Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON VA KOREYA O'RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR'

O'ZBEKISTON VA KOREYA O'RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1253
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diplomatik aloqalar / strategik sherikchilik / iqtisodiy rivojlanish / mehnat munosabatlari / investitsion hamkorlik / hukumatlararo bitim / millatlararo totuvlik / madaniy aloqalar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ilyos Ismoilovich Oqbo‘tayev

Koreya va O‟zbekiston aloqalari qadimdan mavjud bo‟lgan, buyuk ipak yo‟li orqali bog‟langan aloqalar bugungi kunga kelib juda mustahkamlandi. Koreya va O‟zbekiston o‟rtasidagi masofa uzoq bo‟lsada o‟zaro manfaatli aloqalar orqali yaqinlik hosil bo‟ldi. Mazkur davlatlar o‟rtasidagi munosabatlar 1992-yilda o‟rnatilgan bo‟lib, bu yil aloqalar 30 yillik tarixga ega. Ushbu maqola davlatlarimiz o„rtasidagi aloqalarni o„rnatilish tarixi, rivojlanish tendensiyalari, siyosiy, savdoiqtisodiy va madaniy – gumanitar yo„nalishlarda hamkorlik masalalari keng yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON VA KOREYA O'RTASIDAGI DIPLOMATIK MUNOSABATLAR»

O'ZBEKISTON VA KOREYA O'RTASIDAGI DIPLOMATIK

MUNOSABATLAR

Ilyos Ismoilovich Oqbo'tayev

Denov tadbirkorlik va pedogogika instituti magisrtanti

ANNOTATSIYA

Koreya va O'zbekiston aloqalari qadimdan mavjud bo'lgan, buyuk ipak yo'li orqali bog'langan aloqalar bugungi kunga kelib juda mustahkamlandi. Koreya va O'zbekiston o'rtasidagi masofa uzoq bo'lsada o'zaro manfaatli aloqalar orqali yaqinlik hosil bo'ldi. Mazkur davlatlar o'rtasidagi munosabatlar 1992-yilda o'rnatilgan bo'lib, bu yil aloqalar 30 yillik tarixga ega. Ushbu maqola davlatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni o'rnatilish tarixi, rivojlanish tendensiyalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy - gumanitar yo'nalishlarda hamkorlik masalalari keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: diplomatik aloqalar, strategik sherikchilik, iqtisodiy rivojlanish, mehnat munosabatlari, investitsion hamkorlik, hukumatlararo bitim, millatlararo totuvlik, madaniy aloqalar.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi. Tashqi siyosiy yo'nalishda mustaqil O'zbekiston tez sur'atlarda rivojlanayotgan dunyoning barcha davlatlari bilan, shu bilan birga Koreya Respublikasi bilan ham yaqindan hamkorlik qilishga urg'u bermoqda.

Koreya Respublikasi O'zbekistonning mustaqilligini birinchilardan bo'lib, ya'ni 1991-yilning oxirlarida tan olgan, diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvarda o'rnatilgan. O'tgan 30 yillik davr mobaynida har ikki tomon davlat rahbarlari o'rtasida oliy darajadagi 17 ta uchrashuv o'tkazilgan. Ushbu uchrashuvlarning har birida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yuzasidan muhim ahamiyatga ega bo'lgan kelishuvlarga erishganlar.

O'zbekiston va Koreya Respublikasi o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida 2006-yilda mamlakatlarimiz o'rtasida Strategik sheriklik to'g'risidagi Qo'shma deklaratsiya imzolandi.

2014-yilda esa Strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiya imzolandi. Ushbu hujjat respublikalar o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy

December, 2022

620

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

hamda madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish imkonini yaratdi.

Ikki mamlakatning siyosiy munosabatlari haqida so'z ketganda, avvalo, davlat rahbarlari o'rtasidagi samimiy do'stlikni ta'kidlash kerak. Bu do'stlik Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak Seul meri bo'lgan yillari boshlangan. 2008-yilda Li Myon Bak prezident saylovida g'alaba qozonib, davlat rahbari lavozimini egallagach, inauguratsiya marosimiga oliy faxriy mehmon sifatida O'zbekiston rahbarini taklif etdi. 2009-yilning may oyida O'zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari Toshkentda uchrashdilar. Davlat rahabarlarining har bir uchrashuvi ikki davlat o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab bordi.

So'nggi to'rt yil davomida esa O'zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari ikki davlat rahbarlari o'rtasidagi boy va sermazmun siyosiy muloqotga asoslangan holda sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.

O'zbekiston bilan Janubiy Koreya geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin ko'ngli yaqin, tinchlik va taraqqiyot yo'lida maqsadi mushtarak davlatlardir. Tarixdan ma'lumki, mamlakatlarimiz Buyuk ipak yo'li davrlaridan boshlab o'zaro bordi-keldi qilgan. Samarqanddagi "Afrosiyob" muzeyida saqlanayotgan devoriy suratlarda VII asr o'rtalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya - Choson elchisini qabul qilish marosimi aks ettirilgani bunga yorqin misol bo'la oladi.

Mamlakatlarimiz vaqt sinovidan o'tgan ishonchli strategik sheriklardir. Oliy darajadagi muloqotlar va mushtarak intilishlar samarasida mamlakatlarimiz hamkorligi barcha yo'nalishlarda izchil rivojlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat tashrifi o'zaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tardi.

2019-yilning 18-aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O'zbekistonga davlat tashrifi bo'lib o'tdi. Ushbu tashrif davomida O'zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o'rtasida alohida strategik sheriklik to'g'risidagi Qo'shma deklaratsiya imzolandi, muhim kelishuvlarga erishildi va umumiy qiymati 12 milliard dollardan ortiq bo'lgan kelishuvlar imzolandi. Ular energetika, neft-gaz, kimyo, tog'-kon sanoati, mashinasozlik, elektrotexnika, to'qimachilik va yengil sanoat, transport va logistika, infratuzilma, AKT, raqamli tibbiyot kabi sohalarni qamrab oladi. Bulardan, xususan, "Angren" iqtisodiy zonasini "Inchon" erkin iqtisodiy zonasi boshqaruviga o'tkazish, ommabop dori vositalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish to'g'risidagi kelishuv e'tiborga

molik.

December, 2022

2021-yil 28-yanvar kuni pandemiya sababli O'zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning videokonferensaloqa formatida sammiti bo'lib o'tdi. Onlayn sammit yakunlari bo'yicha "to'rtinchi sanoat inqilobi"ni ilgari surish maqsadida "raqamlashtirish" sohasida hamkorlik to'g'risid agi memorandum, Janubiy Koreya Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamg'armasi (EDCF) bilan umumiy qiymati 1 mlrd dollar bo'lgan kelishuv, shuningdek, Koreyaning yangi kelishuvi loyihasining asosiy elementi bo'lgan raqamli va yashil sektorlarda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Muhim yo'nalishlarda, shu jumladan, Koreya kompaniyalari bilan birgalikda tashkil etilayotgan farmatsevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq tashxislash tizimlarini ishlab chiqish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish taklifi bildirildi.

Bundan tashqari, zamonaviy laboratoriyalar yaratish va chegaralardagi sanitariya nazorati punktlarini modernizatsiya qilish, yuqori malakali vrachlarni tayyorlash, tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish, mintaqada epidemiologik vaziyatni monitoring qilish va barvaqt prognozlashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Koreya Respublikasini mamlakatimizga raqamli va "yashil" texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri deb bilishini alohida ta'kidladi.

Oliy, kasb-hunar va maktabgacha ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniy meros ob'yektlarini raqamlashtirish va restavratsiya qilish sohalaridagi hamkorlikning joriy va istiqbolli dasturlari ko'rib chiqildi.

Joriy yilda janubiy koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida jami 400 million dollargacha investitsiyalarni o'zlashtirilishi ma'lum qilindi.

Bugungi kunga qadar ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 14 raund siyosiy maslahatlashuvlar bo'lib o'tdi (oxirgisi 2020 yil 5 noyabrda videoanjuman shaklida o'tkazilgan). 2018-yil 17 - 18-aprel kunlari Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva O'zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. 2007-yil noyabr oyidan buyon "Koreya Respublikasi - Markaziy Osiyo" yillik hamkorlik forumi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. 2020-yil noyabr oyida Tashqi ishlar vaziri A. Kamilov Forumning 13-yig'ilishida ishtirok etdi.

Xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi bugungi kunga qadar Koreya Respublikasining barcha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlab kelgan. Xususan, BMT ning irqiy kamsitishni bartaraf etish bo'yicha Qo'mitasiga (2018 -

December, 2022

622

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

2021 yillar), EKOSOS (2016 y.), inson huquqlari Kengashiga (2013 - 2015 y. va 2016 - 2018 y.), xalqaro huquq Komissiyasiga (2017 - 2021 y.), BMTning xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasiga (2013-2019 y. va 2019-2025 y.), xalqaro telekommunikatsiya Ittifoqi Kengashiga (2010 - 2014 y., 2014 - 2018 y. va 2018 -

2022 y.), xalqaro telekommunikatsiya Ittifoqi Kengashi telekommunikatsiya standartlashtirish byurosi direktorligiga (2014 y.), Jahon meteorologiya tashkiloti Ijroiya Kengashi a'zoligiga (2011 y., 2015 y., 2019 y.) ilgari surgan nomzodlarini qo'llab quvvatladi.

O'z navbatida rasmiy Seul ham BMT Bosh assambleyasi doirasida O'zbekistonning tashabbusi bilan 2018-yilda qabul qilingan ikkita, ya'ni "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" hamda "Ta'lim va diniy bag'rikenglik" rezolyusiyani qo'llab-quvvatladi va unga hammualliflik qildi. Shuningdek, Janubiy Koreya 2021 - 2023-yillar davomida O'zbekistonning BMT inson huquqlari Kengashiga nomzodini qo'llab-quvvatladi.

Hamkorlikning shartnomaviy - huquqiy asoslariga to'xtaladigan bo'lsak, respublikalar o'rtasida 181 ta hujjat imzolangan bo'lib, ulardan 4 tasi davlatlararo, 53 tasi hukumatlararo, 75 tasi idoralararo va 49 tasi boshqa hujjatlar (xalqaro shartnoma maqomiga ega bo'lmagan xalqaro hujjatlar).

Koreya Respublikasi O'zbekistonning Osiyo-tinch okeani mintaqasi davlatlari savdo hamkorlari orasida yetakchi o'rinlarni egallaydi. Xususan, 1992-yilda imzolangan savdo bitimiga muvofiq mamlakatlar o'rtasida eng qulay afzalliklar rejimi o'rnatilgan. Ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar yildan yilga o'sib borishi tomonlar o'rtasidagi munosabatlar mustahkam "poydevor"ga egaligi bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlariga ko'ra 2020-yil yakuni bo'yicha ikki davlat o'rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2 142,3 million AQSh dollarni tashkil qildi. Shundan eksport - 45,5 million AQSh dollarni, import esa - 1 872,7 million AQSh dollarni tashkil qildi.

O'zbekistonning Janubiy Koreyaga eksport qiladigan asosiy mahsulotlari transport, qurilish, turizm xizmatlari (33,5%), yog'och va yog'och mahsulotlari (20,6%), to'qimachilik mahsulotlari (13,4%), kimyoviy mahsulotlar (10,3%), elektr uskunalar va uning qismlari (6,2%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,3%), qurilish materiallari (4,1%), yog'li urug'lar, mevalar

(2,6%) va boshqalar.

December, 2022

Koreyadan keltiriladigan import mahsulotlarining asosiy qismini transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari (41,1%), turli xil mexanik va elektr uskunalar (23,1%), plastmassa va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (5,5%), qurilish materiallari (5,3%), qora metall va undan tayyorlangan mahsulotlar (4,1%), optik uskunalar va apparatlar (3,2%), kimyoviy mahsulotlar (2,4%), kauchuk va rezina mahsulotlari (2,3%) va boshqalar.

Tomonlar investitsion hamkorlik bo'yicha ham ulkan yutuqlarga erishib kelmoqda. Xususan, 1992 - 2020-yillar mobaynida Koreyaning O'zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan to'g'ridan - to'g'ri investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollardan ortiq. Koreya investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni esa 875 tani tashkil qilib, ulardan 539 tasi - 100% Koreya kapitali ishtirokida shakllantirilgan. Ushbu korxonalarning faoliyati asosan savdo, yengil sanoat, tog'-kon, kimyo, oziq -ovqat sanoatlariga, mashinasozlik va metalga ishlov berish, uy-joy-kommunal xo'jaligi, sog'liqni saqlash, turizm va xizmatlar sohalariga ixtisoslashgan.

O'zbekistonga investitsiya kiritgan eng yirik kompaniyalar "Koreya milliy neft korporatsiyasi" (KNOC), "Koreya gaz korporatsiyasi" (KoGas), "Daewoo International", "Korean Air", "Shindong Enercom", "Haintex" va "LG" hisoblanadi.

Shu jumladan, "Koreya gaz korporatsiyasi" (KoGas) "O'zbekneftgaz" AJ bilan hamkorlikda O'zbekiston shimoli-g'arbidagi Ustyurt yassi tog'ligida qiymati 4 milliard AQSh dollar bo'lgan gaz-kimyo majmuasini 2016-yilda qurib bitirdi. "Koreya milliy neft korporatsiyasi" esa Farg'ona vodiysida yangi neft konlarini qidirib topish loyihalarini amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 74 ta Koreya kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan o'tgan.

Moliya-texnikaviy ko'mak sohasida Koreya Eksimbanki iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik Fondi (EDCF) tizimidagi hamkorlik doirasida:

- 2014 - 2017 y. - 179,5 million AQSh dollarli 4 ta loyiha;

- 2018 - 2020 y. - 659,4 million AQSh dollarli 7 ta loyiha;

- 2021 - 2022 y. - 1,37 milliard AQSh dollarli 12 ta loyiha amalga oshiriladi.

Undan tashqari, Xalqaro Hamkorlik bo'yicha Koreya Agentligi (KOICA)

yo'nalishidagi texnik hamkorlik O'zbekistonga beg'araz asbob-uskunalar taqdim etish, mutaxassislar va xodimlarni Koreya Respublikasida o'qitish, koreys ekspertlari va ko'ngillilarni O'zbekistonga yuborish yo'nalishlarida amalga oshirmoqda. Xususan, 1995 - 2020-yillar mobaynida KOICA yo'nalishida O'zbekiston Respublikasiga ko'rsatilgan beg'araz yordamning umumiy hajmi 130 million AQSh dollarni tashkil qilib, mablag'lar sog'liqni saqlash, ta'lim, axborot texnologiyalar, kommunal xo'jalik,

December, 2022

624

qishloq va suv xo'jaligi, eneгgetika sohalaгidagi loyihalami amalga oshirishga maqsadida yo'naltiгilgan.

NATIJALAR

Shuningdek, bugungi kunga qadar KOICAning texnik hamkorligi doirasida O'zbekiston vazirliklari va idoralarining 2 000 dan ortiq vakillari Koreya Respublikasida tahsil oldi hamda 70 dan ortiq koreyalik ekspertlar hamda 500 dan ortiq ko'ngillilari O'zbekistonda o'z missiyasini amalga oshirdi.

2007-yildan buyon davlatlarimiz o'rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik doirasida Bandlikka ruxsat berish tizimi bo'yicha 31,5 mingdan ortiq O'zbekiston fuqarosi Janubiy Koreyaga yuborildi. Hozirgi kunda Janubiy Koreyada 17 mingga yaqin o'zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Har yili Koreya Hukumati tomonidan O'zbekiston uchun 3 - 3,2 ming kishi atorofida kvota ajratiladi.

2018-yil sentyabr oyida Koreyaning Kvanju shahrida O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi tashkil etildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik yo'nalishida ham bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, ta'lim sohasida Toshkentda 1992-yildan boshlab Koreya ta'lim markazi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mahalliy oliygohlar Koreyaning 45 dan ortiq universitet, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

O'zbekistonda Koreyaning Inxa, Puchon, Yoju, universitetlari, fililallari hamda Farg'onada Koreya xalqaro universiteti faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yil 1-fevralda esa Aju universitetining filiali ochildi.

Toshkentda Koreya metodologiyasi bo'yicha tashkil etilgan 324-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi.

Sog'liqni saqlash sohasidagi hamkorlik doirasida hozirga qadar respublikamizning 400 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari Koreyaning yetakchi klinika va markazlarida malakasini oshirdi. 2019-yil aprel oyida sog'liqni saqlash sohasida O'zbekiston-Koreya hamkorlik markazi tashkil etildi.

2020-yil may oyida EDCF fondi ko'magida Toshkentda qiymati 130 million AQSh dollarli "Bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi" qurilishi yakunlandi. Bugungi kunda Koreya tomoni bilan qiymati 150 million AQSh dollarli "Kattalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi" hamda 150 million AQSh dollarli "Onkologik klinika" qurilishi bo'yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ikki davlat o'rtasida madaniyat sohasida aloqalar ham izchillik bilan davom etmoqda. 2014-yilda Toshkentdagi

December, 2022

625

"Do'stlik bog'i" hududining bir qismida Seul bog'i tashkil etildi. 2018-yil oktyabr oyida Seulda "O'zbekiston madaniyati haftaligi" tashkil etildi.

2019-yil mart oyida "Koreya - Markaziy Osiyo" hamkorlik forumi kotibiyati tomonidan tashkil yetilgan "Seulda Navro'z" xalqaro festivalida" "Navro'z" va "Lazgi" ijodiy guruhlari ishtirok etdi. 2019-yil aprel oyida Toshkentda Koreya madaniyati va san'ati uyi faoliyatini boshladi. Toshkent ko'chalaridan biri "Seul" deb nomlandi.

Turizm sohasida 2018-yil 10-fevraldan buyon O'zbekistonda Koreya Respublikasi fuqarolari uchun 30 kunga qadar vizasiz rejimi joriy etildi. 2019-yilda Janubiy Koreyalik mashhur aktrisa Li Yong-aye O'zbekistonning Koreyadagi sayyohlik elchisi etib tayinlandi.

2020-yil davomida O'zbekistonga 6 489 ta Koreya fuqarosi tashrif buyurdi (2019-yilda - 35 524 ta, 2018-yilda - 27 269 ta).

Bugungi kunda, hamkorlikning yangi yo'nalishi sifatida O'zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya o'rtasidagi tashqi savdo aylanmasining nomutanosibligini tenglashtirish hamda eksport-import operatsiyalari nomenklaturasini diversifikatsiya qilish maqsadida ikki davlat o'rtasida Erkin savdo to'g'risida bitim imzolanishi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

O'zbekiston bilan erkin savdo to'g'risida bitim imzolanishi to'g'risida Koreya Respublikasi Prezidenti 2020-yil 31-dekabrda Koreya xalqiga yo'llagan yangi yil tabrigida ham alohida to'xtalib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Erkin savdo to'g'risida bitim - xalqaro integratsiyaning bir turi bo'lib, xalqaro shartnomaga muvofiq ishtirokchi davlatlar o'rtasida o'zaro savdoda bojxona to'lovlari, soliqlar, yig'imlar, shuningdek miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi.

Joriy yil 24-sentyabrda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o'rinbosari B. Abidov hamda Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligining erkin savdo bitimlari bo'yicha Bosh direktori Yang Gi Uk videokonferensiya shaklida Erkin savdo to'g'risida Bitim loyihasi yuzasidan navbatdagi sessiyalararo muzokaralar o'tkazdi.

Tomonlar Bitim loyihasini ko'rib chiqdilar hamda ayrim tovarlarga qo'llanaladigan tarif cheklovlarini soddalashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Shu bilan birga, Janubiy Koreya O'zbekiston Respublikasini Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lishida ko'maklashib kelmoqda. Jumladan, O'zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish bo'yicha tashkil etilgan ishchi guruhga Koreya Respublikasining Jahon savdo tashkilotidagi doimiy vakili janob Li Te Xon raislik qiladi. 2020-yil avgust

December, 2022

626

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

oyida JST kotibiyat bilan Ishchi guruh yig'ilishining 5 raundi o'tkazildi. Hozirgi kunda O'zbekistonda janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 412 ta korxona, ushbu mamlakatdagi 81 ta kompaniyaning vakolatxonalari ishlamoqda. O'zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi esa 6 milliard dollardan oshib ketdi. Koreya Respublikasi O'zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. Yurtimiz tashqi savdosining 7,8 foizi aynan Janubiy Koreyaga tegishli bo'lib, 2014-yili o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan oshdi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida so'z ketganida, madaniyat va ta'lim sohasidagi hamkorliklar to'g'risida alohida to'xtalib o'tish joiz. 1992-yildan beri Toshkentda Koreys ta'lim markazi faoliyat ko'rsatib kelayapti. Bir nechta universitet va institutlarda koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. 13ta oliy ta'lim muassasasi, 28ta maktab va litseyda koreys tili o'rgatilmoqda. O'zbekiston universitetlari Janubiy Koreyadagi o'ttizdan ziyod oliy o'quv yurti va ilmiy ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Tarixiy, madaniy jihatdan ham ko'plab uyg'unliklarni ko'rish mumkin. Jafokash koreys xalqi ham o'zbeklar singari o'tmishda ko'p bor bosqinchilar zulmi ostida yashashga, ularga qarshi qon va jon kurashini olib borishga majbur bo'lgan. Ana shunday qiyinchiliklar evaziga bo'lsa kerak, koreyslar hozirgi tinch va farovon muhitda ham o'zlarining mehnatsevarligi, tirishqoqligi bilan ajralib turadi, yangiliklarga qo'l urib, turmush tarzini yanada farovonlashtirishga intilib yashaydi.

Bugungi murakkab vaziyatda dunyo tinchligi, xavfsizlik va barqarorlik davlatlar hamda millatlarning o'zaro ishonchi, hamjihatligi va do'stona aloqalarni mustahkam o'rnatishiga bog'liq bo'lib qoldi. Ijtimoiy-siyosiy, madaniy-iqtisodiy munosabatlarning ijobiy o'zanda rivojlanishigina global muhitda, integratsiyalangan sharoitda yashashga ko'nikib ulgurgan insoniyatni bugungi tang vaziyatdan olib chiqishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida o'zaro hamkorlikning "yashil" taraqqiyot, raqamlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash bo'yicha ilgari surilgan tashabbuslarini amalga oshirish nihoyatda muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

O'zbekiston-Koreya munosabatlarini rivojlantirish doirasida o'z navbatida, samarali siyosiy muloqotni amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik, birinchi navbatda, parlamentlararo "do'stlik guruhlari"ning o'rni borligini alohida ta'kidlaymiz. Ular mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan to'ldirib, qonun ijodkorligi masalalari bo'yicha tajriba almashish,

davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati, gender masalalari, ta'lim,

December, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

mintaqaviy rivojlanish sohalariga elektron parlament mexanizmlari, islohotlarni joriy qilish imkonini beradi.

Umuman olganda, diplomatik aloqalar o'rnatilganidan buyon Koreya Respublikasi barcha yo'nalishlarda, xususan amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy o'zgarishlarda, xalqaro masalalalarda O'zbekistonning sinalgan, ishonchli strategik hamkoriga aylandi. O'z navbatida O'zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy jabhalarda keng aloqalarni yo'lga qo'yish Koreya tomoni manfaatlariga ham to'la mos keladi. Bundan kelib chiqqan holda tomonlar yaqin va uzoq istiqbolda ikki tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga harakat qiladilar.

Mamlakatlarimiz BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini qo'llab-quvvatlab kelmoqda. O'zbekiston Koreya Respublikasining global xavfsizlikni ta'minlash borasida katta ahamiyatga ega bo'lgan, Koreya yarim orolidagi o'zaro hamjihatlikni mustahkamlashga yo'naltirilgan tinchliksevar siyosatini ma'qullaydi.

O'z navbatida, Koreya Respublikasi 2018-yilda O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" hamda "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyutsiyalarini qo'llab-quvvatladi.

Parlamentlararo aloqalar, hukumatlar, vazirlik va idoralarning delegatsiyalar almashuvlari faollashdi, tashqi siyosat idoralari o'rtasida siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmi samarali tus oldi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunda koreslar o'rtasida ham o'zbek tili, milliy urf-odatlarimiz, madaniyatimiz va san'atimizga katta qiziqish bildirganlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o'zbek tili o'rgatilmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Xurshidbek Samiyev. O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi hamkorlik natijalari. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-va-koreya-respublikasi-ortasidagi-hamkorlik-natijalari.

2. Obid Hakimov "The Korea Post" jurnali. O'zbekiston Koreya iqtisodiy hamkorlik istiqbollari. https://review.uz/post/uzbekistan-koreya-perspektiv-ekonomicheskogo-sotrudnichestva

3. Sanjar Said. O'zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari:

XULOSA

tenglik,

do'stlik,

December, 2022

hamjihatlik.

https: //kun.uz/uz/news/2015/11/06/ozbekiston-j anubiy-koreya-munosabatlari-tenglik-dostlik-hamjihatlik

4. MycaeB Б. Мехтат хукуки: уни химоя килиш бoрaсидa. Узбекистон Ba Корея Респyбликaси хaмкoрлиги.-Тoшкент: 2017. -Б. 76.

5. Kamoliddin, M. (2020). Conceptual approach to democratization of public administration. Russia and the moslem world, (2 (308)), 66-76.

6. Mansurjonovich, M. K. (2022). Methods for Assessing the Efficiency of Management at the Current Stage of State Development. Middle European Scientific Bulletin, 20, 61-67.

7. Мигрaция œxac^Aara истикболли режaлaр сaмaрaси // Koryo sinmun.. 7-сон (309). 2018, 31 aBryCT.

8. Очёт ^aBKu N=02/00-02/11=3263/04.07.2019.(Tashqi migratsiya agentligi yillik hisoboti).

9. O'zbekiston - Janubiy Koreya: strategik sheriklikning yangi bosqichi. Vendredi, 2017 yil 24-noyabr. https://www.un.int/uzbekistan/fr/news/uzbekistan-%E2%80%93-south-korea-new-stage-strategic-partnership#

10. http://lex.uz/docs/2048490/«Бир дaвлaт фyкaрoлaрининг бош^ дaвлaт хyдyдидa BaKraH4a мехтат фaoлияти тyFрисидa»ги битим.

11. Тошкент шaхaр Ишсиз фyкaрoлaрни гасб-хутарга укитиш мaркaзи тyFрисидa низoм.https://mehnat.uz/uz/subordinate-organizations/position/244/

12. Узбекистон Республитаси Бaндлик Ba мехтат мyнoсaбaтлaри вaзирлиги хaмкoрлик мyнoсaбaтлaри ривoжи.http://mehnat.uz/

13. «Узбекистон Респyбликaси фyкaрoлaрининг чет эллaрдaги мехнaт фaoлиятини тaшкил этишни тaкoмиллaштириш чoрa-тaдбирлaри тyFрисидa» http://www.lex.uz/acts/246880/

14. Чет эллaргa кетaётгaн фyкaрoлaрни oлдиндaн куниктириш Ba укитиш мaркaзи тaшкил этиш бyйичa. http://www.lex.uz/acts/246880/

15. ^сб-хутарга укитиш мaркaзини тaшкил этиш чoрa-тaдбирлaри тyFрисидa http://www.lex.uz/acts/2648089/

December, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

629

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.