Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA KOREYA HAMKORLIGINING RIVOJLANISHIDA MADANIYATLARARO HURMATNING O‘RNI'

O‘ZBEKISTON VA KOREYA HAMKORLIGINING RIVOJLANISHIDA MADANIYATLARARO HURMATNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hamkorlik / ta’lim sohasi / madaniyat / Buyuk ipak yo‘li / madaniyatlararo tushunish / kundalik so‘zlar / o‘zaro hurmat-상호문화.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salimova Nigina Baxtiyorovna, Jurayev Maxammad Akmaljonovich, Do Seon Hui

Koreya va O‘zbekiston aloqalari qadimdan mavjud bo‘lgan, Buyuk ipak yo‘li orqali bog‘langan aloqalar bo‘lib, bugungi kunda juda mustahkam tus oldi. Hozirgi kunda ilm-fan, sanoat, ishlab chiqarish, siyosat, iqtisodiyot, san’at, madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlik rivojlanayotgan bo‘lib, ushbu maqolada asosan ta’lim sohasidagi yutuqlar va uning madaniyatlararo ta’sir etayotganligi haqida yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA KOREYA HAMKORLIGINING RIVOJLANISHIDA MADANIYATLARARO HURMATNING O‘RNI»

O'ZBEKISTON VA KOREYA HAMKORLIGINING RIVOJLANISHIDA MADANIYATLARARO HURMATNING

O'RNI

1Salimova Nigina Baxtiyorovna, 2Jurayev Maxammad Akmaljonovich, 3Do Seon Hui

uO'qituvchi KIUF, 3O'qituvchi PhD KIUF https://doi.org/10.5281/zenodo.11217899

Annotatsiya. Koreya va O'zbekiston aloqalari qadimdan mavjud bo'lgan, Buyuk ipakyo 'li orqali bog'langan aloqalar bo'lib, bugungi kunda juda mustahkam tus oldi. Hozirgi kunda ilmfan, sanoat, ishlab chiqarish, siyosat, iqtisodiyot, san'at, madaniyat sohalarida o'zaro hamkorlik rivojlanayotgan bo'lib, ushbu maqolada asosan ta'lim sohasidagi yutuqlar va uning madaniyatlararo ta'sir etayotganligi haqidayoritiladi.

Kalit so'zlar: hamkorlik, ta'lim sohasi, madaniyat, Buyuk ipak yo'li, madaniyatlararo

tushunish, kundalik so'zlar, o'zaro hurmat- С&шИ'.

Аннотация. Корейско-узбекские отношения существуют уже давно, связаны Великим Шелковым путем, и сегодня они стали очень крепкими. В настоящее время сотрудничество развивается в сферах науки, промышленности, производства, политики, экономики, искусства и культуры. В данной статье основное внимание уделяется достижениям в области образования и его межкультурному влиянию.

Ключевые слова: сотрудничество, образование, культура, Великий Шелковый путь,

межкультурное взаимопонимание, повседневные слова, взаимное уважение-

Abstract. Korean-Uzbek relations have existedfor a long time, connected by the Great Silk Road, and today they have become very strong. Currently, cooperation is developing in the fields of science, industry, production, politics, economics, art and culture. This article focuses on advances in education and its cross-cultural impact.

Key words: cooperation, education, culture, the Great Silk Road, intercultural

understanding, everyday words, mutual respect- С^-шИ'.

O'zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko'ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo'lida maqsadi mushtarak davlatlardir. Tarixdan ma'lumki, mamlakatlarimiz Buyuk ipak yo'li davrlaridan boshlab o'zaro bordi-keldi qilgan. Samarqanddagi "Afrosiyob" muzeyida saqlanayotgan devoriy suratlarda VII asr o'rtalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya elchisini qabul qilish marosimi aks ettirilgani bunga yorqin misol bo'la oladi.

Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o'tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo'nalishlarda izchil rivojlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi o'zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tardi1

Koreya va O'zbekiston iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim, qurilish, madaniyat kabi turli sohalarda hamkorlik qilib o'zaro munosabatlar uzluksiz rivojlanib bormoqda. Parlamentlararo aloqalar, hukumatlar, vazirlik va idoralarning delegatsiyalar almashuvlari faollashdi, tashqi siyosat idoralari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmi samarali tus oldi. Bu munosabatlarning kuchayishi bilan o'z navbatida ikki davlat xalqlari o'rtasida madaniy va ilmiy hamkorlik qilish masalalari ham tobora kengayib bormoqda. Hozirda

1 https://cyberleninka.ru/article/n/ozbekiston-va-koreya-ortasidagi-diplomatik-munosabatlar/viewer

koreys tilini o'rganadigan, xattoki koreys tilida o'z ona tiliday bemalol gapira oladigan yoshlar soni talaygina. Ko'plab o'zbek yoshlari tajriba almashish uchun Koreya Respublikasida tahsil olishga va kelajakda shu ikki davlat hamkorligi rivojiga hissa qo'shishni niyat qilganlar. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda koreyslar o'rtasida ham o'zbek tili, milliy urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va san'atimizga katta qiziqish bildirganlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o'zbek tili o'rgatilmoqda2

So'nggi paytlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ta'lim yo'nalishlarida ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik avj pallasiga ko'tarilgan. Xususan 2014-yilda O'zbekistonda Koreyaning Inha universiteti Toshkent filiali ochildi, keyin esa AJu universiteti va Puchon universitetlari ham tashkil etildi. 2019 yilda Vazirlar Mahkamasining 714-sonli qarori bilan Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universitetiga asos solindi. Bu universitetlarning ta'sis etilishini O'zbekistonga Koreya ta'lim tizimining kirib kelishi va uning istiqboli uchun qadam sifatida ko'rishimiz mumkin.

Ta'lim sohasida, umuman, boshqa sohalarda ham amaliy hamkorlik qilish uchun madaniyatlararo aloqalar bo'lishi kerak. Koreyschasiga qilib aytganda bu

sanghomunhva" - turli madaniyatlar o'rtasidagi munosabatlar va boshqa madaniyatlarga ochiq fikr bilan qarash bir- birlarining madaniy qadriyatlarini to'g'ri qabul qilish deb ataladi. Yuqorida qayd etilgan universitetlarda (Xususan, men ishlaydigan Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida) Janubiy Koreyadan kelgan professor- o'qituvchilar ham o'zbek talabalariga bilim berish bilan birga O'zbekiston madaniyati, kiyimlar, taomlariga juda katta qiziqish bildiradilar. 23 yil davomida o'zbeklar bilan birga ishlab yurgan ustozlardan O'zbekiston haqidagi taassurotlari, madaniy bilimlarini so'ralsa, ular soatlab o'z tajribalari haqida zavq bilan o'rtoqlashishlari mumkin.

Avvaliga iqlim o'zgarishi, vaqtdagi tafovut, taomlarning boshqachaligiga ko'nika olmay qiynalgan koreyslar keyinchalik o'zbeklardan ko'ra yaxshiroq o'zbek taomlarini tayyorlaydilar. Bir professor "mastava"ning ta'mi yoqdi deya uning tayyorlanishi haqida so'ragandi, shundan so'ng uyida eng ko'p tayyorlab yeydigan taomiga aylanganini aytdi. Hozirgi vaqtda o'zbeklar ham kundalik vaqtda kiymaydigan adras matosidan tayyorlangan liboslarni sevib kiyishadi. O'zlariga o'zbek ismlarini qo'yib olib, o'sha ism bilan murojaat qilishsa juda quvonadilar. Xattoki ismlarning ma'nosini ham bilib oladilar. Dasturxondan turayotganda bir koreys ustozning "yedirib ichirganingga, kiyidirib to'ydirganingga, musulmon qilib yaratganingga Alloh o'zinga shukr!" -deya duo qilayotgan koreys professorimiz hammani lol qoldirdi. Bunday duo qilish ba'zida bizning ham yodimizdan ko'tarilib qoladi.

Bilamizki, koreys millatiga mansub kishilar salomlashganda boshini biroz yerga eggan

holda "^o°Mlfi-annyonghaseyo"-deb salomlashadilar. Lekin bizning professor-

o'qituvchilarimiz doimo qo'llari ko'ksida "Assalomu alaykum, yaxshimisiz? - deya o'zbekona salomlashishni afzal ko'rishadi.

Ko'plab G'arb mamlakatlarida shuningdek Koreyada ham aksirish yonidagilarga halaqit

berish hisoblanib, aksirgan kishi "^^^M^-chvesonghamnida"-ya'ni uzr so'raydi. Lekin O'zbeklarga taqlid qiluvchi bizning koreys professorlarimiz aksirgan odamni ko'rsa shosha pusha "sog' bo'ling" deya o'zbeklarga xos sog'lik tilaydilar.

Koreyslarning ishxonalarda eng ko'p qo'llaydigan so'zlari "^io^^fi?-

sugohashyossoyo", "^i°M|fi-sugohaseyo"dir. Bizning koreys professorlarimiz biz kabi tilshunoslar ham bu so'zning aniq muqobil variantini topolmay lol turganimizda, o'zlari

2 Boosook Park, A Study on the Interculturality of Uzbekistanis Who Have Experienced Korean Culture. 2021. 3 -b.

o'zbeklardan eshitaverib shunga yaqin tarjima bo'ladigan "charchamang" so'zini yodlab olganlar. Buni albatta muloqotning xayrlashuv bosqichida o'rniga qo'yib qo'llaydilar. Shuningdek,

"E^O|^|fi-tahengieyo" so'zi baxt bilan bog'liq so'z bo'lib, aniq ekvivalentini chiqarish biroz qiyin. Lekin koreys professor-o'qituvchilarimiz o'zbeklardan o'rganib olishgan "Xudoga shukr!" deb aytadilar. Aksincha, noxush narsa haqida gapirilganda "afsuski", "Voy xudoyim", "bechora" so'zlarini ham o'rnida qo'llashlarini ko'rib mana buni o'zaro madaniyatni tushunib o'rganish, muhitga moslashish demasdan ilojimiz yo'q.

Bundan tashqari ustozlarimiz ko'plab hujjat nomlarini o'zbekchada yodlab olishganki, ba'zida koreyschaga o'girganimizda ham tushunmay qolishadi, o'zbekchasini aytishimiz bilan tushunadilar: "qaror", "litsenziya", "malaka talabi", "fan dasturi", "syllabus", "ariza", "qonun", "qoida", "e'lon" kabilar.

Professor-o'qituvchilarimiz bozor-uchar, kundalik yumushlarini ham o'zlari tarjimon yordamisiz bajaradilar. Kundalik so'zlarni ham yaxshi o'zlashtirganlar: pul bering, qancha, necha pul, qimmat, arzonroq bering, chiroyli, mazali, qiziqarli va h.k.

O'zbek tilini o'zlari you tube orqali, Dilshod Akbarovning "Koreyslar uchun o'zbek tili" kitobi orqali, talabalardan o'rganib yurgan koreys professorlarimiz uchun hokimiyat tarafidan yaxshi bir yangilik qilindi va bu ular uchun juda yaxshi tuhfa bo'ldi. Endilikda ularda bepul o'zbek tili darslari o'tkazilyapti. Ularning deyarli barchasi O'zbekistonda umrbod yashashni istaydilar. Bu yerning havosi, odamlari, madaniyati, tinchligi, arzonchilik, mo'l-ko'lchilik xalqimizning xavfsiz va osoyishta yashashi va mehmondo' stligi ularni mahliyo etgan. Bularning barchasi albatta O'zbekistonning tanilishida, turizmning rivojlanishida kata ahamiyatga egadir.

Biz ham o'z o'rnida koreys ustozlardan ko'p narsalarni o'rganamiz, tajriba orttiramiz. Ulardagi shijoat, matonat, doimo olg'a intilish va har bir ishga mas'uliyat bilan yondashish bizda ham shunday odatlarni shakllantirishga oynadek xizmat qilmoqda. Talabalarimiz esa o'z kasbining chin mutaxassislaridan tanlagan sohasi bo'yicha chuqur bilimlarni egallash bilan birga koreys tilini ham o'rganib 3+1 dasturi orqali Koreyada ham tajriba almashib yetuk kadrlar bo'lib yetishmoqdalar.

Koreys tili o'rganuvchilar uchun qiyinchilik tug'diradigan narsa sinonim grammatik qo'shimchalar va so'zlar, ba'zi bir harflarning talaffuzi, ayniqsa, hurmatning ifodalanishidir. "Siz" degan olmoshning aniq ekvivalenti yo'q bo'lib uning o'rniga kasbga oid so'zlar va ijtimoiy holatiga ko'ra murojaat qilinadi va shaxs-son qoshimchasidagi hurmatning ifodalanishi ham gap turlariga qarab o'zgarib ketadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, O'zbekiston va Janubiy Koreya xalqlari azal-azaldan bir-biri bilan a'loqa o'rnatgan va buning hozirgi ko'rinishi sifatida barcha sohalardagi tuzilayotgan bitimlar, kiritilayotgan investitsiyalar, har bir sohadagi olinayotgan natijalarni misol qilib olishimiz mumkin. Xalqimizning o'zaro kelishib, bir-birlari bilan inoqlikda, do'stona istiqomat qilib, faoliyat yuritayotgani va tajribalar almashayotgani bu munosabatlarning xali uzoq yillar davomida rivojlanib borishidan dalolatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Boosook Park, A Study on the Interculturality of Uzbekistanis Who Have Experienced Korean Culture. 2021. DOI http://dx.doi.org/10.22M3/HSS2n3A164

2. ^ E^",

^ЩЩ (2019).

3. N. Salimova, Н., & N. Mirzayev . Koreys tilida hurmat kategoriyasining ahamiyati va uning хогуНк o'rganuvchilar uchun murakkabligi. Актуальные вопросы лингвистики и преподавания иностранных языков: достижения и инновации, 1(1), 2024. 97-99.

4. N. Salimova, Koreys tilida hurmat shakli va ип^ muloqotdagi o'mi. Nauchniy impuls, (2023). 87-91.

5. https://kun.uz/news/2019/04/20/koguryo-elchisi-samarqandga-kelganmi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2019%2F040/o2F200/o2Fkogш-yo-elchisi-samarqandga-kelganmi

6. www.kci.go.kr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.