Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH'

O‘ZBEKISTONDA XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagoglar / ta’lim sifati / xorij tajribasi / ta’lim / yutuqlar / Yevropa tajribasi / Fillandiya tajribasi / ta’lim jarayonini takomillashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ne’Matullayeva D.T

Ushbu maqolada pedagoglar uchun o‘quv, ijtimoiy va kasbiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg‘otayotgan ayrim fanlar bo‘yicha pedagoglarga bo‘lgan ehtiyojlarni o‘rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta‟lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH»

O'ZBEKISTONDA XORIJ TAJRIBALARI ASOSIDA PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ne'matullayeva D.T.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani DMTT-43 direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11273731

Annotatsita. Ushbu maqolada pedagoglar uchun o'quv, ijtimoiy va kasbiy qo'llab-quvvatlash tizimini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda mamlakatimiz uchun ham, umuman jahon hamjamiyati uchun ham katta qiziqish uyg'otayotgan ayrim fanlar bo'yicha pedagoglarga bo'lgan ehtiyojlarni o'rganish asosida pedagog xodimlarni tayyorlash va ular bilan samarali ishlash tufayli yuqori pedagogik ta"lim jarayonlariga erishgan mamlakatlar tajribasi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: pedagoglar, ta'lim sifati, xorij tajribasi, ta'lim, yutuqlar, Yevropa tajribasi, Fillandiya tajribasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish.

Аннотация. В данной статье на основе изучения потребностей педагогов по отдельным предметам, представляющим большой интерес для нашей страны и мирового сообщества, при определении перспектив развития системы образовательной, социальной и профессиональной поддержки педагогов, педагогическая Анализируется опыт стран, добившихся высокого уровня педагогического образования благодаря обучению и эффективной работе с ними.

Ключевые слова: педагоги, качество образования, зарубежный опыт, образование, достижения, европейский опыт, финский опыт, совершенствование образовательного процесса.

Abstract. In this article, on the basis of the study of the needs of pedagogues in certain subjects that are of great interest to our country and the world community in determining the prospects for the development of the educational, social and professional support system for pedagogues, pedagogic staff the experience of countries that have achieved high pedagogical education processes due to training and effective work with them is analyzed.

Keywords: pedagogues, quality of education, foreign experience, education, achievements, European experience, Finnish experience, improvement of educational process.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4623-son Qarorida pedagogik ta"lim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda munosib hissa qo'shuvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun professional pedagog kadrlar yetkazib berish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish kerakliligi asosiy maqsad ekanligi qayd etilgan. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da ham ushbu mavzu yuzasidan fikrlar yuritilib, bir qancha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.

Jahonda inson omili va kapitali, qobiliyati va salohiyatidan innovatsiyalarni, raqamli boshqaruv tizimi va axborot kommunikatsiya vositalarini joriy qilish asosida samarali foydalanish keng tadbiq etilayotgan bugungi kunda, pedagog kadrlar tayyorlashdagi muammolar inson kapitali sifatining o'sishini susayishiga sabab bo'lmoqda. Pedagogika oliygohi bitiruvchisi, nafaqat fuqarolarni bilimli qilib tayyorlash va mamlakat inson kapitalini shakllantirish, shu bilan birga mavjud pedagogik qadriyatlarini asrab-avaylash, rivojlantirish va keyingi avlodga uzatishda ham

muhim bo'g'in hisoblanadi. Shu bilan birga ohirgi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida (iqtisodiy taraqqiy etgan mamlakatlarda ham) ta"lim tizimining barcha bosqichlarida yuqori malakali pedagog kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda. Respublikamizda ham kadrlar bo'shlig'ini to'ldirish, shu jumladan, umum talim maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarida pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirish ob'ektiv zarurat. Ushbu masalalarni hal qilish mexanizmlarini ilg'or horijiy tajribalar asosida ishlab chiqish zarurati tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va ushbu ishning tadqiqot mavzusi sifatida tanlanishiga asos bo'ldi. Ta'limda ixtisoslashtirishning ilmiy asoslangan tizimi joriy qilinmaganligi, talim tarmoqlarida moddiy-texnik va innovatsiya tizimining talab darajasida emasligi, oliy ma'lumotli professional pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ta'lim muassasalari (OTM)ning malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari bilan integratsion munosabatlaridagi muayyan muammolarning yuzaga kelishi natijasida xalq ta'limi tizimida ayrim fanlar (maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, fizika va astranomiya) bo'yicha o'qituvchilarga bo'lgan ehtiyoj qondirilmay qolmoqda. Ma'lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini, xususan, pedagogikani jamiyatning yangi talablariga muvofiq, tez o'zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, umuman ta'lim paradigmasining o'zgarishi bilan isloh qilishga katta ahamiyat berilmoqda. O'zbekistonda salohiyatli pedagogik ta'lim tizimi azaldan mavjud. Shu bilan birga o'zbek pedagogik ta'lim tizimining ijobiy jihatlaridan biri, O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanayotgan va mehnat bozorining barqaror bo'lmagan sharoitida pedagogika ta'lim yurti bitiruvchisi o'z kasbi bo'yicha faoliyat yuritmasa ham, shu diplom bilan boshqa sohada o'z faoliyatini davom ettira olish imkoniyati kengligidir. Chet el universitetlarida, shu jumladan, Amerika pedagogika oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarining tor doiradagi mutaxasislari mehnat bozori ehtiyojlari va o'zgarishlariga moslashuvida hamda ayrim fanlar bo'yicha o'qituvchi-mutaxasislarni tayyorlashda muammolar paydo bo'lmoqda. Shunga ko'ra, O'zbekistonda pedagogika ta'lim yurtlari bitiruvchilarining umumiy va kasbiy malakasi yuqoriligi o'tish davri iqtisodiyoti uchun qulay bo'ldi. Yevropa mamlakatlarida maxsus pedagogika oliy ta"lim muassasalari yo'q, biroq pedagogika institutlarini o'z ichiga olgan yirik universitetlar faoliyat yuritadi. Yevropa standartlariga ko'ra, ta'lim doirasida turli tarmoqlar va kasblar o'rtasida harakatlanishga imkoniyat k o'plab oliy o'quv yurtidan keyingi ta"lim dasturlari orqali ta"minlanadi va ular bo'lajak o'qituvchiga yetarli darajadagi malaka beradi. Finlyandiyaning o'qituvchi-pedagoglar tayyorlash tizimi ko'p mamlakatlar uchun na"muna bo'lib xizmat qiladi. O'tgan asrning oxirida o'qituvchilar uchun magistratura darajasi minimal ta"lim me'yori deb belgilandi (shu jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun ham), bu esa qaysidir darajada mamlakatdagi pedagoglar hurmatini va ijtimoiy maqomini oshirish uchun muhim hissa qo'shdi. Finlyandiyada maktab o'qituvchisi bo'lish uchun juda qattiq tanlovdan o'tish zarur: pedagogika mutaxassisliklarining eng yaxshi talaba-bitiruvchilari 12% atrofida maktablarga ishga olinadi. Finlyandiya ta'lim tizimining yana bir ijobiy jihati, kichik guruhlarda o'qitishga ustuvorlik berilishi. Bu shubhasiz, ta"limning yuqori sifatda bo'lishiga olib keladi. Mamlakatda maktab ta'limining muvaffaqiyati maktab o'quvchilarini qo'llab-quvvatlash tizimi bilan ham bog„liq. Finlyandiyada jami iqtisodiyotda bandlar ulushida ijtimoiy ishchilar va psixologlar soni jihatidan, barcha Yevropa mamlakatlari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.

Xitoy dunyoda eng katta aholi soniga ega bo'lgan davlat bo'lganligi sababli ham hukumat qashshoqlikni kamaytirish maqsadida ta"lim tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqqan. Olib borilgan islohotlar natijasida keyingi 10 yilliklarda Xitoy ta'lim tizimi katta yutuqlarga erishdi. XX asrning o'rtalariga qadar Xitoy iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan bo'lib,

qo'l mehnatiga tayangan dehqonchilik bilan shug„ullanishgan. Aholining katta qismi qishloqlarda istiqomat qilgan va ta"limda ko'proq gumanitar fanlar falsafa, tarix va ijtimoiy sohalarga ustuvorlik berilgan. Xitoy ta"lim tizimi asosan maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim va oliy ta"limdan iborat. Xitoy Xalq Respublikasining "Majburiy ta'lim to'g'risida"gi qonunining qabul qilinishi barcha uchun majburiy o'rta ta"lim tizimini shakllantirdi. Yangi qonunga ko'ra 9 yillik ta"lim majburiy va bepul qilib belgilandi. Xitoyda pedagogik ta"lim hozirda xalqaro darajaga etib bormoqda. Rossiya, Yaponiya va AQSh tajribasidan kelib chiqib, milliy an'analarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'z tizimi yaratilmoqda. So'nggi o'n yilliklarda Xitoyda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimning rivojlanishi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha tez va jadallashgan. Yo'naltiruvchi g'oyalardan biri kasbiy pedagogik kadrlar tayyorlashning iqtisodiyot va umuman jamiyat bilan aloqasini mustahkamlashga, urbanizatsiya va sanoatlashtirishga qaratildi. Mamlakatda pedagogik kadrlar tayyorlash ochiqligini oshirishga intilmoqda: mavjud ta'lim muassasalari negizida boshqa oliy o'quv yurtlari ishtirokidagi pedagogik ta'lim tizimi bosqichma-bosqich shakllanmoqda.

Amerika, Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida pedagog kadrlar tayyorlashdagi umumiy tendensiya pedagoglik kasbining nufuzini oshirish, kasbiy malakali pedagogni ish bilan ta'minlash va saqlab qolish, kadrlar siyosatini takomillashtirish, pedagoglarni o'z ustida ishlashga jalb etish, professional jamoalarni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy kompetentlikni oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarni yo'naltirishdan iboratdir.

O'zbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlarning navbatdagi bosqichi ilg'or xorijiy tajriba asosida tor doiradagi mutaxasis-pedagoglarni tayyorlashga o'tish hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida tayyorlanadigan pedagog kadrlarni har bir yo'nalish bo'yicha aniq ehtiyojlarni aniqlash asosida amalga oshirishni ob'ektiv zaruratga aylantiradi. I.D.Fruminning fikriga ko'ra, xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasidan foydalanish yoki pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik tizimini rivojlantirishning o'ziga xos usulini izlash kerak.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637- son Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta"lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g„risida"gi PQ-4623-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026- yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida

5. Avesto. Asqar Mahkam o'zbekcha tarjima. -T.:2001. 56-bet

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.