Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY MUHOFAZASI S A. Axrarova
TDTU O'zbekiston.
O'zbekistonda Harakatlar strategiyasining ijtimoiy islohotlari jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi, oilaviy turmushda onalik va bolalik, sog'lomlashtirish va ayollarning bandligi pereferensiyalari ilmiy tadqiqot doirasida nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Chunki xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeyi va funksiyalariga doir tadqiqotlarda an'anaviy qarashlarning yangi ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar hamda asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi.
Muallif O'zbekistonning mustaqilligi, demokratik adolatli davlat, milliy davlatchilikning umumbashariy mezoni, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida bo'lishi bilan birga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tamoyillari asosida oila hamda nikohda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarining mustahkamlanishi, ota-onalarning farzand tarbiyasi, o'z navbatida, farzandlarning, ota-onalarning moddiy-ma'naviy ta'minoti masalasiga alohida e'tibor qaratgan[1]. Jumladan, ijtimoiy-siyosiy faolligi ayollarning ijtimoiy maqomi va funksiyalari rivojlangan davlatlarning tajribalari kontekstida oila hamda nikohda er va xotinning mulkiy hamda nomulkiy munosabati, farzand tarbiyasidagi hamkorligi, ayol va erkakning gender doirasida manfaatlari huquqiy himoyalangan. Shu bilan birga onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, oliy darajada tibbiy yordam chaqaloq va bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan[2].
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faol qatlamga aylanishi - milliy darajada xalqaro norma va mezonlarning ustuvorligini ta'minlash, O'zbekistonning BMTda xalqaro konvensiya va shartnomalarga amal qilishi bilan bog'liq[3]. Jumladan, mazkur konvensiya ayollarning ta'lim va tarbiya, bandlik va sog'liqni saqlash sohalaridagi faol hayotini kafolatlash uchun a'zo davlatlar "...mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotida xotin-qizlar kamsitilishiga barham berish yuzasidan barcha tegishli choralarni ko'radilar".
Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvining o'ziga xos ta'siri xotin-qizlarning
Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Тошкент: Узбекистон, 2019. - Б. 14.
2Узбекистон Республикаси Оила кодекси. - Тошкент: Узбекистон, 1998. - Б. 234.
3Хотин-^изларни камситишининг барча шаклларига бардам бериш тугрисида Конвенция // https://lex.uz/docs/2685528
May 15, 2024
488
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
NNTning faoliyatida namoyon bo'ladi: "Sharq ayoli" xalqaro ayollar jamg'armasi, "Tadbirkor ayol" va "Hayot uchun" uyushmalari, "Ayollar kengashi" kabi tashkilotlar sog'lom oilani shakllantirish, huquqiy himoya qilish, tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash orqali ma'naviy va intellektual jihatdan o'stirish bilan" barqaror taraqqiyotga samarali ijobiy ta'sir etmoqda[1]. Natijada, tadqiqotchi respublikamizda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvining o'ziga xos tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tendensiyalari va ishlab chiqarishning osiyocha munosabatlaridan yangi bosqichga transformatsiyasining ijtimoiy modellashuvini kuzatgan. O'zbek jamiyatida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvining muhim jihatini O'zbekiston Prezidentining "... Xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash, salomatligini mustahkamlash, ularning intellektual va ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha olib borayotgan keng ko'lamli ishlar"i islohotlarga asos qilib olgan.
O'zbekistonda "Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ularning siyosiy huquqlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbek ayolining ismi-sharifi yoniga "O'zbekiston Qahramoni", "Deputat", "Senator", "Vazir", "Vazir o'rinbosari", "Akademik", "Olima", "Tadbirkor", "Direktor" atamalari qo'shib aytilishi" bilan birga aholining 50 foizini ayollar tashkil etishini muallif dalillaydi[2]. Zero, statistik ma'lumotlar "...ayollarning 13 nafari "O'zbekiston Qahramoni", 64 nafari "Nihol" unvoni va mukofoti, Konstitutsion Sudda 20 foiz, Oliy Sudda 14,6 foiz, ishlab chiqarishda 42,8 foiz, qishloq xo'jaligida 75,3 foiz, ta'lim, madaniyat va ilm-fan sohasida 72,9, sog'liqni saqlashda 75,3 foizni tashkil qilishi" ham ayollar ijtimoiy faolligida muhim dinamik ko'rsatkichlardir[3].
O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo'mitasi birinchi bosqichda ayollarni ijtimoiy-siyosiy faollashtirishda yetakchi rolini huquqiy-normativ aktlarda mustahkamlash amaliyoti bilan ayollarning respublika va xalqaro siyosiy maydonda o'zlarining ta'lim hamda biznes-ledi yutuqlariga erishdi. Natijada, yurtimizning saylov qonunchiligida Oliy Majlisda deputatlik mandatining 30 foizini ayollarga kvotalash tajribasi ham muammoning ijobiy yechimidir. Davlat siyosatining
^KpaMOBa ffl. Kn3nap Tap6nacH - umnMOHH-negarorHK ^aMKopnuK oökkth cn^aruga // Y36eKHCTOHga ëmnap cnëcaTHHH aManra omnpnmHHHr gon3ap6 Macananapn. - TomKeHT: MatHaBUHT, 2013. - B. 176.
2 Hap6aeBa T.K. TatnuM Myaccacanapnga TatnuM Ba Tap6na yHryHnnrHHH TawuHnamga xothh -^H3napHHHr ypHH // XoTHH-rçronap n^THMOHH-CHëCHH ^aonnnruHH omnpnm - MaMnaKarHMH3ga aManra omHpnnaëTraH Hcno^OTnapHHHr My^HM OMunn. - TomKeHT: T^Hy, 2019. - B. 5.
3 2017-2021 nnnnapga Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHH pHBO^naHTHpHmHHHr 6emTa ycryBop HyHannmn 6yHHna X,apaKarnap crpaTernacH pnconacn. - TomKeHT: TflHy-MaiHaBuaT, 2017. - B. 181.
May 15, 2024
489
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
an'anaviy modelidan "Harakatlar va Taraqqiyot strategiyasi" dasturiy yo'nalishlarida xotin-qizlarning oila, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligida yanada faol ish yuritishi belgilandi.
Ayollarning ijtimoiy-siyosiy faollashuvi ishida yosh avlodni komil inson, barkamol shaxs etib tarbiyalashda respublika hukumatining besh muhim tashabbusi, uning yoshlar tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, yoshlarni, ayniqsa, qizlarning ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tiborni maktabgacha ta'lim tizimidan boshlash belgilab berildi. Yosh avlod tarbiyasi Temurbeklar, al-Xorazmiy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon, Erkin Vohidov nomidagi iqtidorli yoshlar maktablari faoliyati yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, ayollarning ijtimoiy faollashuvi uchun 302 ta maktabgacha ta'lim va bolalar bog'chalari soni 1400 taga ko'payib, umumiy hajmi 6 ming 367 taga yetdi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini muhofazalashda muloqot, xalqning dardu tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini o'rganish uchun O'zbekiston Prezidentining Virtual hamda Xalq qabulxonalarining tashkil etilishi ham ijtimoiy sohadagi innovatsiya hisoblanadi.
O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 7-fevraldagi yig'ilishida Xotin-qizlar manfaatlarini ro'yobga chiqarishning samarali mexanizmi sifatida "Ayollar" va "Yoshlar", kambag'allikni tugatish bo'yicha "Temir" daftarlarini yuritish ko'rsatmalari tadqiqotning amaliy jihati bo'lsa, xotin-qizlar davlat hokimiyati va boshqaruvi, sud-huquq, qishloq xo'jaligi, neft va gaz, kimyo, konchilik, energetika, qurilish, arxitektura, yo'l-transport kommunikatsiyasi, to'qimachilik, turizm, axborot texnologiyalarini rivojlantirishda faol ish yuritishi ijtimoiy qadriyat hisoblanadi[1]. Ilmiy maqolada 6 nafar akademik: M.S.Abdullaxo'jayeva, S.Sh.Rashidova, A.I.Glushenkova, M.I.Mavloniy, R.A.Ubaydullayeva, M.F.Obidova va 660 nafar fan doktori, "Olimalar" uyushmasining a'zolari havola etilgan. Shu bilan birga, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida 21, Senatda esa 17 nafar ayollarning faoliyati AQSH, Fransiya, Italiya, Rossiya kabi mamlakatlarning jami ko'rsatkichlaridan ancha yuqoridir. Analogik holatni mahalliy kengashlar deputatlarining 35 foizi, ijtimoiy sohadagilarning 82 foizini ayollar, MFYning 80 foizdan ortig'ini ayollar tashkil etishi kuzatilmoqda. Asosiy Qomusimizning alohida bobi oilaga bag'ishlanib, ayolning maqomi huquqiy mustahkamlangan. Masala gender tengligi stereotiplarining yechimida nihoyatda ehtiyotkorlikning talab etilishi, qizlarning emansipatsiyasi (o'z ozodligi va erkinligi) murakkab jarayon ekanligi, o'zbek ayollari tabiatan isyonkor emasligi, ko'p asrlik oilaviy sabr-toqatlilik axloqi ustuvor
1МирзиёевШ.М. Билимли авлод - буюк келажакнинг, тадбиркор халк - фаровон ^аётнинг, дустона ^амкорлик эса тараккиётнинг кафолатидир. - Тошкент: Узбекистон, 2019. - Б. 18.
May 15, 2024
490
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
etnopsixologik omil ekanligi so'rovlarda aniqlangan.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, ularning ish bilan bandligining ta'minlanishida "Ayollar daftari" bilan cheklanmasdan, balki ishsizlarni bandligini ta'minlash bo'yicha haqqoniy yechim topish, hatto ayollarni muhofazalash maqsadida xorijiy mamlakatlarga borib ishlash muammosini ham alohida "Nizom" asosida tartibga solishni taklif etish muhimdir. O'zbek jamiyatida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, jahon hamjamiyatida xalqimizning yetakchilardan biri bo'lishga loyiqligi milliy barqarorlik bilan ham izohlanadi. Tadqiqotda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyatda tub islohotlar o'tkazish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, demokratik-huquqiy davlat yaratish jarayonidagi qat'iy harakatlarda ayollar ishtiroki tushuniladi. Ularning alohida yoki jamoaviy ishtiroki qonun bilan muhofazalanadi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi oila, jamiyatning muammolari bilan uyg'undir. Ayni vaqtda, ayolning farovonligi, oilaviy gender munosabatlari tarixiy, madaniy-huquqiy muhit, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Gender tengsizligining eng ko'p uchraydigan holati oilada yuz berishi bilan muammoni hal qilishning murakkablashuvini tadqiqotlar bilan dalillash mumkin[1]. Oila munosabatlaridagi tengsizlikni aniqlash va ekspertiza qilish mumkinligi mazkur munosabat bilan oila a'zolarining shaxsiy hayoti o'rtasida chegara o'tkazilishini taqozo etadi. Feminizm, gender tengligi kabi masalalar ko'hna Sharq uchun ijtimoiy-ilohiy me'yor va mezonlarda shakllantirilgan. Dastavval bu bahsga "Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq, pok xotinlar oyog'ining izi", deya Navoiy bobomizning so'zlarini misol kilib keltirish mumkin. Feminizm xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi, davlat boshqaruvida ishtirok etish "sufrajist" (erkaksifat ayol), ya'ni saylov huquqi asosida vujudga kelgan. Shu bilan birga rivojlangan davlatlarning o'zga davlatlarga ma'naviy tahdidida qurol sifatida ham namoyon bo'lmoqda.
XX asr feminizm va gender tengligi sohasida ayollarning ijtimoiy-madaniy hayotida tub burilish asri bo'lganligini e'tirof etish mumkin. Bular o'z davlatlarida bosh vazir lavozimida faoliyat ko'rsatgan Indira Gandi, Margaret Tetcher, Angela Merkel, Benazir Bxutto, Tansu Chiller va mamlakatning siyosiy faoliyatida faol ishtirok etayotgan M.Olbrayt, G.Staravoytova, T.Dyachenko, I.Hakamada, G.Matviyenko, T.Norboyeva, D.G'ulomova, D.Toshmuhamedova, S.Rashidova va boshqalardir. Hattoki, eng rivojlangan demokratik mamlakatlarda ham xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini ta'minlash borasida yetarli darajada muammolar
1Ниязова Г.М. Гендер тенгликни таъминлашнинг хукукий жихатлари // Узбекистонда ижтимоий фанлар, 2017. - № 1. - Б. 30-33.
May 15, 2024
491
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
mavjudligi ko'zga tashlanadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent: O'zbekiston, 2019. - B. 14
2. O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.Toshkent: O'zbekiston, 1998. - B. 234.
3. Xotin qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida
4. Konvensiya // https://lex.uz/docs/2685528
5. Akramova Sh. Qizlar tarbiyasi - ijtimoiy pedagogik hamkorlik ob'yekti sifatida // O'zbekistonda yoshlar siyosatini amalga oshirishning dolzar b masalalari. - Toshkent: Ma'naviyat, 2013. - B. 176.
6. Narbayeva T.K. Ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya uyg'unligini ta'minlashda x otin-qizlarning o'rni // Xotin-qizlar ijtimoiy
siyosiy faolligini oshirish - mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning m uhim omili. - Toshkent: TDIU, 2019. - B. 5.
7. 2017/2021-
yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalis hi bo'yicha Harakatlar strategiyasi risolasi. -Toshkent: TDIU
Ma'naviyat, 2017. - B. 181.
8. MirziyoyevSh.M. Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayot ning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. - Toshkent: O'zbekiston, 20 19. - B. 18
9. Niyazova G.M. Gender tenglikni ta'minlashning huquqiy jihatlari // O'zbekistonda i jtimoiy fanlar, 2017. - № 1. - B. 30-33.
492
May 15, 2024