Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inflyatsiya / byudjet taqchilligini / yalpi ichki mahsulot / iqtisodiy o'sish / real daromad / moliyaviy barqarorliк.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nodira Djumabayeva

Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o‘sish haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi -cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi.Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING USTUVOR

YO'NALISHLARI

Nodira Djumabayeva

Assistant-o'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston yuldashevna1310@gmail.com, ORCID ID: 0009-0005-2785-0683 https://doi.org/10.5281/zenodo.13325977 Annotatsiya: Iqtisodiy o'sish to'liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko'payishi tendensiyasini anglatadi. Iqtisodiy o'sish haqiqiy va potensial YalM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o'sish muammosini o'rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o'sish omillari va ular samaradorligini o'rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. Iqtisodiy o'sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o'sishi, shuningdek, jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlarning o'sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o'sish ikki xil usul bilan o'lchanadi. Birinchi usulda iqtisodiy o'sish real YalM ni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniqlash uchun ishlatiladi. Har bir mamlakat iqtisodiy o'sishga intiladi, chunki iqtisodiy o'sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangiyangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo'lishiga, to'rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro'sining oshishiga olib keladi.

Kalit so'zlar: inflyatsiya, byudjet taqchilligini, yalpi ichki mahsulot, iqtisodiy o'sish, real daromad, moliyaviy barqarorliK.

KIRISH

Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda

rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o'tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.

Shuningdek, inson huquqlarini ta'minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rildi.

Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.

So'nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O'zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslari yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi» PF-60-son Farmoni tasdiqlandi. Mazkur Staretegiya 100 ta

maqsaddan iborat bo'lib, uning 21-maqsadi "Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni-1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun zamin yaratish" deb nomlanib, uning ustuvor yo'nalishlari sifatida quyidagilar belgilab o'tilgan.

Birinchidan, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va yillik inflyatsiya darajasini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish;

Ikkinchidan, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023 yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta'minlash;

Uchinchidan, har bir tuman byudjetining kamida 5 foizini «Fuqarolar byudjeti» dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish;

To'rtinchidan, davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta'minlash.

Mamlakatimizda mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tilgandan buyon ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni tubdan isloh qilish, iqtisodiyotda uzoq yillar hukm surgan sobiq ma'muriy-buyruqbozlik tizimining salbiy oqibatlarini, u keltirib chiqargan tizimli muammolarni hal etish, bu orqali barqaror, samarali va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish yo'lidan borilmoqda. Chunki, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlamasdan turib pirovard maqsadimiz-xalqimizning yuksak turmush farovonligini, avlodlarning baxtli kelajagini ta'minlab bo'lmaydi.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

Iqtisodiy adabiyotlarda YalM iqtisodiy kategoriya sifatida chuqur tahlil etilib, uning xarakterli belgilari va xususiyatlarini ochib beruvi ilmiy xulosalar berilgan. Xususan, P. Samuelbsonning ta'kidlashicha: "YaIM -mamlakat miqyosida tovarlar va xizmatlar yalpi ishlab chiqarish hajmini nisbatan to'la aks ettiradi. U joriy yilda mamlakat miqyosidagi iste'mol, yalpi investitsiya, davlat xaridlari va sof eksportlarning qiymat hisobidagi summasiga teng". Rossiyalik olimlardan S.S.Nosova "YaIM - bu ishlab chiqarish omillarining milliy iqtisodiyotga tegishli bo'lishidan qat'iy nazar bir yil mobaynida mamlakat hududida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan, iste'mol, eksport va jamg'arishga mo'ljallangan hamma oxirgi tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir" deb ta'rif beradi. V.V. Zolotachuk YalMni iqtisodiyotda tovar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog'laydi va "YaIM ma'lum vaqt oralig'ida iqtisodiyotda yaratilgan hamma qo'shilgan qiymatlarni yig'indisi sifatida hisoblanadi va bozor narxlaridagi barcha mahsulotlar va oraliq mahsulot o'rtasidagi farqqa teng" deb ta'riflaydi.

O'zbekistonlik olimlardan, iqtisod fanlari doktori A. Mamatov "YaIM - bu ma'lum vaqt oralig'ida (asosan bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulotlar va xizmatlarni bozor bahosidagi qiymatlari yig'indisiga teng" deb ta'rif beradi va uni ilmiy abstraktsiya metodologiyasi bo'yicha alohida qismlarga bo'lib tahlil qiladi. Mamlakatimizni yetakchi olimlaridan A. O'lmasov va A. Vaxobovlar YaIM to'g'risida quyidagi fikrni bildiradilar: "YaIM deganda ma'lum davr mobaynida mamlakat ichida pirovard natijada yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor qiymati tushuniladi. YaIM bu oraliq, ya'ni qayta ishlanadigan mahsulot emas, balki iste'molga tayyor bo'lganidan bozorda sotiladigan mahsulotdir. Uning bozorda sotilgan narxi bozor qiymati bo'ladi. YalMga muayyan davrda, masalan bir yilda yangidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar qiymati kiritiladi. Ammo ilgari yaratilgan, keyinchalik sotilgan mahsulotlar qiymati kirmaydi. YalMga shu mamlakatning hududida yaratilgan barcha mahsulot va xizmatlar kiradi. Shu mamlakat vakillari boshqa yerda, yani xorijda yaratgan tovar va xizmatlari uning YaIMiga kirmaydi, aksincha boshqa mamlakatning YalMini tashkil etadi". Professor N.To'xliyevning fikriga ko'ra "YaIM- bu mamlakat rezidentlari tomonidan ma'lum davr mobaynida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxidagi umumiy qiymatidir.

U mamlakat hududida ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatining o'lchovi bo'lib xizmat qiladi. Bu ko'rsatkich oraliq iste'mol xarajatlarini o'z ichiga olmaydi. YaIM hajmi ko'plab omillarning ta'siri natijasida shakllanadi . Bizning fikrimizcha, YaIM - bu ishlab chiqarish omillarining milliy iqtisodiyotga tegishli bo'lishidan qat'i nazar ma'lum bir davr mobaynida (chorak, yil) mamlakat hududida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarilgan hamma tovar va xizmatlarning bozor qiymatini ifodalovchi ko'rsatkichdir. Biz YaIM o'sishini aholi turmush darajasini oshirish bilan bog'lab o'rganamiz va

hozirgi vaqtda YaIMni hisoblash metodologiyasini takomillashtirish lozim deb hisoblaymiz.

Yalpi ichki mahsulot yaxlit iqtisodiyotning rivojlanish yakunini yoritib beruvchi ishlab chiqarish va xizmatlarning pirovard ko'rsatkichidir. Uning mazmuni iste'mol qiymati nuqtai-nazaridan jami yakuniy tovar va xizmatlarning, qiymat jihatidan qayta yaratilgan qiymat hamda asosiy fondlar amortizatsiyasini ifodalaydi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Ma'lumki, jahon amaliyotida mamlakatlarning yillar bo'yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ularda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari orqali aniqlanadi. YaIMning o'sish sur'ati odatda oldingi yilga nisbatan foizlarda o'lchanadi. Jumladan, O'zbekistonda 2023 yilda yalpi ichki mahsulot oldingi yilga nisbatan 6,0 foizga o'sib, uning mutlaq hajmi 1 066 569,0 mlrd. so'mga teng bo'lgan (1-rasm).

1-rasm. O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillar davomida o'sish dinamikasi, foizda1

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida...

2-rasmdan ko'rinadiki, O'zbekistonda YalMning o'sish sur'atlari barqaror tarzda bormoqda. Agar o'rtacha o'sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7,3 foizdan, 2007-2008 yillarda esa 9,2 foizdan yuqori darajada kuzatilgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich 2009-2016 yillar davomida 8 foizdan yuqori bo'lib, 2019 yilda esa 5,6 foizni tashkil etgan. Faqat koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'siri natijasida 2020 yilda YalMning o'sish sur'ati oldingi yilga nisbatan 1,6%ni tashkil etgan.

Albatta, bu o'rinda dunyodagi murakkab vaziyat -jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, koronavirus pandemiyasining ro'y berishi, uning jahondagi barcha mamlakatlar, jumladan, O'zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta'sirini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Chunki, mamlakatimizda chuqur o'ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilayotgan samarali iqtisodiy siyosat global inqirozning iqtisodiyotimizga salbiy ta'sirini ahamiyatli darajada "yumshatib", shunday murakkab sharoitda ham YalMning yuqori va barqaror o'sish sur'atlarini saqlanib qolishini ta'minladi. Shunga ko'ra, agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro'y bermaganida O'zbekistondagi o'sish sur'atlari yanada yuksakroq bo'lardi, deyishga yetarli asos bor. Ta'kidlash joizki, iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatuvchi, uning yuqori sur'atlarini ta'minlovchi omillar juda ko'p. Asosiy jihat -

1 Statistika agentligi (stat.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT.MM.Y20M WWW.in-aCademy.UZ

ushbu omillarni to'g'ri aniqlab, ularni o'z vaqtida harakatga keltirish hisoblanadi. O'zbekistonda o'tgan yilda barqaror va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlagan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin (2-rasm).

2-rasm. 2022 yilda O'zbekiston iqtisodiyotining yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlagan omillar

Tashqi va ichki bozor talablari asosida iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiya qilish jarayonlarining izchil amalga oshirilayotgani_

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni jadallashtirish, yo'l-transport va kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish hisobidan iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish_

_^_

Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni kuchaytirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash hamda yangi ish o'rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan dasturiy vazifalarning o'z vaqtida bajarilayotgani_

Ichki talabni aholi bandligi va real daromadlarining oshishini ta'minlash hisobidan rag'batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi

Qishloq xo'jaligini isloh etish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloqda bozor munosabatlarini joriy etish va xususiy mulkchilik shakllarini rivojlantirish, fermerlik harakatini qo'llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarning yaratib berilishi, qishloq xo'jaligida ilg'or ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilish ko'lamining kenpavlirilisbi_

Mamlakatimiz moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, uning faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi_

Mamlakatimiz YalM o'sish sur'atlarining barqarorligini ta'minlashda iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning yuqori o'sish sur'atlari mustahkam zamin tayyorlamoqda (3-jadval).

3-jadval.O'zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o'sish sur'atlari, foizda2

2 Statistika agentligi (stat.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

И илла Р 00 0 00 5 01 0 01 5 02 0 02 1 02 2 02 3

I. ЯИ М, жам и ,8 ,1 ,2 ,4 ,7

Т армо клар нинг ялпи куши лган кийм ати ,8 ,5 ,5 ,3 ,6 ,3 ,9

М ахсу лотла рга соф соли клар 4 ,2 0 ,1 ,5 ,6 ,6 2, 3 ,4

II Тар мокл арни нг ялпи куш илга н кий мати ,8 ,5 ,5 ,3 ,6 ,3 ,9

ишло к, урмо н ва бали кчил ик хужа лиги ,2 ,9 ,1 ,1 ,9 ,6 ,1

С аноат (кури лишн и кушг ан холд а) ,8 ,3 ,5 ,3 ,5 ,4 ,6 ,1

са ноат ,3 ,8 ,9 ,3 ,9 ,8 ,3

к урил ,9 0, ,2 8, ,5 ,8 ,6 ,4

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

www.in-academy.uz

nm

X H3Ma T.iap

ca Bgo, ama m Ba OB^aT naHH m

6yHH

na

XH3M

aT.iap

Ta mam Ba

ca^a

m,

ax6o

POT Ba

amorça

6

omrça

XH3M

aT

TapM

orç^a pa

60,861,960,860,961,9

o34,635,035,6

56,055,754 9

oo a\ o

oo a\ o

oooooooooooooooooooooo

7

8

-66,8

64,6 65,3

70.0

62,4

60,0

50,1

48,2

50,0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

45,7

42,1

38,2

40,0

31,0

30,0

20,0

0,0

0,0

4

Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'cish sur'atlarini ta'minlash imkonini bermoqda. 2000-2021 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YalMdagi ulushi 31,0 foizdan 54,9 foizga o'sib, 25,9 foiz birlikka ortgan (3-rasm).

3-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YAIMdagi ulushi foizda)3

2021 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik cubektlarining YalMdagi ulushi 54,9 % ni tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik cubektlarining coni har 1000 aholiga 16,5 birlikni tashkil qildi. 2021 yilning yanvar-dekabrida 98,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo'jaliklariciz) tashkil qilindi, bu o'tgan yilning shu davriga nicbatan 6,1 foizga ko'p demakdir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

YalMning to'g'ri va aniq hisoblanishi har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, uning jahon hamjamiyatiga kirib borish imkoniyati hamda jahon iqtisodiyotidagi tutgan o'rnini belgilab beradi. Shu sababli har bir mamlakat o'z hududida yaratilayotgan tovar va xizmatlar hajmini imkoni boricha to'laroq hisoblashga harakat qiladi . Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida oldiga YalMni hisoblashning yangi qoidalariga o'tish talabi qo'yilmoqda. Yangi qoidalarga o'tishda bo'ladigan o'zgarishlar milliy hisoblar tizimida ro'y berayotgan o'zgarishlar bog'liq bo'lib, milliy hisoblar tizimidagi asosiy o'zgarishlar quyidagilardan iborat:

- ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning (ITTKI) oraliq iste'moldan yalpi investitsiyalar sifatida hisobga olinishiga o'tish;

- uy-joy egalari tomonidan yaratiladigan va iste'mol qilinadigan shartli rentani hisobga olish;

- harbiy xarajatlarni yalpi kaptial qo'yilmalar sifatida hisobga olish;

- moliyaviy xizmatlarni hisobga olishni takomillashtirish va bu orqali YaIM hajmining to'liq hisobga olinishini ta'minlashdir.

3Statistika agentligi (stat.uz) ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

ADABIYOTLAR:

[1] Mamatov.A.A. Shakllanayotgan bozor munosabatlari tizimida yalpi ichki mahsulot. Iqt .fan. dok. diss. avtoref. -T.: UzMU, 2002.

[2] Olmasov A., Vaxobov A. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. T.: "IQTISODMOLIYA", 2014. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3. may-iyun, 2016 yil

[3] www.iqtisodiyot.uz

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

[4] To'xliyev N.T. va boshq. O'zbekiston iqtisodiyoti asoslari. - T.: O'zbekiston milliy ensklopediyasi , 2006 .

[5] Mambetjanov Q.Q. Yalpi ichki mahsulotning harakat bosqichlarini hisoblash usullarini takomillashtirish yo'nalishlari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. -TDIU, 2012. №

[6] "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2016 yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.