Научная статья на тему 'YANGI O`ZBEKISTON - YANGI QO`SHNICHILIK'

YANGI O`ZBEKISTON - YANGI QO`SHNICHILIK Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
83
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MARKAZIY OSIYO / IKKI TOMONLAMA HAMKORLIK / KO'P TOMONLAMA HAMKORLIK / TASHQI SAVDO / IQTISODIY O'SISH / NISBIY AFZALLIK / CHEGARAVIY NIZOLAR / SUV TAQSIMOTI MUAMMOSI

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Djurayeva R.A., Sharipova M.B.

Ushbu maqoladan ko’zlangan asosiy maqsad - Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikki tomonlama va ko’p tomonlama aloqalarning ijobiy tomonlarini ochib berish. Bundan tashqari, davlatlar o’rtasida yanada yaqin aloqalarni o’rnatishda to’sqinlik qilayotgan muammolarni o’rganib chiqish va mintaqada joylashgan mamlakatlarning o’zaro tashqi aloqalarining istiqbollarini tahlil qilishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW UZBEKISTAN - NEW NEIGHBORHOOD

The main purpose of this article is to highlight the positive aspects of bilateral and multilateral relations between the countries of Central Asia. It also examines the problems that hinder the establishment of closer ties between countries, and analyzes the prospects for international relations between the countries of the region.

Текст научной работы на тему «YANGI O`ZBEKISTON - YANGI QO`SHNICHILIK»

Djurayeva R.A.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi" dotsenti iqtisodiy fanlar nomzodi Sharipova M.B.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi YANGI OZBEKISTON - YANGI QOSHNICHILIK

Annotatsiya: Ushbu maqoladan ko'zlangan asosiy maqsad - Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama aloqalarning ijobiy tomonlarini ochib berish. Bundan tashqari, davlatlar o'rtasida yanada yaqin aloqalarni o'rnatishda to 'sqinlik qilayotgan muammolarni o'rganib chiqish va mintaqada joylashgan mamlakatlarning o'zaro tashqi aloqalarining istiqbollarini tahlil qilishdan iborat.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, ikki tomonlama hamkorlik, ko'p tomonlama hamkorlik, tashqi savdo, iqtisodiy o'sish, nisbiy afzallik, chegaraviy nizolar, suv taqsimoti muammosi.

Juraeva R.A., Candidate of Economic Sciences

associate professor department of "Economic Theory ", The University of World Economy and Diplomacy

Sharipova M.B. student

University of World Economy and Diplomacy NEW UZBEKISTAN - NEW NEIGHBORHOOD

Abstract: The main purpose of this article is to highlight the positive aspects of bilateral and multilateral relations between the countries of Central Asia. It also examines the problems that hinder the establishment of closer ties between countries, and analyzes the prospects for international relations between the countries of the region.

Key words: Central Asia, bilateral cooperation, multilateral cooperation, foreign trade, economic growth, relative advantage, border disputes, water allocation issues.

Kirish

Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O'zbekiston) o'z mustaqilliklariga erishganlaridan so'ng, ular orasidagi ikki tomonlama hamda ko'p tomonlama munosabatlar tobora kuchayib bormoqda. Ayniqsa, so'nggi 10 yil davomida turli xil iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va boshqa sohalarda imzolangan shartnomalarning soni oshganligi hamda davlat rahbarlari va mas'ul shaxslar orasidagi

uchrashuvlarning sezilarni darajada ko'payganligi ushbu mamlakatlar orasidagi tashqi aloqalarning tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyo mintaqasi jahon iqtisodiyotining judayam kichik ulushi (taxminan 0,3%) ni egallaydi. Dunyo aholisining 1 foizga yaqin ulushi aynan Markaziy Osiyo mintaqasida istiqomat qilishini inobatga olgan holda, ushbu mintaqa dunyo YaIM idagi ulushi bo'yicha qariyb 3 baravar ortda qolmoqda. 1

Ma'lumki, ushbu davlatlar geografik jihatdan bir-biriga juda yaqin joylashganligi sababli ularning bir-biri bilan turli sohalarda yaqindan hamkorlik qilishi har bir Markaziy Osiyo davlatlari uchun manfaatli hisoblanib, iqtisodiy hamkorlik faoliyat turlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni sotish, xomashyo sotib olish, mamlakatlar mintaqalari o'rtasida investitsiya va mehnat resurslari harakatida kuzatiladigan to'siqlarni bartaraf etishga ko'maklashadi va har tomonlama rivojlanishlariga turtki bo'ladi. Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish orqali yuqorida ko'rsatilgan YaIM muammosiga yechim topish mumkin. Bu esa ushbu 5 ta davlat orasidagi hamkorlikning qanchalik dolzarb masala ekanligini ifodalab beradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilgi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasining tashqi siyosat bo'limida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalasiga alohida e'tibor berilgan. Prezident Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko'p asrlik do'stlik, yaqin qo'shnichilik, strategik sheriklik va o'zaro ishonchni yanada mustahkamlashni tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishi deb atadi. Shu bilan birga, pandemiyaning og'ir sharoitlari Markaziy Osiyo mamlakatlari bir-biriga qanchalik muhtoj va o'zaro bog'liqligini yana bir bor namoyish etgani ta'kidlandi.

Prezident o'z murojaatnomasida, shuningdek, o'tgan yili Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilganligini, u Markaziy Osiyo mintaqasida yuz berayotgan ijobiy jarayonlarni o'rganishini aytdi.

Yuqorida sanab o'tilgan tashabbuslar va Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida ushbu mavzuga bag'ishlangan alohida bo'limning mavjudliligi Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlar orasida turli xil sohalarda kuchli hamkorlikni rivojlantirish naqadar muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.

Asosiy qism.

O'zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama tashqi iqtisodiy aloqalarning bugungi kundagi tendensiyasi.

So'nggi yillarda, O'zbekiston ikki tomonlama siyosiy muloqotlarni va qo'shni mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirdi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi"ning beshinchi

1 https://www.brif.kz/blog/?p=3338

ustuvor yo'nalishi aynan "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo'nalishlar" deb nomlanadi.2 Unga ko'ra, O'zbekistonning tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi islohotlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Shu kabi normativ hujjatlarning qabul qilinganligi va hukumatimizning oqilona qarorlari natijasi o'laroq, O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turli sohalardagi aloqalari kuchayib bormoqda. O'zbekiston Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin umuman markazlashmagan mintaqada qayta integratsiyalashuvning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri sifatida maydonga chiqdi.

Birinchi o'rinda, iqtisodiy tomondan tahlil qiladigan bo'lsak, 2016-yildan boshlab, O'zbekiston uzoq yillik iqtisodiy izolyatsiyadan chiqqaniga guvoh bo'lishimiz mumkin. Valyuta, soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar, rasmiy statistik ma'lumotlarning sifati oshganligi va savdo cheklovlarini erkinlashtirilganligi tashqi iqtisodiy hamkorliklarning yangi davrini boshlab berdi.

O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdosining umumiy savdo hajmidagi ulushi 2017-2019 yillar oralig'ida 10,2 foizdan 12,7 foizgacha o'sdi. Masalan, 2017 yildan 2018 yilgacha O'zbekistonning Qozog'istondan importi 569 million dollarga yetdi va o'tgan yilga nisbatan 53 foizga oshdi. Qirg'iziston bilan umumiy savdo aylanmasi o'sha yili 242 million dollardan 462 million dollarga ko'tarildi. Turkmaniston bilan 159 milliondan 274 million dollargacha hamda Tojikiston bilan savdo-sotiq 124 million dollardan 287 million dollargacha (131 foiz) ayniqsa keskin sakrab ko'tarildi.3

2 https://gis.uz/oz/page/strategy

3 https://eurasianet.org/uzbekistans-trade-with-neighbors-rises-sharply

O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash dinamikasi (million

dollarda)

4000 3500 З000 2S00 2000 1S00 1000 S00 0

Qozog'iston Qirg'iziston Tojikiston Turkmaniston

2017 2018 2019

Rasm 1. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash

dinamikasi (million dollarda) 4

Shundan kelib chiqib, 2017-2019 yillarda qo'shni davlatlar bilan yaqinlashishga qaratilgan tashqi siyosat kursi tufayli O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi deyarli ikki baravarga (2,7 milliard dollardan 5,2 milliard dollarga) oshgan. Shundan, Qozog'iston bilan o'sish 1,6 marta, Qirg'iziston - 2,3 marta, Turkmaniston - 3,1 marta va Tojikiston - 2 marta oshgan.

O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi faol siyosati, ayniqsa, bugungi og'ir pandemiya davrida infeksiya tarqalishiga qarshi kurashish, savdo-iqtisodiy va transport-tranzit sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash borasida birgalikda chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda, shuningdek, Qirg'iziston va Tojikiston kabi davlatlarga gumanitar yordam ko'rsatishda yorqin namoyon bo'ldi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining o'zaro yanada kuchli aloqaga kirishishlariga to'siq o'lgan omillar.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorliklari mintaqadagi har bir mamlakat uchun qanchalik foydali bo'lsa-da, o'zaro kuchli aloqalarni cheklovchi bir qator to'siqlar mavjud bo'lgan. Ulardan birinchisi va eng muhimlaridan biri mintaqada suv taqsimoti bilan bog'liq bo'lgan muammolardir.

Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan so'ng, yuqori va quyi oqim mamlakatlarining ziddiyatli ehtiyojlari va ustuvor yo'nalishlari tufayli Markaziy Osiyoda suvni boshqarish jiddiy nizolarni keltirib chiqardi va shu bilan mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka putur yetkazdi.

4 Muallif tomonidan tuzilgan

Tabiiy resurslarni taqsimlash nuqtai nazaridan mintaqadagi davlatlar ikki guruhga bo'linadi: "energiya jihatidan kambag'al, ammo suvga boy" yuqori oqim mamlakatlari (Qirg'iziston va Tojikiston) va "energiyaga boy, ammo suvga qashshoq" quyi oqimdagi mamlakatlar (Qozog'iston, Turkmaniston va O'zbekiston). Birinchi guruh energiya uchun suvga juda muhtoj bo'lsa, quyi oqimdagi mamlakatlar qishloq xo'jaligi uchun suvga muhtoj. Natijada, tabiiy resurslar mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish vositasi sifatida emas, balki ziddiyatlar manbai sifatida paydo bo'ldi. Tojikistonning Rog'un GESi loyihasi bo'yicha tortishuv mintaqadagi suv-energetika-oziq-ovqat aloqalarining aniq namunasidir. Energiyadan mahrum bo'lgan Tojikiston va suvdan mahrum bo'lgan O'zbekiston Markaziysidagi ziddiyat kuchayib borar ekan, suv mintaqaviy barqarorlikka katta tahdid soladigan mojarolar manbaiga aylanadi.

Ikkinchidan, so'nggi o'n yil ichida O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog'iston o'z chegaralarini belgilash bo'yicha yuqori darajadagi ziddiyatlarga duch kelishdi. Davlatlardagi kuchli siyosat, iqtisodiy tazyiqlar, orqadagi soyali bitimlar, millatchilik tuyg'ulari, jamoatchilik noroziligi va o'zaro ishonchsizlik muhiti bu jarayonni yanada kuchayishiga xizmat qildi. Chegara bilan bog'liq muammolarning tinch va oshkora hal etilishi mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy hamkorlik, etnik munosabatlar va giyohvand moddalar savdosi va diniy ekstremizmga qarshi kurashga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin edi. Ammo, ushbu mamlakatlarda taraqqiyot darajasi sust edi, shu sabali, Markaziy Osiyoning yangi xaritasini belgilaydigan antagonistik jarayonda zudlik bilan yutuqni ko'rish mumkin emas edi.

Markaziy Osiyo davlatlari uchun mustaqillik chegara mojarolarini yuzaga chiqargan asosiy omil bo'ldi. Bunga asosiy sabab, 20-asrning 20-yillari o'rtasida Moskva o'zining Markaziy Osiyo respublikalarining ma'muriy chegaralarini o'zicha belgilab qo'ygani boldi. O'sha paytda, Rossiya hukumati na tabiiy geografik chegaralarga va na qat'iy etnik yo'nalishlarga amal qildilar. Sovet rejalashtiruvchilari ko'pincha separatizmni kuchaytirishi mumkinligidan qo'rqib, bir hil yoki ixcham respublikalarni chizishdan qochishardi.

Bu omillarning barchasi birlashib, Markaziy Osiyo respublikalari mustaqil davlatlarga aylangandan so'ng, hududiy da'volarni keltirib chiqardi. To'satdan xalqaro bo'lgan chegaralar tezda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uzoq yillik ishlab chiqarish va transport aloqalari buzildi.

Uzoq vaqtlardan beri hech qanday to'siqlarsiz aloqa qilib, keyinchalik birdaniga izolyatsiya qilingan va ko'pincha viza talablari va boshqa kirish muammolariga duch kelishgan Markaziy Osiyo malakatlari aholisi bir-birlariga dushmanlik bilan qarashardi. Natijada, ushbu nizolar tijorat va jamiyatning an'anaviy shakllari buzilishiga olib keldi. Mintaqaviy aloqalar ko'pincha turli sabablarga ko'ra buzulib kelgan va chegaralardagi ziddiyatlar nafaqat savdo, qolaversa boshqa sohalarda hamkorlikni yanada og'ir holga keltirgan.

Hududiy nizolarni hal qilishda, shubhasiz, har bir mamlakat o'zining milliy manfaatlarini ustun qo'yadi. Hech bir davlat hududiy yon berishni istamaydi. Shunga qaramay, chegara muammolarini hal qilmaslik qo'shnilarning munosabatlarini normallashishiga va dolzarb ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni

hal qilishga xalaqit beradi. Shunday qilib, har qanday hududiy tafovutlar xalqaro huquq va amaliyot standartlariga muvofiq o'zaro maqbul asosda hal etilishi muhimdir.

Eng murakkab chegara muzokaralari Farg'ona vodiysida ro'y bergan. Ushbu hududni egallash uchun uchta davlat ham - O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston manfaatlari to'qnashgan. Mamlakatlar o'zlarining transport yo'nalishlariga, daryolarga, suv omborlariga, sanoat tarmoqlariga bog'liq manfaatlarini ko'zlaganliklari sababli, u yerdagi hududlar ko'plab chegaraviy nizolarga olib kelgan.

Yuqorida sanab o'tilgan va undan tashqari boshqa bir qator sabablar tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama aloqalar o'rnatishda bir qator muammolarga duch kelingan. Lekin, bugungi kunda, ushbu muammolarning ko'pchiligi bartaraf etilib, Markaziy Osiyo mamlakatlarining integrallashuv jarayoni tobora kuchayib bormoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi yaqin aloqalar qanday foydali natijalarga olib keladi (takliflar)?

Dastavval iqtisodiy tomondan tahlil qiladigan bo'lsak, barchamizga ma'lumki, har qanday mamlakat ma'lum bir tovarlarni ishlab chiqarish bo'yicha boshqa mamlakatlarga nisbatan nisbiy afzallikka ega bo'ladi. Shundan kelib chiqish ishonch bilan ayta olamizki, tashqi savdo malakatlar iqtisodiy o'sishining asosiy manbayidir. Shundan, O'zbekiston bilan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarini solishtirib chiqqanimizda:

2019 yil davomida O'zbekiston Qozog'iston bilan mineral mahsulotlar (489 million AQSh dollari), sabzavot mahsulotlari (289 million AQSh dollari) va transport (109 million AQSh dollari) eksporti bo'yicha katta sof savdo hajmiga ega bo'ldi. Qozog'iston esa O'zbekiston bilan metall (501 million dollar) va mineral mahsulotlar (462 million dollar) eksporti bo'yicha katta aniq savdo-sotiqga ega bo'ldi.

Boshqa tomondan, O'zbekiston Qirg'izistonga eksport qilgan asosiy mahsulotlar bu urug'siz mevalar (74,6 million dollar), uzum (71,5 million dollar) va boshqa turdagi o'simliklar (42,7 million dollar) bo'lib, Qirg'izistonning O'zbekistonga eksport qilgan asosiy tovarlari sement (30,7 million dollar), ko'mir briketlari (14,5 million dollar) va temir-tersak (12,2 million dollar) bo'lgan.

Tojikiston Respublikasi esa O'zbekistonga asosan birlamchi alyuminiy, oltingugurt, sement va ohakni eksport qiladi. Importga kelsak, O'zbekiston asosan mineral va kimyoviy o'g'itlar, transport vositalari, parfyumeriya, kosmetika va hojatxona mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, bolalar ovqatlari, maishiy texnika va boshqalarni yetkazib beradi.5

Turkmaniston bilan savdo hajmini tahlil qilsak, O'zbekiston Turkmanistonga transport vositalari, mineral o'g'itlar, meva va sabzavotlar, qurilish materiallari, elektr va mexanik uskunalar, metall buyumlar va turli sohalardagi xizmatlarni yetkazib beradi va Turkmanistondan neft mahsulotlari,

5 http://avesta.tj/2020/12/29/uzbekistan-pochti-v-tri-raza-uvelichil-eksport-tovarov-v-tadzhikistan/

neft-kimyo mahsulotlari, propilen polimerlari, paxta iplari, choyshab shishalarini sotib oladi.

Ko'rib turganimizdek, savdo tarkibini o'rganib chiqsak, Markaziy Osiyo mamlakatlarining har biri ushbu mintaqadagi boshqa davlatlar bilan solishtirilganida qaysidir mahsulotda nisbiy afzallikka ega va qo'shni davlatlarga ma'lum bir xom-ashyo, tayyor mahsulotlarni va xizmatlarni taklif qila oladi. Bu orqali, malakatlarning yuqori tempdagi iqtisdoiy o'sishini ta'minlash mumkin va eng asosiysi, o'zaro aloqalardan davlalar aholisining farovonligi keskin oshadi. Shu sababli ham O'zbekiston va Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlari orasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama munosabatlarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, davlatlar orasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy aloqalar qanchalik yaxshilansa, ishchilarning mobilligi oshib, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga migratsiyasi osonlashadi. Bu esa, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining eng katta muammolarida n biri bo'lgan ishsizlik muammosiga eng oqilona yechim bo'ladi va integratsiya jarayonlarini yanada kuchaytiradi.

Masalaga ijtimoiy tomondan qaraydigan bo'lsak, ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish orqali uzoq yillardan beri chegaraviy mojarolar tufayli oila a'zolaridan, yaqinlaridan, do'st-birodarlaridan uzoqda bo'lishga majbur bo'lgan, aslida esa, qardosh va madaniyatlari, qadriyatlari, urf-odatlari jihatidan bir-biriga juda o'xshash bo'lgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi tinchlik, birdamlik, ahil-inoqlik kabi bebaho ne'matlardan bahramand bo'lishga muvaffaq bo'lishadi.

Yana bir muhim jihatni ta'kidlab o'tish lozimki, bugungi kunda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibatlari bo'lmish terrorchilik harakatari, diniy ekstremizm, giyohvandlik, butun dunyoni tashvishga solayotgan ekologik muammolardan biri bo'lmish "Orol muammosi" kabi miqyos jihatdan o'ta katta muammolarga qarshi hamjihatlikda, o'zaro tashqi aloqalarni o'rnatgan holda bir butun bo'lib kurashilsa, eng mukammal harakatlar strategiyasi tuzulib, ushbu global darajadagi muammolarga eng munosib yechimlar topiladi, deb o'ylayman.

Yuqorida sanab o'tilgan ijobiy jihatlarni yanada aniqroq aks ettirsak, O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi hamkorlik:

1) Ishlab chiqarishda nisbiy afzalliklarga ega bo'lgan sohalarni aniqlab, o'sha tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslasish orqali, o'zaro turlicha taqsimlangan tabiiy resurlardan maksimal darajada oqilona foydalanishga erishiladi. Qolaversa, masshtab samarasi bilan ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi;

2) Mehnat kuchining immigratsiya va emigratsiyasi osonlashishi sababli, ishsizlik muammosiga yechim topiladi;

3) Yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish;

4) Chegaraviy nizolar hal qilinadi va chegara hududida istiqomat qiluvchi aholining tinchligi ta'minlanadi;

5) Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy, iqtisodiy va boshqa sohalardagi salohiyatlari birlashtirilsa, butun dunyoni tahlikaga solayotgan dahshatli va barcha uchun umumiy bo'lgan muammolarga eng muqobil yechim topiladi.

6) Qo'shni mamlakat bo'lmish Afg'oniston davlatining rivojlanishi va tinchligini ta'minlash yo'lida yagona, ammo potensiali yuqori siyosiy, harbiy, iqtisodiy kuch paydo bo'ladi.

Xulosa

Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, Ozbekiston uchun Markaziy Osiyo mamlaklari bilan ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish O'zbekitonning va umumiy olganda butun mintaqaning iqtisodiy o'sishiga va ijtimoiy, siyosiy, madaniy jihatlardan rivojlanishiga muhim turtki bo'ladi. Ayniqsa, ushbu mamlakatlarning iqtisodiyoti takomillashishida o'zaro savdo aloqalarining ahamiyati qanchalik yuqoriligini eksport-import tarkibidagi mahsulotlarning bir-biridan farq qilishida yaqqol ko'rishimiz mumkin. Siyosiy bosimlar tufayli esa chegaralarda uzoq yillar nizolarga sababchi bo'lgan holatlar esa ushbu mintaqadagi mamlakatlar orasidagi hamkorlik yo'qligining eng ayanchli tomoni.

Shunday ekan, O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turli sohalarda ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorligini yanada mustahkamlash masalasi dolzarb va ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib qolaveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar va internet ma nbalari ro'yxati:

1.https :// gis.uz/oz/page/strategy

2.https://lex.uz/

3.https://review.uz/uz/post/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-savkat-mirzieevning-olij- mazlisga-murozaatnomasi

4.Richard Pomfret "The central Asian Economics since independence". Princeton University press princeton and Oxford.

5.https://www.vsemirnyjbank.org/ru/publication/global-economic-prospects

6.https://eurasianet.org/kyrgyzstan-uzbekistan-sign-deal-to-end-border-disputes

7.https://www.brif.kz/blog/?p=3338

8.https://www.uzavtoyul.uz/uz/post/prezident-ozbekistonni-rivojlantirish-boyicha-harakatlar-strategiyasini-tasdiqladi.html

9.Uzbekistan's chairmanship in the CIS — Review.uz

10.https://eurasianet.org/uzbekistans-trade-with-neighbors-rises-sharply

11.https://oec.world/en/profile/bilateral-country/tkm/partner/kgz

12.http://avesta.tj/2020/12/29/uzbekistan-pochti-v-tri-raza-uvelichil-eksport-tovarov-v-tadzhikistan/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.