Научная статья на тему 'YALPI ICHKI MAHSULOT TUZULMASI HAMDA OʼZGARISH QONUNIYATLARI'

YALPI ICHKI MAHSULOT TUZULMASI HAMDA OʼZGARISH QONUNIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
297
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
YALPI ICHKI MAHSULOT / IQTISODIY RIVOJLANISH / MIKROIQTISODIY OʼSISH / XALQARO VALYUTA JAMGʼARMASI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Raxmatullayeva F.A.

Ushbu maqolada yalpi ichki mahsulot tuzulmasi hamda oʼzgarish qonuniyatlari xaqida soʼz boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROSS DOMESTIC PRODUCT STRUCTURE AND CHANGES

This article deals with the structure of the gross domestic product and the laws of change

Текст научной работы на тему «YALPI ICHKI MAHSULOT TUZULMASI HAMDA OʼZGARISH QONUNIYATLARI»

Raxmatullayeva F.A.

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod va qurilish fakulteti "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedrasi asissenti

YALPI ICHKI MAHSULOT TUZULMASI HAMDA O'ZGARISH

QONUNIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada yalpi ichki mahsulot tuzulmasi hamda o'zgarish qonuniyatlari xaqida so'z boradi

Kalit so'zlar: yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy rivojlanish, mikroiqtisodiy o'sish, xalqaro valyuta jamg'armasi.

Rakhmatullayeva F.A.

assistant

Department of "Socio-Economic Sciences" Faculty of Economics and Construction Andijan Institute of Economics and Construction

GROSS DOMESTIC PRODUCT STRUCTURE AND CHANGES

Abstract. This article deals with the structure of the gross domestic product and the laws of change

Key words: gross domestic product, economic development, microeconomic growth, international monetary fund.

Mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishi ko'p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro'y bermaydi.

Shundan ayonki, har qanday jamiyatda o'sib bora yotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o'sish yuz berishi kerak.Iqtisodiy o'sish, deganda iqtisodiy ravnaq, ya'ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo'lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko'payib borishini bildiradi. Ammo iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo'yicha ro'y bermaydi.

Iqtisodiy o'sishni ikki darajada olib qarash mumkin. Mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy o'sish. Mikroiqtisodiy o'sish firma, korxona va tarmoq miqYosidagi rivojlanishni aks ettiradi va ularda o'sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi.

Makroiqtisodiy o'sish milliy iqtisodiyot, ya'ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YaMM) ko'payishini bildiradi. YaMM hajmi iqtisodiy o'sishning umumlashgan pulda ifodalangan ko'rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, iqtisodiy

rivojlanish o'z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o'zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.

Birinchi usulda xarajatlar jamlanadi, ya'ni barcha iste'molchilarning tovar va xizmatlarni sotib olishga sarflangan puli jamlanadi. Ikkinchi usulda daromadlar - tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul daromadlari jamlanadi. Iqtisodiy o'sish esa, YaMMning real hajmi bilan o'lchanadi. Gap shundaki, uning qiymat - pul shakli narxlarga bog'liq. YaMMning moddiy hajmi o'smasada, inflyatsiya ta'sirida narx oshsa, uning qiymat-pul miqdori ortib ketadi. Iqtisodiy o'sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil suratlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o'sish suratlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo'lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o'sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo'ladi. 2022 yilning yanvart-mart oylarida O'zbekiston YalM 5,8 foizga oshib, 162,8 trln. so'mni tashkil etgan.

Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda YalM hajmi 734,6 trillion so'mni tashkil etdi va o'sish 7,4 foiz bo'ldi. 2020 yil bu ko'rsatkich 580,2 trillion so'mni tashkil qilgan edi.

Aholi jon boshiga hisoblangan YalMning hajmi 21 million so'mga yetdi. Bu esa 2020 yilgiga qaraganda 5,3 foziga ko'proqdir. Shuni qayd etib o'tish kerakki, Jahon banki 2021 yilda O'zbekiston iqtisodiyoti 4,3 foizga o'sishini prognoz qilgan edi.

Ya'ni, pandemiya oqibatida yuzaga kelgan turg'unlik sharoitida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda o'sish davom etmoqda. 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi oqibatlari sababli kuzatilgan 2 foizlik iqtisodiy pasayish ortidan 2021 yilda mo''tadil o'sish prognoz qilingan edi [1]. Davlat statistika qo'mitasi joriy yil birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga oshganini ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning yanvart-mart oylarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YalM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trln. so'mni tashkil etdi. 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o'sdi.2022 yilning yanvart-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 4 mln 604,6 ming so'm (420 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o'sdi.

2021 yilda dunyo bo'yicha ayrim mamlakatlarning iqtisodiyotlarida tiklanish jarayoni boshlangan bo'lsa, ba'zi davlatlar pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan hali ham chiqib keta olganlari yo'q. Global miqyosda davom etayotgan pandemiya hamda iqtisodiy vaziyat bilan bog'liq mavhumliklar saqlanib qolayotgan shunday sharoitida, O'zbekiston iqtisodiyoti o'z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida 7,4 foiz o'sishni qayd etib, jadal ravishda tiklanishda davom etdi.

Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti 2020 yilda 2,2 foizga sekinlashgandan so'ng, 2021 yilda, Jahon bankiga ko'ra 8,0 foizga va Xalqaro valyuta jamg'armasiga 8,1 foizga o'sgan. Bundan tashqari, Jahon bankiga ko'ra, 2021

yilda Qozog'iston iqtisodiyoti 3,5 foizga va Turkiya iqtisodiyoti 9,5 foizga o'sganligi qayd etilgan. 2021 yilda YalMning nominal hajmi 734,6 trln. so'mni yoki 69,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Bunda, qishloq ho'jaligi YalMning 25,0 foizini yoki 183,5 trln. so'mni, xizmatlar 35,7 foizini yoki 262,5 trln. so'mni, sanoat 25,8 foizini yoki 189,6 trln. so'mni, qurilish 6,2 foizini yoki 45,8 trln. so'mni va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini yoki 53,2 trln. so'mni tashkil etdi.

Shuningdek, 2021 yilda YaIM tarkibida sanoatning ulushi 0,4 foizga ko'paygan. Bungacha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababali sanoatning ulushi 25,7 foizdan 25,4 foizgacha kamaygan edi. Bundan tashqari, yalpi qo'shilgan qiymat 2021 yilda 7,5 foizga ko'payib, 681,4 trln. so'mni tashkil qildi. 2020 yilda yalpi qo'shilgan qiymatning o'sishi 1,9 foizgacha sekinlshgan va 557,8 trln. so'mnga teng bo'lgan.

2021 yilda jon boshiga YaIM dollar ekvivalentida 13,4 foizga ko'payib, 1983 dollarni (21,0 mln. so'm) tashkil etdi. Jon boshiga aho li daromadlari 15,4 foizga o'sib, 1392 dollarga (14,8 mln. so'm) yetdi. Yillik o'rtacha ish haqi 14,0 foizga oshib, 3629 dollarga (38,5 mln. so'm) teng bo'ldi. 2020 yilda jon boshiga YaIM va aholi daromadlari dollar ekvivalentida mos ravishda 1,9 va 2,1 foizga kamaygan bo'lsa, yillik o'rtacha ish haqi faqatgina 0,9 foizga o'sgan [2].

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilning yanvarb-mart oylarida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 110 517,8 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2019 yilning yanvarb-marti1 bilan taqqoslaganda 4,1 % ga o'sdi. YaIM deflyator indeksi 2019 yil yanvarb-martdagi narxlarga nisbatan 114,1 % ni tashkil etdi [3].

2019 yilning yanvarbmart oylarida 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda YaIM tarkibida qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi ulushining 14,4% gacha pasayishi (2018 yilning yanvarb-martida - 16,3 %) va sanoat tarmog'i ulushining 34,5% gacha oshishi (2018 yilning yanvarb-martida - 30,9%) bilan bog'liq sezilarli o'zgarishlar kuzatilgan. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi YaIM umumiy hajmining 90,4 % ini tashkil etdi va 4,0 % ga o'sdi (YaIM mutlaq o'sishiga ta'siri 3,6 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YaIM tarkibidagi ulushi 9,6 % ni tashkil etdi va 4,2 % darajasida o'sish qayd etildi (YaIM mutlaq o'sishiga ta'siri 0,5 f.p.). 2020 yil yanvarb-mart oylari yakunlariga ko'ra, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida 3,9 % darajasida ijobiy o'sish qayd etildi. Mazkur tarmoqning YaIM mutlaq o'sish sur'atiga ta'siri 0,5 f.p.ni tashkil etdi. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida ijobiy o'sish sur'atlari dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 6,4 % ga va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,6 % ga o'sishi bilan bog'liq. Jaxon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining 2022 yil yanvarda e'lon qilingan hisobotlarida 2022-2023 yillar uchun prognozlar va global iqtisodiy holat bo'yicha xatarlar qayd etilgan. Ushbu tashkilotlarning prognozlari orasida sezilarli farqlar mavjud emas. Xusuan, Jaxon bankining hisobotiga ko'ra, 2022 yil uchun rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti 3,8 foizga,

rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti 4,6 foizga va Markaziy Osiyo davlatalari iqtisodiyotlari 4,3 foizga o'sishi kutilmoqda. Jumladan, O'zbekiston iqtisodiyoti 2022 yilda 5,6 foizga va 2023 yilda 5,8 foizga o'sishi kutilmoqda. Shuningdek, Jaxon banki kutilmalariga ko'ra, O'zbekistonda iqtisodiy o'sish darajasi koronovirus pandemiyasi qarshi davlat tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy choralar natijasida barqaror holatda qolishi kutilmoqda. Bundan tashqari, O'zbekistonning barqaror iqtisodiy o'sishi asosiy iqtisodiy hamkor davlatlarning maroiqtisodiy holatiga bog'liq.

Xususan, Jaxon bankining hisobotiga ko'ra, Rossiyada ichki talabining kamayishi sababli 2022 yil uchun o'sish darajasi 2,4 foiz bo'lsa, 2023 yilga kelib esa 1,8 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda. Bunda, 2021 yilda Rossiyaga qarshi AQSh tomonidan qo'llanilgan qo'shimcha sanktsiyalar, aholi orasidagi emlanish darajasining pastligi va geosiyosiy vaziyatning beqarorligi asosiy omillar sifatida qayd etilgan. Shuningdek, kutilmalarga ko'ra Qozog'istonning iqtisodiy o'sish darajasi 2022 yilda 2,0 foizga, 2023 yilda 3,0 foizga yetishi kutilmoqda. Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining 2022 yil yanvardagi hisobotlariga ko'ra, koronavirusning yangi shtammlarining tarqalishi lokdaun va karantin choralarining qat'iylashtirilishi va makroiqtisodiy prognozlarga salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Shuningdek, global ta'minot zanjirining sust tiklanishi va inflyatsion bosimlarning ortish xatari ham qayd etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https: //review.uz/oz/post/2021-yil-evropa-va-markaziy-osiyo-mintaqasidagi-rivojlanayotgan-iqtisodiyotlarning-36-foizga-osishi-kutilmoqda

2. https: //mf.uz/m

3. Манба: https: //stat.uz/u

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.