O'ZBEKISTON TARAQQIYOTNING YANGI BOSQICHIDA BO'LAJAK MENEJERLARNING AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA LIDERLIK KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH *Shamuratov R.Sh., 2Sotvoldiyeva K.M.
1Toshkent davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa
doktori (PhD) 2Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
[email protected], +99897776-81-66 https://doi.org/10.5281/zenodo.10800078
Annotatsiya. Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida kelajak menejerlarning liderlik kompetensiyasini rivojlantirish va ularning innovatsion, kreativ, kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirish ta'lim jarayonidagi ahamiyati ega. Ushbu maqolada mamlakatimizda talabalarning liderlik kompetensiyalariga katta e'tibor berish, menejerlarning rivojlanishi, akmeologik yondashuv asosida liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish, tashkilotlarni ommaviy axborot vositalari bilan aloqador bo'lishi va kasbiy potentsialni rivojlantirishningpedagogik-psixologik imkoniyatlarini kengaytirish kabi muhim masalalar muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: menejer, ilg'or oliy ta'lim muassasalari, akmeologiya, liderlik kompetensiyasi, akmeologik yondashuv, ko 'nikma, raqamli iqtisodiyot.
Аннотация. В настоящее время важное значение в образовательном процессе имеет развитие лидерской компетентности будущих менежеров, формирование их инновационных, творческих, профессиональных и личностных качеств в высших учебных заведениях. В данной статье рассматриваются такие важные вопросы, как уделение большого внимания лидерским компетенциям студентов в нашей стране, развитие менеджеров, развитие лидерских качеств на основе акмеологического подхода, связь организаций со средствами массовой информации, расширение педагогических и психологических возможностей развития профессионального потенциала.
Ключевые слова: менеджер, передовой вуз, акмеология, лидерская компетентность, акмеологический подход, навыки, цифровая экономика.
Abstract. Currently, the development of leadership competence of future managers, the formation of their innovative, creative, professional and personal qualities in higher educational institutions is ofgreat importance in the educational process. This article discusses such important issues as paying great attention to the leadership competencies of students in our country, the development of managers, the development of leadership qualities based on the acmeological approach, the connection of organizations with the media, the expansion of pedagogical and psychological opportunities for the development ofprofessional potential.
Keywords: manager, leading university, acmeology, leadership competence, acmeological approach, skills, digital economy.
Bugungi kunda jahonning ilg'or oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak menejerlarning liderlik kompetensiyasini rivojlantirish va ularning innovatsion, kreativ, kasbiy va shaxsiy sifatlarini shakllantirish ta'lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, bo'lajak menejerlar akmeologik yondashuv asosida liderlik ko'nikmalarini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyot talablariga mos, kasbiy kompetentligi yuqori, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash modellarini optimallashtirgan holda ta'lim mazmunining innovatsion yondashuvlar asosida amalga oshirilishi
bo'lajak maktab menejerlarida liderlik akmeologik yondashuv asosida kompetetensiyasini rivojlantirishning dolzarb muammolaridan biriga aylangan.
Jahondagi nufuzli ta'lim muassasalarida bo'lajak menejerlarning liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, talabalarda liderlik tiplarini aniqlash, liderlik kompetensiyasini rivojlantirish bo'yicha ilmiy- tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo'lajak maktab menejerlarining kasbiy potentsialini rivojlantiruvchi pedagogik-psixologik imkoniyatlarni kengaytirish, talabalarda liderlik kompetensiyasini loyihalashtirish bo'yicha izlanishlar oliy ta'lim muassasalari taraqqiyotini belgilovchi muhim vazifaga aylangan.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda talabalarning liderlik kompetensiyalariga kasbiy faoliyatning ajralmas qismi sifatida qarash, liderlik sifatlarini rivojlantirish modellarini takomillashtirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda. "Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta'lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish" ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu asosda, yosh avlodimizning fuqarolik pozitsiyasi va faolligini kuchaytirish, uni mustaqil fikrlaydigan zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash imkoniyati yanada kengaydi.
Maqola dolzarb ilmiy muammoni hal qilishga qaratilgan bo'lib, unda kasbiy ta'lim maqsadlaridagi o'zgarishlarga muvofiq bo'lajak maktab menejerlarini liderlik kompetensiyasini akmeologik yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy, tashkiliy va texnologik asoslarini aniqlash zarurati aks etgan.
Dastlab, akmeologiya tushunchasiga aniqliq kiritib olaylik, "Akmeologiya" so'zi yunon tilidan olingan bo'lib, ikkita ma'noni anglatadi: akme - tepa, logos (biz bu qismni juda yaxshi bilamiz) - ta'limot. Bugungi kunda "akmeologiya" atamasi insonning eng yuqori yutuqlari haqidagi fanni anglatadi. Yangi fan komponent hisoblanadi Akmeologiyani o'rganishning alohida yo'nalishi shundaki, u nafaqat odamlarning kattalar davrida erishgan yutuqlarini, balki bunga hissa qo'shadigan omillarni ham o'rganadi. Akmeologik xulosalar natijalarining katta ahamiyati shundaki, ular qanday sharoitlar insonni intellektual, jismoniy va ma'naviy faoliyat cho'qqilariga olib kelganligi haqidagi ma'lumotni keng ma'noda ifodalaydi. Bu ko'p jihatdan bizni hayotning ma'nosini tushunishga yaqinlashtiradi.
Akmeologiya ko'p qirrali inson rivojlanishini o'rganadi. U inson hayotining kattalar davrida rivojlanishi bilan bog'liq barcha jihatlarni imkon qadar ko'proq ta'kidlashga harakat qiladi. Ushbu fan quyidagi masalalarni qamrab oladi:
1. Ijodiy faoliyatda kattalarning ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarishda aniqlangan qonuniyatlar.
2. Voyaga etgan odamni o'qitishning xususiyatlari va uni professional bo'lish jarayoni.
3. O'z-o'zini tashkil etish, etuk shaxsning o'zini o'zi tarbiyalashi, shuningdek, bu jarayonlarda o'zini o'zi boshqarish.
4. Muvaffaqiyatga hamroh bo'lgan va to'sqinlik qiladigan faoliyat cho'qqilariga erishish bilan birga keladigan boshqa tartibdagi omillar (ob'ektiv, sub'ektiv).
5. Voyaga etgan odamni takomillashtirish xususiyatlari, yangi holatlarning paydo bo'lishiga munosabat (kasbga qo'yiladigan talablar, ilmiy, texnik, madaniy taraqqiyotdagi o'zgarishlar), o'z-o'zini qayta tashkil etish, o'z-o'zini tuzatish. U ichki, shaxsiy o'zgarishlarni (o'z faoliyatining afzalliklari va kamchiliklarini qayta ko'rib chiqish, ularning qobiliyatlari va qobiliyatlarini bilish) o'rganadi.
Liderlik - tabiiy va ijtimoiy-psixologik voqelik, moyillik bo'lib, ma'lum vaziyatlarda o'zini namoyon etadi.
Liderlik kompetensiyasi - bu mukammal ishlashga hissa qo'shadigan yetakchilik fazilatlari va xatti-harakatlari majmuidir. Kompetensiyalarga asoslanga liderlik yondashuvidan foydalangan holda, tashkilotlar liderlarning keyingi avlodini yaxshiroq aniqlashi va rivojlantirishi mumkin. Liderlik kompetensiyasi liderlik sifatlarisiz mavjud bo'la olmaydi. Bir qator psixolo-pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish natijasida biz tomondan 3 ta tayanch liderlik sifatlari ajratib olindi, fikrimizcha, ushbu sifatlar samarali liderlikning asosini tashkil etadi va ularsiz lider shaxsini tasavvur etib bo'lmaydi. Bular:
Rivojlangan emotsional intellekt;
Kommunikativ qobilyatlar;
Tashkilotchilik qobilyati.
Bu sifatlar liderga jamoadagi munosabatlarni to'g'ri tashkil etish, o'z ishini rejalashtirish, jamoa oldiga maqsad va vazifalar qo'yish, shuningdek, ularga erishish imkonini beradi.
Nuqtai-nazarni erkin ifoda etish, o'zaro hurmat, ijodkorlik, atrofdagilarni o'z ustida ishlashga bo'lgan ishtiyoqi, mana shu iqlim liderlik kompetensiyasini rivojlantirishga yordam beradi. Bunday muhitni yaratishga quyidagi faktorlar sezilarli ta'sir ko'rsatadi:
1. Oilaning madaniy an'analari.
2. Muloqot uslubi, ko'cha bolalar muhitidagi birinchi kommunikativ malakalar.
3. Ommaviy axborot vositalari.
Liderlik kompetensiyasini rivojlanish jarayoni motivatsiya, liderlikka intilish, liderlik. Men-konsepsiyaning shakllanganligi, shaxslararo sezuvchanlik va kommunikativ kompetentlikning rivojlanganligi, talabalarda rahbarlik va kasbiy o'zaro munosabat masalalarida kompetentliligi kabi xususiyatlarning tarkib topganligi bilan belgilanadi. Talablarda liderlik sifatlarini rivojlantirishning asosiy g'oyasi - ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllanishi va liderlik potensialining aktuallashishi uchun maxsus tashkil etilgan sharoit yaratishdan iborat. Talabalarda liderlik sifatlarini tarkib toptirish o'z-o'zini anglash va kasbiy-shaxsiy rivojlanishning pedagogik diagnostikasi jarayonida ularni korreksiya qilish, trening metodlari mashg'ulotlarida tahsil oluvchilarda ijobiy liderlik tajribasini shakllantirish, kasbiy faoliyat va jamoaviy o'zaro munosabatning modellashtirilgan vaziyatlarida liderlik xulqini mustahkamlash kabilar orqali amalga oshadi.
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida liderlik ko'nikmalarini rivojlantirish zamonaviy pedagog oldiga qo'yilgan vazifalarni yanada samarali bajarishga imkon beradi, uning jamoadagi obro'sining ifodasi va bir vaqtda pedagogning kompetentliligi ko'rsatkichi hisoblanadi.
Oliy ta'lim muassasalari talabalarida liderlik kompetensiyasini nostandart pedagogik vaziyatlarni hal etish uchun egallangan kommunikativ-tashkiliy tajribadan mahoratli foydalanish hamda jamoaning barcha a'zolarini uzluksiz shaxsiy o'sishlari rejimini ta'minlash qobiliyatini o'z ichiga oladi.Muvaffaqiyatli maktab mejerlarida mavjud bo'ladigan rivojlangan liderlik kompetensiyasi ularning ish faoliyatida juda katta ahamiyat kasb etib, u ish jarayonida improvizatsiyaga moyillik va ijodning namoyon bo'lishida, bo'lajak maktab menejerlarining yangirollari va funktsiyalariga yondashuvda qat'iyatlilik, obro' va ta'lim oluvchilarning ishonchlariga sazovor bo'lishni bilishi, malakasini oshirish istagi va o'z faoliyat sohasida uzluksiz rivojlanishda ifodalanadi.
Bo'lajak maktab menejerlarining liderlik ko'nikmasini shakllantirishda, albatta, xorijiy mamlakatlarini amaliy hamda nazariy tajribalarini tayangan holda yosh menejerlarni bo'lgusi pedagogik faoliyati samarali tashkil etish bugungi kunning dolzarb masalasidan birirdir.
Xorijiy mamlakatlarning maktab menejerlarining liderlik konikmalari va tashkilotchilik qobilliyatlari o'rganishda amliy va nazariy tajribalari quyidagicha bo'lishi mumkin:
Maktab menejerlarining liderlik ko'nikmalari
Vizionerlik: Yaxshi maktab menejerlari o'z maktablari uchun viziyaga ega bo'ladi. Ular, kelajakni shakllantirish va o'z ta'lim tizimini rivojlantirish uchun qanday yo'nalishda boshqarish kerakligini tushunishadi.
Innovatsiyalar va yangiliklarni qo'llash: Xorijiy mamlakatlardagi maktab menejerlari, yangi o'qituvchilik metodologiyalari, texnologiyalar va innovatsiyalarni o'zlashtirish va ta'lim jarayonini yangilashda ilg'or tajribaga ega bo'lishadi.
O'z-o'zini rivojlantirish: Yaxshi liderlar o'zlarini va o'z menejment tizimlarini doimiy ravishda rivojlantirishadi, yangi bilim va malakalarni o'rganishadi.
Tashkilotchilik qobilliyatlari: Maktab menejerlari menejerlik va menejment mahoratlari bilan ta'minlanadi. Bu resurslarni samarali boshqarish, kadrlar birligini rivojlantirish va talabalar uchun qulay va muvofiq mavo juda muhimdir.
O'quvchilar va o'qituvchilar bilan e'tiborlashish: Xorijiy mamlakatlardagi maktab menejerlari, o'quvchilar va o'qituvchilar bilan samarali aloqada bo'lishishga e'tibor beradi. Ular, o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, yangi o'qituvchilarni jalb qilish va ma'naviyatni o'zgartirishga intiladilar.
Tashkilotni rivojlantirish: Menejerlar tashkilotlarni o'zgartirishga, yangi yo'nalishlarga ruxsat berish va innovatsiyalarni qo'llashda o'zlarini namoyish etishadi.
Amaliy va nazariy tajribalar: Xorijiy mamlakatlardagi maktab menejerlari, xalqaro hamkorlik va xalqaro tajribaga ega bo'lishadi. Ularning o'z maktablari uchun xalqaro ta'lim standartlarini o'rganish va o'zgartirish bo'yicha tajribalari mavjud.
Yosh nufuzli tarbiya: Yaxshi maktab menejerlari, o'zining maktabida yosh nufuzli tarbiya tizimini rivojlantirishda qatnashishadi. Bu, o'quvchilarni ma'naviyat, ijtimoiy va insoniy salohiyatlarda rivojlantirishga intiladilar.
Xususiyatlari: Maktab menejerlari o'z maktablari uchun resurslarni jalb qilishda, o'quvchilar bilan, o'qituvchilar bilan va o'zining ilmiy-tadqiqot jamoasi bilan yaxshi munosabatlarga ega bo'ladi.
Yosh o'qituvchilarni boshqarish: xorijiy mamlakatlardagi maktab menejerlari, yosh o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlash va ularning o'zlarini rivojlantirishlari uchun qanday ko'maklashishlari kerakligini tushunishadi.
Yana bir nuqta, har bir xorijiy mamlakatning ta'lim tizimlari, qonunlar va tadbirlari o'zining alohida shakllanishiga ega bo'lishi mumkin, shuning uchun har bir maktab menejerining liderlik va tashkilotchilik qobilliyatlari o'zgarmaydigan, mamlakatning maxsus shartlari va tajribalari bilan bog'liq.
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, har bir davlatning talabalarni liderlik qobiliyatini shakllantirish va uni rivojlantirib borish bo'yicha o'z tajribasi hamda texnologiyasi mavjudligini ko'rsatadi. Talabalarda liderlik hodisasi o'zgaruvchan intellektual va hissiy komponentlarga ega, murakkab tuzilishga ega bo'lib, hududiy jihatdan o'ziga xosliklarni o'z ichiga oladi. Liderlarni tarbiyalashga har bir davlatning milliy masalasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki ta'lim-ning barcha bosqichlarida yoshlarning liderlik ko'nikmalarini shakllantirishga bo'lgan pedagogik
ehtiyoj, o'sha davlatning milliy mentaliteti va kadrlar tayyorlash milliy strategiyasiga xosdir.
Binobarin, mamlakatning ta'lim siyosati har tomonlama yetuk kadrlar tayyorlash bo'yicha
o'zining iqtisodiy siyosiy, ijtimoiymadaniy barqarorligi ilm fan taraqqiyotini ta'minlovchi talab-
lar asosida shakllantirib boriladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2017.
2. 2. Andreev V.I. Pedagogika: uchebnbiy kurs dlya tvorcheskogosa-morazvitiya. 3-e izd. — Kazanb: Sentr innovatsionnbix texnologiy, 2012.
3. Akmeologiya asoslari: o 'quv qo'llanm a / G.Tillayeva. O 'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligi. — Т.: «Tafakkur Bo'stoni», 2014.
4. Gulruh, N., Dildora, S., Bunyod, B., & Fazliddin, Y. (2020). Interactive Learning Environment in the English Language Teaching with the help of Computer Technology. Solid State Technology, 63.