Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON VA HINDISTON MADANIY ALOQALARINING TARIXIY ILDIZI (ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTON VA HINDISTON MADANIY ALOQALARINING TARIXIY ILDIZI (ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
8
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qadimgi Farg‘ona / buddaviylik / Quva / Hindiston / Quva ibodatxonasi / Shri Devi. / Ancient Ferghana / Buddhism / Kuva / India / Kuva temple / Sri Devi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdixo‘jayeva, Mahliyo Muqimxo‘ja Qizi

Maqola O‘zbekiston va Hindiston madaniy aloqalarining qadim o‘tmishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Farg‘ona vodiysining qadimgi shahri Quva topilmalari tahlil etilgan. Undagi arxeologik artefaktlar orqali vodiyning qadimda Hindiston bilan o‘zaro iqtisodiy-madaniy, sanʼat, hunarmandchilik aloqalari va almashuvlari yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi tahlil etilgan. Quva topilmalari Hindistonda aniqlangan arxeologik topilma materiallarga solishtirish orqali ikki mdaniyatning aynan o‘xshashligi, o‘rta asrlarda ikki hudud madaniy-iqtisodiy aloqalarining yanada rivojlanganligi haqida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL ROOTS OF CULTURAL RELATIONS OF UZBEKISTAN AND INDIA (EXAMPLE OF ARCHAEOLOGICAL RESEARCH)

The article is devoted to the ancient past of the cultural relations between Uzbekistan and India, in which the findings of the ancient city of Kuva, located on the Great Silk Road, in the Fergana Valley, are analyzed. Through the archeological artefacts in it, it is analyzed that the valley had good economic-cultural, art, handicraft relations and exchanges with India in ancient times. By comparing the finds of Kuva with the archaeological finds found in India, opinions were expressed about the exact similarity of the two cultures and the further development of the cultural and economic relations between the two regions in the Middle Ages.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON VA HINDISTON MADANIY ALOQALARINING TARIXIY ILDIZI (ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON VA HINDISTON MADANIY ALOQALARINING TARIXIY ILDIZI (ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR MISOLIDA)

Mahliyo Turdixo'jayeva Muqimxo'ja qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktorant

E-mail: turdixujayevamakhliyo@gmail.com ORCID-ID:0009-0008-5599-9647

ANNOTATSIYA

Maqola O'zbekiston va Hindiston madaniy aloqalarining qadim o'tmishiga bag'ishlangan bo'lib, unda Buyuk Ipak yo'lida joylashgan Farg'ona vodiysining qadimgi shahri Quva topilmalari tahlil etilgan. Undagi arxeologik artefaktlar orqali vodiyning qadimda Hindiston bilan o 'zaro iqtisodiy-madaniy, san 'at, hunarmandchilik aloqalari va almashuvlari yaxshi yo 'lga qo 'yilganligi tahlil etilgan. Quva topilmalari Hindistonda aniqlangan arxeologik topilma materiallarga solishtirish orqali ikki mdaniyatning aynan o 'xshashligi, o 'rta asrlarda ikki hudud madaniy-iqtisodiy aloqalarining yanada rivojlanganligi haqida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Qadimgi Farg'ona, buddaviylik, Quva, Hindiston, Quva ibodatxonasi, Shri Devi.

ABSTRACT

The article is devoted to the ancient past of the cultural relations between Uzbekistan and India, in which the findings of the ancient city of Kuva, located on the Great Silk Road, in the Fergana Valley, are analyzed. Through the archeological artefacts in it, it is analyzed that the valley had good economic-cultural, art, handicraft relations and exchanges with India in ancient times. By comparing the finds of Kuva with the archaeological finds found in India, opinions were expressed about the exact similarity of the two cultures and the further development of the cultural and economic relations between the two regions in the Middle Ages.

Key words: Ancient Ferghana, Buddhism, Kuva, India, Kuva temple, Sri Devi.

KIRISH

Bugungi kunda davlatlararo munosabatlarning tarixiy ildiziga nazar solish o'zaro munosabatlarda muhim xususiyatlardan hisoblanadi. O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini kengaytirish har ikki davlatning uzoq muddatli manfaatlariga javob beradi va Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarining tarixiy o'zaro bog'liqligini qayta tiklashga hizmat qiladi. Bugungi kunda O'zbekiston-Hindiston munosabatlarida, ikki tomonlama hamkorlikning maqsadli yo'nalishlarini belgilab beruvchi 100 dan ortiq davlatlar, hukumatlar va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

idoralararo hujjatlar qabul qilinganligi bejiz emas. Ikki mintaqa o'rtasidagi umumiy tarixiy meros, xalqlar o'rtasidagi yaqinlik qadim tarixga borib taqaladi. tarixga nazar tashlaganimizda ham arxeologik tadqiqotlar bergan ma'lumotlar qadimgi davrlarda Hindiston va O'zbekiston, xususan Farg'ona vodiysi o'rtasidagi iqtisodiy-madaniyat, san'at, hunarmandchilik aloqalari va almashuvlari yaxshi yo'lga qo'yilganidan darak beradi. Farg'ona vodiysining arxeologik obyekti hisoblanmish Quva topilmalari Hindistonda aniqlangan arxeologik topilma materiallarga aynan o'xshashligi, o'rta asrlarda ikki hudud madaniy-iqtisodiy aloqalarining yanada rivojlanganini, madaniyat va san'atni yuksalganini ko'rsatadi. Quva o'ziga xos yirik iqtisodiy, savdo-sotiq shahri bo'lganligi ham barchamizga birdek ma'lum. Shu bilan birga Quva madaniy markazlardan biridir. U karvon yo'llari tutashgan chorrahadagi shahar edi. Bundan tashqari Quvada dunyodagi yirik dinlar -otashparastlik, budda va musulmonlik kabilar ildiz otgan edi. Buddizmning keng yoyilishi ushbu shaharning Hindiston sivilizatsiyasiga yaqin elementlar bera olishini anglatadi. Taniqli arxeolog V.A. Bulatova rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya Quvada Markaziy Osiyoda yagona budda ibodatxonasi bo'lganligi aniqlangan. Budda madaniyatiga oid bu namunalar Toshkent muzeylarida saqlanadi va ular VII asrga oid deb taxmin qilingan[5:51]. Buddizm O'rta Osiyoga o'zining kelib chiqish markazi bo'lgan Hindistondan Baqtriya orqali kirib kelgan. Buddistlar ibodatxonasining me'moriy detallari va Ayritomdagi musiqachilar ishtirokidagi mashhur friz topilmalari, Qoratepa g'or monastirida olib borilgan qazishmalar Baqtriyaning ham katta rol o'ynaganiga shubha tug'dirmaydi. Buddizmning tarqalishi va buddizm madaniyati va san'atining gullab-yashnashida. Qoratepadagi arxeologik materiallar Baqtriya monastiri rohiblarining kushon va hind tillari va yozuvlarini bilishlari haqidagi yozma manbalardan olingan ma'lumotlarni tasdiqlaydi. Ular O'rta Osiyoning turli hududlariga-Choch, So'g'd, Farg'ona, Marg'iyona, Sharqiy Turkistonga buddizm ta'limotini targ'ib qilish uchun borib, u yerda monastir va ibodatxonalar, tashkil etgan, ularning ba'zilari sovet arxeologlari tomonidan topilgan va o'rganilgan[1:58].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ibodatxonadan topilgan budda dini ilohlari (xudolari) bilan bog'liq siymolarning haykallari va tasvirlari shunga guvohlik bermoqda. Bunga ikki odam bo'yi bilan barobar keladigan haybatli budda haykalini va budda dinidagi Shri-devi, Manchjushri ilohlari siymolari haykallari kiradi. Haykallarni yuz tuzilishi yoki boshqa belgilarida O'rta Osiyo budda yodgorliklaridagi ana shunday topilmalar bilan umumiy o'xshashlik bor. Lekin Quvadagi budda obrazlarini siymolarida ozgina bo'lsada turkiylashgan tip tasviri berishga harakat qilingan. Bu Quva budda ibodatxonasigagina xos bo'lgan narsadir. Bu ibodatxona Farg'ona vodiysi uchun

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

noyob topilmadir. Sababi hozirga qadar vodiyda budda dini ibodatxonasi topilganicha yo'q. Qolaversa, Quva Farg'ona aloqalari savdo yo'li bo'yidagi yirik shahar edi. Bu shaxarda g'arbdan, sharqdan va janubdan kelayotgan savdo karvonlari qo'nim topganlar. Balkim, bir tomondan Quva budda ibodatxonasi xuddi shu yo'lovchi dindorlarga mo'ljallab qurilgan bo'lishi extimoldan xoli emas[6:53]. T.K.Mkrtichev bu yo'nalishda Quva majmuasida ishlagan, ammo bu bo'yicha batafsil tahlil hali mavjud emas. Qiyosiy tahlilga kelsak, budda yodgorliklarini qazish bo'yicha bir qator nashrlar mualliflari qo'shni mamlakatlarning budda san'ati bilan taqqoslashdi[2:196]. Mintaqalararo aloqalarning mustahkamlanishi Markaziy Osiyo mintaqalari iqtisodiyotining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Hunarmandchilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ayirboshlash markazlari paydo bo'ldi. Uzoq mamlakatlar bilan savdo aloqalari mavjudligini Baqtriya, Marg'iyona va Farg'onadan topilgan oltin va kumushdan yasalgan idishlar, Mesopotamiya, Elam, Eronning shimoli-sharqida, Balujiston va Xarappada yasalgan bronza buyumlari dalolat beradi. Biroq ular G'arbiy Osiyo aholisi va Hind sivilizatsiyasi vakillarining O'rta Osiyoga ko'chishi natijasida mintaqaga kirib kelishi mumkin edi[4:75-83].

Quvani arxeologik o'rganishda B.A.Latinin, V.D.Jukov, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, I.A.Axrorov va Yu.A.Zadneprovkiylarning hizmatlari katta[5:44]. Bundan tashqari turli yo'nalishlar bilan Quvani o'rgangan tadqiqotchilar talaygina ularning ishlari ham arxeologik tadqiqotlar bilan birgalikda o'rganilmoqda. Buddizmning teskari yo'nalishda tarqalishining ikkinchi to'lqinini ko'rsatadigan artefaktlar mavjud. Ular orasida peshonasida uchinchi ko'zi bo'lgan mo'ylovli Buddaning boshi bo'lgan haykalning tanasi bor. Farg'ona vodiysidan Xitoy uslubi ta'sirida mahalliy hunarmandlar tomonidan yasalgan bu haykal VII asrga oid Quva buddistlar ibodatxonasini qazish jarayonida topilgan. Quva ibodatxonalari masalalari ham yuqoridagi tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan bo'lib, T.K. Mkrtinchevning 1997-yilda nashr etilgan ilmiy tadqiqoti ushbu muammoga bag'ishlangan Bundan tashqari Tigran Konstantinovichning doktorlik ilmiy ishida budda ibodatxonalari va ularning joylashuvi xususida ham fikrlar beriladi. X-XI asrlarga tegishli madaniyat o'chog'i ostida budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. U tabiiy bo'rtib chiqqan tepalikka qurilgan bo'lib, eng cho'qqisiga toshdan qilingan zina-poya yetaklaydi va mahalliy aholi yashash joyidan balandlikda turib, shaharning uzoq nuqtalaridan ko'rinib turadi. Shaharchaning aholi yashovchi dahalaridan u zina-poyali poydevor ustidagi paxsadan qurilgan devor bilan ajratilgan. Shahristonning shimolida VII asrga oid ibodatxona yoki ibodatxona majmuasi bo'limlari qazilgan bo'lib, ular qator kirish xonalari, markaziy hovli va ikkita katta zaldan iborat bo'lgan. Quvadagi qazishmalar natijasida butun turar-joy maydoni topilgan, ammo ekspeditsiyaning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

asosiy kashfiyoti buddaviylik ibodatxonasi edi. Buddistlar majmuasining qoldiqlari keyingi davrlar qatlami ostida, shu jumladan X-XI asrlarga oid uch qavatli dafn marosimlari ostida yashiringan. Ibodatxonani qurish paytida paxsa va loy g'ishtlardan foydalanilgan, pollari yog'och bo'lgan. Uning qudratli devorlari ikki metrdan oshmagan balandlikda saqlanib qolgan, shunga qaramay bu topilma tadqiqotchilarga buddistlar majmuasini qayta qurish imkoniyatini berdi. Ibodatxonaning janubiy qismida, chuqur joyida, yog'och soyabon ostida ayvon mavjud bo'lgan. Ayvon devorida haykallar uchun fon bo'lib xizmat qilgan rasm qoldiqlari topilgan. Ikki otliq haykalning parchalari va ularga hamroh bo'lgan askarlar ham bor edi. Ibodatxonada monumental haykallarning parchalari, turli xudolarning haykallari mavjud bo'lib, ular Farg'ona vodiysida buddizmning tarqalganini tasdiqladilar. Kirish eshigi yaqinida, bo'yi ikki yarim bo'lgan Buddaning loydan yasalgan haykali ko'milib qolgan. Yaqin atrofida boshqa buddaviylikka oid haykallar parchalari, shu jumladan buddaviylik himoyachisi, qora rangga bo'yalgan Shri Devi ma'budasining boshi topilgan. Olimlar ibodatxonaning ayvondagi haykaltaroshlik kompozitsiyasida Shri Devi boshchiligidagi Mara iblislari rahbarlari Buddaning dushmani bilan bo'lgan ezgu kuchlarning kurashi tasvirlangan deb taxmin qilishmoqda. Tadqiqotlarda Maheshvara ("Buyuk Xudo") va Budda Vajraharaning tasvirlari topilgan. Ko'rinishidan, dastlabki o'rta asrlarda Quvada Vajrayana yo'nalishi bilan bog'liq budda ibodatxonasi bo'lgan - bu mustaqil qarash, xulq-atvor va meditatsiya amaliyoti bilan Buyuk Mahayana yo'lining motivatsiyasi va falsafasiga asoslangan tezkor o'zgartirish usuli. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko'ra, Quvada buddaviy ibodatxonaning bunyod etilishi buddaviylikning yangi yo'nalishi-Vajrayana bilan bog'liq bo'lib, uning shakllanishi I ming yillik o'rtalariga borib taqaladi.

Quva ibodatxonaidagi haykallar Baqtriyada keng tarqalgan loy ganch plastikasi texnikasi asosida ishlangan, o'ziga xos jihati ko'zlar o'rniga qora va oq toshlar qadalishidadir. Quvada buddaviylik majmuasi qurilishining aniq sanasi hali aniqlanmagan. Uning gullab-yashnagan davri VII asrning ikkinchi yarmiga to'g'ri kelganligi va VIII asrda ibodatxona arablar tomonidan vayron qilinganligi aniqlangan. Ibodatxona xarobalarida inshootni yo'q qilgan yong'inning aniq izlari bor. Boshida toj kiygan itoatkor ma'buda Shri Devi obrazi ham prototiplarga ega: Hindiston, Shinjon, Afg'onistonda bir vaqtda va Markaziy Osiyoda undan kattaroq - ona ma'buda Markaziy Osiyoning kichik koroplastikasi buni bizga mahalliy yoki "yunon-baqtriya madaniyatiga xos" degan talqinda beradi. O'rta Osiyoda arablargacha bo'lgan me'morchilik yodgorliklarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, paxsa inshoatlari keng tarqalgan. Xorazm, So'g'd, Choch, Toxariston saroylari va qal'alarining poydevorida mustahkam tayanch platformasi bo'lgan. Ularning balandligi turlicha

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lib, ba'zan 15-16 m ga yetgan (Varaxsha, Bolalik-tepa, Panjikent va boshqalar). Binoning arxitekturasi va rejalashtirish texnikasi yangi emas va asrlar davomidagi an'analarga ega. Baland platformalardagi ibodatxonalar Eron, Hindiston va Sharqiy Turkistonda ma'lum. Xatto A.Gryunvedel Hindistondagi buddist me'morchiligining eng qadimiy shakli ayvonlardagi ibodatxona ekanligini ta'kidlagan. Platformaning sharqiy tomonida, polda, dumba yaqinida matoga o'ralgan va oyoqlarigacha ko'p burmalar bo'lib tushgan odam haykalining pastki qismi topilgan. Burmalar va pardalarning shakli, ularning plastik ifodasi bizga Hindiston va Sharqiy Turkistonning buddist haykalidan tanish. Chor-xon tipidagi shiftlar O'rta Osiyo, Hindiston va Afg'onistonda keng tarqalgan. Ular turar-joy va diniy qurilishda ishlatilgan va hozir ham qo'llanilmoqda.

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, bu aloqalar shunday qadimiy an'anaga aylanganki ularni bugungi kunda bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Ikki mintaqa o'rtasidagi madaniy aloqlarning tarixiy ildizini birgina Farg'ona vodiysi arxeologik topilmalari yaqqol tasdiqlab turibdi. Mintaqalararo aloqalarning rivojida tarixiy bilimlar rivojini inobatga olish ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarida tayanch vazifasini o'taydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Булатова В.А. Древняя Кува. Т., 1972

2. Литнинский Б.А. Буддизм в Средней Азии (проблемы изучения) //Критика и библиография -M., 2001

3. Мкртычев Т.К. Кувинский храм: проблемы интерпретации //Верования и культы домусульманской Средней Ази. -M., 1997.

4. Мавланов У.М., Эшов Б.Ж. Из истории формирования и развития древнейших путей Средней Азии // Tractus Aevorum -T., 2019

5. Матбобоев Б.Х. Кадимги Кува (Кубо) //Узбекистон тарихида Кадимги Фаргона -Т.,2001.

6. Матбобоев Б.Х., Шамсутдинов Р.Т, Мамажонов А. Буюк ипак йулидаги Фаргона шахарлари. -А., 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.