Научная статья на тему 'MDH DAVLATLARINING HAMKORLIK MUNOSABATLARI'

MDH DAVLATLARINING HAMKORLIK MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3207
298
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MDH / davlat / hamkorlik / taraqqiyot / qo’shnichilik / jamiya / strategiya. / CIS / government / cooperation / development / neighborly / total / strategy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Po’latov, Sarvarxon Baxtiyorxon O’g’li

Ushbu maqolada MDH davlatlarining hamkorlik munosabatlari hamda davlatlar bilan taraqqiyot strategilari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CIS COOPERATION RELATIONS

This article discusses cooperation between the CIS countries and the strategies of development with states.

Текст научной работы на тему «MDH DAVLATLARINING HAMKORLIK MUNOSABATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MDH DAVLATLARINING HAMKORLIK MUNOSABATLARI

Po'latov Sarvarxon Baxtiyorxon o'g'li

Namangan davlat universiteti, tarix fakulteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada MDH davlatlarining hamkorlik munosabatlari hamda davlatlar bilan taraqqiyot strategilari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so 'zlar:MDH,davlat,hamkorlik,taraqqiyot,qo 'shnichilik,jamiya,strategiya.

This article discusses cooperation between the CIS countries and the strategies of development with states.

Keywords: CIS, government, cooperation, development, neighborly, total, strategy.

В этой статье обсуждается сотрудничество между странами СНГ и стратегиями развития с государствами.

Ключевые слова: CIS, правительство, сотрудничество, развитие, соседская, общая стратегия.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yo'q bo'lganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston qo'shildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari to'g'risidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil MDHga Gruziya qo'shiddi. 1993-yil MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sog'lig'i va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka karshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qo'riklashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy a'zolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi a'zolar bo'lishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qo'mita, markazi SanktPeterburgda bo'lgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qo'mita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta o'tkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.

MDH sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichmabosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga ko'mak berdi. MDH o'z faoliyati davomida haddan ta-shqari ko'p qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning kupi bajarilmadi. Hozir MDH ga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashg'uldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xo'jaligi, o'rmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.

O'zbekiston o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda MDHda ishtirok etmoqda. U MDHga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiklashtiruvchi organ sifatida qaraydi. MDH hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar o'rtasida savdoiqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'tgan yillar MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o'zaro foydali hamkorlik ishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Bunday hamkorlik hamdo'stlik mamlakatlarining hududiy yaqinligi va iqtisodiy jihatdan bog'langanligina emas, balki chuqur tarixiy ildizlar va mintaqaviy aloqalar, katta tarixiy davr mobaynida xalqlarimizning taqdiri mushtarakligi ham asos bo'ldi.

Mintaqamiz xalqlarining yaqinlashuvi - tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik sobiq Ittifoq mavjud bo'lganligidan qat'iy nazar hamma vaqt bo'lib kelgan. Bu haqiqiy integratsiya bo'lib, sun'iy ravishda joriy etiladigan integratsiyadan farq qiladi. Unga sovetlardan keyingi davlatlarning birortasi qarshi emas, ayni chog'da ularning birortasi ham o'z mustaqilligidan voz kechmoqchi emas. Biz uchun masalaning mohiyati mustaqillik yoki integratsiyani tanlash emas, balki bu ikki yo'nalishni uyg'unlashtirishdan iboratdir. O'zbekiston rahbariyati MDHni haqiqiy mustaqil, suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko'rishni istadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Biroq, dastlabki yillarda MDH a'zo davlatlari munosabatlarida bir qator muammolar ham bo'lib turdi. Jumladan, bu tashkilot o'z kengashlarida barcha a'zo davlatlar taraqqiyoti uchun muhim hujjatlar qabul qilar, biroq ularning bajarilishi sekin kechar edi. Ayrim kelishuvlar esa barbod bo'lar edi. O'zbekiston davlati doimo bu tashkilotning muntazam ishlab turishi, uning qabul qilgan qarorlarining bajarilishi tarafdori bo'lib keldi. Prezident I.Karimovning bu tashkilot kengashlariga qatnashuv oldidan ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida aynan shu muammolar o'z ifodasini topdi.

O'zbekiston Respublikasi MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka kirishar ekan, doimo ularning mustaqilligiga dahl qilmaslikka intildi va bunga amal qildi. Bugungi kunda ham O'zbekiston Respublikasi MDHga ko'p tomonlama hamkorlik uchun shart-sharoit yaratishdan manfaatdor suveren mamlakatlar birlashmasi sifatida qaraydi. Davlatimiz rahbari 2012 yil 15 may kuni Moskvada MDH davlatlari rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ham hamdo'stlik ko'p qirrali hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajarishi, u bevosita muzokara va davlatlararo muloqotlar, turli darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar maydoni bo'lib qolishi lozimligini yana bir ta'kidladi.

2012 yil 15 may kuni Moskva shahrida Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xafvsizlik kengashining yubiley (10 yillik) sessiyasida ham Prezident I.A.Karimov ishtirok etib, yana bir bor O'zbekiston ODKBning asosiy maqsadi, avvalo a'zo davlatlarning tashqi tahdidlardan himoya qilishdan iborat, deb bilishini ta'kidladi. Sessiyada ODKB faoliyatining samaradorligi va uning yanada rivojlanishini ko'p jihatdan barcha a'zo davlatlarning hamjihatlik tamoyiliga amal qilishi hamda manfaatlar uyg'unligiga bog'liq ekani bayon etildi.

O'zbekiston Respublikasi MDH doirasida sun'iy ravishda joriy etiladigan integratsiyaga hamda davlatlardan yuqori turuvchi tuzilmalarini parlament, ko'plab amaldorlar ishlaydigan ma'muriy idoralar, harbiy siyosiy organlarni tashkil etishga qarshi. O'zbekiston mustaqillik va integratsiyani uyg'unlashtirish tarafdori, MDHni haqiqiy mustaqil suveren davlatlar integratsiyasi sifatida ko'rishni xohlaydi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo'stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirish alohida o'rin tutadi. Bu borada O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi (RF) bilan davlatlararo teng huquqli munosabatlar o'rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganligi muhimdir. 1991 yil 26 oktyabrda I.A.Karimov Moskvaga tashrif buyurib, Rossiya Federatsiyasi (RF) Prezidenti B.Yelsin bilan ikki davlat o'rtasida muxtor vakolatxonalar ochish, bir-birlarining suverenitetini va hududiy yaxlitligini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hurmat qilish, tashqi siyosat va iqtisodiy masalalarida hamkorlik qilishiga kelishib oldilar.

MDH davlatlari bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bu borada 2020 yil tariximizda muhim iz qoldirdi. Joriy yilda O'zbekiston MDHga raislik qilishdek mas'uliyatli vazifani ilk bor o'z zimmasiga oldi.

Shu o'rinda, O'zbekistonning MDHga raislik davri pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to'g'ri kelganini ta'kidlash joiz. Rejalashtirilgan tadbirlarning ko'p qismi yangi noodatiy sharoitlarda va onlayn formatlarda bo'lib o'tdi. Shunga qaramay, keskin vaziyatda, har qanday sharoitda ham O'zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o'ziga xos salohiyatni namoyish etdi. Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag'ishlangan 70 dan ortiq muhim ko'p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu davrdagi samarali faoliyatidan dalolat beradi. SHu bilan birga, ushbu yil davomida qabul qilingan hujjatlarning ko'p qismi dasturiy xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turdi. YA'ni, rejalashtirilgan tadbirlar aniq ko'rsatilgan holda dasturlar, strategiyalar va yo'l xaritalari shaklida qabul qilindi.

Yana bir jihat - O'zbekistonning savdo-sotiq doirasidagi alohida sheriklar bilan bu yilgi savdosi 20 foizdan oshdi. MDH doirasidagi O'zbekiston faoliyatining samarali ekanligi ekspertlarning yuqori bahosi bilan ham tasdiqlanadi.

Ushbu davr mobaynida O'zbekiston MDH doirasida ikkita shartnomaga qo'shildi. Bular -2006 yil 28 noyabrda Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining gumanitar hamkorlik bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim;

2008 yil 10 oktyabrda Bishkek shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi hamkorligi bo'yicha kengashi to'g'risidagi bitim. MDH doirasidagi ushbu yangi kelishuvlarga qo'shilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, 20 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitimiga O'zbekistonning qo'shilishi to'g'risida farmonni imzoladi. Ma'lumki, O'zbekiston BMTning 72-sessiyasida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi konventsiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.Joriy yilda ushbu konventsiya loyihasi muhokamasiga bag'ishlangan yoshlar huquqlari bo'yicha Samarqand veb-forumi bo'lib o'tdi. MDHning yoshlar bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ishlash sohasidagi hamkorlik to'g'risidagi bitimiga qo'shilish davlatimizning yoshlar huquqlarini ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Ushbu davrning eng muhim natijasi MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun iqtisodiy rivojlanish strategiyasining qabul qilinishi bo'ldi. 29 may kuni MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining videokonferentsiya orqali yig'ilishi bo'lib o'tdi. Uchrashuv doirasida MDHning 2030 yilgacha bo'lgan davrda iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi, keyinchalik strategiya MDH hukumatlari rahbarlari tomonidan ma'qullandi. Strategiya keng qamrovli hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjatda hozirgi paytda "global iqtisodiyot yuqori turbulentlik va noaniqlik bilan ajralib turishi" ta'kidlangan. Strategiya ishtirokchi davlatlar o'rtasida iqtisodiy o'zaro aloqalarning 30 dan ortiq yo'nalishlari bo'yicha o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligi va Hamdo'stlik mamlakatlari fuqarolari farovonligini oshirishni, uning ishtirokchi-davlatlarining jahon iqtisodiy aloqalarida mavqeini mustahkamlashni nazarda tutadi. Strategiyani amalga oshirish ikki bosqichga (2021-2025 va 2026-2030 yy.) bo'lingan rejalar asosida amalga oshiriladi.

MDHga raislik nafaqat O'zbekistonning imiji va obro'sini mustahkamladi, davlatimizning ishonchli xalqaro sherik sifatida yuqori salohiyatini namoyish etdi, balki MDH maqomini mustahkamlashga ham hissa qo'shdi. Jumladan, BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishda muhim qadam bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'rtasidagi hamkorlik maxsus rezolyutsiyasi 2020 yil 23 noyabrda N'yu-Yorkdagi (AQSH) Birlashgan Millatlar Tashkilotining shtab-kvartirasida 75-sessiya doirasida qabul qilindi. O'zbekistonning ushbu tashabbusi nafaqat MDH a'zolari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni kuchaytirishga, balki, MDHni global darajada mustahkamlashga ham hissa qo'shdi.

18 dekabr kuni MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida davlatimiz rahbari O'zbekistonning MDHdagi raisligi yakunlarini sarhisob qilib, kelajakja o'zaro hamkorlikning barcha yo'nalishlarini qamrab olgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, iqtisodiy sohada quyidagi chora-tadbirlarni taklif etdi:

- Hamdo'stlik doirasida "yashil" va soddalashtirilgan yo'laklar amaliyotini amalga oshirish, elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha yagona platformani ishga tushirish va "Yo'l xaritasi" ni qabul qilish;

- sanoat kooperatsiyasining keng qamrovli dasturini ishlab chiqish

ijtimoiy sohada:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- sanitariya-epidemiologiya tusdagi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning samarali tizimini shakllantirish;

- har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda "MDH salomatlik marafoni"ni o'tkazish.

huquqiy sohada:

- huquqiy axborot almashish uchun MDHning yagona elektron platformasini yaratish va radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish.

inson huquqlari sohasida:

- mehnat migrantlarining hujjatlarini o'zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish.

2021 yilda Toshkentda "Hamdo'stlik mamlakatlari madaniy merosi" konferentsiyasini o'tkazish. Ushbu tashabbus BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida BMT doirasida ilgari surilgan - 2021 yilda Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo jahon tsivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro forumini o'tkazish to'g'risidagi yana bir tashabbusini mukammal tarzda to'ldiradi. Ikkala tashabbus ham xalqaro miqyosda O'zbekistonning madaniy aloqalarini mustahkamlashga hissa qo'shadi.

Shunday qilib, O'zbekiston COVID-19 koronavirus pandemiyasiga qaramay, MDHga raislik qilish kontseptsiyasini to'liq amalga oshirdi. MDH doirasida ilgari surilgan O'zbekistonning yangi tashabbuslari mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida so'zlagan nutqi.

2. Prezident Shavkat Mirziyoevning 2021 yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda o'tkazilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o'zaro bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi konferensiyada so'zlagan nutqi.

3. А.Абдурахмонов «Саодатга элтувчи билим». - Т.: «Мовароуннахр», 2003 й

4. Кайковус "Кобуснома" 1994 й 53-бет

4. М.Саттор "Узбек удумлари" Т., 1993й. 70- бет

5. Хусайн Воиз Кошифий "Футувватномаи султоний ёхуд жавонардлик тарикати" Т.,1994 й. 64-бет

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.