

Yuqoridagi raqamlar yo'l harakati qatnashchilarining ko'pchiligi yo'l harakati qoidalariga rioya qilmasligini yana bir bor tasdiqlaydi. Natijada baxtsiz hodisalar soni ortib bormoqda.

Aslida, haydovchilar uydan chiqishlari bilanoq yo'l harakati qoidalariga rioya qilishlari, jumladan, xavfsizlik kamarlaridan foydalanish odatiy holga aylanishi kerak. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 125-moddasiga ko'ra, haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo'lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

2022-yil 4-aprelda "Avtomobil yo'llarida inson xavfsizligini ishonchli ta'minlash va o'lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatda haydovchi va piyodalarning yo'l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirish, har qanday qoidabuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta'minlash hamda yo'l harakati qoidalari asoslarini bolalikdan singdirishni yo'lga qo'yish, amaliyotni maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida joriy etish — yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashning dolzarb yo'nalishlari etib belgilangan.

2023 yil 26-may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasida yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati to'g'risida mas'ul vazirlik hamda idoralar rahbarlarining axboroti eshitildi. Ta'kidlanganidek, qarorda belgilangan vazifalarning 21 tasi ijro qilingan, 6 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar qabul qilingan. O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, yo'l harakati qoidalari aholi o'rtasida hanuzgacha ta'sirchan va samarali targ'ib qilinmaydi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning bu boradagi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan materiallar yetarli darajada berilmayapti.

Xulosa qilib aytganda, yo'l harakati qatnashchilarining huquqiy madaniyatini oshirishda nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari, balki ta'lim tizimi, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoat tashkilotlari vakillari muhim rol o'ynashi zarurligiga e'tibor qaratish lozim. Bundan tashqari, huquqiy nigilizmga barham berish, huquqiy ongni yuksaltirish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash targ'ibotini kuchaytirish har qachongidanda dolzarbdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Avtotransport vositalari servisi. Darslik. M.A.Ikramov, Q.M.Sidiqnazarov, A.A.Abduraxmonov va boshq. T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. - 266 b.

2. Аюкасова Л. К. Основы проектирования станций технического обслуживания легковых автомобилей. Учебное пособие. - Оренбург: ГОУ ОГУ, 2003. - 106 с.

3. Sh.E.Islomov Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash (O'quv qo'llanma) II qism. T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021, 218b.

4.Boliqul o'g'li M. U. et al. Road traffic safety and its impact on the development of modern roadtransport expertise //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. - 2022. - T. 7. - C. 157- 164.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.