Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBAALARNING O‘RNI (AHMAD DONISH, “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBAALARNING O‘RNI (AHMAD DONISH, “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekiston tarixi / tarixiy manba / o‘quv qo‘llanma / darslik / g‘oya / metod / metodologiya / tadqiqot / Ahmad Donish / “Risola yohud Mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi”.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxammadjonov Manguberdi Muzaffar O‘G‘Li, Samandarov Qalandar Daniyor Oʻgʻli

Ushbu maqolada O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishda tarixiy manbaalarning o‘rni haqida fikir yuritildi. Ana shunday manbalardan biri XIX asrda yashagan Ahmad Donishning “Risola yohud Mang‘itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi” asari hisoblanadi. Ushbu asarda nafaqat o‘z davrining voqealari, undan oldin sulola tarixi boshlanishidan to Amir Abdulahadxon hukmronligigacha bo‘lgan vaqtda Buxoroning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan. Ushbu manba haqida to‘xtalishdan oldin, tarix fanining dolzarb masalalaridan biri, O‘zbekiston tarixining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishda metodologiya, tarix fani metodikasiga oid ma’lumotlar manbaning o‘rnini ochib berishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBAALARNING O‘RNI (AHMAD DONISH, “RISOLA YOHUD MANG‘ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI” ASARI MISOLIDA)»

O'ZBEKISTON TARIXI FANINING NAZARIY-USLUBIY

ASOSLARINI ISHLAB CHIQISHDA TARIXIY MANBAALARNING O'RNI (AHMAD DONISH, "RISOLA YOHUD MANG'ITLAR XONADONI SALTANATINING QISQACHA TARIXI" ASARI MISOLIDA)

1Muxammadjonov Manguberdi Muzaffar o'g'li, 2Samandarov Qalandar Daniyor o'g'li

*Toshkent amaliy fanlar universiteti Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi 2Toshkent amaliy fanlar universiteti o'qituvchisi https://doi org/10.5281/zenodo. 11215982

Annotatsiya. Ushbu maqolada O 'zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishda tarixiy manbaalarning o 'rni haqida fikir yuritildi. Ana shunday manbalardan biri XIX asrda yashagan Ahmad Donishning "Risola yohud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi " asari hisoblanadi. Ushbu asarda nafaqat o 'z davrining voqealari, undan oldin sulola tarixi boshlanishidan to Amir Abdulahadxon hukmronligigacha bo 'lgan vaqtda Buxoroning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli haqida qimmatli ma 'lumotlar bayon etilgan. Ushbu manba haqida to 'xtalishdan oldin, tarix fanining dolzarb masalalaridan biri, O 'zbekiston tarixining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishda metodologiya, tarix fani metodikasiga oid ma 'lumotlar manbaning o 'rnini ochib berishga xizmat qiladi.

Kalit so 'zlar: O 'zbekiston tarixi, tarixiy manba, o 'quv qo 'llanma, darslik, g 'oya, metod, metodologiya, tadqiqot, Ahmad Donish, "Risola yohud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi ".

KIRISH

Har qanday fan kabi O'zbekiston tarixi fani ham o'zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O'zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va xalq manfaati yo'lidagi nufuzining ortib borishi uchun o'ta muhim ahamiyatga ega. Ilmiy- nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladi.

Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo'lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarning ro'yobga chiqishi uchun mas'ul bo'lgan yuksak intellektual, ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo'lishi, ya'ni tarix fani rivojlanishida uslubiy ilmiy g'oya va nazariyalarning tamoyillari tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasi to'laroq ro'yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. O'zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g'oya va ta'limotlari nimalardan iborat bo'lishi o'ta muhim masala hisoblanadi.

"Tarix" moziyni o'rganish haqidagi fan bo'lib, ilmiy atama sifatida ikki o'zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi.

Birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi fan. Uning mavzusi kishilik jamiyati o'tmishining, turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va o'zgarib borish jarayonini o'rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat to'g'risidagi fan bo'lib, jamiyatning o'tmishini tadqiqot yo'li bilan aniqlab, o'tmishda inson tomonidan yaratilgan, uning zakovati natijalari bo'lgan jarayonlarini tadqiq etish va bizgacha bo'lgan davrni o'rganib, kelajak avlodga yetkazadigan fandir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada keltirilgan ma'lumotlar analiz metodi, sintez, qiyosiy tahlil, tarixiy taqqoslash, va fanlararo yondashuv usullari asosida tahlil qilingan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqolani yozishda foydalanilgan adabiyotlar asosan mahalliy tadqiqotchilar tomonidan yozilgan kitoblar hisoblanadi. Bu adabiyotlarni darslik, ilmiy risola va fan metodologiyasiga oid mazmundagi tasniflarga ajratish mumkin.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tarixshunoslikdan ma'lumki, tarixiy jarayon tarix qonunlari bilan asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos, tarixiy manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Tarix fanini o'rganishdagi eng dolzarb muammo - bu tarixiy voqelik va tarixiy manbalar bo'lib, mana shu ikki muammoga tom ma'noda ilmiy yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalo, metodologiya haqida to'xtalsak, uning lug'aviy ma'nosi yunoncha "metodos" va "logos" degan ikki so'z birikmasidan iborat bo'lib, metod, ya'ni usul - tadqiqot olib borish usuli (yo'li), nazariya va ta'limot, logiya esa fan deganidir. [6, 12] Metodologiya, ya'ni uslubiyat ilmiy tadqiqot olib borish yoki biror-bir masalani ilmiy o'rganishning eng qulay usullari, eng to'g'ri va mukammal g'oyasi, nazariyasi va ta'limotlari majmuidan iborat bir butun fandir.

Istiqlol tufayli o'z tariximizni o'zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo'ldik. O'tgan davr ichida O'zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarashlar paydo bo'ldi, o'quv qo'llanma va darsliklari, tarixiy asarlar chop etildi.

Tarixiy muammolar bo 'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarning fidokorona mehnatlarini inkor etmagan holda, "O'zbekiston tarixi"ning dolzarb muammolari, yechimini kutayotgan mavzular, bahs-munozarali masalalar ham mavjud ekanligini ta'kidlash maqsadga muvofiqdir. Bungungi kunga qadar olib borilgan tarixiy tadqiqotlar haqida ko'p gapirish mumkin. Ammo, O'zbekiston tarixining tarkibiy hamda yordamchi qismlari bo'lgan arxeologiya, etnologiya, numizmatika, san'atshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik va muzeyshunoslik, tarixiy demografiya, tarixiy geografiya, fan tarixi, kabi sohalarda, tadqiqotlarga muhtoj bo'lgan mavzular, bahs-munozaralarga sabab bo'layotgan muammolar ham talaygina.

O'zbekiston tarixi fanining tarkibiy qismlari bo'lgan arxeologiya, numizmatika, muzeyshunoslik, san'atshunoslik, tarixshunoslik kabi fanlardan ham mutaxassis talabalar uchun tavsiya etiladigan darsliklar va o'quv qo'llanmalari yaratish O'zbekiston tarixini o'rganish samaradorligiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatishi shubhasizdir.

Yana bir jihatga e'tibor qaratadigan bo'lsak, o'quv adabiyotlari orasida fanlararo yondashuv asosida yaratilgan "Новейшая история Узбекистана" darsligini alohida qayd etish zarur. MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo'lib, u eng yangi tarix bo'yicha yozilgan darslik hisoblanadi. Ishlash jarayonida o'quv adabiyotlarini yaratishning dunyo tajribasi o'rganilganligiga qaramasdan, O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz tomonidan tayyorlangan "Arxivshunoslik" darsligi, "Muzeyshunoslik" o'quv qo'llanmasining ahamiyati mustaqillik yillarida aynan tarix yo'nalishi bo'yicha bu borada maxsus darslik, o'quv qo'llanma yaratilmaganligi bilan belgilash joiz.

Yurtimiz tarixining davrlari, taraqqiyot bosqichlari va madaniy yuksalish jarayonlari rang-barangdir. Har bir muayyan tarixiy davr o'z navbatida ko'plab tarixiy madaniy jarayonlar bilan bog'liq holda kechgan. Xususan, qadimgi davrdan boshlab yuz bergan ilk davlatchilik va

shaharsozlik madaniyatining taraqqiyot bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi etnomadaniy va iqtisodiy aloqalar, migratsiya jarayonlari, ko'chmanchi va o'troq aholi o'rtasidagi munosabatlar, moddiy va ma'naviy madaniyatning rivojlanishi kabi ko'plab jarayonlar bevosita bir-biri bilan bog'liq holda bo'lib o'tgan. Ulardagi o'zaro bog'liqlik va o'ziga xoslikni ko'rsatib berish ham fandagi muammolardan biri hisoblanadi.

O'zbekiston tarixi fanining qadimgi va o'rta asrlar davri bo'yicha ilk davlatchilikning shakllari va turlari, boshqaruv shakllari, unvonlar va mansablar, etnogenez masalalari, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari, o'rta asrlar shaharlari va boshqa masalalar hali ko'plab tadqiqotlar talab etadi.

Masalaning yana bir e'tiborli tomoni shundaki, tarixning turli davrlari bo'yicha mavjud bo'lgan dolzarb muammolar yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilib, ularning natijalarini darsliklar va o'quv qo'llanmalar orqali o'quv jarayoniga joriy etish "O'zbekiston tarixi" bo'yicha ta'lim olayotgan mutaxassis talabalarning bu fanni yanada chuqurroq va teranroq o'zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishilishiga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlar olib borishda esa tarixiy-tanqidivlik va qiyosiy tahlil tamoyili eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog'liq to'g'ri hamda noto'g'riligini aniqlashga, tarixning haqqoniy va to'g'ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.

Haqqoniy tarixni yoritishda turli tarixiy davrlarda yaratilgan manbalarning beqiyos o'rni bor. Insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti davomida yaratilgan turli xildagi manbalar muayyan tarixiy davrlardan saqlanib qolgan yodgorlik bo'lib, o'zida ushbu vaqtlarda sodir bo'lgan voqealar haqida ma'lumotlarni aks ettiradi. Tarixiy manbalarni o'rganish orqali o'tmishda kechgan jarayonlarni asosli tarzda yoritish imkoniyati paydo bo'ladi. Hozirgi davrimizda manbalarni haqqoniy tarzda o'rganish, tahlil qilish masalasiga O'zbekistonning mustaqil taraqqiyotining zamonaviy bosqichida ilm-fan, ta'lim, texnika sohalarining integratsiyasi sifatida katta e'tibor qaratildi.

Jumladan, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan o'quv adabiyotlarini yaratishda ta'lim va fan integratsiyasini e'tiborga olish zarur. O'zbekiston Respubliaksi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida'^gi Qarorida "yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv, o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash" hamda "oliy ta'lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish" ishlari oliy ta'lim sifatini rivojlantirishdagi muhim vazifalar qatorida belgilangan. Shularni hisobga olgan holda tarixchi mutaxassis, tadqiqotchilar hamkorlikda manbalarni xolis o'rganish natijasida o'quv adabiyotlarini yaratish bugungi kun tartibiga qo'yilgan dolzarb masalalardan biridir. Bevosita manbalarning o'rni haqida shuni ta'kidlash joziki, tarixchi u yoki bu mavzuni tadqiq qilishga kirishar ekan, eng avvalo o'tmish hodisalari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lgan manbalarga murojaat qiladi.

Ulardan tartibsiz ravishda foydalanilganda o'tmishning haqqoniy manzarasi yanglishib qolishi mumkin. Shuning uchun ham tarixchi manbalardan foydalanishning vosita va usullarini o'zlashtirishi zarur [4, 18]. Bu masala alohida mavzu va tadqiq etiladigan jarayondir. Biror bir tarixiy mavzuni o'rganayotgan tarixchi hujjat (manba) dan o'ziga faqat kerakli axborotni oladi. Manbashunos uchun esa manba o'zining bir butunligicha muhimdir. Manbashunos o'tmishga

1 https://lex.uz/docs/-3171590

manbaning tarixiy jarayondagi o'rni va vazifasini aniqlash uchun murojaat qiladi. Bunda mutaxassis manbadagi ma'lumotning haqqoniyligidan kelib chiqadi. Shu nuqtayi nazardan O'zbekiston tarixining biror tarixiy mavzu va davri bo'yicha nazariyalarni ilmiy asosda ishlab chiqish uchun manbashunos tadqiqotchining bilimlari kerak bo'ladi.

Manbalar bevosita tarixiy jarayonlarni aks ettiradi va jamiyat o'tmishini o'rganishda vosita bo'ladi. Xalqlarning urf-odatlari, tili va insonlar tomonidan yaratilgan va bizgacha yetib kelgan barcha moddiy madaniyat buyumlari, yozma yodgorliklar bunga imkon beradi. Manbalar har qanday tarixiy tadqiqotning asosi hisoblanadi. Ularning shakli va mazmunini chuqur dialektik birlikda o'rganmay turib, jamiyat rivoji tarixini ilmiy jihatdan anglash mushkul.

Har qanday tarixiy-tadqiqotlarda, ayniqsa O'zbekiston tarixining nazariy-uslubiy asoslarini ishlab chiqishda tarixiy manbalarni o'rni muhim sanaladi. Umuman olganda, tarixiy manbalar nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Nazariy jihatdan ular tarixiy voqelikni bilish uchun, amalda esa unda harakat qilish, insoniyat madaniy hayotida ishtirok etish uchun muhim va zarurdir [3, 225]. Tarixiy manbalar bo'lmasa insoniyat o'tmish tarixini qayta tiklab bo'lmaydi. Chunki insoniyatning o'tmish taraqqiyoti o'zining yaxlitligida hozirgi kunda mavjud emas. U hozirgi kungacha yetib kelgan ayrim izlar, qoldiqlar bo'yicha ma'lum. O'tmish izlari, qoldiqlarini tarixiy manbalarda bevosita tarixiy tadqiqot qilish mumkin.

N.Jo'rayevning fikricha, tarixiy manbani o'rganish, uning asosli yoki asosli emasligini aniqlash tarixiy tadqiqot uchun alohida mas'uliyatli jarayondir. Chunki tarixiy manbalarni yaratganlar, turli hujjatlarni bitganlar yoki to'plaganlar o'z manfaatlari doirasida, o'z maqsadlari va qiziqishlari chegarasida dalil to'playdilar. Barcha insonga xos bo'lgan bunday holat, jumladan tarixchilarni ham istisno etmaydi [81, 8].

Bu o'rinda Ahmad Donishning "Risola yohud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi" risolasiga nazar tashlaydigan bo'lsak asarda Buxoro amirligini boshqargan mang'itlar sulolasi tarixi haqida bayon etilgan. Risolada ba'zi Mang'itlar amirlarining maishiy buzuqligi, saroy a'yonlarining laganbardorligi, uquvsizligi, mansablarini suiiste'mol qilishlarini, oddiy xalqqa nisbatan zo'ravonlik siyosati yurgizganlari haqida tanqidiy fikirlar aks ettirilgan.

Mazkur asar yaratilgan davr ya'ni, XIX asirning ikkinchi yarmi Turkiston xalqlari uchun tarixan murakkab davr bo'lib, asarda yurt hukumdorlarining jaholat va g'aflat botqog'iga botib ketishi, mas'uliyat va hushyorliklarini yo'qotishlari, shu bilan birgalikda umrini o'tab bo'lgan aqidalarga o'ralashib yashashlari oqibatida mamlakat o'z mustaqilligidan mahrum bo'lishiga bag'ishlanganligiga guvoh bo'lamiz. Ushbu asarda keltirilgan tarixiy dalillarga asoslanadigan bo'lsak, "Risola" Ahmad Donish umringing oxirgi yillarida ya'ni, 1895-1897 yillarda yozilgan degan xulosaga kelishmiz mumkin.

Ahmad Donish "Risola yohud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi" asarida Mang'itlar sulolasidan amir Muzaffar (1860-1885), amir Abdullahadxon (1885-1910) hukumronlik qilgan davirning bevosita shohidi bo'lgani bois, o'sha hukmdorlar davrini batafsil bayon qilib, ularga xalq baxtsizligining, Turkiston mustamlakaga aylanib qolishing, ikki tomonlama asoratga solinishining asosiy sababchilari sifatida qaraydi.

Ahmad Donish o'z asarida XIX asrda xalqimiz o'ta ayanchli ahvolda yashaganini, boshidan tom ma'noda "qora kunlar"ni kechirganini, mamlakatni qanday qilib mustamlakaga aylanib qolganini aniq faktlar bilan bayon qiladi hamda "bu ahvolni tuzatish lozim" degan xulosaga kelgan.

Asardagi ma'lumotlarga tayanib, Ahmad Donishning saroy tarixchilaridan tubdan farq qilishi, unda riyokorlik va ikkiyuzlamachilik yo'qligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.

Xususan, Ahmad Donish ushbu risolada o'zi haqida shunday fikir yuritgan: "Men o'zimni tanigandan beri erkin yurganman, hech qachon, hech mavretda asoratga tushmaganman, saroyga mansub bo 'lib, ma 'mur va mashxur bo 'lgan vaqtlarda ham erkinligimni qo 'ldan bermay asoratni tan olgan emasman. Podshoga yozgan maktub va arizalarim ham riyokorlik va xushomadgo 'ylikdan holi edi" deya fikir bildirib o'tadi [2, 4-6].

Ushbu asarda keltirilgan ta'riflar va mu'lumotlarga tayanadigan bo'lsak biz shunday tarixiy-tanqidivlikka asoslangan asarlarni ko'proq o'rganishmiz va natijalarni ilmiy asosda ommaga tadqim etishimiz kerak. Qolaversa o'z davrining tarixiy jarayonlarini xolis yozishga intilgan bunday asarlar orqali tariximizning yangi qirralarini ochib berishga hamda shu kungacha javobsiz qolayotgan bir qancha savollarga asosli tarzda javob topish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Ahmad Donish komil ishonch bilan dunyoda katta o'zgarishlar ro'y berishi, eski davlat sulolalari o'rniga yangi davlat va yangi millat paydo bo'lishni bashorat qilgan.

Mustaqillik sharofati bilan ozodlik, erkinlikka erishgan xalqimiz, ayniqsa, biz yoshlar o'tgan "Qora kunlar"ni anglamasak, bilmasak istiqlolga azobu iztiroblarsiz, kurashsiz erishilmaganligini teran tushunub yeta olmaymiz. Biz mustaqillik osmondan tushmaganligini bilishimiz uchun, rivojlanish, yuksalish, farovonlik yo'lida olg'a qadamlar tashlab kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tilayotganini qadrlay bilishimiz uchun ham shu kabi tarixiy asarlarni o'rganishimiz zarur. XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqorida keltirilgan manbaning qisqacha sharhi asosida xulosa qilib aytganda, bu davrda Buxoro amirligida tarixiy manbalar o'rta asr tarixnavislik an'analari doirasida yozilgan bo'lib, mazkur asar ham bu holatdan mustasno emas. O'rta asrlarda yaratilgan asarlar bu asarga manbaviy asos bo'lib xizmat qilgan. Muallif o'zi yashagan davr tarixi va voqeligi bayonida o'z shaxsiy kuzatuvlariga asoslanganligi ularning tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini belgilashda muhim omil bo'ldi. Mazkur davrga mansub bu kabi boshqa manbalarda yirik hukmdorlar va amaldorlar faoliyati, tashqi aloqalar, o'zaro urushlar, qo'shni mamlakatlar bilan elchilik va savdo aloqalari, suloalar tarixi haqidagi ma'lumotlar ustuvor ahamiyat kasb etgan bo'lib, siyosiy jarayonlar tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "O'zbekiston Tarixi" 1-kitob. A.S.Sagdullayev. - Toshkent: "Donishmand Ziyosi", 2021. -272 b.

2. "Risola yohud Mang'itlar xonadoni saltanatining qisqacha tarixi". Ahmad Donish. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi". - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2014. - 129 b.

3. "Tarix faninign metodologik asoslari" R. Rajabov. Toshkent: "Istiqlol", 2013. - 296.

4. "Manbashunoslik" D.Alimova - Toshkent: "Turon-Iqbol", 2019. -480 b.

5. "O'rta osiyo xalqlarining tarixining tarixshunosligidan lavhalar" T.S.Saidqulov. - Toshkent: "O'qituvchi", 1993. - 160 b.

6. "Tarix fani metodologiyasi" D. Alimova. - Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2018. - 324 b.

7. "Markaziy Osiyo tarixi zamonaviy tarixshunosligidagi yondashuvlar". Kamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o'g'li. - Toshkent: "Fan Ziyosi", 2023. - 200 b.

8. "Tarix falsafasining nazariy asoslari". N. Jo'rayev. - Toshkent: "Ma'naviyat", 2008. - 463 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.