Научная статья на тему 'MILLIY IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKASIYALASH SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

MILLIY IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKASIYALASH SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
747
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harakatlar strategiyasi / modernizasiyalash / diversifikasiyalash / tranzit / “sanoatlashtirish” / “innovasiya” / “iqtisodiyotni erkinlashtirish” / “iqtisodiyotni diversifikasiyalash” / “inson kapitali” / “milliy boylik” / “sanoatlashtirish” / “innovasiya” / “iqtisodiyotni erkinlashtirish” / “iqtisodiyotni diversifikasiyalash” / “inson kapitali” / “milliy boylik” / Strategy of action / modernization / diversification / transit / “industrialization” / “innovation” / “liberalization of the economy” / “diversification of the economy” / “human capital” / “national wealth” / “industrialization” / “innovation” / “liberalization of the economy” / “Diversification of the economy” / “human capital” / “national wealth”

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To‘xtaxo‘jayev, Ma’rifxon Abdurashid O‘g‘li

Jahon amaliyoti tahlili ko‘rsatishicha, milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o‘zgarishlar dasturini amalga oshirish orqali aksariyat rivojlangan mamlakatlar innovatsion omillarga asoslangan barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaganlar. Bu borada Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotni modernizasiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishgan hamda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRIORITIES OF POLICY FOR DIVERSIFICATION OF THE NATIONAL ECONOMY

The analysis of world practice shows that through the modernization of the national economy and the implementation of the program of structural changes, most developed countries have achieved sustainable economic growth based on innovation factors.. In this regard, Japan, Germany, the Republic of Korea and the People's Republic of China have achieved sustainable economic growth and profound structural changes in the economy through the implementation of economic modernization strategies.

Текст научной работы на тему «MILLIY IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKASIYALASH SIYOSATINING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MILLIY IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKASIYALASH SIYOSATINING

USTUVOR YO'NALISHLARI

To'xtaxo'jayev Ma'rifxon Abdurashid o'g'li

Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot yo'nalishi magistranti

Jahon amaliyoti tahlili ko 'rsatishicha, milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o 'zgarishlar dasturini amalga oshirish orqali aksariyat rivojlangan mamlakatlar innovatsion omillarga asoslangan barqaror iqtisodiy o 'sishni ta 'minlaganlar. Bu borada Yaponiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotni modernizasiyalash strategiyalarini amalga oshirish asosida barqaror iqtisodiy o'sish sur'atiga erishgan hamda iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o 'zgarishlarni amalga oshirgan.

Kalit so'zlar: Harakatlar strategiyasi, modernizasiyalash, diversifikasiyalash, tranzit, "sanoatlashtirish", "innovasiya", "iqtisodiyotni erkinlashtirish", "iqtisodiyotni diversifikasiyalash", "inson kapitali", "milliy boylik", "sanoatlashtirish", "innovasiya", "iqtisodiyotni erkinlashtirish", "iqtisodiyotni diversifikasiyalash", "inson kapitali", "milliy boylik"

The analysis of world practice shows that through the modernization of the national economy and the implementation of the program of structural changes, most developed countries have achieved sustainable economic growth based on innovation factors.. In this regard, Japan, Germany, the Republic of Korea and the People's Republic of China have achieved sustainable economic growth and profound structural changes in the economy through the implementation of economic modernization strategies.

Keywords: Strategy of action, modernization, diversification, transit, "industrialization ", "innovation ", "liberalization of the economy ", "diversification of the economy", "human capital", "national wealth", "industrialization", "innovation", "liberalization of the economy", "Diversification of the economy", "human capital", "national wealth"

Анализ мировой практики показывает, что за счет модернизации национальной экономики и реализации программы структурных преобразований большинство развитых стран добились устойчивого экономического роста, основанного на инновационных факторах.. В связи с

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

этим Япония, Германия, Республика Корея и Китайская Народная Республика добились устойчивого экономического роста и глубоких структурных изменений в экономике за счет реализации стратегий экономической модернизации.

Ключевые слова: стратегия действий, модернизация, диверсификация, транзит, "индустриализация", "инновации", "либерализация экономики", "диверсификация экономики", "человеческий капитал", "национальное богатство", "индустриализация", "инновации", "либерализация экономики", "диверсификация экономики", "человеческий капитал", "национальное богатство".

KIRISH

O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va uning tarkibini diversifikatsiyalash asosida innovatsion taraqqiyot yo'liga o'tish vazifalari hal etilmoqda. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishda modernizasiyalash loyihasi ishlab chiqilgandan so'ng, tarkibiga sanoat, investisiya va innovasiya siyosatlarini qamrab oluvchi strategiya tuziladi. Modernizasiyalashda bir tomondan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, sifat jihatdan takomillashtirish, pirovardida ishlab chiqarishni diversifikasiyalash nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan inson omilini taraqqiy ettirish masalasi turadi. Milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida "...davlatning innovasion yangilanish dasturini shakllantirish, innovasiya va investisiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o'ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O'zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizasiya qilish bo'yicha milliy g'oya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O'zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim." 1 Ushbu uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishishda milliy iqtisodiyotni modernizasiyalash va tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish yetakchi o'rin tutadi. 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida "tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiyalash va

1 Мирзиёев Ш.М. Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёвнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. - Тошкент: "Узбекистон", 2018. 48-б.

341

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

diversifikasiyalash hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish"2 ustuvor vazifa sifatida ta'kidlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning energiya, material va kapital sig'imkorligini yuqoriligi, zamonaviy texnologiyani o'zida mujassamlashtirmaganligi mahsulotlarning

raqobatbardoshligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiy adabiyotda "iqtisodiyotni modernizasiyalash" kategoriyasi "innovasiya", "diversifikasiya", "barqaror iqtisodiy o'sish", "o'tish iqtisodiyoti" kabi tushunchalar bilan uzviy bog'liqlikda tahlil qilingan. O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarida bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida modernizasiya nazariyalaridan deyarli foydalanilmagan va aksariyat hollarda "islohotlar" va "o'tish (tranzit) iqtisodiyoti" tushunchalari qo'llanilgan. Iqtisodiy islohotlar jarayonida birgina bozor institutlari samarali iqtisodiy rivojlanishni ta'minlab bera olmasligi ma'lum bo'ldi va iqtisodiy aylanmaga "modernizasiya", "tarkibiy o'zgarishlar", "milliy raqobatbardoshlik" tushunchalari kiritildi. Bunda modernizasiya aksariyat mamlakatlarda milliy dastur sifatida qabul qilina boshlandi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash mexanizmi "iqtisodiyotni modernizasiyalash" kategoriyasi "sanoatlashtirish", "innovatsiya", "iqtisodiyotni erkinlashtirish", "iqtisodiyotni diversifikasiyalash", "inson kapitali", "milliy boylik" kabi qator tushunchalar bilan uzviy birlikda o'rganildi. Natijada ushbu tushunchalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasining tavsifini to'liqroq ochib beradi va iqtisodiyotni modernizasiyalashning iqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashga yordam beradi Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun real sektor tarmoqlarini modernizasiyalash va diversifikasiyalash zarur. Bunda iqtisodiyotni modernizasiyalash diversifikasiyalash jarayonlari bilan parallel ravishda kechadi va o'zaro uzviy bog'liqlikda amal qilib, pirovardida innovasion taraqqiyotni ta'minlaydi. Innovasion taraqqiyot yuqori texnologiyani mujassamlashtirgan qo'shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarib, eksport hajmini ortishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlab, milliy boylikni ko'paytirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi ta'minlanadi. Iqtisodiy adabiyotda iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasiga turlicha iqtisodiy qarashlar berilgan. V. Gelman iqtisodiyotni modernizasiyalash deganda, dastlab, iqtisodiy o'sish, turmush darajasini oshirish va inson kapitalini rivojlantirishga

2 Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3HgeHTHHHHr 2017 hhïï 7 ^eBpaigara "Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHH aHaga pHBO^^aHTHpnm 6ynHHa X,apaKaraap CipaTernacH TyrpHCHga"rH n®-4947-coH OapMOHH // Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH KpHyH xy^^araapn Tyn^aMH, 2017 h. 6-coh

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini 3 tushunadi.Ushbu ta'rifning kamchiligi shundaki, chora-tadbirlar majmuasining o'zi bilangina modernizasiyalash ro'y bermaydi, ular to'g'ri amalga oshirilishi zarur. Ye. Yasin fikricha ko'ra, iqtisodiy modernizasiya "...barqaror rivojlanish va rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin egallashni ta'minlash uchun davlat va undagi yetakchi tarmoqlarning jahondagi raqobatbardoshligiga erishishdir4 ." Ushbu ta'rif modernizasiyaning mohiyatini to'laroq ochib beradi, modernizasiyalash orqali barqaror rivojlanishga erishish mumkin, lekin modernizasiyalash jarayonida iqtisodiyotning real tarmoqlarida, jumladan sanoatda iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqori bo'ladi. V. Krasil^ikov tomonidan iqtisodiyotni modernizasiyalash kategoriyasiga to'laroq ta'rif berilgan. Uning fikriga ko'ra, "Umumiy ma'noda modernizasiya XX asrning ikkinchi yarmida Avstraliya va Yangi Zelandiya, G'arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning yetakchi davlatlaridagi turmush darajasi va jamiyatning taraqqiyot darajasiga yetkazishga yo'naltirilgan ijtimoiy va texnologik o'zgarishlar yig'indisidir5." Mazkur ta'rifda modernizasiya dasturi amalga oshiriladigan davlatning spesifik xususiyatlari nazardan chetda qoldirilgan. Ayrim mamlakatning tajribasini ko'r-ko'rona mexanik ko'chirib olish, kutilgan natijani bermaydi. Ayrim iqtisodchilar fikriga ko'ra, iqtisodiy modernizasiyaning konseptual g'oyasi "iqtisodiy, texnologik va institusional jihatdan ortda qolishni tan olish va uni yangi rivojlanish bosqichiga olib o'tish zaruriyati"6dan iborat. Ushbu ta'rifdagi ortda qolish tushunchasiga aniqlik kiritish zarur. Iqtisodiyotni modernizasiyalashni iqtisodiy kategoriyasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Iqtisodiyotni modernizasiyalash ishlab chiqarish omillarini takomillashtirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat uzluksiz jarayondir. Jahon amaliyotida iqtisodiyotni modernizasiyalashga xos bo'lgan xususiyatlarni umumlashtirgan holda quyidagicha guruhlashimiz mumkin: Birinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash mamlakatning geosiyosiy va strategik maqsadlaridan kelib chiqqan holda muayyan milliy model asosida amalga oshadi. Ikkinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash bosqichi ma'lum muddat ichida amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash loyihasini amalga oshirish muddatlari 10 yildan 30 yilgacha davom etib, jahonning rivojlangan mamlakatlarida XX asrning ikkinchi

3 Гельман В. Авторитарная модернизация: каковы ее перспективы в России [Электронный ресурс] / В. Гельман. — 2008. http //: www.eu.spb.ru

4 Ясин Е.Г. Модернизация и общество [Текст]: докл. к VIII Междунар. науч. конф. Модернизация экономики и общественное развитие./ Е.Г. Ясин; М.: ГУ ВШЭ, 2007. С 6.

5 Красильщиков В.А. Модернизация: зарубежный опыт и уроки для России // Модернизация России: условия, предпосылки, шансы. Сборник статей и материалов. Выпуск 1 / под ред. В.Л. Иноземцева. — М.:, 2009 . С 85.

6 Модернизация Российской экономики: структурный потенциал Колл. авторов / -М.: ИМЭМО-РАН, 2010. -С.5

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yarmi va oxirgi choragida amalga oshirilgan modernizasiyalash tajribalari diqqatga molik. Uchinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalash siyosati o'zining harakatlantiruvchi kuchlariga ega (investisiya va ishchi kuchi). Milliy iqtisodiyotda investisiyalarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi, investisiya normasi 25-35 foiz oralig'ida bo'lishi tarkibiy o'zgartirishlarni jadal amalga oshirish va iqtisodiyotni modernizasiya qilishni ta'minlaydi. To'rtinchidan, iqtisodiyotni modernizasiyalashda makroiqtisodiy ko'rsatkichlar barqaror o'sish sur'atlariga ega bo'ladi. O'zbekistonda 2005-2017 yillarda YAIMning o'rtacha yillik o'sishi 7 foizdan yuqori bo'lgan va bu o'sish sur'ati aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromadning mos ravishda ortib borishini ta'minladi. YAIMning tarmoq tarkibi va YAIMning o'sishiga alohida iqtisodiyot tarmoqlarining qo'shgan ulushi dinamikasidan ko'rinadiki, iqtisodiyotni modernizasiyalashning milliy xususiyati industrlashtirishdan boshlanadi. Ma'lumotlaridan ko'rinadiki, 2000-2017 yillarda tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati 2,3 foizli punktga o'sgan bo'lsa, sanoatning ulushi mos ravishda 9,9 foizli punktga ortib, qishloq xo'jaligining qo'shilgan qiymati 12,9 foizli punktga kamaygan. Tahlil qilinayotgan davrda qishloq xo'jaligidagi o'sish sur'atlariga nisbatan sanoatning o'sish sur'atlari jadal bo'lgani uchun YAIM tarkibida sanoat tarmog'i ulushi ortgan holda, qishloq xo'jaligi tarmog'i hissasi nisbatan pasaygan. Barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishish uchun iqtisodiyotni modernizasiyalash konsepsiyasini samarali amalga oshirishda quyidagi ikkita yo'nalishdan biriga yondashiladi:

1. Modernizasiyalashning institusional asoslarini takomillashtirib borish orqali milliy iqtisodiyotdagi barqaror o'sish sur'atlariga erishiladi.

2. Milliy iqtisodiyotdagi o'sish sur'atlari modernizasiyalashga xizmat qiluvchi institusional infratuzilmani rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda, 2017-2021 yillarda O'zbekistonda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investisiya loyihasini ko'zda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro'yobga chiqarish rejalashtirilganligi natijasida keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning YAIMdagi ulushi 33,5 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog'i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning Oliy Majlisga murojaatnomasi. - Toshkent: "O'zbekiston", 2018. 48-b.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentinmg 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Наткав Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Faгmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami, 2017 у. 6-son

3. Гелман В. Авторитарная модернизасия: каковы ее перспективы в России [Электронный ресурс] / В. Гелман. — 2008. хттп //: www.eu.spb.ru

4. Ясин Е.Г. Модернизасия и общество [Текст]: докл. к ВИИИ Междунар. науч. конф. Модернизасия экономики и общественное развитие./ Е.Г. Ясин; М.: ГУ ВШЕ, 2007. С 6.

5. Красилщиков В.А. Модернизасия: зарубежный опыт и уроки для России // Модернизасия России: условия, предпосылки, шансы. Сборник статей и материалов. Выпуск 1 / под ред. В.Л. Иноземсева. — М.:, 2009 . С 85.

6. Модернизасия Российской экономики: структурный потенсиал Колл. авторов / -М.: ИМЕМО-РАН, 2010. -С.5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.