Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI TARIXI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR'

O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI TARIXI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yosh Leninchi” / pyesa / hammuallif / musiqali drama / prokuratura / mualliflik / mualliflik huquqi / film / murojaat.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Begaliyev Javlonbek Rayimnazarovich

Maqolada asar mualliflarining huquqiy muhofazasi tarixi bilan bogʻliq ziddiyatli holatlar arxiv materiallari asosida tadqiq etilgan. Ayrim mualliflarning muammoli holatlarda oʻz manfaatini himoya qilish uchun Butunittifoq mualliflar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga murojaat qilganliklar, shuning bilan bir qatorda, tarjima va boshqa asarlari uchun qalam haqlarini oʻz vaqtida olgan mualliflar tarixi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI TARIXI BILAN BOG‘LIQ AYRIM MULOHAZALAR»

O'ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI TARIXI BILAN BOG'LIQ AYRIM MULOHAZALAR

Begaliyev Javlonbek Rayimnazarovich

T.f.f.d (PhD) dotsent v.b, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11213840

Annotatsiya. Maqolada asar mualliflarining huquqiy muhofazasi tarixi bilan bog'liq ziddiyatli holatlar arxiv materiallari asosida tadqiq etilgan. Ayrim mualliflarning muammoli holatlarda o'z manfaatini himoya qilish uchun Butunittifoq muallflar huquqlarini himoya qilish boshqarmasiga murojaat qilganliklar, shuning bilan bir qatorda, tarjima va boshqa asarlari uchun qalam haqlarini o'z vaqtida olgan mualliflar tarixi tahlilqilingan.

Kalit so'zlar: "Yosh Leninchi", pyesa, hammuallif, musiqali drama, prokuratura, mualliflik, mualliflik huquqi, film, murojaat.

Bizga ma'lumki mualliflik huquqi sovet davlati tashkil topgandan keyin XX asrning 20-yillaridan boshlab faoliyatini yurita boshlagan va Butunittifoq respublikalarida ham bo'limlari tashkil etilgan. Markazdagi boshqarma va hududlardagi bo'limning asosiy maqsadi barcha mualliflarning huquqlarini himoya qilishdan iborat bo'lgan. Bo'limlar ham mualliflarni har doim bir xil himoya qila olmaganligini ko'rish mumkin. Mazkur maqolada tashkilotning II jahon urushidan keyingi yillar bilan bog'liq faoliyati yoritilgan.

Urushdan keyingi yillarda mablag' bilan bog'liq muammolar boshqa sohalarda ham kuzatilgani kabi, mualliflar huquqini himoya qilish va qalam haqlarini mualliflarga o'z vaqtida to'lanishi bilan bog'liq jarayonlarga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmagan. Sovet davrida markazdan uzoqda joylashgan respublikalarda faoliyat yuritgan Mahalliy mualliflar ko'plab muammolarga duch kelgan holatlarni uchratish mumkin. Ushbu davr arxiv hujjatlarida Toshkent Pedagogika instituti professori A. V. Miratov tomonidan yozilgan "Pedagogika oliy o'quv yurtlarining o'zbek guruhlari rus tili grammatikasi" nomli darsligi O'zbekiston SSR pedagogika institutlari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan hamda O'zbekiston SSR Maorif vazirligi tomonidan tasdiqlangan edi[1]. Ammo ushbu darslik muallifi professori A. V. Miratov mualliflik qalam haqi bilan bog'liq muammoga duch keldi. BMHHB ning O'zbekiston Bo'limiga mualliflik qalam haqini undirish to'g'risida ariza bilan murojaat qilishga majbur bo'lgan. professori A. V. Miratovning mualliflik qalam haqi, u taqdim etgan materiallar miqdoridan kelib chiqqan holda minimal talabi 36.0 ming rublni tashkil etgan[2]. Yuqorida keltirilgan holatlarni inobatga olib, BMHHB ning O'zbekiston Bo'limi, O'zbekiston SSR Maorif vazirligiga murojaat bilan chiqib, o'shbu mablag'ni to'lash niyati bor yoki yo'qligiga aniqlik kiritishini so'ragan. Bunday holatlar ijobiy yechim topmagan taqdirda, albatta sud orqali hal etilgan.

Ayrim jurnallarda yoritilgan qiziqarli materiallar qayta nashr qilinsa, bu asar muallifiga qalam haqi to'lanmagan holatlarni ham uchratish mumkin. Jumladan: "Yosh Leninchi" gazetasi muharriri S. Yuldoshevning ta'kidlashicha, ular Markaziy jurnallardan qiziqarli badiiy materiallarni qayta nashr qilib kelishgan va nashr etilgan material mualliflariga qalam haqi to'lanmaganligi va to'lamasliklarini ma'lum qilgan[3]. Qayta nashr qilingan va qalam haqi to'lanmagan asarlar qatoriga "Ogonyok" jurnalida nashr qilingan, "Yosh Leninchi" gazetasida qayta nashr qilingan "Yaguar-13" hikoyasini keltirib o'tish mumkin. Haq to'lanmasligi mablag' yo'qligi bilan izohlangan holatlar ham uchragan. Bu kabi holatlar mualliflik huquqi muhofazasi sohasidagi mavjud qonunchilikning hali yetarli darajada emasligini ko'rsatadi.

BMHHB ning O'zbekiston Bo'limi mualliflik qalam haqlarini to'lashda bir qator kamchilliklarga yo'l qo'ygan holatlarni ham uchratish mumkin. Misol tariqasida "Farhod va

Shirin" musiqali dramasi uchun Musiqa hammualliflari Yu.Rajabiy va B.Nadejdin taqdim etgan kelishuvga asosan musiqa haqini teng ravishda (har biri 50 % dan) ajratishga kelishib olingan. Shunga qaramay o'zbek bo'limi rahbarlari 1949, 1950 va 1951-yillar uchun 62442 rubl miqdorida haq to'ladilar [4]. Ammo bu miqdor hammualliflar o'rtasida belgilangan kelishuv asosida amalga oshirilmagan.

Asar mualliflariga to'lovlar taqsimotidagi bahsli holatlarni faqat "Farhod va Shirin" musiqali dramasida emas balki, "Layli va Majnun" va "Alpomish" pyesalari uchun yaratilgan musiqa hammualliflari o'rtasida ham kuzatish mumkin. O'zbekiston SSR hududidagi Viloyat va shahar teatrlaridan qarzlarni yig'ib olish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilgan. Ayrim hollarda prokuraturaga murojaat qilingan, biroq bundan ijobiy natijalar kam bo'lgan. Qashqadaryo viloyatidagi ayrim teatrlari tizimli ravishda moliyaviy va kassa intizomini buzgan, tushimlarni davlat bankiga topshirmagan va shuning natijasida mualliflik haqi to'lanmay qolgan holatlar ham kuzatilgan[5]. Bu holatning oldini olish uchun Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish boshqarmasining, O'zbekiston bo'limi O'zSSR Respublika prokuraturasiga murojaat qilgan. Qashqadaryo viloyati va tuman prokuraturasiga bu masala yetib borgan bormaganligi noaniq bo'lib qolgan. Yuqoridagi holatlar ayrim davlat tashkilotlarining mualliflar huquqiy himoyasi borasidagi ishlarga jiddiy e'tibor bermaganligini ko'rsatadi.

Mahalliy mualliflardan Abdulla Qahhor "Ipak so'zana" pyesasi uchun 1951-yilning dekabrida imzolangan umumiy kelishuv asosida mualliflik haqini to'liq oldi. Ushbu asarning boshqa tillarga ham tarjima qilinganligi hisobga olinganda, Abdulla Qahhorga berilgan mablag'ning 50% ini olib tashlash va Leningrad filialiga yuborish kerak bo'ladi. Muallif Abdulla Qahhor umumiy summaning 25% ini olishi kerak edi[6]. Mualliflik qalam haqlari bilan bog'liq hisob-kitoblarning o'z vaqtida va to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi asar mualliflari bilan bir qatorda BMHHB (Butunittifoq Mualliflar Huquqini Himoya qilish Boshqarmasi) va respublika Bo'limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun ham muammolarni keltirib chiqargan.

Yuqorida keltirilgan holatlar asar mualliflari huquqi himoyasi sohasidagi mavjud qonunlarga zid ekanligini ham ko'rish mumkin. BMHHBning O'zbekiston bo'limi sobiq direktori T. Fatxullin va uning o'rinbosari Kolesnichenko "SSSR mualliflik huquqi asoslar" ning 5-moddasini hamda "O'zbekiston SSR doirasida dramatik, musiqiy, musiqiy-dramatik va boshqa asarlarni omma oldida ijro yetish uchun to'lov tartibi va qalam haqi miqdori to'g'risida" gi qarorini qo'pol ravishda buzganligi, bir qator musiqiy asarlar mualliflari orasida to'lovlar noto'g'ri taqsimlanganligi arxiv hujjatlarida keltirib o'tilgan[7].

Sovet yozuvchilar uyushmasining qarori bilan 1951- yil 1-yanvardan BMHHB foydasiga Adabiyot fondi va Musiqa fondidan ajratmalar miqdori 3% dan 2% ga qisqartirilgan[8]. Bu albatta o'sha davrda markazdan boshqarib turilgan respublika bo'limlarida ham to'liq amal qilgan. Asar mualliflarini himoya qiladigan tashkilotga tushayotgan pul mablag'larini qisqartirilayotgan soha vakillariga berilayotgan e'tiborning qay darajada ekanligini ko'rsatgan edi. Mualliflarga to'lanishi kerak bo'lgan summalarning o'z vaqtida to'lanmasligi, BMHHBga murojaat bilan chiqishga majbur etgan. Xuddi shu masalada bastakor S.N.Vasilenko "Ozod-chehra" baletiga musiqa yozgani uchun To'lovlar qachon va qaysi muddatda o'tkazilishini yoki kechiktirilayotganligini sababini so'rab, O'zSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi San'at ishlari boshqarmasi boshlig'iga Muxsinovga xat yozgan[9].

Balet uchun musiqa 1951 -yilgi mavsumda Navoiy teatri tomonidan yozilgan, buyurtma berilgan va sahnalashtirilganligi sababli, bastakor S.N.Vasilenko o'z manfaatini himoya qilish iltimosi bilan Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish boshqarmasiga murojaat bilan chiqishga majbur bo'lgan edi. BMHHB Ko'tarilgan masala o'rganib chiqib, O'zbekiston bo'limiga xat mazmuni bilan tanishib chiqish va to'liq javob berishi uchun, uning bir nusxasini ilova qilib jo'natgan. 50-yillarda ayrim nashriyotlarning yozib topshirilgan asarlar uchun

mualliflik qalam haqlarini oylab to'lamasdan cho'zib yurgan, hamda yozilgan asar uchun taqrizchilarni o'zlari belgilab bergan holatlarni ham arxiv hujjatlari orqali bilib olish mumkin. Misol tariqasida yozuvchi A. Kulikning O'zbekiston SSR mehribonlik uylari haqida "Bizning uyda" insholar kitobini yozib nashriyotga topshirgan. Oradan o'ch oy o'tgandan so'ng nashriyot iltimosiga ko'ra, "Bizning uyda" ular nomini aytgan taqrizchilarga asar muallifining o'zi yuborgan [1С]. Nashriyotdan muallif tomonidan taqdim etilgan qo'lyozmaga hech qanday fikr yoki e'tirozlar bo'lmagan. Shuni hisobga olib, asar muallifiga shartnomada ko'rsatilgan summaning 45% i (9000 rubl) berilishi kerak edi. Ammo muallif nashriyotga uch marta murojaat qilishiga qaramasdan muammo o'z yechimini topmaganligini ko'rishimiz mumkin. Buning natijasida yozuvchi A. Kulikning 1951-yilning 22-iyunida Butunittifoq Mualliflik huquqini himoya qilish boshqarmasiga o'z ariza orqali muammoni ijobiy hal etishda amaliy yordam berishlarini so'ragan[10].

Toshkent badiiy filmlar va hujjatli filmlar kinostudiyasi ham ayrim mualliflar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga qaramasdan, ularning huquqlarini poymol qilganligini ko'rishimiz mumkin. "Farg'ona vodiysida" hujjatli film uchun diktor matnini yozish uchun muallif bilan shartnoma imzolangan. Ushbu shartnomaning shartlariga ko'ra: shartnomada ko'rsatilgan ish uchun studiya muallifga diktor matnini ovozga qabul qilgandan so'ng 4000 rubl miqdorda haq to'lashi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, shartnoma bo'yicha vujudga kelishi mumkin bo'lgan barcha nizolar sudda hal yetilishi va shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha masalalarda tomonlar SSSR kinematografiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy bitim qoidalariga amal qilishlari belgilab qo'yilgan. Huquqiy asoslar yetarlicha yaratilgan bo'lishiga qaramasdan, shartnoma shartlarida belgilab qo'yilgan bo'lsa-da, muallif Yu.Barisovichga studiya 4CCC rubl miqdorida belgilangan to'lov summasini 3000 rublga tushirishga rozi bo'lishini so'rashgan [11]. Keltirib o'tilgan ma'lumotlar ushbu davrda sohaga doir huquqiy asoslar mavjud bo'lishiga qaramasdan, amaliyotga tatbiq etilayotganda sun'iy to'siqlarga uchraganligi va buning natijasida ayrim mualliflarning mualliflik huquqi ta'minlanmasdan, moddiy zarar ko'rishiga olib kelgan edi. Tarixning barcha davrlarda, ma'lum bir sohaning salbiy tomonlari bilan bir qatorda ijobiy tomonlari ham borligini inkor yetib bo'lmaydi. Shu davrda tarjima asarlariga yetarli miqdorda to'lovlar to'langanligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan: yozuvchi Abdulla Qahhor "Konstantin Zaslonov" ovozli badiiy filmining montaj varaqasini rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilgani uchun qushimcha 5000 rubl to'lov to'langan [12].

Asarlar tarjima qilinishidan oldin shartnomalar imzolab olingan va bu asar tarjimonlari uchun huquqiy asos vazifasini bajargan deyishimiz mumkin. Shuningdek yozuvchi Abdulla Qahhorga "Stalingrad jangi" filmining montaj varaqasini o'zbek tiliga tarjima qilganligi uchun 4000 rubl, "Sovet O'zbekistoni" filmining montaj varaqasini o'zbek tiliga tarjima qilganligi uchun 2500 rubl qo'shimcha to'lov to'lab berilganligi[13], tarjima mualliflarining huquqiy himoyasi borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning ijobiy natija berganligini ko'rsatadi. O'zbek davlat filarmoniyasining musiqa ansamblida badiiy rahbar, baletmeyster va aktrisasi sifatida faoliyat yuritgan Tamaraxonimning (taxallusi: asl ismi va familiyasi Tamara Artyomovna Petrosyan) 1953-yili 5-6-7-8-9-10-11-fevral kunlari Leningrad shahrida konserti bo'lib o'tgan[14]. Leningrad bo'limi O'zbek Davlat Filarmoniyasidan ushbu konsert dasturlari, musiqa va so'z mualliflarini ko'rsatgan holda ma'lumot yuborishni so'ralgan, ammo mualliflar haqida so'ralgan ma'lumotlar to'liq va o'z vaqtida yuborilmagan.

BMHHBning tezkor bo'limi boshlig'i Nemeshayev, O'zbekiston bo'limiga Tamaraxonimning Vladimir shahrida qo'ygan konsert uchun yig'ilgan mablag'lar borligini aytib murojaat qilgan. Nemeshayev ushbu konsert uchun tuzilgan standart dasturni so'ragan, chunki dastursiz mavjud mablag'larni mualliflar hisobidan o'tkaza olmasligini ma'lum qilgan. Demak bo'limlar o'rtasida ma'lumotlar almashish, dasturlar o'z vaqtida tayyorlansa, mualliflar ham o'zlariga tegishli mualliflik mablag'larini o'z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Yuqorida

keltirilgan har ikkala holatda ham konsert dasturlari xorijda amalga oshirilgan bo'lishiga qaramasdan, mas'ul tashkilotlar va shaxslar mualliflarning mablag'larini o'z vaqtida to'lab berishga harakat qilgan. Mualliflar huquqini himoya qilish boshqarmasiga jo'natilgan, O'zbekiston bo'limining 1950-yil 1- yanvardagi № 0820 sonli hisobotida 5000 rubl mablag', avtohalokatdan vafot etgan Mahalliy muallif shoir, olim va dramaturg Hamid Olimjonning dafn marosimi uchun ajratilganligi, hamda ushbu mablag' keyinchalik muallifning yaratgan asarlari uchun olishi kerak bo'lgan qalam haqi hisobidan bo'limga qaytarilganligi arxiv hujjatlarda keltirib o'tilgan.

Bu kabi ayrim holatlarni urushdan keyingi yillarda amalga oshirilganligi hisobga olinsa, tizimdagi muammolar bilan bir qatorda kichik ijobiy natijalar bo'lganligini ham ta'kidlash mumkin.

XULOSA

Ushbu davrda O'zbekiston SSR hududida faoliyat olib borgan barcha tashkilotlar markazda joylashgan boshqarmalar tomonidan nazorat qilingan va berilgan ko'rsatmalari asosida ishlagan. Bu holatni Butunittifoq mualliflar huquqini himoya qilish boshqarmasi va uning O'zbekiston bo'limi misolida ko'rish mumkin.

Butunittifoq mualliflar huquqini himoya qilish boshqarmasining O'zbekiston bo'limi vakolatlari doirasidan kelib chiqib, mualliflarda uchrayotgan muammolarni o'z vaqtida va qonuniy hal qilmagan holatlari ham uchragan. Bunday holatlarda asar mualliflarining o'z haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida BMHHBga shikoyatlari ko'paygan.

Yuqorida keltirilgan holatlarda asar mualliflarining ququqlari yetarli darajada ta'minlanmaganligini ko'rish mumkin. Mualliflar Boshqarma, sud va prokuratura organlariga murojaat qilgan holatlarda ham muammolar to'lig'icha mualliflarning foydasiga ijobiy hal qilinmagan.

FOYDALANILGAN MANBALAR RO'YXAT

1. O'zR

2. O'zR

3. O'zR

4. O'zR

5. O'zR

6. O'zR

7. O'zR

8. O'zR

9. O'zR

10. O'zR

11. O'zR

12. O'zR

13. O'zR

14. O'zR

15. O'zR

MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R MDA, R

2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1 2432 fond, 1

ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat ro'yxat

44-ish, 28-varaq. 44-ish, 55-varaq. 51 -ish, 221 -varaq.

50 -ish, 1 -varaq. 42 -ish, 24-varaq.

51 -ish, 207 -varaq. 50 -ish, 1 -varaq. 46-ish, 49-varaq. 43-ish, 21-varaq. 43-ish, 73-varaq. 51-ish, 32-varaq. 43-ish, 73-varaq. 43-ish, 75-varaq. 50-ish, 64-varaq. 42-ish, 76-varaq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.