Научная статья на тему 'TASHQI SAVDO SIYOSATINI MUSTAHKAMLASH VA EKSPORTNI RAG‘BATLANTIRISHDA ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAHSULOTLARINING ROLI VA AHAMIYATI'

TASHQI SAVDO SIYOSATINI MUSTAHKAMLASH VA EKSPORTNI RAG‘BATLANTIRISHDA ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAHSULOTLARINING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
390
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashqi savdo / iqtisodiy o’sish / tashqi iqtisodiy aloqalar / elektrotexnika / import / eksport / maishiy texnika / mahsulot hajmi / eksport geografiyasi / mahalliy mahsulotlar. / внешняя торговля / экономический рост / внешнеэкономические связи / электротех­ ника / импорт / экспорт / бытовая техника / объем продукции / география экспорта / местная продукция.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mamayusupova Mashxura Sodiqovna

Maqolada mamlakatimizda tashqi savdo siyosatining iqtisodiyotni rivojlanishidagi o’rni va ahamiyati, xalqaro savdoning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashishi, sohada elektrotexnika mahsulotlari eksportining rivojlanish ko’rsatkichlari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРОДУКЦИИ ЭЛЕКТРОТЕХНИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УКРЕПЛЕНИИ ВНЕШНЕТОРГОВОЙ ПОЛИТИКИ И ПРОДВИЖЕНИИ ЭКСПОРТА

В статье описаны роль и значение внешнеторговой политики в развитии экономики нашей страны, расширение и совершенствование производственной интеграции в результате развития междуна­ родной торговли, показатели развития экспорта электротехнической продукции, темпы роста объ­ емов производства электротехнической продукции, география экспорта продукции.

Текст научной работы на тему «TASHQI SAVDO SIYOSATINI MUSTAHKAMLASH VA EKSPORTNI RAG‘BATLANTIRISHDA ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAHSULOTLARINING ROLI VA AHAMIYATI»

Mamayusupova Mashxura Sodiqovna,

Farg'ona politexnika instituti tayanch doktoranti

TASHQISAVDO SIYOSATINI MUSTAHKAMLASH VA EKSPORTNI RAG'BATLANTIRISHDA ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAHSULOTLARINING ROLI VA AHAMIYATI

UO'K: 339.9

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_4_3

MAMAYUSUPOVA M.S. TASHQI SAVDO SIYOSATINI MUSTAHKAMLASH VA EKSPORTNI RAGBATLANTIRISHDA ELEKTROTEXNIKA SANOATI MAHSULOTLARINING ROLI VA AHAMIYATI

Maqolada mamlakatimizda tashqi savdo siyosatining iqtisodiyotni rivojlanishidagi o'rni va ahamiyati, xalqaro savdoning rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashishi, sohada elektrotexnika mahsulotlari eksportining rivojlanish ko'rsatkichlari, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sish sur'atlari, mahsulotlar eksporti geografiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: tashqi savdo, iqtisodiy o'sish, tashqi iqtisodiy aloqalar, elektrotexnika, import, eksport, maishiy texnika, mahsulot hajmi, eksport geografiyasi, mahalliy mahsulotlar.

МАМАЮСУПОВА М.С. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРОДУКЦИИ ЭЛЕКТРОТЕХНИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УКРЕПЛЕНИИ ВНЕШНЕТОРГОВОЙ ПОЛИТИКИ И ПРОДВИЖЕНИИ ЭКСПОРТА

В статье описаны роль и значение внешнеторговой политики в развитии экономики нашей страны, расширение и совершенствование производственной интеграции в результате развития международной торговли, показатели развития экспорта электротехнической продукции, темпы роста объемов производства электротехнической продукции, география экспорта продукции.

Ключевые слова: внешняя торговля, экономический рост, внешнеэкономические связи, электротехника, импорт, экспорт, бытовая техника, объем продукции, география экспорта, местная продукция.

MAMAYUSUPOVA M.S. ROLE AND SIGNIFICANCE OF ELECTRICAL INDUSTRY PRODUCTS IN STRENGTHENING FOREIGN TRADE POLICY AND PROMOTING EXPORTS

In the article is described the role and importance of foreign trade policy in the development of the country economy, the expansion and improvement of production integration as a result of the development of international trade, the development of the electrical engineering products export indicators, the electrical engineering products growth rates, the geography of product export.

Key words: foreign trade, economic growth, foreign economic relations, electrical engineering, import, export, household appliances, product volume, export geography, local products.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

Kirish.

O'zbekiston uchun tashqi savdoni isloh qilish va eksportni rag'batlantirish - erkin ayirboshlanadigan valyutada daromadlar o'sishiga olib keladi. U jahon iqtisodiga integratsiyalashuv kuchayishida muhim omil sanaladi. Eng muhimi, u iqtisodiy o'sish barqa-rorligini ta'minlaydigan milliy valyutani mustahkam-lash, iqtisodda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish kabi eng dolzarb masalalarni hal qilishga qaratilgan muhim harakat hisoblanadi.

Bugungi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsi-ualashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashuviga sabab bo'lmoqda.

Tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli sifatida tashqi savdo mamlakat iqtisodiyotida muhim aha-miyat kasb etadi. Yurtimizda mustaqillik yillaridan to hozirgi kunga qadar bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda jahon bozorlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ishlab chiqarilay-otgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini kuchay-tirish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va sifatini yanada yaxshilash, mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Dunyo mamlakatlarida tashqi savdo strate-giyalarida tub o'zgarishlar namoyon bo'lmoqda. O'zbekistonda ham tashqi savdo siyosatini tako-millashtirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Prezi-denti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 13 apreldagi PF-5012-sonli savdo sohasida boshqaruv tizimini tako-millashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarining samara-dorligini yanada oshirish, tashqi savdoni liberal-lashtirish, eksport salohiyatini mustahkamlash hamda raqobatdosh mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy sheriklar o'rtasida savdo sohasida uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilishi ko'zda tutilgan.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentin-ing 2018-yil 20-dekabrdagi "Eksportga ko'maklashish va uni rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4069-son qaroriga muvofiq, eksportni qo'llab-quvvatlash milliy tizimi yaratildi. Inves-titsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida eksportni rag'batlantirish agentligi tashkil etildi. Shuningdek, 205 nomdagi tovarlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish yo'lga qo'yildi.

Jumladan O'zbekistonda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan kelgusida 1,3 milliard dollarlik elektrotexnika mahsulotlarini import qilishi ko'zda tutilgan. Mamlakatimizda va qo'shni bozorlarda yarimo'tkazgichlar va elektron platalarga nisbatan ortib borayotgan talab 6 milliard dollarga baholan-moqda. Kelgusi 5 yilda mamlakatimizda mis ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish va uni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash ulushini 2026 yilga borib 70 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Ilmiy muammoni qo'yilishi.

Tashqi savdoning ahamiyati va uning iqtisodiyot-dagi roli, taraqqiyot yo'lida ob'ektiv zarurat ekanligi ko'plab iqtisodchilar tomonidan o'rganilgan. Bugungi kunda ham ushbu mavzu o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Aynan eksportning tarkibiy xususiyatlari va uning iqtisodiy o'sish bilan bog'liqligini birinchilardan bo'lib, o'z ishida Prebish Raul ko'rib chiqqan1. Uning tadqiqotlari natijasi shuni ko'rsatdiki, mamlakatning xomashyo eksportiga ixtisoslashuvi ushbu mamlakat va tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy rivojlanish dara-jasidagi tafovutni oshirib boradi. Buning sababi jahon bozorida yuqoridagi ikki turdagi mahsulot-larga bo'lgan narxlar turli sur'atlarda o'zgaradi va talabning barqarorlik darajasi ham farq qiladi. Shuningdek, eksportning tovar tarkibi va uning iqtisodiy o'sishdagi bevosita roli Lederman D. va Maloniy V. tadqiqotlarida o'rganilgan2. Tadqiqotchilar eksport qilinayotgan mahsulotlarning qayta ishlanganlik darajasi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi korrelyatsion bog'liqlikni ko'rsatib bergan.

V.V. Xrenov3 o'z ilmiy izlanishlarida elektronika sanoati korxonalarida rangli metallurgiya eksport faoliyatini o'rgangan.

M.I. Semuxin4 tadqiqotlari elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozoriga kirishning o'ziga xos

1 Xasbulotov R. Международные экономические отношения в 3 ч. Часть 1, 3-е изд., Москва. Юрайт-2018

2 Lederman D., Maloney W.F. Does What You Export Matter? In Search of Empirical Guidance for Industrial Policies. Latin America Development Forum. Washington, DC, The World Bank, 2012.

3 Хренов В.В. (2021). Экспортная деятельность предприятий электротехнической промышленности и цветной металлургии города свердловска в отношении КНДР в 1958 Г. Корееведение в России: направление и развитие, 2(4), 137-144.

4 Семухин М.И. (2019). Особенности выхода на внешний рынок электротехнических компаний. In Фундаментальные и прикладные научные исследования: инноватика в современном мире (pp. 63-67).

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

xususiyatlariga bag'ishlangan. Uning fikricha, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi import qilu-vchi mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks strategiyani ishlab chiqish-dir. Shuningdek, elektr jihozlarini ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Shu munosabat bilan elektrotexnika korxonalari faoliyat-iga ta'sir etuvchi omillar ko'rib chiqilib, mahsulot-larni tashqi bozor talablariga moslashtirish yo'llari belgilandi.

Keltirilgan tadqiqotlarga suyangan holda e'tirof etish mumkin-ki, elektrotexnika mahsulotlariga jahon miqyosida talab hajm jihatidan va sifat jihatidan kun sayin ortib bormoqda. O'zbekiston sanoatining va tabiiy resurslarining hajm jihatidan elektrotexnika mahsulotlarini hajm jihatidan ko'paytirish imkonlari keng. Shuning bilan, agar ushbu soha mahsulotlari sifat jihatdan takomillashib bormasa, bu tarmoq mahsulotlarini nafaqat eksport qilish, hattoki ichki bozorda ham, iqtisodiy integratsion sharoitda, keskin raqobat tufayli - sotib bo'lmaydi. Shu nuqtai naz-ardan mazkur tadqiqotlar soha taraqqiyoti va uning eksport salohiyatini oshirish nuqtai nazardan muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Tahlil va natijalar.

Barcha mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoli-yatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta'sir ko'rsatish orqali ichki bandlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, to'lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko'zda tutadi.

2023 yilning yanvar-mart oylarida O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (TSA) $14,8 milliardni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nis-batan $1,6 milliardga yoki 11,9%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $5,7 milliardga (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 2,6%ga kamaydi) va import hajmi $9,1 milliardga (23,4%ga ko'paydi) yetdi.

Hisobot davrida - $3,4 milliard qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi1.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati bo'yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan 3 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg'oniston, Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston dav-

1 Y Qutbiddinov. O'zbekistonning elektrotexnika sanoati. Iqtisodiy sharx. 2023. №1.

latlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi global muammolarni hal etishda muhim rol o'ynaydigan, yaqin mintaqaviy qo'shni Xitoy bilan strategik hamkorlikni kuchaytirish tarafdori. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish 2012-yil 6-iyundagi Strategik hamkorlikni o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiya, 2013-yil 9-senta-brdagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to'g'risidagi deklar-atsiyasi hamda 2017 yil 12 maydagi Har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to'g'risida qo'shma bayonotga asoslangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019-yil 24-27 aprelda «Bir makon, bir yo'l» Ikkinchi xalqaro forum doirasida ilgari surgan tashabbus va takliflarni to'liq va o'z vaqtida amalga oshirish ikki mamlakat manfaatlariga mos keladi2.

Respublikamiz ko'p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o'xshash urf-odat-larga ega bo'lgan Turkiya davlati bilan do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarni rivojlan-tiradi.

Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan ham-korlik O'zbekiston tashqi siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi. O'zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdo-sotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi jahon-ning 167 ta yirik davlati bilan savdo munosabatlarni o'rnatgan. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (15,9%), Rossiya (15,1%), Qozog'iston (7,5%), Turkiya (5,6%), Germaniya (4,6%), Janubiy Koreya (4,1%) va Turkmaniston (1,8%) his-sasiga to'g'ri kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining bosh ustuvor yo'nalishi Markaziy Osiyo mintaqa-sidir. O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga qaratilgan. O'zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqan-ing transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks

2 https://gov.uz/oz

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqaror-ligini ta'minlash, chegaralarni delimitatsiya va demar-katsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.

Davlatlar guruhlari bo'yicha tashqi savdoning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga - $4,8 milliard, YeOII mamlakatlariga - $4,3 milliard, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash $1,8 milliard va boshqa davlatlar bilan - $10,0 milliard tashkil etdi.

Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to'g'ri keldi, uning hissasi 39,4% yoki $5,8 milliardni, eng kam ulush esa 0,5% yoki $75,4 million miqdorida Surxondaryo viloyatida qayd etildi.

O'zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan ham-korlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investisiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta'lim, ekologiya, sog'liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O'zbekiston asosiy e'tiborini Yevropan-ing ilg'or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e'tibor beradi.

2022 yilda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan 48 ta mamlakatga 120 dan ortiq turdagi elektrotexnika tovarlari eksport qilingan bo'lib, 2017 yilda eksport tarkibi qariyb 25 turdagi tovarlarni o'z ichiga olgan edi va ular asosan MDH davlatlariga yet-kazib berilardi. Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida faoliyat olib borayotgan 13 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi. Yangi eksport mamlakatlari qatoriga tovarlar imtiyozli savdo rejimi (GSP+) doirasida yetkazib beriladigan Yevropa Ittifoqi davlatlari - Buyuk Britaniya, Ruminiya, Slo-veniya, Chexiya, Vengriya va boshqalar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi bir qancha mamlakatlar, Afrika va Mo'g'uliston qo'shildi.

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023 yildan boshlab Yevropa bozorlariga elektr texni-kasi va boshqa tayyor mahsulotlar yetkazib berish hajmi kamida ikki baravar oshirilishi, elektrotexnika sohasida muhandislarni tayyorlash uchun esa alohida Muhandislik maktablari tashkil etilishi ta'kidlangan. Shu bilan birga, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti davom ettirilib, mahsulotlar eksporti bo'yicha hozirgi

9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi esa 3 baravar qisqaradi. Bu borada belgilangan maqsad-larga quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali erishish mumkin.

1. Mahsulotlarning nafaqat an'anaviy, balki yangi bozorlarga ham eksport qilish hajmini oshirish. GSP+ doirasida imtiyozli rejimdan foydalanib, Yevropa mamlakatlari bozorlariga elektrotexnika mah-sulotlari eksportini 2,1 baravarga salmoqli darajada oshirish va 35 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shuning uchun Germaniyaning elektrotexnika yo'nalishidagi "VDE" assotsiatsiyasi ko'magida yana 20 turdagi tovarlar uchun xalqaro sertifikatlar olish rejalashtirilgan, bu esa Yevropa bozoriga yetkazib beriladigan mahsulotlar nomenklaturasini 7 turdan 20 turgacha kengaytirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, MDH mamlakatlarida elektrotexnika mahsulotlariga talab ortib borayotganini hamda qo'shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy alo-qalarni kengaytirish bo'yicha ular bilan erishilgan kelishuvlarni inobatga olib, 2023 yilda elektrotexnika mahsulotlari eksporti hajmini Qozog'istonga 1,3 baravar - 110 million dollar, Tojikistonga 1,5 baravar - 40 million dollar, Qirg'izistonga 1,5 baravar -22 million dollar, Turkmanistonga 2,4 baravar - 10 million dollarga oshirish rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda va qo'shni bozorlarda yarimo'tkazgichlar va elektron platalarga nisbatan ortib borayotgan talab 6 milliard dollarga bahol-anmoqda. Shu bois, bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko'paytirish, shuningdek, elektronika va mikroelektronika sohasida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish vazifasi belgilandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi "Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo'llanilishini soddalashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-115-son Farmonida nazarda tutilgan bojxona hududida qayta ishlash tizimini yo'lga qo'yish ham eksport ko'rsatkichlarining o'sishiga xizmat qiladi. Xususan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quv-vatlarini joylashtirish uchun "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tanlandi.

2. Kelgusi 5 yilda mamlakatimizda mis ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish va uni tayyor mah-sulot shaklida qayta ishlash ulushini 2026 yilga borib 70 foizga yetkazish (2021 yilda - 37%, 2022 yilda - 50%) rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida "mis sanoat klasteri" tashkil etilib, qiymati 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida 90 ming tonna misni qayta ish-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

' 18 ИКТИСОДИЁТНИНГ РЕАЛ СЕКТОРИ / РЕАЛЬНЫЙ СЕКТОР ЭКОНОМИКИ

ч_

1-rasm.

2-rasm.

250

200

150

100

50

Elektrotexnika tovarlari eksportining o'sish sur'atlari

21 4,8

17 2,3 2,4

1( X) 430,5

J 61,4

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

lash quvvatlari yaratilmoqdai. Klaster ishtirokchilariga uzoq muddatli shartnomalar asosida birja narxlariga chegirma bilan mis sotib olish imkoniyati beriladi.

Elektrotexnika tarmog'i korxonalari tomonidan mis klasteri doirasida 63,5 ming tonna misni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash quvvatlarini yaratish bo'yicha qiymati 120 million dollarlik 9 ta loyihani amalga oshirish boshlab yuborildi, bunda qo'shimcha 965 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Yil yakunlariga ko'ra elektrotexnika tarmog'i korxonalari tomonidan jami 70 ming tonna misni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash rejalashtirilgan edi (1-rasm).

Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishi eksport hajmi ortishiga xizmat qilib, so'nggi 5 yilda eksport 3 baravarga, ya'ni 189,7 million dollardan (2017 yilgi) 562,5 million dollargacha (2021 yilda) ortdi. Bunda maishiy texnika eksporti

6,6 baravarga - 20,6 million dollardan 135,2 million dollarga, kabel-sim mahsulotlari 2,6 baravarga - 146,9 million dollardan 386,7 million dollarga, kuch uskunalari va boshqa mahsulotlar 1,8 baravarga -22,1 million dollardan 40,7 million dollarga oshdi (2-rasm).

Xulosa va takliflar.

Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko'plab mahsulotlarning, jumladan, elektrotexnika sanoati mahsulotlari importi qisqarmoqda. Umumiy importning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.

O'zbekistonda 4200 dan ortiq xorijiy korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Endilikda O'zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom Taraqqi-

ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

yot Banki, OPEC Xalqaro Rivojlanish Jamg'armasi, Saudiya Taraqqiyot Jamg'armasi kabi xalqaro moli-yaviy tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini modern-izatsiya qilish va yangilash uchun chet el sarmoya-sini kiritish shakli investitsiya deb ataladi. Mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish uchun investitsiyalarni yanada ko'proq jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbol-lari taqozosi o'laroq mamlakatimiz hududida max-sus erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilinmoqda. Ularn-ing dastlabkisi O'zbekiston hududining geografik markazi Navoiy viloyatida tashkil etilgandi. U bar-cha turdagi samolyotlarni qabul qiladigan xalqaro aeroport va u bilan aloqador bo'lgan turli xizmat ko'rsatish korxonalardan va muassasalardan tashkil topgan ulkan majmuadir.

Tovarlar savdosidan tashqari, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda transport tizimlari barpo qilinmoqda, tabiatni muhofaza qilish va o'zgartirish masa-lalari hal qilish va o'zgartirish masalalari hal etilmo-qda. Bunda O'zbekiston dunyoning yetakchi xalqaro tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda, davrning dolzarb muammolarini hal etishga ham jiddiy e'tibor qaratmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Yevropa Ittifoqi (YI), Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH),Yevrosiyo iqtisodiy hamdo'stligi (YIH), Islom konferensiyasi tashkiloti (IKT)va boshqa xalqaro tashkilotlar shular jumlasidandir.

Savdo siyosati - byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to'g'ridan-to'gri cheklashlar orqali tartibga solishni o'z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo'nalishdir.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, eksport diversifikatsiyasi jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi ulushining katta bo'lishiga barham ber-ilishi, mahsulotlar eksport qilinayotgan mamlakat-lar geografiyasini kengaytiradi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o'zgarishlarga ta'sirchanligi darajasini pasaytiradi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarish sur'atlarini oshirish, uni modernizatsiya qilish, yangi texnika-texnologiyalardan keng foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, maqsadida integratsiyaga bo'lgan e'tibor kuchaytirilmoqda. Shuni ham aytish kerakki, eksport qilinayotgan mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Hozirda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda eks-

port salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

• eksport tarkibida tayyor mahsulot salmog'ini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ishtirokini rag'batlantirish, zarur shart-sharoitlarni yaratish;

• har bir tarmoq va hudud kesimida eksport salohiyatidan samarali foydalanishni ko'zda tutuvchi, o'zaro muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish va boshqalar.

Bu yo'nalishlarga ustuvor e'tibor qaratish va ular bo'yicha amaliy tadbirlarni belgilash, pirovardida mamlakat eksport imkoniyatlaridan to'laroq foydalanish hamda iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga zamin yaratadi.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, yurtimizda tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkor-lik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to'siq va g'ovlarni bartaraf etish maqsadida:

• Import tovarlarini yuklashdan oldin inspeksi-yadan o'tkazish bekor qilindi;

• Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlarini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda;

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda Respublika-mizda elektrotexnika sanoati izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bunda tarmoq korxonalariga soliq va bojxona imtiyozlari, subsidiyalar, davlat xarid-larida ishtirok etish uchun qulay sharoitlar yaratish ko'rinishida salmoqli davlat ko'magi ko'rsatiladi, eksportchilarga esa transport xarajatlarining hamda xorijiy mamlakatlarda o'z mahsulotlari ko'rgazmasini o'tkazish uchun sarflanadigan mablag'larning ma'lum qismi qoplab beriladi.

Elektrotexnika sanoati korxonalarida raqobat maxsus izlanishlarini joriy etish, o'zgaruvchan bozor talablarini hamda tashqi muhitni o'rganish asosida mahsulot turi bo'yicha ishlab chiqarish dasturini opti-mallashtirish zarur.

Elektrotexnika sohasi rivojlanishidagi mamalk-atimiz potensiali hali yuqori. Birgina yashil energetika yo'nalishida amalga oshirilayotgan gigant loyihalar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yiliga kamida 1 milliard dollarlik yangi bozorlarni ochib beradi. Elektrotexnika klasterini tashkil etish uchun puxta zamin yaratib, minglab yangi ish o'rinlariga yo'l ochadi.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi "Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5011-son qarori. https://lex.uz/docs/5316731

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi "Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4090-son qarori. https://lex.uz/docs/4136526

3. Хасбулотов Р. Международные экономические отношения в 3 частях. Часть 1, третье изд. - Москва: Юрайт. 2001.

4. Петроченков А.Б. (2014). Энергоинформационная модель электротехнических комплексов промышленных предприятий. Электротехника, (11), 47-51.

5. Хренов, В.В. (2021). Экспортная деятелность предприятий электротехнической промышленности и цветной металлургии города Свердловска в отношении КНДР в 1958 г. Корее-ведение в России: направление и развитие, 2(4), 137-144.

6. Семухин, М.И. (2019). Особенности выхода на внешний рынок электротехнических компаний. - в кн. Фундаментальные и прикладные научные исследования: инноватика в современном мире (пп. 63-67).

7. Y Qutbiddinov. O'zbekistonning elektrotexnika sanoati. Iqtisodiy sharx. 2023. №1.

8. M.S.Mamayusupova. Elektrotexnika sanoati mahsulotlarinig eksport salohiyatini oshirish rivojlanishning muhim omili sifatida. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali:3pp.65-72 (2).

9. Nozim G. Muminov, Ramziddin X. Abdusatarov, Anastas A. Ambartsumyan and Diyor M. Karimov (2022) Peculiarities of Manufacturing Policy in Uzbekistan in the Conditions of Modernization of the Economy. Webology, Volume 19, Number 1, Pages: 2945-2963. DOI: 10.14704/WEB/V19I1/WEB19195. https://www.webology.org/data-cms/articles/20220123 080923amWEB19195.pdf

10. Nishonqulov, S. F. O. G. L., & Solidjonov, D. Z. O. G. L. (2021). Ta'lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar. Science and Education, 2(6), 233-238.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.