Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA LOGISTIKA ZANJIRLARI VA TRANSPORT YO‘LLARINI RIVOJLANTRISH VA DIVERSIFIKATSIYA QILISH'

O‘ZBEKISTONDA LOGISTIKA ZANJIRLARI VA TRANSPORT YO‘LLARINI RIVOJLANTRISH VA DIVERSIFIKATSIYA QILISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
logistika / transport yo‘laklari / integratsiya / diversifikatsiya / monitoring tizimlar / samaradorlik / e-tijorat / infrastruktura / avtomobil yo'llari / havo transporti. / logistics / transport corridors / integration / diversification / monitoring systems / efficiency / e-commerce / infrastructure / highways / air transport.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ulug‘Murodov F.F., Shodiyev F.Q.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda logistika zanjirlari va transport yoʻlaklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish orqali mamlakat iqtisodiyoti ravnaq topishining asosi bo‘lgan eksport va importni rivojlantirish, savdoning tarmoqlarini ko`payishi va tijoratni kengaytirish haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the development of export and import, the increase of trade networks and the expansion of commerce, which is the basis of the development of the country's economy through the development and diversification of logistics chains and transport corridors in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA LOGISTIKA ZANJIRLARI VA TRANSPORT YO‘LLARINI RIVOJLANTRISH VA DIVERSIFIKATSIYA QILISH»

O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA ZANJIRLARI VA TRANSPORT YO'LLARINI RIVOJLANTRISH VA DIVERSIFIKATSIYA QILISH

Ulug'murodov F.F.

SamISI, "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi assistenti

Shodiyev F.Q.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish orqali mamlakat iqtisodiyoti ravnaq topishining asosi bo'lgan eksport va importni rivojlantirish, savdoning tarmoqlarini ko'payishi va tijoratni kengaytirish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlari: logistika, transport yo'laklari, integratsiya, diversifikatsiya, monitoring tizimlar, samaradorlik, e-tijorat, infrastruktura, avtomobil yo'llari, havo transporti.

Abstract. This article talks about the development of export and import, the increase of trade networks and the expansion of commerce, which is the basis of the development of the country's economy through the development and diversification of logistics chains and transport corridors in Uzbekistan.

Keywords: logistics, transport corridors, integration, diversification, monitoring systems, efficiency, e-commerce, infrastructure, highways, air transport.

Kirish. Bugun dunyo oqibatlarini prognozlashtirish qiyin bo'lgan, oldindan aytib bo'lmaydigan tub transformatsiya jarayonlarini boshidan kechiryapti. Global miqyosda ishonch va o'zaro anglashuv taqchilligi tobora o'tkir sezilmoqda.

O'zbekiston yetakchisi an'anaviy kooperatsiya va logistika zanjirlari buzilayotgani, jahon mamlakatlarining aksariyatida oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi vaziyat keskinlashib, inflyatsiya ko'rsatkichlari shiddat bilan o'sayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yomonlashib borayotganini ko'rsatib o'tdi.

Bunday murakkab sharoitda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga mos ravishda chora ko'rish uchun sa'y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va ko'p tomonlama asosda yaqindan hamkorlik qilishga ehtiyoj kuchayib bormoqda.

Globallashuv jadal rivojlanib borayotgan bir davrda O'zbekistonda logistika va uni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining ravnaq topishi va barqarorligini ta'minlashga imkon yaratadi. Logistika zanjirlari va transport yo'llarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, xususan xalqaro savdo va tijoratni yanada kuchaytirish, mahalliy va xalqaro iqtisodiy faoliyat yuritish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga o'zaro bog'lanishni yanada kuchaytirish, tovarlar va xizmatlarni samaradorlilik bilan tashkil etish imkonini beradi.

Logistika zanjirlarini va transport yo'llarini rivojlantirish bir mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:

> Transport infrastrukturasini rivojlantirish. Yaxshi tashish tarmoqlari, yo'l va forvardlar, havo va suv transporti, temir yo'llar va boshqa transport vositalarining infratuzilmasi va qulayliklarini ta'minlash va qayta ta'mirlash uchun davlat yoki xususiy tashkilotlar tomonidan investitsiyalar kiritish zarur.

> Toshkent markazi kasb-hunar kolleji, Toshkent davlat transport universiteti, yoshlar markazi va boshqa oliy o'quv yurtlarida logistika sohasidagi mutaxassislikni o'rgatish uchun o'quv dasturlarni rivojlantirish: Logistika sohasidagi mutaxassislar va tajribali kadrlarni tayyorlash uchun o'quv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarda va universitetlarda xususiy dasturlar o'tkazish kerak.

> Xalqaro tashish tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ularga eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda yordam berish va ular bilan hamkorlikda transport va logistikani rivojlantirish imkonini beradi.

> Texnologik imkoniyatlardan foydalanish. Internet of Things (IoT), avtomatlashtirish, ma'lumot analitikasi va boshqa sohalardagi yangiliklardan foydalanish, logistik jarayonlarini avtomatlashtirish orqali tashishs xizmatlarini tashkil qilishga imkon yaratadi.

> Alternativ transport yo'llarini rivojlantirish. Temir yo'llar, avtomobil yo'llari va havo transportidan tashqari, suvsozlik transportini, multimodal tashishni va yuqori tezkorlikdagi transport yo'llarini rivojlantirish hamda havo yo'llarini kengaytirish imkonini o'rganish zarur. Bu transport yo'llarini diversifikatsiya qilish va transport jarayonlarini qisqa oraliqlarga olib kelishga yordam beradi.

Yuqoridagi ko'rsatilgan rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar orqali transport logistika xizmat ko'rsatish sohasini barqaror rivojlanishini ta'minlash mumkin.

Mavzuga oid dabiyotlarning tahlili. Tairova M.M., Abdulloyev A.J. "Logistika" nomli o'quv qo'llanmada logistika faoliyatining asosiy usullari, amalga oshirish tartibi, firmaning raqobat sharoitida logistika strategiyasini tanlash kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Bazarov F.O., Ma'murov B.X. "Logistika asoslari" nomli o'quv qo'llanmada logistikaning mazmuni, predmeti va metodi, logistikada moliyaviy oqimni boshqarishni tashkil etish, logistikada strategiya va rejalashtirish, transport vositalarining turlari va ularning moddiy texnika bazasi kabi mavzular yoritilgan bo'lib, bilim, ko'mkma va kasbiy malakaga ega mutaxassislarni tarbiyalashga mo'ljallangan hamda amaldagi tajriba va ma'lumotlarni atroflicha nazarda tutib yaratilgan.

Logistikaning birinchi amaliy potensialini amerikalik ekspertlar Pol Convers va Piter Dyuker tomonidan bashorat qilingan. Ular uning potensialini "xarajatlarni tejashning so'nggi chegarasi" va "iqtisodiyotning noma'lum quroli (yoki materigi)" deb belgilab qo'yishdi. Logistika sohasidagi kengaytirilgan talqinning tarafdorlari fransuz mutaxassislari E.Mate va D.Tikselar bo'lib, ular quyidagi fikrlarni berishgan "Kompaniyaning sheriklar bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish usullari va bozor tomonidan taqdim etilgan talabni muvofiqlashtirish vositasi va kompaniya tomonidan ilgari surilgan taklif, turli xil bo'linmalarning sa'y-harakatlarini birlashtirishga imkon beradigan korxona faoliyatini tashkil etish usuli. Kompaniya o'zining iqtisodiy

maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanadigan moliyaviy, moddiy va mehnat resurslarini optimallashtirish maqsadida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish"

Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotni amalga oshirish jarayonida ilmiy bilishning tizimli yondashuv, statistik abstrakt, mantiq fikrlash va istiqbolli prognozlash usullaridan keng foydalanildi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda tahlil va sintez usulidan samarali foydalanilgan.

Tahlil va natijalar. O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqida sammitga a'zo davlatlar aloqalarini kengaytirishga qaratilgan takliflarini va «Turkiy davr» shiori ostida o'tayotgan bugungi sammitimizda ko'p tomonlama va uzoq muddatli aloqalarimizni yanada kengaytirishga qaratilgan quyidagi taklif ilgari surildi:

> global logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog'ini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega.

> yuk tashuvlariga o'sib borayotgan talabni qondirish maqsadida O'rta koridor salohiyatini kengaytirish choralarini qo'llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, qo'shimcha ko'ptarmoqli yo'nalishlarni, jumladan, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yevropa bozorlariga mamlakatlarimiz orqali o'tadigan koridorlarni rivojlantirish hamda transport xizmatlarini raqamlashtirish tarafdorimiz.

> davlatlarimiz Temir yo'l idoralari kengashini ta'sis etishni va bu tuzilmaning direksiyasini yurtimizda joylashtirishni taklif etildi.

Mamlakatimiz prezidenti tomonidan ekspartiyorlarni qo'llab-quvatlash maqsadida ularga yetkazib berish xarajatlarini 50% ni qoplab berish, yana uni 70% ga ko'tarishni aytib o'tdilar. Bundan maqsad ekspartiyorlar tovarlarini to'g'ridan to'g'ri yevropa davlatlariga eksport qilish kerakligini aytib o'tdilar.

Shuningdek, logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, yagona tranzit tarmog'ini shakllantirish masalalari dolzarb ahamiyatga egaligi ta'kidlanib, mintaqa davlatlari temiryo'l idoralari kengashini ta'sis etish va bu tuzilma direksiyasini O'zbekistonda joylashtirish taklif etildi. Ya'ni so'nggi vaqtlarda texnologik innovatsiyalarning tez sur'atlari, dunyo iqtisodiyotidagi o'zgaruvchan murakkab vaziyatlar va COVID-19 pandemiyasi transport logistikasi sohasi rivojini biroz qiyinlashtirgandek. Jahon transport va logistika tizimi tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, transport xizmatlari bozori 2021-yildagi 6 559,7 milliard dollardan 2022-yilda 7 210,4 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich 2026-yilga borib 9,6 foiz o'sish sur'ati bilan 10 394,13 milliard dollarni tashkil etishi taxmin qilinyapti. Shu sababli transport sohasi statistikasi va ma'lumotlarini chuqur tahlil qilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.O'tgan yil ma'lumotlariga ko'ra, oxirgi vaqtlarda mamlakatimiz Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida 19 pog'ona ko'tarildi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish, temir yo'l tarmoqlarini elektrlashtirish darajasini 60 foizga etkazish, tashqi savdo uchun "yashil yo'laklar" hamda tranzit imkoniyatlarini kengaytirish va tranzit yuk hajmini 15 million tonnaga oshirish belgilangan.

Sir emas, yaqin vaqtlarga qadar bizning asosiy yuklarimiz Qozog'iston tranzit yo'laklari orqali tashilgan va bu yo'nalish imkoniyatlari ehtiyojlarimizni to'la qondira olmagan. Tovarlarni O'zbekiston hududiga olib kirishda elektrovozlar, zamonaviy terminallar etishmasligi, temir yo'l tarmoqlaridagi bandlik mahsulotlarning ma'lum muddat qolib ketishiga sabab bo'lib, mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Davlatimiz rahbari 2017-yilda Oliy Majlisga Murojaatnomasida O'zbekiston tashqi savdo yuklarini jahon va mintaqadagi asosiy bozorlarga olib chiqadigan ishonchli transport va tranzit yo'laklarini izchil shakllantirish, logistik yo'nalishlarni diversifïkatsiya qilish, bu borada qo'shnilarimiz bilan amaliy muzokaralar o'tkazish zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Jumladan, tranzit davlatlar — Turkmaniston, eron, Qozog'iston, Rossiya, Ozarbayjon va Gruziya hududlaridan asosiy eksport yuklarini tranzit shaklida tashishda preferentsiyalarga ega bo'lish, xorijiy va mahalliy investorlarning logistika sohasida aniq loyihalarni amalga oshirish borasidagi harakatlarini rag'batlantirish zarurligi belgilandi.

O'zbekiston mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afg'onistonni keng jalb etish maqsadida Surxon - Puli-Xumri elektr uzatish tarmog'i va Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yo'l qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda. Buning uchun 4,8 milliard dollar kredit jalb qilish rejalashtirilgan. Ushbu loyihaning ilk bosqichi uchun Jahon banki tomonidan 35 million dollar ajratilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, 600 kilometrli Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo'li ishga tushirilgach, dastlabki yillarda yuk tashish hajmi 10 million tonnaga etishi mumkin. ekspertlar taxminicha, Afg'onistonning transport va infratuzilmaviy salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish orqali O'zbekistondan Pokistonga yuk tashish vaqti 35 kundan 3 kungacha qisqaradi. Rossiya va Pokiston o'rtasida transport xarajatlarini 20 foiz, Markaziy Osiyo va Pokiston davlatlari o'rtasida esa 35 foiz kamaytirishi mumkin. 2023-yil 9 avgust kuni davlatimiz rahbari xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifïkatsiya qilish bo'yicha taqdimot bilan tanishar ekan, bu yil yurtimiz mahsulotlari 32 ta yangi bozorga kirib borgani, Jahon savdo tashkilotiga kirish bo'yicha ishlar ham jadallashayotganini ta'kidladi. Bir so'z bilan aytganda, O'zbekistonda transport logistikasi sohasidagi keng ko'lamli islohotlar yaqin davr ichida o'z samarasini beradi. Eng muhimi, bu soha nafaqat mamlakatimiz, balki mintaqamizning iqtisodiy salohiyatini keskin oshirishga katta hissa qo'shadi.

Xulosa va takliflar. Hozirgi kunda global logistika zanjirlari va transport yo'llarini rivojlantrish va diversifïkatsiya qilishda mamlakatimizda bir qator ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz prezidenti tomonidan bu sohaga katta e'tibor berilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Logistika zanjirlari va transport yo'laklarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotlarning rivojlanishi va mamlakatlararo savdo aloqalarini kuchaytirish uchun juda muhimdir. Bu tovarlar va xizmatlarni efektiv ravishda o'tkazib berish va mablag'larni tejamkorlik bilan ishlab chiqarish imkoniyatini yaratishga yordam beradi. Logistikada transport yo'llarini diversifikatsiya qilish, bir mamlakat yoki mintaqaga bog'liq bo'lmagan alternativ transport yo'llarini yaratishni anglatadi. Bu mamlakatlararo savdo aloqalarini

kuchaytirish, risklarni qisman kamaytirish va tijoratni kengaytirishga imkon yaratadi. Diversifikatsiya, transport xizmat ko'rsatish sohasining faqatgina bitta tarmog'ini qamrab olish emas, avtomobil yo'llari, temir yo'llar, havo yo'llari, dengiz yo'llaridan foydalanish va ularni bir xil vaqtning o'zida kombinatsiya qilishga sharoit yaratishni anglatadi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, logistika tizimi mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri bo'lganliligi sababli iqtisodiyotning boshqa ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini amalga oshirish uchun resurslarni yetkazib berishda xizmat qiladi. Logistika sohasini rivojlantirish xaridorlarga tovar va xizmatlar qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta'minlaydi, bozordagi raqobatni rag'batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Qulmuxamedov J.R., Aripjanov M.M., Nazarov K.M., Mirzayev F.R., Mirgiyazov X.A.

2. Logistika asoslari. -T.:"Fan va texnologiyalari" 2015-yil. 107-b.

3. Tairova M.M., Abdulloyev A.J. "LOGISTIKA" o'quv qo'llanma "DURDONA'' nashryoti Buxoro-2020

4. https://www.freightwaves.com/news/how-big-is-the-logistics-industry

5. https://www.aeb.com/intl-en/magazine/articles/world-bank-rankings.php

6. https : //www.gozetim.com/uz/loj istik-hizmetleri

7. Nodirovna M. S., Faxriddinovich U. F., Dusmurotovich U. M. Ways and Prospects for Developing the System of Residential Services in Rural Areas, Increasing Employment //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2022. - Т. 17. - С. 96-101.

8. Faxriddinovich U. F., lsmoil Xasanovich N. Ways to Improve the Efficiency of the Public Service System in a Market Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 72-74.

9. Ulugmurodov F. F., Bahodirovich H. U. Prospects of Developing Active Tourism in Uzbekistan //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 69-71.

10. Bekmurodovna Y. D., Bakhodirovich E. D. PROBLEMS IN THE ERA OF GLOBALIZATION AND INNOVATIVE SOLUTIONS TO THEM //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №2. 4. - С. 329-331.

11. Faxriddinovich U. F., Dilmurod o'g'li A. A., Mashrab o'g'li U. M. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFICIENCY OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN THE DIGITAL ECONOMY //Gospodarka i Innowacje. - 2023. - Т. 36. - С. 360-362.

12. Faxriddinovich U. F. et al. Prospects for the Development of Small Business and Private Entrepreneurship in the Digital Economy //Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance. - 2023. - Т. 4. - №. 6. - С. 92-94.

13. Faxriddinovich U. F. et al. WAYS TO ACHIEVE HIGH EFFICIENCY WITH THE HELP OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE AGRO-INDUSTRIAL

COMPLEX //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11.

- №. 4. - С. 979-980.

14. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D., Rustam o'g'li S. M. THE ROLE OF STUDENT ACTIVISM IN THE DIGITIZATION OF EDUCATION (THE HEMIS PROGRAM AND THE SYSTEM OF CREDIT MODULES) //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. - 2023. - Т. 16. - С. 220-222.

15. Faxriddinovich U. F. FORMATION OF INDEPENDENT THINKING OF STUDENTS USING INTERACTIVE METHODS IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //International Journal of Studies in Advanced Education. - 2023. -Т. 2. - №. 05. - С. 73-75.

16. Faxriddinovich U. F., Bakhodirovich E. D. THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE ACTIVITIES IN THE SERVICE SECTOR IN THE DIGITAL ECONOMY //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2023. -С. 98-100.

17. Faxriddinovich U. F., Xatam o'g'li S. B. MECHANISMS FOR IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF EDUCATIONAL SERVICES IN THE DIGITAL ECONOMY. - 2023.

18. Faxriddinovich U. F. MECHANISMS FOR FURTHER IMPROVEMENT OF THE EDUCATION SYSTEM IN THE DIGITAL ECONOMY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 5. - С. 722-724.

19. Ilyasovna A. S. METHODS OF EVALUATING THE QUALITY OF HOUSEHOLD SERVICES AND WAYS TO IMPROVE IT //World Economics and Finance Bulletin. - 2022. - Т. 17. - С. 106-108.

20. Ilyasovna A. S. YANGI O'ZBEKISTON SHAROTIDA MAISHIY XIZMAT KO 'RSATISH SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI //Journal of marketing, business and management. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 9-14.

21. Artikova S.I., Abduraxmonov S.A. Maishiy xizmat ko'rsatish sohasini rivojlanishining iqtisodiy ahamiyati //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 11.

- С. 1182-1189.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.