Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA TURIZMNI YALPI ICHKI MAHSULOTGA TA‘SIRI'

O’ZBEKISTONDA TURIZMNI YALPI ICHKI MAHSULOTGA TA‘SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
503
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TURIZM / YAIM / O’ZBEKTURIZM / XUSUSIY SAYYOHLIK UYUSHMALARI / YALPI ICHKI MAHSULOT / IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH / TURIZM TA’SIRI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po'Latov X.O., Mamadiyorov M.J.

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasi tarixiy turizm zona hisoblanib va shu sababli turizm sohasi jadallik bilan rivojlanayotganligi, dunyoning turfa joylaridan yurtimizdagi aynan qaysi bir turizm nuqtalariga kelayotganligi, bu borada qanday qarorlar qabul qilinayotganligi, turistlar tashrif buyurishi ortishining mamlakatimiz iqtisodiy ahvoliga ta’siri va bu ma’lumotlarni statistik raqamlarda ifodalanishi haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPACT OF TOURISM ON GROSS DOMESTIC PRODUCT IN UZBEKISTAN

In this article, the Republic of Uzbekistan is considered a historical tourism zone, and therefore the tourism sector is developing rapidly, which tourist destinations in our country are coming from all over the world, what decisions are being made in this regard, the impact of the increase in the number of tourists on the economic situation of our country and this about expressing data in statistical numbers.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA TURIZMNI YALPI ICHKI MAHSULOTGA TA‘SIRI»

Po'latov X.O.

Katta o'qituvchisi SamISI Mamadiyorov M.J.

talabasi SamISI

O'ZBEKISTONDA TURIZMNI YALPI ICHKI MAHSULOTGA TA'SIRI

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi tarixiy turizm zona hisoblanib va shu sababli turizm sohasi jadallik bilan rivojlanayotganligi, dunyoning turfa joylaridan yurtimizdagi aynan qaysi bir turizm nuqtalariga kelayotganligi, bu borada qanday qarorlar qabul qilinayotganligi, turistlar tashrif buyurishi ortishining mamlakatimiz iqtisodiy ahvoliga ta'siri va bu ma'lumotlarni statistik raqamlarda ifodalanishi haqida.

Kalit so'zlar: Turizm, YaIM, O'zbekturizm, xususiy sayyohlik uyushmalari, yalpi ichki mahsulot, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, turizm ta'siri.

Polatov H.O. senior teacher SamISI Mamadiyorov M.J.

student SamISI

IMPACT OF TOURISM ON GROSS DOMESTIC PRODUCT IN

UZBEKISTAN

Abstract: In this article, the Republic of Uzbekistan is considered a historical tourism zone, and therefore the tourism sector is developing rapidly, which tourist destinations in our country are coming from all over the world, what decisions are being made in this regard, the impact of the increase in the number of tourists on the economic situation of our country and this about expressing data in statistical numbers.

Key words: Tourism, GDP, Uzbek tourism, private tourism associations, gross domestic product, socio-economic development, impact of tourism.

Kirish. Mamlakatimiz keskin sur'atlarda turizm markaziga aylanib bormoqda, bunga yaqqol misolki, yurtimizda oxirgi yigirma yillikda tusistlar qatnovi jadallashgan, va bu tashqi va ichki turizmni rivojlantirish borasida qator, sayyohlar va xususiy sayyohlik uyushmalari uchun qabul qilinayotgan yengillik yaratuvchi islohatlardir. Jumladan, chet eldan tashrif buyurayotgan sayyohlar va ichki sayyohat qiluvchi yurtdoshlarimizni joylarda yashash qolish va

ovqatlanishini taminlash va bu tufayki kichik biznesni yo'lga qo'yish orqali ishsiz fuqorolarimizni ish bilan taminlanishi bilan iqtisodimizga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Chet el fuqorolarini turizm maqsadida yurtimizga kirib kelishi, ular orqali pul mablag'lar kirib kelishi demakdir. Bu esa yalpi ichki mahsulotimiz o'sishiga o'z hissasini qo'shadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Turizm bugungi kunda tez rivojlanayotgan va daromadi bo'yicha yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda turizm jahon eksportida o'zining ulkan hissasiga ega bo'ldi va butunjahon yalpi ichki mahsulotining 11%ini tashkil qilayotganligi to'g'ris ida aytadiBekturdiyev J.K. Yana shuningdek tadqiqotchi Z.M Muxammedovning takidlashicha, O'zbekistonda turizmdan keladigan daromadning yalpi ichki mahsulotdagi ulishi loaqal 5% ga yetkazilsa, aholi jon boshiga YaIM hajmi esa 392.1 ming so'mga oshadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Tadqiqot turizm sohasining YaIM ga qo'shayotgan hissasi, yangi turizm zonalarini shakllantirish va bu sohani yanada rivojlantish bosqichlari.

Tahlil va natijalar: Butunjahon sayohat va turizm kengashi ma'lumotlariga ko'ra turizmning jahon YaIM dagi ulushi 10.3% ni, yillik o'sish sur'ati 3.5%ni tashkil etdi. Ushbu sohadagi o'sish sur'ati ketma-ket to'qqiz yildan buyon jahon YaIM o'sish sur'atidan yuqori bo'lmoqda. Shuningdek yurtimiz ham turizm sohasida yuqori o'rinlarni tutmoqda, ko'plab xalqoro nashrlar fikriga ko'ra, mamlakatimiz 2020-yilda eng jozibador sayyohlik joylaridan biriga aylandi. Va yana Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi bu yil tashrif buyurish lozim bo'lgan shaharlar ro'yxatida Toshkent shahrimiz ham aytib o'tilgan.

2019-yilning yakuniga ko'ra, O'zbekistonga 6.748 million kishi tashrif buyurgan bo'lib, bu 2018-yil statistikasidan 125% ga ya'ni 5,346 million kishiga ko'pdir. Shu bilan birga turizm xizmatlarining eksporti 1,313 milliard dollar tashkil etgan, 2018- yilda esa bu 1,041 milliard dollarga tel bo'lgan. Hammaga ma'lumki kiyingi 2020-2021 yillarda avj olgan koronovirus pandemiyasi turizm sohasiga katta salbiy ta'sir o'tkazdi. Shu tufayli bu yillarda turizmni YaIM dagi ulushi pasaydi. Biroq 2022-yil dastlabki sakkiz oyida O'zbekistonga 3 mln chet el fuqorolari tashrif buyurdi. Va sayyohlarning kelish maqsadini o'rganadigan bo'lsak.

1-jadval

Tashrif buyurgan chet el fuqorolarining maqsadi. _

Qarindoshlar ini ko'rish uchun Dam olish uchun Davolanish uchun Xizmat yuzasidan Tijorat uchun O'qish maqsadida

2.2 mln. kishi 169,8 ming kishi 44,4 ming kishi 38,8 ming kishi 9,1 ming kishi 2.4 ming kishi

Yana bir statistikani keltirib o'tsam, ya'ni shu davr ichida tashrif buyurganlar aynan qaysi bir davlatlardan kelishmoqda.

1-jadval

Davlatlar kesimida tashrif buyurgan chet el fuqorolarining maqsadi.

Davlatlar kesimida

№ Davlatlar Soni (kishi).

1. Qozog'siston 716.7 ming

2. Qirg'iziston 675,1 ming

3. Tojikiston 637 ming

4. Rossiya 247,2 ming

5. Germaniya 8,0 ming

6. AQSh 6,3 ming

7. Fransiya 5,2 ming

В. Buyuk Britaniya 4,7 ming

9. Ispaniya 2,5 ming

YaIM mahsulot hajmi esa umumiy olganda shu qisqa davrda, 2022- yil yanvar-sentabr oylari oralig'ida 5,8% ga oshdi ya'ni 627,5 trln so'mni tashkil etdi. Bu esa aholi jon boshiga 17,7 mln so'm (1603$) ni tashlik etdi, 2021 -yilning mos davri bilan solishtirganda 3,6 % foizga oshganini ko'rish mumkin. Bu o'zgarishlarga turizm sohasi ham o'z hissasini qo'shmoqda.

O'zbekiston qadimiy qadamjolarga boy shahar hisoblanganligi tufayli aksariyat tashrif buyuruvchi turistlar tarixga nazar tashlash maqsadida kelishyabdi. Yurtimizda bunday maskanlar 2 mingdan ziyodni tashkil qiladi.

Toshkent Sirdaryo Qoraqalpog'i.. Surxandaryo Navoiy Andijon Namangan jizzax Xorazm Farg'ona Qashqadaryo Toshkent sh. Buxoro Samarqand

0 100 200 300 400 500 600

1-diagramma. Respublikadagi tarixiy yodgorliklar soni (hududlar kesimida).

O'z-o'zidan 1-diagrammada ko'rinadiki qadimiy daqamjolar ko'p bolgan viloyatlarimizda sahhoylar ko'p tashrif buyuradi. Va shu viloyatlarda turizmni YaIM ga qo'shadigan hissasi balandroq.

Xulosa va takliflar: Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki mamlakat YaIM hajmi tarkibida turizm sohasining sezilarli o'rni bor, demakki biz turizm sohasiga keng etibor qaratish orqali mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsata olamiz.

Yurtimiz hozirgi turizm bozorida yaxshi o'rinni egallab turibdi, va shu tufayli sayyohlar oqimi doimiy mavjud. Asosan tarixiy maskanlarimiz ko'pligi ularni jalb etmoqda.

Biroq bu borada yanada yuqoriroqda turish uchun, faqatgina tarixiy maskanlar bilan sayyohlar jalb qilishda cheklanib qolmasdan, yangi texnalogiya asri odamlari uchun ham yetarlicha takliflarni bera olishimiz kerak. Ya'ni yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlarning ko'pchiligi yoshi kattalar, jumladan 40 va undan yuqori yoshdagi insonlarni tashkil qilmoqda. Shu sababdan biz yosh sayyohlar uchun "Ko'ngil ochar" zonalarni ham shakllantirish orqali turistlar oqimini yanada ko'paytirishimiz mumkin.

Yuqorida faktlar asosida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra O'zbekistonga chet el fuqorolarini qatnovi asosan yaqin qo'shni davlatlardan, markaziy Osiyodan kelishmoqda. Yevropa mamlakatlaridan keladiganlar soni bir muncha past. Demakki bu borada qayta tadbirlar o'tkazib Yevropa fuqorolariga ham qadimiy qadamjolarimiz haqida qiziqish uyg'otishimiz lozim. Buning uchun qadamjolarimiz aks etgan

- sifatli vedioroliklar;

- maqolalar;

- kinofilmlar va seriallar; kabi keng va tez ommalashuvchi vositalardan foydalanishimiz kerak. Va, albatta tashrif buyuruvchi turistlarga qulaylik yaratish uchun ko'pgina yangi loyihalarni amalga oshirishirmoq foydali bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ширинов, У. А. (2021). AUDITORY ANALYSIS OF COMMUNICATION ENTERPRISES SEGMENTS. Экономика и социум, (7), 550-553.

2. Ширинов, У. А. (2021). CONCEPTUAL ISSUES OF SEGMENTARY AUDIT IN COMMUNICATION ENTERPRISES. Экономика и социум, (7), 554-558.

3. ШИРИНОВ, У., & НАРЗУЛЛАЕВ, Н. МОЛИЯВИЙ МАЖБУРИЯТЛАР АУДИТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 810-813.

4. ШИРИНОВ, У. МОБИЛ АЛО^А ХИЗМАТЛАРИДАН ОЛИНАДИГАН ДАРОМАДЛАР Х,ИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 800-803.

5. Ширинов, У. Почта хизматларининг х,исоб ва аудит объекти сифатидаги таснифий асослари. Экономика, 804-809.

6. Ширинов, У., & Нарзуллаев, Н. Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика, 814-817.

7. Хусанов, М. (2021). Махсус саволлар буйича утказиладиган аудиторлик текширувларининг ташкилий ва методологик асослари. Общество и инновации, 2(4/S), 564-571.

8. Хусанов, М. (2021). THE NEED FOR A SPECIAL QUESTION-LIKED AUDIT. Экономика и социум, (5-2), 539-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.