Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA TARIXIY ME’MORIY OBIDALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

O’ZBEKISTONDA TARIXIY ME’MORIY OBIDALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
617
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sivilizatsiya / Baqtriya / So’g’d / Xorazm / Farg’ona / masjid / ansambl. / civilization / Bactria / Sogd / Khorezm / Ferghana / mosque / ensemble.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z. Abdurahmonov

Mazkur maqolada O’rta asrlarda barpo qilingan me’moriy inshootlarni bugungi kungacha bo’lgan davridagi o’zgarishlarni o’z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT OF HISTORICAL ARCHITECTURAL MONUMENTS IN UZBEKISTAN

This article includes changes in architectural structures built in the Middle Ages to the present day.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA TARIXIY ME’MORIY OBIDALARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA TARIXIY ME'MORIY OBIDALARNING RIVOJLANISH

BOSQICHLARI Abdurahmonov Zuhriddin Xoldarali o'g'li

Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7179764

Annotatsiya. Mazkur maqolada O 'rta asrlarda barpo qilingan me 'moriy inshootlarni bugungi kungacha bo'lgan davridagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: sivilizatsiya, Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Farg'ona, masjid, ansambl.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ИСТОРИЧЕСКИХ АРХИТЕКТУРНЫХ ПАМЯТНИКОВ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Эта статья включает в себя изменения в архитектурных сооружениях, построенных в средние века до наших дней.

Ключевые слова: цивилизация, Бактрия, Согд, Хорезм, Фергана, мечеть, ансамбль.

STAGES OF DEVELOPMENT OF HISTORICAL ARCHITECTURAL MONUMENTS

IN UZBEKISTAN

Abstract. This article includes changes in architectural structures built in the Middle Ages to the present day.

Keywords: civilization, Bactria, Sogd, Khorezm, Ferghana, mosque, ensemble.

KIRISH

O'zbekiston sarhadlari nafaqat Markaziy Osiyo, balki Sharq svilizatsiyasining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz xududida bir necha ming yillar davomida uzliksiz tamadduniy taraqqiyot jarayoni davom etib kelgan. Bu yerda antik: Gretsiya, Rim, Eron Ahmoniylarga tengdosh bo'lgan Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Farg'ona kabi davlatlar shakllanganligi, shuningdek yurtimiz Sharq va G'arb bog'lovchi Buyuk ipak yo'li chorrahasida joylanganligi tasodifiy xol emas. Asrlar davomida svilizatsiyaviy muloqot markazlaridan biri hisoblangan O'zbekiston hududida ilm - fan va boshqa sohalar bilan bir qatorda, shaxarsozlik madaniyati ham qadimdan rivojlanib, takomillashib kelgan. Turli tarixiy davrlarda istilochiliklar ham mintaqaning dinamik rivojlanishiga to'sqinlik qila olmagan. Vayron etilgan shaxar, qishloqlar xalqimizning bunyodkorlik ishlari tufayli qayta qad rostlab yanada ko'rkamlashgan. Samarqand, Termiz, Buxoro, Quqon, Shaxrisabz, Toshkent, Termiz shular jumlasidan bo'lib ularning gullab yashnagan davri sohibqiron Amir Temur davriga to'g'ri keladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bu shaharlar buyuk saltanatning ma'muriy-siyosiy va ma'naviy markazlari xisoblangan. Ularda ko'plab ko'plab go'zal bino va inshootlar barpo etildiki, vaqt o'tishi bilan ular jahonning noyob me'morchilik durdonalari qatoriga kiritildi. Xullas, " bu ko'hna tuproqda.... xali-xanuz o'zining ko'rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o'lkamizda me'morchilik va shaxarsozlik san'ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi" , deb takidlagan edi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov. Maskur yodgorliklar nafaqat Vatanimizning, balki butun Sharq dunyosi xalqlarining o'tmish tarixi, boy madaniy merosi hamda ijtimoiy -iqtisodiy va madaniy aloqalari haqida ma'lumotlar olinadigan birlamchi manba hisoblanadi. Markaziy Osiyo hududida kechgan turli tarixiy jarayonlar,tabiiy-iqlim o'zgarishlari va inson faoliyating

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tasiri natijasida XX asr oxiriga kelib islom dinining qabuligacha bo'lgan boy me'moriy meros hamda o'rta asrlar davrining ancha ko'p qadimgi me'moriy inshootlarining kattagina qismi qoldiq haroba shaklida saqlanib qolgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Manbalarning dalolat berishicha bugungi kunda O'zbekiston hududida hozirgi kunda qadimgi me'moriy obidalarning 600 dan ortig'i davlat muhofazasiga olingan bo'lib,ularning akasaryatini masjidlar tashkil qiladi. Maskur yodgorliklarning bir qismi tamirdan chiqarilgan va ikkinchi hayotini boshlab yuborgan, boshqa qismi o'rganish bosqichida bo'lib,tamirga tayyorlanmoqda, uchinchilari esa tadqiq etish navbatini kutib turibdi. Mutahasislar bergan malumotlarga qaraganda, O'zbekistonning diniy va madaniy o'choqlaridan biri bo'lgan Buxoro shaxrining o'zida XX asr boshida 360 ta masjid bo'lgan. Har kungi besh vaqtlik namoz uchun bozorlar, mahallalar kabi jamoat markazlarida masjidlar qurilgan. Shaharlar va ulardan tashqarida joylashgan ko'plab qabristonlarda shaklan har hil bo'lgan masjidlar (ziyoratxonalar) bunyod etilgan. Umuman olganda, XIX asr boshiga kelib O'zbekiston hududida masjidlarning quyidagi me'moriy tiplari (turlari) mavjudligini ko'rsatishimiz mumkin.

O'zbekiston hududidagi masjidlarning me'moriy tiplari

Bir va ko'p honali Ustunli-gumbazli va ustunlari bo'lgan

gumbazli,peshtoqli-gumbazli bir ustunli va to'rt gumbazli

peshtoqli-gumbazli va burchak ayvonli bir ustunli,burchak ayvonli

gumbazli va bir tomonlama ayvonli s) olti ustunli,o'n ikki gumbazli

ko'p xonali,uch xonali,besh xonali ko'p gumbazlifrontal

f) ko'p ustunli

O'zbekistondagi muhim diniy obyektlarga, masjidlardan tashqari, son jihatdan ulardan keying o'rinni egallaydigan maqbaralar ham kiradi. Ular orasida, shubhasiz, eng yirik memoriy komleksni qadimgi Afrosiyob shahrining janubiy tomonida, qal'a devorining shimoli-sharqiy qismida, qadimiy va ayni vaqtda shu kungacha amalda bo'lgan qabristondagi mozor va tepaliklar o'rtasida joylashgan Shoxizinda me'moriy majmuasi tashkil etadi. Ushbu noyob me'moriy ansambl XI-XII asrlarda bu yerda vafot etgan Qusam ibn Abbos (Muhammad payg'ambarning (s.a.v) amakisi) ning qabri atrofida shakllangan. Uning ikki tomonida noyob inshoatlar joylashib, tor yo'lak xosil qilgan. XVIII asr oxirigicha mavjud bo'lgan Movarounnahrning butun me'moriy maktabi unda namoyon bo'lgan.

MUHOKAMA

Shoxizinda me'moriy majmuasi shartli ravishda uch tarkibiy qismga ajratilgan. Birinchi qismga darvoza hamda quyi guruh maqbaralari, ikkinchisiga kirish chortoqi rotunda (doira yoki yarim doira shaklidagi gumbazli bino) bilan o'rta guruh maqbaralari kiradi. Uchinchi qismini Afrosiyob devorining yuqori qismida joylashgan Qusam ibn Abbos majmuasi va uning maqbaralari guruhi tashkil qiladi. Shoxizinda ansamblining butun hududida joylashgan 44 ta obyekt ilmiy tadqiqotlar asosida madaniy meros obyektlari deb etirof etilgan. Ansamblning 44 ta yodgorligidan 20 tasi tarixiy jihatdan ham me'moriy-badiiy jihatdan ham jamoatchilikda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

katta qiziqish uyg'otadi. Shu kabi maqbaralar (biroq kichikroq miqyosda) mamlakatning har bir xududida mavjud, ammo manbalar va shahsiy kuzatuvlar ma'lumotlariga asoslanib aytish mumkinki, butun O'zbekiston hududida boshqa me'moriy obidalar ham saqlanib qolgan.

Jumladan, Buxoro shahri ham xuddi Samarqand singari nihoyatda go'zal me'moriy yodgorliklarga boy. Shu bois, shahar hozirgi kungacha ko'plab sayohatchilar etiborini tortadi. 1990-yillar boshidagi malumotlarga qaraganda, Buxoro shahrida taxminan 140 ta memoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Shaharning yana bir etiborli jihati shundaki, u qadimgi Sharq shaharlariga xos qiyofani Markaziy Osiyoning boshqa shaharlariga qaraganda ko'proq saqlab qolgan. Buxoroda jamlangan me'moriy yodgorliklar orasida zardushtiylik (majusiylik) butxonasi vayronalari ustiga barpo etilgan, boy mayyollika (sirlangan guldor sopol) bilan bezatilgan Mag'oki Attori, Poyi Kalon majmualarini alohida ko'rsatib o'tish mumkin. Shuningdek, IX asrdan XX asr boshiga qadar Buxoroning ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida faol qatnashgan Jo'ybor Shayxlarining maqbarasi hisoblangan hamda bir necha asrlar davomida (XVI - XIX asrlarda) qurilgan Chor Bakr majmuasini ham alohida ko'rsatib o'tish o'rinlidir. Yuqorida tasdiqlanganidek, saqlanib qolgan me'moriy yodgorliklar faqat islom davriga oiddir. Chunki, O'zbekiston xududini xalifalik siyosiy doirasiga kiritilishi islom ma'naviyati va madaniyatining mahalliy san'at, jumladan, qurilish san'atiga ta'sirining oshishiga olib keldi. Bir necha asrlar mobaynida rivojlangan me'morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik singari monumental san'at turlari sintezining ta'siri oshishiga olib kelmagan. Mahalliy ibodatxonlarni bezab turgan sanamlarni yo'q qilish bilan birga xaykaltaroshlik me'morchiligi - tasviriy haykaltaroshlikni ham islom namoyondalari ko'p asrlarda yo'q qilganlar. Umuman olganda, arablar istilochiligi (VII-VIII asrlarda) Movarounnahrda qurilish faoliyatini (asosan monumental obidalarni qurilishini) muayyan vaqtga to'xtatib qo'ygan. Ammo O'rta Osiyoning asosiy hududlari xalifalikning yagona tizimiga kirganidan so'ng, me'moriy inshootlar qurilishiga anchagina ta'sir ko'rsatgan. Maskur davr memorchilik va shaharsozlik madanyati jadal rivojlanishida bu sohaning davlat siyosati darjasiga ko'tarilishi ham muhim ro'l o'ynagan. XULOSA

Amir Temur o'zining "Tuzuklari"da shunday deb yozgan: "Yana amr qildimki, harob bo'lib yotgan yerlarda imoratlar qursinlar, buzilgan ko'priklarni tuzatsinlar, ariq va daryolar ustiga yangi ko'priklar qursinlar, yo'l ustida xar manzilga rabotlar qursinlar.... Xar bir shaxarda saroy va qozixona qursinlar.." Birgina Samarqand shahrida shahsan Sohibqiron Amir Temurning rahbarligi va tashabbusi bilan 20 dan ortiq mahobatli me'moriy inshootlar barpo qilingan. Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiy kabi tarixchilar xar bir binoning loyihalari mukammal holatga kelishda shahsan Sohibqironning roli salmoqli bo'lganligini qayd etishgan. Buning natijasida Temuriylar shahri me'moriy inshootlari - davlat qudratining ifodasi qal'a devorlarida, hukmdorlarning shijoati -saroylarida, islom mafkurasining tantanasi - islom dini binolarida, hunarmandchilik va savdoning roli va ahamiyatini tasdiqlovchi bozor inshootlarida va nihoyat, murakkab shahar organizimining hayoti esa dahalarda zich joylashgan uy-joy va maishiy binolarda o'z ifodasini topgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. T:Ma'naviyat.2008.

2. O'zbekiston Respublikasi: Qisqacha malumotnoma. (Mualliflar E.Axmedov, Z.Sayidaminova. Тошкент. 1995.

3. Axmedov B. "Sohibqiron Temur. Toshkent. 1996.

4. Bahodir Eshov. "O'rta Osiyoning qadimgi shaharlari tarixi" T. "Ma'rifat". 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.