Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA SOLIQ TIZIMI (1917-1945 YILLAR)'

O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA SOLIQ TIZIMI (1917-1945 YILLAR) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq tarixi / sovet hokimiyati / tarixshunoslik / adabiyotlar / qonun va qarorlar / izlanishlar / olim va mutaxassilar / guruh / tahlil / Turkiston / O‘zbekiston SSR.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Iso Shakarovich G‘oyibnazarov

Maqolada 1917-1945 yillarda sovet hokimiyati davrida O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ziddiyatlar va soliq tizimining ahvoli xususida tarixiy adabiyotlar va manbalarda bayon qilingan ma’lumotlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA SOLIQ TIZIMI (1917-1945 YILLAR)»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'ZBEKISTONDA SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA SOLIQ TIZIMI (19171945 YILLAR)

Iso Shakarovich G'oyibnazarov

Toshkent amaliy fanlar universiteti o'qituvchisi isog'oyibnazarov2@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13335228 Annotatsiya: Maqolada 1917-1945 yillarda sovet hokimiyati davrida O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ziddiyatlar va soliq tizimining ahvoli xususida tarixiy adabiyotlar va manbalarda bayon qilingan ma'lumotlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: soliq tarixi, sovet hokimiyati, tarixshunoslik, adabiyotlar, qonun va qarorlar, izlanishlar, olim va mutaxassilar, guruh, tahlil, Turkiston, O'zbekiston SSR.

KIRISH

Tarix fanida soliq tizimining shakllanish tarixi va rivojlanish bosqichlariga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borish, ushbu masalaning tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatlarini yoritish masalasini ilmiy hamda amaliy ahamiyatga ega masala sifatida kun tartibiga qo'ymoqda. Darhaqiqat, O'zbekistonda soliq sohasi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlariga ega bo'lib, unda barcha tarixiy davrlar qatori sovet davriga oid soliq tizimi tarixi ham alohida e'tiborga molikdir.

Soliqlarning shakllanish tarixi va rivojlanishi garchand, anchagina uzoq davrlarga borib taqalsada, ushbu maqola doirasida faqat sovet davrida soliq tizimining o'ziga xos xususiyatlari va oqibatlari bilan bog'liq adabiyotlarni ilmiy tahlil qilishni lozim topdik. Darhaqiqat, sovet davri soliq sohasiga oid ma'lumotlar siyosiy, iqtisodiy mavzudagi ilmiy tadqiqotlar hamda adabiyotlarda muayyan tarzda o'z ifodasini topgan bo'lsada, mazkur mavzu doirasida tarixiy nuqtayi nazardan qator ishlarni tahlil qilish muhim, albatta.

Umuman, bizningcha qayd qilingan mavzuga oid adabiyotlarni mavjud an'anaviylikdan chekingan holda shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo'lgan holda tahlil etish maqsadga muvofiq. Birinchi guruhda bevosita sovet davrida soliq sohasining iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy jihatlariga murojaat etgan mualiflarning adabiyotlarini tahlil etsh va alohida turkumga ajratish mumkin. Ikkinchi guruhga bevosita soliq sohasi tarixi va uning u yoki bu jihatlarini o'zida aks ettirgan hamda ushbu masalaga o'z tadqiqotlari hamda yo'nalishlari doirasida murojaat qilgan olimlar, mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning ishlarini kiritish mumkin.

2 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Mavzu tarixshunosligining birinchi guruhi haqida fikr yuritadigan bo'lsak, bevosita o'z qamrovi va xronologik davri hamda tarixiy nuqtayi nazardan bizning mavzuga yaqinroq ishlar qatorida sohaning turli qirralarini qamrab olgan ishlar qatorida sovet davrida va undan so'ng faoliyat olib borgan xorijiy hamda mahalliy olim va mutaxassislardan A.P Fotchenko, X.R Sobirov, A.P Pogrebenskiy, Ya.I Livshis, I.D Kovalchenko, L.V Malov, P.A Xromov, Z. Kastelskaya, M.Ya Zalesskiy, M.I Piskotin, V.A Tur, Ye.A Avdoshina, A.A Shamov,

D. Bobojonova, Sh.K Gataullin, I.A. Alimov va boshqalarning risolalari, monografiya va qo'llanmalarini keltirish o'rinli .

Ushbu adabiyotlarda sovet hokimiyati o'rnatilgandan so'ng, to'g'rirog'i XX asr boshlarida va undan so'ng mamlakatda hokimiyatning bu boradagi siyosati, hukumat qarorlari va unga doir amalga oshirilgan davlat siyosati, bevosita soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi, ularni undirib olish, davlat xazinasiga tushirish usullari kabi jihatlar o'z aksini topgan. Ayniqsa, mualliflar A.P Fotchenko, A.P Pogrebenskiy, Ya.I Livshis, I.D, Kovalchenko, X.R Sobirov, I.A Alimovlar o'z ishlarida sovet tuzumining moliyaviy va soliq siyosati, iqtisodiyot va davlat monopolistik kapitalizmining soliq sohasidagi siyosatini iqtisodiy tahlilar asosida yoritadilar.

Masalan, X.R Sobirov o'z dissertatsiyasida 1918 yilda tashkil topgan TASSR budjetini belgilashda hukumatga soliqlar va zayomlar chiqarish huquqlarini berilishi, bu tadbirlar yangi sinfiy munosabatlar asosida amalga oshirilsada, aholidan soliq olishda sinfiy yondashuv nazarda tutilmaganligi, bu hol mahalliy tadbirkorlar tomonidan keskin tanqid qilinishiga sabab bo'lganligi masalasiga qator o'rinlarda to'xtalib o'tadi .

3 NATIJALAR VA ULARNING TAHLÏLÏ

A.P Pogrebenskiyning "Gosudarstvenno-monopolisticheskiy kapitalizm v Rossii", Ya.I Livshitsning "Monopoliya v ekonomike Rossii", kabi asarlarida nafaqat Rossiyada o'sha kezlardagi soliq sohasining iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinadi, shu bilan birga mualliflar Rossiya va uning "chekka o'lkalari", ya'ni Turkiston o'lkasiga ham e'tibor qaratadilar. Bu shuni anglatadiki, o'sha davrda Rossiya imperiyasining, keyinchalik sovet hokimiyatining XX asr boshlarida iqtisodiy va moliyaviy siyosati barobarida, soliq masalasi ham e'tibordan chetda qolmagan. Ularda sovetlar «quloqlar»ga qarshi kurash, ularni cheklab qo'yish, siqib chiqarish siyosatini har xil qaror va qonunlar qabul qilish orqali oqlamoqchi bo'lganliklari, agrar sohadagi qing'irliklar va ziddiyatlar, o'lkada yer-suv islohotlari, yangi iqtisodiy siyosat va jamoalashtirish davrlarida soliqlarning destruktiv ko'rinishlari bayon qilingan .

Buning yana bir isboti sifatida I.A Alimov o'zining "Uzbekskoye dexkanstvo na puti k sotsializmu" asarida o'zbek dehqonlarining sotsializm qurishdagi ishtiroki,

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

bu boradagi yutuq va muammolari xususida o'z fikrlarini qayd etar ekan, soliqlarning ortiqcha yukining salbiy oqibatlari haqidagi mulohazalari anchagina salmoqlidir . I.D Kovalchenko va L.V Malovlarning "Vserossiyskiy agrarniy rinok XVIII-nach XX vv" asarida o'ikada hali quloqlarni sinf sifatida tugatish sari yo'l tutilmagan bir paytda sovet hokimiyatining boy-badavlat dehqon xo'jaliklari bo'yniga katta miqdordagi soliqlarni solish orqali ularni o'z mulkidan mahrum qilishga intilganliklari davlat monopolistik kapitalizmining mudhish niglistik siyosatining ko'rinishi ekanligi qayd etiladi .

Qayd etilgan ayrim adabiyotlarning tahlili shundan dalolat bermoqdaki, ko'rsatilgan mualliflar asosan muammoning iqtisodiy jihatiga e'tibor qaratsalarda, tarixiy jihat e'tibordan chetda qolgan. Shunday bo'lsada ular biz tadqiq etayotgan masala uchun anchagina publitsistik, tavsifiy ma'lumotlar yozib qoldirganliklarini anglash qiyin emas.

Mavzu tarixshunosligiga doir keyingi asarlar qatorida 1940 yilda chop etilgan va masalani tarixiy nuqtayi nazardan yoritishimizda muhim hisoblangan M.Ya Zalesskiyning "Nalogovaya politika sovetskogo gosudarstva v derevne" asari e'tiborga molik. Ushbu asar o'sha davrda chop etilgan va ham iqtisodiy ham tarixiy aspektda yozilganligi bilan xarakterlidir .

Xususan, muallif XX asrning 20-30 yillari soliq sohasidagi davlat siyosatining ekstensiv holati haqida yozar ekan, muallifni sovet davlatining birgina Rossiyaning markaziy tumanlari, Ural, Volgabo'yi, Uzoq Sharq yoki Kavkaz bilan birga, oktyabr davlat to'ntarishidan so'ng Turkiston o'lkasidagi, 1924-25 yillardagi davlat chegaralanishidan so'ng, O'zbekistonda qishloq xo'jaligidagi ahvol, sovet hokimiyatining ekspansiya siyosati va o'lkada kolxoz kooperativ mulkchilik sharoitida boy badavlat mulk egalarining soliqlarga munosabati, soliqlar miqdorining o'sib borish dinamikasi, ularning oqibatlari va ziddiyatlari xususidagi ma'lumotlar qiziqtiradi.

Iqtisodchi va huquqshunos olim M.I Piskotin biz qayd etayotgan mavzuning ko'proq huquqiy jihatlarini yoritib o'tadi. Olim o'sha davrda yangicha iqtisodiy mezonlar asosida bosqichma-bosqich sovet tuzilmalarining shakllantirilishi, xususiy mulkning bekor qilinishi, soliqlarning tashkiliy-huquqiy asoslariga e'tibor qaratadi.

Ikkinchi jahon urushigacha va urush yillarida butun mamlakatda sinfiy iyerarxiya, konservatizmning kuchayishi soliqlarning shakli, mohiyati va funksiyalariga ham ta'sir ko'rsatgan. Ko'pgina sohalar qatori soliq sohasi ham harbiylashgan tizimga o'tkazilib, soliqlar oldingi davrlarga qaraganda ikki baravarga oshirilgan. Bu xususda qator tarixiy manbalarda ma'lumotlar mavjud bo'lib, bular qatorida mohiyatan bizning mavzuga yaqinroq ishlar sirasiga maxsus qo'llanmalar va to'plamlar va shu mavzudagi ayrim ishlarni kiritish mumkin.

Urush davrida davlat budjetiga kelib tushayotgan soliqlarning aksariyati harbiy maqsadlarda sarflanib, O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohalari va u bilan

www.in-academy.uz

bog'liq tarmoq ishlab chiqarish tarmoqlari, sanoat korxonalari, konchilik, kimyo sanoati va elektroenergetika tizimlari hissasiga to'g'ri kelsada, ularga katta miqdordagi soliqlar solingan. Bu 1941 yil 3 iyuldagi "Vaqtinchalik yuz foizli soliq to'g'risida"gi Oliy Sovet Prezidiumi ko'rsatmasida o'z aksini topgan .

1941 yil 29 dekabrda Oliy Sovet Prezidumi qarori bilan "urush solig'i" joriy etiladi. Bu soliqqa 18 yoshga to'lgan barcha fuqarolar jalb etiladi va uning summasi yiliga bir kishi uchun 150-600 so'mni tashkil etgan. 1941 yil 21 noyabrda Oliy Sovet qarori bilan "Bo'ydoq, yakka va bolasiz fuqarolar solig'i" joriy etiladi. U 20-50 yoshli erkaklar va 20-45 yoshli ayollarga nisbatan joriy etilib yiliga uning miqdori bir kishi uchun 100 so'mni tashkil etganligi ko'rsatiladi. Shu va shunga o'xshash ko'rsatmalar yana bir qancha normativ huquqiy hujjatlarda ham aks etgan .

Ushbu mavzuga murojaat etish O'zbekiston mustaqilligi yillarida o'zbek xalqi va uning davlatchilik tarixini haqqoniy o'rganish imkoniyatining yaratilganligi olimlar, ya'ni ilmiy jamoatchilik doirasida oz bo'lsada muhokama mavzusiga aylanganligi shubhasiz. Bular qatorida D. Bobojonova, Sh.K Gataullinlarning izlanishlarini qayd etish mumkin. Jumladan, D.Bobojonova O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixiga nazar tashlar ekan, qadimgi davrlardan, to bugungi kunlargacha bosib o'tilgan tarixiy yo'lda O'zbekiston tarixida ham har bir tuzumning ijtimoiy, qolaversa o'ziga xos iqtisodiy, moliyaviy tizimi, muammolari mavjud bo'lganligi yoritiladi. Shu bilan birgalikda sovet hokimiyati davrida soliq va moliya tizimining ahvoli, sovet tuzumining yemirilish jarayonidagi ziddiyatli holatlar va mustaqil O'zbekiston Respublikasi moliya-budjet sohasini isloh qilish zaruratining paydo bo'lishi masalalari yoritilgan .

Sh.K Gataullin esa soliqlar va soliqqa tortish xususiyatlari haqida fikr yuritar ekan, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida O'zbekistonda soliq sohasini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, yuridik va jismoniy shaxslar-ning to'lov imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni o'rganishga e'tibor qaratadi. O'z o'rnida O'zbekiston tarixida soliqlarning shakllanish tarixiga ham ayrim o'rinlarda e'tibor qaratib o'tgan .

Mavzu tarixshunosligining ikkinchi guruhiga bevosita tarixiy mazmundagi adabiyotlarni kiritdik. Ularda olimlar asosan biz o'rganayotgan masalani tarixiy aspektda o'z tadqiqotlari va yo'nalishlari doirasida berib o'tgan bo'lsalarda, ammo sovet davrida soliqlar tarixi masalasini o'rganishni maqsad qilmaganlar. Bular qatorida ko'plab mahalliy tarixchi olimlar borligi e'tiborga molik.

Jumladan, t.f.d D.Alimova ilmiy rahbarligida R.M Abdullayev, S.S Agzamxodjayev va boshqalar ishtirokidagi mualliflar jamoasi ishtirokida amalga oshirilgan "Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti" nomli ilmiy loyihada mualliflar Rossiyadagi fevral burjua inqilobidan tortib, 1924-25 yillarda O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy hududiy chegaralanishgacha bo'lgan

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

davrdagi Turkistonda bolsheviklar hokimiyatining o'rnatilishi, o'lkada milliy istiqlolchilik harbiy harakatlari, ijtimoiy-siyosiy ahvol, ishlab chiqarish, xususan qishloq xo'jaligidagi tanglik holatlari, "Harbiy kommunizm", "Yer suv islohotlari", "Qishloq xo'jaligini jamoalashtirish", XXSR va BXSR dagi ijtimoiy-siyosiy holat, O'zbekiston SSR tashkil topishi arafasida O'zbekistondagi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy tanglik holatlari yoritilar ekan, o'z o'rnida soliq sohasidagi ayrim muammolarga ham to'xtalib o'tadilar .

Aynan shu davrga talluqli ilmiy adabiyotlar qatorida biz tadqiq etayotgan muamoning ayrim jihatlariga D.Ziyayeva, M.Haydarov, N.Abdurahimova, S.A'zamxo'jayev, Q.Rajabov, A.Golovanovlarning ishlarida ham e'tibor qaratilgan . Birgina N.Abdurahimovaning yozishicha, "Mahalliy aholiga qonunga xilof ravishda og'ir soliqlar solish amaldorlar axloqi nuqtayi nazaridan odatiy hodisa edi. Yo'llar, ko'priklar va boshqa inshootlarni qurish va ta'mirlash uchun aholidan yig'ilgan mablag'larni talon-taroj qilish, ta'magirlik hamda volost va qishloqlar oqsoqollari lavozimini sotish, vaqf yerlari hamda mulklari bilan bog'liq turli qing'ir ishlar va boshqalar avj olgan edi ".

Ma'lumki, 1918 yilda o'lkada soliqlar bilan bog'liq yana bir muammoni hal qilish uchun Turkiston Xalq Komissarligining oziq-ovqat bo'limi ochiladi. Shu maqsadda 1918 yil 15 iyunda oyida oziq-ovqat masalalarini hal etish uchun "Oziq-ovqat direktoriyasi" tashkil qilinadi . Tarixchi M.Haydarov o'z maqollarining birida bu borada "...direktoriya o'z faoliyati davomida katta xatolarga yo'l qo'ygan. Ya'ni, hokimiyatdan chetlashtirilgan musulmon aholisi nondan ham mahrum qilingan. Natijada ocharchilikdan qutula olmayotgan musulmon aholisi qirila boshlagan. Ruslarning yangi shahri va unda kun ko'rayotgan sovet hokimiyati bilan mahalliy aholi o'rtasida o'tib bo'lmas devor paydo bo'lgan",deya qayd qiladi . Olim o'zining ushbu maqolasini aynan turkistonda "Harbiy kommunizm" siyosatiga bag'ishlaganligi e'tiborga molikdir.

Tarixchi olim A.A Golovanov esa Rossiya imperiyasi va sovet hokimiyati yillarida O'zbekiston dehqonlarining ijtimoiy ahvoli masalalariga keng miqyosda to'xtalar ekan, XX asr birinchi va ikkinchi yarmida ularning mehnat faoliyatining ijtimoiy jihatlariga hamda yashash sharoitlari, turmush tarzining o'zgarib borishiga ta'sir etgan omillarga tavsif beradi va soliq sohasidagi dinamik o'zgarishlarni tahlil qiladi . T.f.d R. Shamsutdinov XX asr 30 yillarida o'lkada boshlangan ommaviy jamoalashtirish va quloq xo'jaliklarini tugatish kompaniyasi pallasida soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi, ularni undirib olish, davlat xazinasiga tushirishda mavjud bo'lgan sovet tuzumi siyosati va uning oqibatlariga to'xtalib, o'sha davrning totalitar xarakterini ochib bergan .

Muallif, 30-yillar boshida «quloq» xo'jaliklarini aniqlash ishlari avj oldirib yuborilishi, ularni aniqlashga doir yangi belgilar joriy etilganini ketiradi . Bu siyosat sovet hokimiyatining ikkinchi jahon urushigacha bo'lgan soliq siyosatida shaharda asosan daromad

www.in-academy.uz

solig'ining, qishloqda esa yagona qishloq xo'jalik solig'ining pulli daromad solig'iga aylanib borishi jarayoni kuzatilganligining salbiy ta'siri ham bayon etilgan.

Mohiyatan tarixiy jihatdan yozilgan t.f.d N Oblomurodov, t.f.n F.Tolipovlar qalamiga mansub fundamental tadqiqot, ya'ni "O'zbekistonda soliqlar tarixi" monografiyasidir. Ushbu kitobda O'zbekiston tarixida qadimgi davrlardan to bizning davrgacha soliq tizimining shakllanishi, rivojlanishi, ularning turlari, miqdori, soliqlar va boshqa yig'imlarni davlat va uning tegishli tuzilmalari tomonidan yig'ib olinishi, shu bilan bir qatorda O'zbekiston mustaqilligi yillarida soliq tizimini tubdan isloh qilish va uni erkinlashtirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarga oid ma'lumotlar mujassamlashgan .

Unda sovet davrida soliq tizimining xarakteri, o'zgarishi, ularning ortib borishiga turtki bo'lgan omillar va oqibatlari to'g'risida anchagina tahliliy ma'lumotlar mujassamlashgan. Eng asosiysi biz o'rgangan olimlar orasida birinchilardan bo'lib mualliflar XX asrning ikkinchi yarmida soliq tizimining destruktiv ko'rinishlari xususida anchagina ma'lumotlar beradilar.

Mualliflarning yozishicha, xalq xo'jaligida tinch qurilishga o'tilganiga qaramasdan, budjet xarajatlarining asosiy qismini harbiy sohalar tashkil etgan. Bu esa soliqli daromadlarning tez o'sishiga olib kelgan. Urushdan keyingi yillarda soliqlarning miqdoriy ko'payishi (ortishi) ularni sof fiskal instrumentdan davlatning ishlab chiqarish jarayoniga samaraliroq aralashuviga imkon beradigan iqtisodiy instrumentiga aylantirgan edi. Foyda va daromadni soliqqa tortishdagi o'zgarishlar kapital harakatning tezligiga, mahsulot sifatiga, jamg'arma investitsiyalarga sezilarli ta'sir ko'rsatgan.

Mazkur mavzu doirasida tahlil etgan adabiyotlar qatorida ayrim to'plam va qo'llanmalar , darsliklar mavjudki, ularda ham soliq tizimining shakllanishi va sovet davrida o'zgarishiga oid talay fikrlar mavjud . Ularga R.X Murtazayeva mas'ul muharrirligida chop etilgan oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan O'zbekiston tarixi darsligi , R.Yo Rajabova, R.H Karimov va boshqalar hammuallifligidagi O'zbekiston tarixi darsligi , Q. Usmonov, M.Sodiqov, S. Burxonovalar hammuallifligida chop etilgan O'zbekiston tarixi darsligi , N. Oblomurodov, A.Hazratqulov, F. Tolipov va boshqlar hammuallifligida chop etilgan O'zbekiston tarixi o'quv qo'llanmasi kabilardir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ilmiy adabiyotlarning qisqa tahlili shundan dalolat bermoqdaki, mazkur mavzu tarixiy nuqtai-nazardan hali o'rganilmaganligini ko'rsatdi. Ko'rsatilgan adabiyotlarda mualliflar masalaning tarixiy jihati haqida kerakli ma'lumotlarni o'z tadqiqotlari va tadqiqot obyektlariga bog'liq tarzda berib o'tgan bo'lsalarda, mualliflarning ishlarida sovet davri soliqlarining dastlab Turkiston o'lkasi, so'ngra O'zbekiston aholisi turmush tarziga ta'siri va oqibatlari hali alohida ilmiy tadqiqot

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz

mavzusi bo'lmagan. Shu bois ushbu maqolada bevosita sovet hokimiyatining O'zbekistonda olib borgan soliq siyosati va uning oqibatlari tarixshunosligi masalasi tahlil qilindi.

ADABIYOTLAR:

[1] Обломуродов Н, Х,азраткулов А, Толипов Ф ва бошкалар. Узбекистан тарихи. (Олий укув юрти номутахассислик йуналиши талабалари учун укув кулланма). Т., 2011

[2] O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T., 2000.

[3] Mustabid tuzumning O'zbekiston milliy boyilklarini talash siyosati: tarix shohidligi va saboqlari.-T., "Sharq", 2000., O'zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob, O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T.: «Sharq», 2000.

[4] O'zbekiston tarixi. // R.X Murtazayeva mas'ul muharrirligida (Oliy o'quv yurti nomutaxassislik yo'nalishi talabalari uchun darslik). T., 2003.

[5] Rajabova R.Yo,Karimov R.H va boshqalar O'zbekiston tarixi. (1917-1993 yy) // Darslik. T.,1993.

[6] Usmonov Q, Sodiqov M, Burxonova S. O'zbekiston tarixi. «Darslik». T., 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.