O'ZBEKISTONDA TA'LIM TIZIMINI ISTIQBOLLARI
Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov [email protected] Kokand state pedagogical institute
Annotatsiya: O'zbekistonda istiqbolli ta'lim tizimini innovatsion rivojlanishi, uning rivojlanish subyektidan davlat manfaatdor ekanligi, ta'lim-tarbiya subyektini faoliyatini o'zaro baholash tizimining mavjudligi ta'lim samaradorligini ta'minlashda katta ahamiyatga egadir.
Kalit so'zlar: ta'lim, klaster, tizim, integratsiya va innovatsion, subyekt, innovatsiya, integratsion, ta'lim transformatsiyasi
PROSPECTS OF THE EDUCATION SYSTEM IN UZBEKISTAN
Barhayotjon Sobirjanovich Kodirov [email protected] Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: The innovative development of the promising education system in Uzbekistan, the fact that the state is interested in the subject of its development, the existence of a system of mutual evaluation of the activity of the subject of education is of great importance in ensuring the effectiveness of education.
Keywords: education, cluster, system, integration and innovation, entity, entities, innovation, integration, educational transformation
Insoniyat rivojida innovatsion g'oyalarning ilmiy, ijtimoiy yo'nalishni o'zgartiruvchi kuchga egaligini ko'rish mumkin. Ular (innovatsion g'oyalar) inson fan faoliyatining ilmiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy kabi sohalarida shakllanadi.
Hozirgi davrda innovatsion g'oyalar bitta mutaxassislik fani asosida emas, balki fanlararo integratsion maydonda amalga oshiriladi. Fan innovatsoin g'oyalarning manbai hisoblanadi. Bir tomondan, fan ularning ratsional tahlilini berib, nazariy bilimga aylantiradi. Ikkinchi tomondan ushbu yangiliklar, bilimlarning inson faoliyatining boshqa sohalarida qo'llanilishini (trantslyatsiyasini) ta'minlaydi.
Mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi doirasida olib borilayotgan innovatsion rivojlanish davlat va jamiyat hayotidagi qator sifat o'zgarishlarida namoyon bo'lmoqda. Bugun jamiyatning barcha jabhalarida strukturaviy va funktsional yangilanishlar ustuvor jarayonga aylandi. Ya'ni «bunday o'zgarishlar pallasiga kirgan jamiyatda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, noan'anaviy fikrlash va faoliyat
fTTTyiS^^™] 30 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
ko'rsatish, eng yangi ishlab chiqarish usullari va vositalaridan foydalanish ijtimoiy ehtiyoj darajasiga ko'rilmoqda, barqaror amaliyot tusini olmoqda».
«Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nomlangan dasturda strategiyaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha ham tizimli islohotlar davom ettirildi. Darhaqiqat, ushbu yilda investitsiyalarni faol jalb qilish hisobidan iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishildi. Iqtisodiyotdagi ijobiy o'zgarishlar ijtimoiy sohada to'planib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratdi. Ushbu yilda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlar, ayniqsa, ta'lim tizimida kengroq miqyosda olib borildi. Xususan, «mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta'limni rivojlantirish uchun ushbu yilda 19 ta yangi oliy o'quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetlarning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi».
Ijtimoiy sohadagi tizimli islohotlar natijasida ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to'liq to'lash tartibi joriy etildi. «Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko'paytirildi». Shuningdek, ushbu yilda «Yangi O'zbekiston - yangi saylovlar» tamoyili asosida o'tkazilgan tadbirlar natijasida respublikamizda yangi siyosiy muhit vujudga keldi.
2020 yil yurtimizda «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» dasturida ham harakatlar strategiyasining asosiy yo'nalishlari bo'yicha tizimli islohotlar davom ettirilmoqda. Ushbu yilda belgilangan davlat Dasturiga muvofiq yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha barcha sohalarni ustuvor darajada rivojlantirish va isloh etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, «bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasini 60 foizga yetkazish maqsadida islohotlar olib borildi. Natijada mamlakatimizda ilk bor 6 yoshlik bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy etildi».
O'zbekiston sharoitiga ta'lim klasterining kirib kelish jarayonini ko'rib chiqadigan bo'lsak, mamlakatimiz prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son farmonida ta'lim klasterlarini yaratish sohada samaradorlikni ta'minlovchi omil sifatida belgilandi. Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori G.I.Muhamedov tashabbusi bilan Respublikamiz miqyosida ilk bor tajriba sifatida ta'lim sohasiga ta'lim klasterini tatbiq etish ilgari surildi. Institutning 2019-yil 2-oktyabrdagi «Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri bo'yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirish to'g'risida»gi 01-729-sonli buyrug'i asosida ta'lim yo'nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib har bir yo'nalishlar kesimida loyihalar ishlab chiqildi va Chirchiq shahridagi maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarida «maktab-laboratoriya» tajriba-sinov ishlari yo'lga qo'yildi.
Institutda Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ilmiy markazi faoliyat ko'rsatmoqda. Markaz maktab-laboratoriya tajriba-sinov ishlari faoliyatini nazorat
ПТТТЙ^^Н] 31 ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
qilish, ular faoliyatini tahlil qilish va to'g'ri yo'naltirib turish ishlarini amalga oshiradi. Institutdagi o'nlab professor-o'qituvchilar ta'lim klasteri bo'yicha samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, G'.I.Muhamedov, Sh.Q.Mardonov, U.N.Xodjamqulov, Sh.Botirova, N.Koshanovalar tadqiqotlarida ta'lim klasteri pedagogikamizda integratsiya va uzluksizlik bilan bog'liq yangi innovatsion yo'nalish hamda uning amaliyotga tatbiq qilinishi pedagogik ta'limda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash omili ekanligi muayyan darajada yoritilgan.
Professor U.N.Xodjamqulovning ilmiy tadqiqoti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim siyosatining ustuvor tamoyillariga tayangan holda pedagogik ta'lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Shuningdek, «pedagogik ta'lim innovatsion klasteri milliy model hamda ta'lim muassasalarining klaster hamkorlik tamoyillari pedagogik ta'lim faoliyatiga qo'yilgan talablarga gorizontal va vertikal integratsiya nuqtai nazaridan ustuvorlik berishi asosida ishlab chiqilgan».
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev SH. M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston», 2020. -B.9.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi «2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida»gi PF-5953-son Farmoni // https://lex.uz/docs/4751561
3. Mirziyoev SH. M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston», 2020. -B.7.
4. Mirziyoev SH. M. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari. - Toshkent: «O'zbekiston», 2020. -B.8.
5. Кодиров Б.С. Важность стратегии действий в инновационном развитии. ISJ Theoretical & Applied Science, 2021. 08 (100), -С.75-78.
6. Агеев А.И., Евтушенко С.Н., Аверьянов М.А., Кочетова Е.Ю. Цифровое общество: архитектура, принципы, видение // Экономические стратегии, 2017. №1, -С.115.
32
ISSN 2181-0б3Х I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)