Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARNING O’RNI'

O’ZBEKISTONDA IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
714
127
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IQTISODIY O’SISH / MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARБ / YALPI ICHKI MAHSULOT / BANDLIK / AHOLI DAROMADLARI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bayzakova D.F.

Ushbu maqolada O’zbеkistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o’sishi va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bayon etilgan. Bunda iqtisodiy o’sishga ta'sir ko’rsatuvchi omillar tahlili, ya'ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MACROECONOMIC INDICATORS IN ENSURING ECONOMIC GROWTH IN UZBEKISTAN

This article describes the sustainable growth of the economy and macroeconomic indicators through the economic reforms being carried out in Uzbekistan. An analysis of the factors affecting economic growth, that is, the structure of the added shares and their contribution to the growth of GDP, was considered.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLARNING O’RNI»

Bayzakova D.F. katta o'qituvchi Jizzax Politexnika Instituti O'zbekiston, Jizzax

O'ZBEKISTONDA IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDA MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLARNING O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o'sishi va makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bayon etilgan. Bunda iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahlili, ya'ni qo 'shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o 'sishiga qo 'shgan hissasini ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy o'sish, makroiqtisodiy ko'rsatkichlard, yalpi ichki mahsulot, bandlik, aholi daromadlari.

Bayzakova D.F. head teacher Jizzakh Polytechnic Institute Uzbekistan, Jizzakh

THE ROLE OF MACROECONOMIC INDICATORS IN ENSURING ECONOMIC GROWTH IN UZBEKISTAN

Annotation. This article describes the sustainable growth of the economy and macroeconomic indicators through the economic reforms being carried out in Uzbekistan. An analysis of the factors affecting economic growth, that is, the structure of the added shares and their contribution to the growth of GDP, was considered.

Keywords: economic growth, macroeconomic indicators, gross domestic product, employment, population income.

Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo'li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror n^lanis^ va iqtisodiy o'sishiga erishish hisoblanadi. Bunga uning o'sishiga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili, ya'ni qo'shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o'sishiga qo'shgan hissasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir

O'zbеkistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o'sishi ta'minlanmoqda, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlanmoqda, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o'rtasidagi mutanosiblik kuchaydi, bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirilmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e'tibor qaratildi:

- keng ko'lamdagi tizimli bozor isloqotlarini izchil amalga oshirish;

- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;

- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish;

- ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash;

- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta o'ylangan siyosatni amalga oshirish.

Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o'sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida ahamiyatga ega.

Bunga uning o'sishiga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili, ya'ni qo'shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o'sishiga qo'shgan hissasini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir

Jadvaldan ko'rinadiki, 2022 yildagi YaIMning tarkibida qo'shilgan ulushi jihatidan xizmat ko'rsatish soha'lari (41,5%), sanoat (26,7%), qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida (25,1%), qurilish (6,7%), tarmoqlari yetakchi o'rin tutmoqda. 9

1-jadval.

Yalpi ichki mahsulotning o'sishiga ta'sir ko'rsatgan omillar tahlili

Tarmoqlar Qo'shilgan ulushlar tarkibi, % YaIM ning o'sishiga qo'shgan hissasi, %

2021 yil 2022 yil 2021 yil 2022 yil

1. Yalpi ichki mahsulot 100 100 107,4 105,7

2 Sanoat 27,3 26,7 2,2 1,3

3 Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida 26,5 25,1 % 1.0 0,9 %

4 Qurilish 6,6 6,7 0,4 0,4

5 Xizmatlar: 39,6 41,5 3,5 3,2

Savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 6,8 7.0 0,8 0,6

Tashish va saqlash, axborot va aloqa 7,0 7,0 1,1 1,0

Boshqa xizmat tarmoqlari 25,8 27,5 1,6 1,6

6 Mahsulotlarga sof soliqlar 7 6,8 0,3 -0,1

Ana shu maqsadlarga yo'naltirilgan tarkibiy o'zgarishlar hamda modernizat-siyalash jarayonlari natijasida o'tgan yilda ham sanoat, qurilish, xizmatlar sohasi qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida o'sish sur'atlarini

9 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari.

ko'rishimiz mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atini an'anaviy xom ashyo tarmoqlari hisobidan emas, jahon bozoridagi qulay kon'yunktura va ayrim xom ashyo turlari hamda matеriallar narxining yuqoriligi hisobidan emas, balki birinchi navbatda raqobatga bardoshli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda zamonaviy xizmat ko'rsatish sohalarini jadal rivojlantirishni bеlgilab bеradigan jiddiy tarkibiy o'zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta'minlanishi mumkin.

1-jadval.

2018-2022 yillarda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot10

№ Yillar Aholi jon boshiga YAIM (joriy narxlarda, ming so'm) Aholi jon boshiga YAIMning o'sish sur'atlari (o'tgan yilga nisbatan % hisobida)

1 2018 12 945,7 103,7

2 2019 15 863,8 104,0

3 2020 17 688,5 100,1

4 2021 21 149,2 105,3

5 2022 24 919,7 103,5

Mamlakatimizda iqtisоdiy o'sishni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammоsini hal etish, ahоlining darоmadlari va farоvоnligini оshirishda tоbоra muhim o'rin tutadigan kichik biz^s va хususiy tadbirkоrlikni jadal rivоjlantirish, rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga alоhida e'tibоr qaratildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jo'rayev T., Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.: «Fan va texnologiya»nashr, 2018.

2. Bayzakova D. Iqtisodiyot nazariyasi. O'quv qo'llanma.-J.: JizPI, 2022.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari.

10 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.