Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA XORIJ TAJRIBASI'

O‘ZBEKISTONDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
biznes / tadbirkorlik / oilaviy tadbirkorlik / rivojlanish usullari. / business / entrepreneurship / family entrepreneurship / development methods.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Adilov Farrux Shodiyor O’G’Li

Ushbu maqolada mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish masalalari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muallif tomonidan batafsil yoritilgan. Qolaversa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha muallif tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the issues of small business development in our country, the possibilities of family business development are covered by the author in detail. In addition, the author developed suggestions and recommendations for the development of family entrepreneurship.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA XORIJ TAJRIBASI»

O'ZBEKISTONDA OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI VA XORIJ TAJRIBASI

Adilov Farrux Shodiyor o'g'li

MBA-S-123 guruhi magistri

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish masalalari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muallif tomonidan batafsil yoritilgan. Qolaversa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha muallif tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: biznes, tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, rivojlanish usullari.

Abstract. In this article, the issues of small business development in our country, the possibilities of family business development are covered by the author in detail. In addition, the author developed suggestions and recommendations for the development of family entrepreneurship.

Key words: business, entrepreneurship, family entrepreneurship, development methods.

Mamlakatimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Zero, oilaviy tadbirkorlik asosida oilalarda ko'plab daromad shakllari ham ko'payib bormoqda.

O'zbekiston Prezidentining 2020-yil 20-maydagi "Har bir oila-tadbirkor" dasturini moliyalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash maqsadida "Agrobank", "Mikrokreditbank" va Xalq bankiga O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi tomonidan ajratilishi ko'zda tutilgan 1 trillion so'mning 500 milliard so'mi ajratildi hamda mazkur banklarning joylardagi filiallariga yetkazildi.

Mexanizmga ko'ra, mahsulotlarni yetkazib beruvchi (xizmatlar ko'rsatuvchi) ta'minotchilar ro'yxatini tasdiqlash amaliyoti bekor qilindi va faqat naslli chorva mollari (qoramol, qo'y, echki) yetkazib beruvchilar ro'yxati ularning yetarlicha imkoniyatlari mavjudligi inobatga olingan holda tasdiqlanadi.

Tuman sektori rahbarlari o'zlariga biriktirilgan hududlarda kredit olish istagini bildirgan shaxslarning tadbirkorlik tashabbuslarini o'rganib, ularni moliyalashtirish uchun tavsiyanoma beradi.

Kreditlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda va kambag'allikni qisqartirishda hissasi yuqori bo'lgan (ustuvor ravishda ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishsiz fuqarolarni daromadli mehnat hamda yangi ish o'rinlari bilan band qilishga qaratilgan) loyihalarni moliyalashtirish uchun yo'naltirilishiga hamda ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi va samaradorligi ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratiladi.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda oilaviy tadbirkorlik subyektlari ko'p hollarda kichik va o'rta biznes ko'rinishida bo'ladi, lekin ba'zi hollarda oilaviy tadbirkorlik subyektlari kichik yoki o'rta tadbirkorlik subyekti shaklidan yirik, ko'p

tarmoqli kompaniyalargacha o'sishi mumkin. Bunga Wal-Mart, Ford, Samsung, LG, BMW, Bosch, Motorola, Loew's, Hyundai kabi oilaviy korxonalarni misol sifatida keltirsak bo'ladi. FFI (Family firm institute) ning bergan ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda dunyodagi eng yirik 500 ta kompaniyaning 17 foizi Osiyoning shu yo'lni bosib o'tgan oilaviy biznes korxonalari hisoblanadi. Oilaviy tadbirkorlikda ishlab chiqarish uchun yo'naltirilgan investitsiyalarning kapital qaytimi boshqa turdagi tadbirkorlik shaklidagidan samarali ekanligi bilan ajralib turadi.

Xitoy tajribasiga qaraydigan bo'lsak, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanish tarixi boshqa mamlakatlardagiga nisbatan qisqaligi bilan ajralib tutadi. Biroq Xitoyda oilaviy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. 1978-yilda Xitoyda o'tkazilgan iqtisodiy islohotlardan so'ng tadbirkorlik subyektlarining xususiy mulkka egalik qilishiga ruxsat berilgan. Bugungi kunda Xitoyda ro'yxatga olingan kompaniyalarning 30 foizdan ortig'i va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qariyb 90 foizi oilaviy tadbirkorlik subyektlari sifatida tasniflanadi.

Oilaviy tadbirkorlik subyektlarining ko'pchiligi shaharlarda tashkil etilgan. Shu bois oilaviy tadbirkorlik subyektlari Xitoy iqtisodiyotida eng yaxshi ish o'rni yaratuvchilar sanaladi. Xitoy shaharlarida yaratilgan ish o'rinlarining 38,9 foizi oilaviy tadbirkorlik subyektlarining hissasiga to'g'ri keladi. Xitoy tajribasi shuni ko'rsatadiki, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun oilaviy tadbirkorlik ishsizlik muammosini hal etishning eng yaxshi vositalardan biri.

"Palgrave Macmillan Asian Business Series" ilmiy nashri o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, Xitoy hukumatining 90-yillardagi iqtisodiy islohotlaridan keyin oilaviy tadbirkorlik subyektlari o'zining yuqori samaradorligi hisobiga katta o'sishni namoyish qilgan. Asosan kichik va o'rta biznes sohasida keng tarqalgan oilaviy tadbirkorlikning yirik biznes darajasigacha o'sishi bilan bog'liq holatlar kuzatilgan. Dastlab kichik ion batareyalarini ishlab chiqauvchi BYD oilaviy tadbirkorlik korxonasining hozir nafaqat Xitoy, balki dunyoda elektromobillar ishlab chiqaradigan eng yirik korporatsiyalardan biriga aylangani bunga yaqqol misol bo'la oladi[6]. Bundan tashqari "BiguiYuan", "Midea", "Shagang" va "New Hope" kabi oilaviy tadbirkorlar ham katta muvaffaqiyatga erishgan.

Kichik va o'rta biznes vakillari uchun muhim masalalardan biri ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga bozorlar topish, ularni sotish va sifatli yetkazib berish hisoblanadi. Mahalliy bozorning chegaralanganligi, raqobatning kuchayib borishi o'z navbatida kichik va o'rta shakldagi oilaviy korxonalarning yangi bozorlarga kirib borishida turli muammolarga duch kelishiga sabab bo'lmoqda. Maskur muammolarni hal etish uchun Xitoy hukumati kichik va o'rtacha kattalikdagi korxonalarning yangi bozorlarga chiqishida samarali tizimni yo'lga qo'ya olgan. Bulardan biri bu onlayn savdo platformalari va tovarlarni yetkazish xizmatlaridir. So'nggi 20 yilda Xitoy hukumati yetkazib berish xizmatlari infratuzilmasini yaxshilash uchun katta miqdorda moliyaviy yordamlar ko'rsatdi. Natijada bugungi kunga kelib Xitoy iqtisodiyotida Taobao, Tmall, AliExpress, 1688.com, JD.com, Pinduoduo kabi yirik onlayn savdo platformalari faoliyat yuritmoqda. Bulardan tashqari SF Express,

Cainiao Network, JD Logistics, YTO Express, ZTO Express, STO Express kabi qulay va arzon yetkazib berish xizmatlari tashkil topdi. Xitoy hukumatining shu kabi infratuzilmalarga kiritgan yirik moliyaviy yoráami natijasida kichik va o'rtacha kattalikdagi koraonalaming o'z mahsulotlarini iste'molchilaгga areon yetkazib beгish imkoniyati kengaydi. Xitoyda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun yaratilgan infratuzilmalar, onlayn savdo platformalari, tovarlarni yetkazib berish xizmatlari iqtisodiyotga o'z ijobiy ta'sirini ko'reatishda davom etmoqda. Natijada 2019-yildan 2022-yilgacha Xitoy onlayn savdo platformalari orqali amalga oshiгilgan savdo hajmi 171 foiz o'sib, 3 trin. 85 mlrd. AQSh dollariga yetdi. 2023-yilda uning 3 trln. 331 mlrd. dollarga yetishi prognoz qilingan.

Xitoyda xususiy tadbirkorlarning dunyo bozoriga chiqishi uchun chet mamlakatlardagi standartlar, bojxona tizimi, transport imkoniyatlari haqidagi ma'lumotlami bemvchi va ulaгga amaliy yoгdam ko'reatuvchi tuzilma mavjud.

Oilaviy koгxona ishtirokchilari sifatida oila boshlig'i, uning xotini (eri), bolalaгi va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to'lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining eriari (xotinlaгi), tug'ishgan hamda o'gay aka-uka va opa-singillaгi, ulaming eriari (xotinlari) hamda bolalaгi, tog'a va amaki hamda amma va xolalari) bo'lishi mumkin.

Oilaviy koгxona o'z faoliyatini boshqa tadbiïkoriik tashkiliy huquqlaridan faгqli o'laгoq mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo'lgan tua joylaг va yashash uchun mo'ljallanmagan joyla^ shu jumladan, ishlab chiqaгish, xo'jalik binolari va boshqa imoratlarda amalga oshirishi mumkin.

Davlat oilaviy korxonaning huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Davlat organlari oilaviy korxonani rivojlantirish va mustahkamlashga ko'maklashishi shaгt. Davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda:

• foydalanilmayotgan yashash uchun mo'ljallanmagan joy^ ulaгda tovaгlaг ishlab chiqaгishni (ishlaT bajaгishni, xizmatlaг ko'гsatishni) tashkil etish uchun oilaviy korxonaga ijaraga berilishini;

• ishlab chiqarish maydonlari qurish uchun oilaviy korxonaga yer ajratilishini;

• oilaviy koraona ishlab chiqarish ob'ektlarining muhandislik-kommunikasiya tarmoqlariga ulanishini;

• oilaviy korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni realizasiya qilish uchun maxsus joyto beгilishini ta'minlaydi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda davlatimizda ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi sifatida ko'plab sohalaráa yutuqla^a erishilmoqda. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda quyidagi takliflar ilgari surilmoqda:

✓ agrar taimoqda o'z biznesini tashkil etishga ko'maklashish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo'jaliklarining ulushini oshiгish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yeг maydonlarini ijaraga olib, belgilangan

tartibda ro'yxatdan o'tgan dehqon xo'jaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so'mgacha garovsiz kredit berish tartibi ommalashmoqda;

✓ tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat ko'rsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yo'naltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million so'mdan 300 million so'mgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida o'ttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;

✓ dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo'lga qo'ygan va kredit to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;

✓ imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shug'ullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yo'nalishlar bo'yicha o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;

✓ hokim yordamchisining tavsiyasiga ko'ra kredit summasining 10 million so'mgacha bo'lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million so'mgacha) bank kartalariga o'tkazib beriladi;

✓ ajratilgan kreditlarni o'z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O'RQ-327-sonli «Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida»gi qonuni, 4-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.PQ-366-son. 15.11.2023.

3. Bayzakova D.F. Supply chain business processes in the example of business incubators. Журнал "Экономика и социум" Москва: №5(84) 2021 г

4. Bayzakova D.F. Small business as the Main Driver of Economic Development. International journal on economics, finance and sustainable development. Vol. 5 No. 4 | April 2023.Indoneziya

5. Bayzakova D.F. O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 3 | 2023.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.