Научная статья на тему 'O`ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRIDA TA`LIM SIFATINI OSHIRISHNING SINERGETIK IMKONIYATLARI'

O`ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRIDA TA`LIM SIFATINI OSHIRISHNING SINERGETIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim / ta`lim sifati / ta`lim mazmuni / sinergetika / fluktuasiya / murakkablik / ochiq tizim / fanlararo yondoshuv / o`zo`zini tashkil etish / nochiziqli tafakkur

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamadjonova Marvarid Qurbonazarovna

Maqolada Yangi O`zbekiston taraqqiyoti davrida ta`lim jarayoniga bo`lgan e`tibor, ta`lim sifatini oshirishga doir muhim masalar ta`lim jarayoni, ta`lim mazmuni, ta`lim sifatini oshirishning sinergetik imkoniyatlari bayon etilgan. Ta'lim sinergetik metodologiyaning ob'ekti sifatida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRIDA TA`LIM SIFATINI OSHIRISHNING SINERGETIK IMKONIYATLARI»

O ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRIDA TA LIM SIFATINI OSHIRISHNING SINERGETIK IMKONIYATLARI Mamadjonova Marvarid Qurbonazarovna

TDPU "Ijtimoiy fanlar" kefedrasi f.f.d., (PhD), dotsent v.b. sinergiya2020@list.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10799990

Annotatsiya. Maqolada Yangi O zbekiston taraqqiyoti davrida ta lim jarayoniga bo lgan etibor, ta lim sifatini oshirishga doir muhim masalar ta lim jarayoni, ta lim mazmuni, ta lim sifatini oshirishning sinergetik imkoniyatlari bayon etilgan. Ta'lim sinergetik metodologiyaning ob'ekti sifatida tahlil qilingan.

Kalit so^zlar: talim, ta lim sifati, ta lim mazmuni, sinergetika, fluktuasiya, murakkablik, ochiq tizim, fanlararoyondoshuv, osz- o zini tashkil etish, nochiziqli tafakkur

Аннотация.В статье описывается внимание к образовательному процессу в период развития Нового Узбекистана и вопросы связанные с повышением качества образования, содержанием образования, возможностями синергетики в повышении качества образования.Проанализировано образование как объект синергетической методологии.

Ключевые слова: образование, качество образования, содержание образования, синергетика, флуктуация, сложность, открытая система, междисциплинарный подход, самоорганизация, нелинейное мышление.

Abstract. The article describes attention to the educational process during the development of New Uzbekistan and issues related to improving the quality of education, the content of education, the possibilities of synergy in improving the quality of education. Education is analyzed as an object of synergetic methodology

Keywords: education, quality of education, content of education, synergetics, fluctuation, complexity, open system, interdisciplinary approach, self-organization, nonlinear thinking.

Ta'lim hozirgi zamon jamiyatining bosh tayanchi, har qanday jamiyat barqarorligini ta'minlovchi ijtimoiy institutlar qatoridan muhim orin egallovchi soha hisoblanadi. Ta'lim -jamiyatni isloh qilish va uni tashqi dunyo uchun yanada ochiq hamda yangi texnologiya va bilimlarga yo'naltirilgan jamiyatga aylantirishning asosiy omilidir. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, ".. .jamiyatda ta'limning nufuzini oshirish va yoshlarning kamolotga intilishini rag'batlantirish- bu barqaror va izchil taraqqiyotga erishish kafolatidir".

Ta'lim sifatini oshirish uchun eng muhim masala bu zamonaviy fikrlaydigan, o'z ustida muntazam ishlaydigan, fidoiy o'qituvchilarni tayyorlashdir. Ta'lim sifati usuliga qarab bilim shakllanadi. Ta'lim sifati mahorat emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi.

Ta'lim uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Ta'limning mazmunini o'quv dasturlari belgilaydi. O'quv dasturlari o'rtasida bog'liqlik muhim ahamiyatga ega. O'quv jarayoni bilan bog'liq ta'lim sifatini belgilovchi holatlar esa quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma'ruzalar o'qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg'or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo'llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o'ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo'yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o'rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustivorligini ta'minlaydi.

Hozirda ta'lim tizimi imkoniyatlari, ko'lami, qamrovi, darajasi o'zgarib bormoqda. Ta'lim tizimiga kiruvchi elementlar ham juda tez sur'atlarda o'z mazmuni va mohiyatini yangilamoqda. Ayniqsa, oliy ta'lim tizimidagi sistemasidagi o'quv jarayoni, ta'lim sifati, qabul imkoniyatlari, o'quv reja va o'quv dasturlarining tubdan o'zgarishi bunga misoldir. Ushbu o'zgarishlar ta'lim jarayoni ishtirokchilari tomonidan qabul qilinishi murakkab, tartibsiz kechayotgan bo'lsada, qisqa fursatlarda bu fluktatsion jarayonlardan tartibot shakllanmoqda. Shuning uchun, ta'lim jarayoni sinergetik tahlil etilishi muhimdir.Ta'lim doimo taraqqiy etadigan, o'zgarib boradigan, davr nuqtai nazaridan yondashiladigan, bir nuqtada qotib qolmaydigan murakkab tizim bo'lganligi uchun ham sinergetik metodologiyaning o'rganish obyekti bo'la oladi.

Sinergetik metodologiya paydo bo'lganidan beri ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Olimlar ko'p sohalarda sinergetik metodologiyaning imkoniyatlaridan foydalanganmoqda. Bugungi kunda jadal globallashuv va taraqqiyot davrida yangicha tafakkurni egallash, har bir tadqiqot ob'ektini zamonaviy usullardan foydalangan holda har tomonlama o'rganish zarurati paydo bo'lmoqda. Mamlakatimizda ta'lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, jahon andozalariga to'laqonli javob beradigan, zamon bilan hamnafas avlodga ta'lim - tarbiya berish, ta'lim sifatining samaradorligini oshirish uchun olib borilayotgan islohotlar doirasida sinergetik metodologiya imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan e'tibor alohida ahamiyat kasb etadi.

Sinergetika yunoncha (guv — «o'zaro» va spyo^ — «harakat»)dan olingan bo'lib, kelishuv, hamkorlik, o'zaro muvofiqlashuv kabi ma'nolarni anglatadi. Sinergetika ta'limoti XX asrning so'nggi choragida paydo bo'lgan ta'limot hisoblanib, ushbu ta'limotning vujudga kelishi natijasida yangi falsafiy yondashuv hisoblangan postklassik fan, postnoklassik dunyoqarash shakllandi. Postnoklassik fan mahsuli bo'lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy tahminlar bir necha variantlarda namoyon bo'lishi e'tirof etiladi. Sinergetika - bu dunyoga yangicha qarash bo'lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, o'z-o'zini tashkil qilish, nochiziqli tafakkur asosida global evolyutsion jarayonni tahlil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli hamdir.

Sinergetik metodologiya ta'lim tizimining ochiqlik, murakkablik, nomutanosiblik, tartibsizlik va o'rganilayotgan ob'ektlar to'plami orasida chiziqli bo'lmaganlik kabi tomonlarini ko'rsatish imkoniyatiga ega hamda ushbu metodologiyaning o'rganish ob'ektini ochiqlik, murakkablik, xilma-xillik, birlik, muvozanatsizlik kabi o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ta'lim jarayoni - bu murakkab tizimdir, chunki u o'zaro bog'liq va o'zaro tuzilmalashtirilgan elementlardan tashkil topadi: maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi va h.k

Ta'limni sinergetik metodologiyaning ob'ekti sifatida tahlil qilishimiz mumkin, chunki u ochiq tizimdir. Tizimning muvozanat holatidan chiqishi uning xaos holatiga o'tishiga olib keladi va natijada suzuvchi, beqaror bo'ladi. Aynan shunday suzuvchi, tartibsiz holat tufayli qandaydir ta'sir tizimning holatini o'zgartiradi, bu sinergetik nuqtai nazardan fluktuatsiya holati deb ataladi. Fluktatsion holatlar ro'y berishi kuzatiladi. Fluktatsion holatlarsiz ta'lim islohoti o'rnatilishi qiyin. Fluktatsion (qalqib turuvchi) xususiyatni ta'lim tizimida yangi bir innovatsiya, o'zgarish, texnologiya kirib kelganda ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bu yangiliklarni qabul qilishi vaqtidagi holatlarida, ayniqsa, ko'p kuzatish mumkin. Fanning rivojlanishi, ilmiy bilimlar rivoji jarayoni sinergetik talqin bo'yicha doimiy tarzda o'zgarib turadi, qayta tuziladi, o'zini o'zi qayta tuzadi va o'z ko'rinishini o'zgartiradi

Faylasuf olima L.Qurbonova fikricha, "Sinergetika - nochiziqli ijodiy tafakkur asosida evristik fikr yurituvchi metodologik ahamiyatga ega bo'lib, barcha metodologik jihatlarda o'zgaruvchanlik xususiyatini ifodalaydi. Bu esa, sinergetikaning umumiy modelini yaratishga yo'naltirilgan barcha harakatlar befoyda ekanligini ko'rsatadi. Zero, fanda sinergetikaning yangi elementlari shakllanadi va shu sababga ko'ra bu jarayon doimo nochiziqli xarakterga ega bo'ladi". Sinergetika metodologiyasi tizimli yondashuv asosida aynan zamonaviy ta'lim uchun asos bo'la oladigan, integratsion ta'limni targ'ib etayotgan muhim ta'limotdir. Bugun dunyoda ta'lim jarayoni shu qadar ilgarilab ketdiki, endi rivojlangan mamlakatlar hech bir qo'shimcha moddiy va tabiiy resurslarni sarflamasdan, hech bir energiyani ishlatmasdan faqat aql bilan yuksak iqtisodiy salohiyatga erishmoqda.

Sinergetik metodologiya bu shaxsning individual bilim va ijodiy faoliyatini tushunish va rivojlantirish usullarini o'quvchilar bilan birgalikda o'rganishga qaratilgan. "Sinergetik yoki o'zini-o'zi tashkil etish nazariyasi bugungi kunda eng mashhur va istiqbolli fanlararo yondashuvlardan biri bo'lib tuyulmoqda. Mustaqil o'rganish, o'z- o'zini rivojlantirish iboralari sinergetikaning asosini tashkil etadi. Eng yaxshi rivojlantirish-bu o'z ustida ishlashdir. Sinergetikada ishlab chiqilgan usullar, tushunchalar notirik, tirik va mental sohalarda ham qo'llanishi mumkin. Ikkita fan sohalarining to'qnashgan joyida bir fanning usullari asosida ikkinchi fanning obyektlarini tadqiqoti olib boriladi. Masalan, fizikaviy ximiya, matematik biologiya va h.k. Fizikaviy usullari asosida kimyoviy hodisalar o'rganiladi va h.k.Sinergetika g'oyasi aynan shu muammoni yechishga qaratildi.

Sinergetik metodlar yordamida har hil mohiyatga ega bo'lgan tizimlar bitta, yagona model orqali ifodalanishlari mumkin. Bu holda bitta fanning natijalaridan boshqa fan mutaxassislari ham o'z tadqiqotlarida foydalanishlari mumkin.

Ta'lim jarayoni hamkorlikda rivojlanadigan, birgalikda harakatlanib yagona tizim muvaffaqiyati uchun, yaxlitligi uchun faoliyat olib boradigan qismlar yig'indisidan tashkil topgan. Xulosa ornida shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda ta'lim jarayonini tashkil etuvchi har bir qism funksiyasini oqilona amalga oshishi uchun kerakli islohotlarni rivojlantirish, har bir shaxs faqat kasb egallabgina qolmasdan, turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan ishlay olish konikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo lishi, sinergetik ta'lim metodlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. Yangi Ozbekiston strategiyasi. Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021 yil, 299 bet

2. Мукушев Б.А. Синергетика в системе образования. // Образование и наука. 2008. № 3. - С.107.

3. Qurbonova L. Sinergetikaning metodologik omillari // Sinergetika: rivojlanishi va istiqbollari: ilmiy anjuman (ilmiy maqolalar to'plami) / tahrir hay'ati M.N.Abdullayeva va boshq. O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. Namangan Davlat un-ti, O'zR FA, I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. - Namangan: Namangan nashriyoti, 2010. - B. 85

4. Tulenova K.J. Перспективы развития науки и научной школы в Узбекистане. / Academic research in educational sciences. Tom 2. Стр 619- 628

5. Li E.V., Izzetova E.M. Synergetic approach in the education system./ Sciemce and innovation. Tom 2.стр 95-99

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.