Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRI – YOSHLARNING MA’NAVIY TARBIYASI VA AXBOROT MADANIYATINING MUHIM ASOSI'

O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRI – YOSHLARNING MA’NAVIY TARBIYASI VA AXBOROT MADANIYATINING MUHIM ASOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlarga oid davlat siyosati / ta’lim sifati / kreativ fikrlash / investitsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudayberdiyev Asomiddin Kurbonkulovich, Axmedova Muborak

Mazkur maqolada yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona to‘g‘ri yo‘li ta’lim sifatini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarga alohida urg‘u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRI – YOSHLARNING MA’NAVIY TARBIYASI VA AXBOROT MADANIYATINING MUHIM ASOSI»

O'ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI DAVRI -YOSHLARNING MA'NAVIY TARBIYASI VA AXBOROT MADANIYATINING MUHIM ASOSI

1Xudayberdiyev Asomiddin Kurbonkulovich, 2Axmedova Muborak

1dotsent, ToshPTI, 2dotsent, ToshPTI https://doi.org/10.5281/zenodo.11241773

Annotatsiya. Mazkur maqolada yangi O'zbekiston taraqqiyotining yagona to'g'ri yo'li ta'lim sifatini oshirish, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida zamonaviy o'qitish metodlarini joriy qilish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, yangi ta'lim muassasalarini faoliyatini yo'lga qo'yish va yoshlarni qo'llab-quvvatlash kabi vazifalarga alohida urg'u berilgan.

Kalit so'zlar:yoshlarga oiddavlat siyosati, ta'lim sifati, kreativfikrlash, investitsiya.

Ma'lumki, mamlakatimiz dunyodagi aholisi tez sur'atda o'sayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholisining soni bo'yicha Markaziy Osiyoda, yoshlar ulushining kattaligi bo'yicha Osiyoda birinchi o'rinda turadi. Bunday ko'rsatkichlar va mamlakatimiz demografiyasiga xos xususiyatlar, o'z navbatida, jamiyatimiz taraqqiyotining barcha yo'nalishlari, ayniqsa ma'naviy hayot dinamikasiga katta ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri hisoblanadi.

Bundan kelib chiqadiki, ushbu omil har bir davlat siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, yurtimizda ham yoshlarga oid davlat siyosatida ushbu omil hisobga olinib, uning bunyodkorlik kuchidan samarali foydalanishga e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, yurtimiz aholisining doimiy ko'payib borishi jamiyat hayotining hamma sohalaridagi jarayonlarga o'z ta'sirini o'tkazadi va davlatning ijtimoiy siyosatida hisobga olinishi kerak bo'lgan muhim omillardan biri hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, yurtimizda aholi soni o'tgan davr bilan taqqoslaganda, ya'ni 1991-yilga nisbatan 1,5 barobarga, 2013-yilga nisbatan 9,3%ga o'sgan (36,5 million kishi). Shundan, 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar 19,6 mln.ni yoki aholi sonining 59,1%ni tashkil etadi. Yoshlar soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich Samarqand (2,2 mln.) va Farg'ona (2,02 mln.) viloyatlarida kuzatilgan bo'lsa, past ko'rsatkich Sirdaryo (0,48 ming) hamda Navoiy (0,53 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Demografik ko'rsatkichlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, 2014-yilning yanvar oyi holatiga ko'ra yoshlar soni umumiy aholi sonining 57 % ini, 2022-yilda esa 59,1%ni tashkil etgan.

Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, jamiyatni yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mamlakat hayotidagi muhim sohalarda tub yangilanishlarni amalga oshirish barobarida yoshlar bo'yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish borasida yangi usullarni ishlab chiqish va ulardan maksimal foydalanish zarurati yuzaga keladi.

Shu nuqtai nazardan, 1992-yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bu borada muhim qadam bo'lganini ham alohida ta'kidlash lozim. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan milliy va umuminsoniy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan «Oila kodeksi», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi, «Ta'lim to'g'risida»gi, «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi, «Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida»gi, «Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qator qonun hujjatlari mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridayoq ushbu sohaga oid davlat siyosati shakllangani va unga qonuniy asoslar yaratilganidan dalolat beradi.

Bugina emas, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va davlat Dasturlari kabi yoshlarga oid jami 150 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindiki, sanalganlar yosh avlod manfaati davlatimiz olib borayotgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatning yetakchi yo'nalishi ekanligiga guvohlik beradi. Ayniqsa, 2023-yilda yangilangan Konstitutsiyamizda yosh avlodning huquq va manfaatlari aniq moddalar bilan muhrlab qo'yilgani, hech shubhasiz, bu boradagi huquqiy bazani yanada kengaytirish, amaliy ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarish imkonini beradi [1]. Ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish, siyosiy qarashlarini o'stirish, o'z hayotiy nuqtai nazariga, mustaqil fikrga ega barkamol avlodni voyaga yetkazishga ko'maklashish borasida davlat idoralari bilan bir qatorda 434 ta nodavlat tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.

Shu ma'noda, mustaqillikning ilk davridayoq yurtimizning yorqin kelajagi, jahon maydonidagi munosib o'rni uchun xizmat qiladigan, aqlan va jismonan yetuk, zamonaviy ilm-fanni o'zlashtirgan avlodni shakllantirish dolzarb masalalardan biri sifatida belgilab olingani bekorga emas. Mustaqillik e'lon qilingach, oradan hech qancha vaqt o'tmay, 1991-yilda 20-noyabrda «O'zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida»gi (2016-yil 14-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan) qonun e'lon qilindi. Bunga qadar sobiq ittifoq tarkibidagi biror mamlakatda bunday hujjat yaratilmagani buning yaqqol dalilidir.

Shundan kelib chiqadiki, mustaqillikning ilk yillaridayoq muomalaga kiritilgan bunday hujjatlar jamiyatimiz hayotining barcha sohalari kabi, bu borada ham bosh islohotchi bo'lgan davlatimizning yoshlar masalasiga doir siyosatning ustuvor tamoyillari taraqqiyot yo'limizning birinchi qadamlaridayoq belgilab olganligidan dalolat beradi. Bugun, o'z o'rnida, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining hozirgi amaliyotida yoshlarni har tomonlama barkamol shaxslar qilib voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kengaytirish, kelgusi rejalar, ijtimoiy yo'naltirilgan chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash ko'zda tutilmoqda.

Bu jarayonda yurtimizda siyosatda natijadorlikka xizmat qiladigan ijobiy usul va yechimlarni ishlab chiqishda avvalboshdan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi (2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan) qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan kelib chiqadigan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga doir vazifalarni atroflicha tadqiq qilish masalasi alohida ahamiyatga ega.

O'tgan yillar davomida sohada olib borilgan ishlarning natijasi o'laroq, iste'dodli yoshlarning imkoniyatlarini namoyish etishi uchun turli yillarda «Umid», «Ustoz», «Iste'dod» kabi jamg'armalar, jismoniy tarbiya va sport bo'yicha esa «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» kabi uch bosqichli turnirlar tashkil etildi. «Nihol», «Zulfiya», «Mard o'g'lon» Davlat mukofotlari, «Kelajak bunyodkori» kabi medallar ta'sis qilinib, vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan, shuningdek o'qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishayotgan, 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ushbu mukofotlar bilan taqdirlanishi yo'lga qo'yildi.

Bugun yoshlarga istagan yo'nalishida tahsil olish, adolatli sharoitlarda ishlash, o'tkazilayotgan xalqaro va mahalliy olimpiada, tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etish borasida barcha imkoniyatlarni berish masalasiga katta e'tibor qaratildi. Bu esa, ularga jamiyat hayotidagi barcha yo'nalish va sohalarda faollik ko'rsatish, ma'naviyat, iqtisod, sport, ta'lim va tadbirlarda muntazam ishtirok etish imkoniyati eshiklarini ochdi, desak, haqiqatni ta'kidlagan bo'lamiz.

Bu jihatdan, hozirgi davrda davlatimizning yoshlarga oid siyosatini izchil amalga oshirishning zamonaviy va ta'sirchan usullarini izlash va bu jarayonga yoshlar vakillarining ham

ishtirok etishiga erishish ehtiyoji paydo bo'lganini qayd etish lozim. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturida «Biz yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas'uliyatli va tashabbuskor, ilg'or boshqaruv usullarini puxta o'zlashtirgan, halol, o'z Vatani va xalqiga sodiq kadrlarni tayyorlash bo'yicha samarali tizim yaratish ustida jiddiy ishlaymiz», degan fikri buning yaqqol isbotidir.

2018-yilda 30-iyun - «Yoshlar kuni» oldidan Respublika Prezidenti tomonidan «Yoshlar -kelajagimiz» nomli yangi Davlat dasturi taqdim etilib, barcha hududlarda dastur yo'nalishlari bo'yicha amaliy ishlar yo'lga qo'yilgani ham yana bir qadam bo'ldi.

Bunga uzviy bog'liq tarzda 2018-yil 27-iyunda tasdiqlangan «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi to'g'risida»gi Farmon yurtimizda yosh avlodni qo'llab-quvvatlash va keng imkoniyatlar berish yo'lida amalga oshirilayotgan muhim tarixiy hujjatlardan biri sanaladi. Farmonning jamiyat hayotidagi ahamiyatini yuksaltiradigan omil esa yurtimiz aholisining 60 foizini tashkil etadigan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlardir. Aynan shu avlod duch keladigan muammolarga yechim topishda, ularni yanada faollashtirishda ushbu Farmonning ahamiyati beqiyos hisoblanadi [2].

Hozirgi davrda O'zbekiston xalqaro doirada yoshlar huquq va erkinliklari masalasi bilan shug'ullanuvchi 30 dan ortiq huquqiy hujjatlarning ishtirokchisi hisoblanadi. Davlatimizda BMTning bolalar va o'smirlar huquq va erkinliklari masalasiga doir ko'plab hujjatlari ratifikatsiya qilingan. Davlatimiz YUNESKO va Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan qabul qilingan muhim Konvensiyalarning ishtirokchisidir.

Xalqaro tajribalar asosida olib borilayotgan islohotlar uchun huquqiy asos bo'lgan, turli yillarda qabul qilingan farmon va qarorlar, jumladan, «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun (yangi tahrirda), «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi Prezident Farmoni (2017-yil 5-iyul) hamda «O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qaror (2017-yil 18-iyul) bu borada tizimli ravishda ish olib borilganini tasdiqlaydi.

Bu o'z navbatida, bugungi kunga kelib yoshlar omilini yanada faollashtirish, uning salohiyatini kengroq yuzaga chiqarishning kaliti hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoevning quyidagi fikri ushbu dolzarb jabhadagi yetakchi tamoyillarni belgilab beradi: «Yoshlarimiz o'rtasida huquqiy madaniyat, sog'lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportni targ'ib qilishga qaratilgan ishlarning samarasini oshirishni bugun davrning o'zi talab etmoqda. Bu boradagi dasturlarda belgilangan tadbirlarning ijrosi yaqinda yangidan qabul qilingan «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonun normalari asosida qat'iy davom ettiriladi. Shu o'rinda tabiiy savol tug'iladi. Biz ko'plab dasturlarni qabul qilmoqdamiz, lekin ularni amalga oshiradigan, tashabbuskor va vatanparvar, yuqori malakali kadrlar yetarlimi? Oliy o'quv yurtlarida tayyorlanayotgan mutaxassislar oldimizga qo'yilgan bunday ulkan vazifalarni bajarishga qodirmi? Ularga ta'lim berayotgan o'qituvchi va professorlarning bilim va malakasi davr talabiga javob beradimi? Ming afsuski, bu savollarga javob berish oson emas» [3].

Berilgan fikrlar bugungi kunning og'riqli tomonlaridan biriga tegishli bo'lib, davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosatining o'ziga xosliklari, yetakchi mezonlar va xususiyatlarni chuqur o'rganish, tahlil qilish hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi islohotlar samarasini oshirish, yoshlar ma'naviy va jismoniy kamolotiga bog'liq bo'lgan omillarni rivojlantirish kabi masalalarni kun tartibiga qo'yadi.

Shu qatorda, davlatimizning zamon sur'atlariga mos tarzda tezkor rivojlanishi, gullab-yashnashi, jahonning eng kuchli davlatlari qatoriga qo'shilishiga olib boradigan tubdan yangilangan jamiyatni bunyod etish borasidagi vazifalar yangi bosqichga ko'tarildi.

Farzandlarimizni shiddatli zamon talablariga javob bera oladigan, ona yurti va millati manfaatlariga xizmat qiladigan yoshlar bo'lib yetishishi hamda jismoniy jihatdan ham, ma'naviy jihatdan ham komil bo'libgina qolmay, ilg'or bilim va tajribalar egasi bo'lib yetishishi bu sohadagi davlat siyosatining dolzarb vazifalari sifatida belgilab olingani aslo bejiz emas. Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishi Harakatlar strategiyasi», uning mantiqiy davomi bo'lgan «Yangi O'zbekistonning 20222026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi hamda 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan «O'zbekiston - 2030» strategiyasi ana shundan dalolat beradi.

Yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlarda ham butun jamiyatdagi o'zgarish va yangilanishlar asnosida yoshlarni har tomonlama barkamol, demokratiya qonunlarini o'zlashtirgan shaxs qilib tarbiyalash, ulardagi intellektual salohiyatni rivojlantirish, ma'naviy-ma'rifiy ongni yuksaltirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Butun dunyoda globallashuv jarayonlari avj olgan bugungi kunda xalqaro maydonlarda ro'y berayotgan turli voqea va hodisalar, mafkuraviy poligonlar va maydonlarda ishlab chiqilayotgan hamda bizga yot va begona bo'lgan buzg'unchi g'oyalar va vayronkor mafkuralar tahdidi yoshlarga doir davlat siyosati borasidagi islohotlarning ahamiyati sezilarli darajada oshib borayotgani, bu yo'nalishdagi vazifalarning salmog'i kengayayotganini bildiradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu to'g'risida shunday fikr bildiradi: «Bugungi tez o'zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko'rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G'arazli kuchlar sodda, g'o'r bolalarni o'z ota-onasiga, o'z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo'lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko'y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo'liga berib qo'ymasdan, ularni o'zimiz tarbiyalashimiz lozim» [4].

Shundan kelib chiqib, bugun jahon maydonida davlat mustaqilligini yanada mustahkamlash kelajak egasi bo'lgan yoshlarning ma'naviy barkamolligi, aqliy sifatlarning yuqoriligi, zamon talablari hamda milliy tafakkurni uyg'unlashtirgan kasbiy va ilmiy faoliyat iga mustahkam bog'liq, deyish mumkin. Milliy o'zligini unutmaydigan, o'zida mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantira olgan, o'tkir tafakkurli yosh avlodgina farovon kelajakni barpo eta oladi.

Shuning uchun ham ana shunday sifatlarni jamlagan yigit-qizlarni kamolga yetkazish davlat va jamiyat diqqat-e'tiboridagi asosiy vazifa hisoblanadi. Tezkor va shiddatli odimlayotgan hayotning o'ziga xos talablari davlatning bu sohada ham bosh islohotchi bo'lishini taqozo etadi.

Shunday ekan, mazkur holatda yoshlar masalasi bo'yicha olib borilayotgan ishlarni samarali tarzda davom ettirish va bu yo'lda ijobiy natijalarga erishish usullarini qo'llashning muhimligi yurtimizda yangi tafakkur va fikrlarning ildiz otishi hamda yangi avlodning axloqiy, ma'naviy, ijtimoiy va huquqiy qarashlarining zamonga mos tizimi tarkib topishi singari vazifalarni amalga oshirish ehtiyojlari nuqtai nazaridan tobora ahamiyatli tus olmoqda.

Yuqorida ta'kidlanganidek, izchillik bilan o'tkazilayotgan islohotlar mobaynida yoshlarni milliy qadriyatlar, milliy ma'naviyatga sodiqlik va yangilikka intilish ruhida tarbiyalash, o'zida tarixiylik va zamonaviylikni mujassamlashtirgan.

Shaxs sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasi ushbu sohadagi faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu o'z navbatida mamlakat kelajagi va taraqqiyotini ko'p jihatdan belgilab beradi hamda shu asnoda, yoshlarning har tomonlama salohiyatli bo'lib tarbiyalanishi, ularning muayyan kasb-hunar yoki sohaning ustasi bo'lishi uchun mustahkam zamin hozirlaydi.

Mamlakatimizda yangi tahrirda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi qonun mazkur yo'nalishdagi tadbirlarning yetakchi mazmun-mohiyatini o'zida mujassamlashtiradi. Ushbu Qonunda mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish yo'llari bayon etilib, quyidagi vazifalar belgilab berilgan:

- yoshlarga oid davlat siyosatini jarayoniga mos ravishda, bosqichma-bosqich amalga oshirish;

- yoshlar siyosatini yurituvchi davlat va nodavlat tuzilmalari tarmog'ini kengaytirish va takomillashtirish, ularning yoshlar tarbiyasidagi faoliyatini kuchaytirish;

- O'zbekistonning buyuk kelajagini qurish yo'lida yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini to'laroq namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoitlar hozirlash [5].

Ushbu sohadagi vazifalarni bajarish borasida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirish tamoyillari mazkur qonunda belgilab qo'yilgan. Unda yosh avlod hayotiga oid dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishini ta'minlash, ularning siyosiy faolligini yanada oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

So'nggi yillarda butun dunyoda va yurtimizda axborot tahdidlari masalasiga qaratilayotgan e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Turli ko'rinishdagi xavflar insonlarga, jamiyatga, davlatga va dunyo hamjamiyatiga ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy, ma'naviy va shu kabi barcha sohalarda tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Axborot makonida amalga oshirilayotgan axborot tahdidlari ham ana shular jumlasidandir.

Axborot tahdidlariga qarshi kurash masalasiga yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarilib bormoqda. Bugungi axborot texnologiyalari yuksak darajada rivojlangan davrda xavfsiz axborot muhitini yaratish ishlari jadallashmoqda.

Ayniqsa, ertangi kun egalari bo'lgan yoshlarni virtual tahdidlardan himoya qilish, yoshlarda «virtual axloq»ni shakllantirish dolzarbligi ta'kidlanmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 560-II-son «Axborotlashtirish to'g'risida», 2016-yil 14-sentabrdagi 0'RQ-406-son «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida», 2022-yil 15-apreldagi O'RQ-764-son «Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida», 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonlari, 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son «Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida», 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari hamda mavzuga oid boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi yurtimizda axborot tahdidlariga qarshi kurash borasida tizimli ishlash uchun huquqiy asos yaratilganligini ko'rsatadi. Ta'kidlash joizki axborot xavfsizlik sohasiga tegishli bo'lgan 17 ta qonun hujjati, 9 ta Prezident farmon va qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining

Qarori, shuningdek tegishli normalar va ko'plab idoralararo me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

O'zbekistonda «Raqamli O'zbekiston-2030» dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar orqali, mamlakatda «Xavfsiz axborotlashgan jamiyat» muhitini yaratishga xizmat qiladi.

O'zbekistonda axborot tahdidlarga qarshi kurashda «Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi davlat miqyosida ushbu masalaga qaratilayotgan e'tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi.

2022-yil 15-aprelda 8 bob, 40 moddadan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasining «Kiberxavfsizlik to'g'risida»gi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonunning 3-moddasi asosiy tushunchalar deb nomlangan bo'lib, «axborot makoni» va u bilan bog'liq bo'lgan ayrim texnik va falsafiy tushunchalariga ta'rif berilgan. Axborot makoni - axborot texnologiyalari yordamida yaratilgan virtual muhit, deb ta'rif beriladi. «Axborot makoni» tushunchasi (ingliz. Cyberspace) ikki qismdan «Cyber» va «Space» tushunchalaridan iborat. Bu so'zlar «Oksford» inglizcha lo'g'atida keltirib o'tilgan. Yunonchadan so'zma-so'z tarjima qilinganda K^ervqTSÇ -«hukmdorlar» deb tarjima qilinadi [6]. Qonunning asosiy ob'ekti bu - axborot tahdidlarga qarshi kurashish va axborot xavfsizlikni ta'minlashdan iboratdir. Qonunda ushbu ikki tushunchaga ham ta'rif berilgan bo'lib, axborot tahdid - axborot makonida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soluvchi shart-sharoitlar va omillar majmui; axborot xavfsizlik - axborot makonida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati deyiladi.

Ushbu qonunning asosiy maqsadi axborot xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir va buni amalga oshirishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:

Qonuniylik - ya'ni Axborot xavfsizlikni ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga og'ishmay rioya etilishi hamda ular bajarilishi shartligi, qonunchilik talablarini aniq bajarishdan va ularga rioya etishdan har qanday tarzda chetga chiqish, buning sabablari qanday bo'lishidan qat'i nazar, qonuniylikning buzilishidir va u belgilangan javobgarlikka sabab bo'lishligi belgilab qo'yilgan. Umuman olganda, «qonuniylik - qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning og'ishmay amal qilishi. Qonuniylik demokratiya va huquqiy davlatning elementlaridan biri» [7].

Axborot makonida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi -ichki va tashqi axborot tahdidlardan himoyalanishda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining buzilishini oldini olish va ularga alohida ahamiyat qaratishdan iboratdir. Shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish davlatning va qonunchilikning asosiy vazifasidir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlari ham ushbu tamoyilga amal qiladi.

Bugungi kunda axborot makonida shaxs, jamiyat va davlatga nisbatan axborottahdidlarning bir qancha ko'rinishlari mavjud. Axborot makoni turli siyosiy kuchlar uchun o'zlarining terroristik, ekstremistik tashviqotlar va g'oyalari, o'z qarashlarini ommaga targ'ib qilish, har xil jinoiy to'dalar faoliyatlarini amalga oshirish yo'lida asosiy qurol sifatida foydalanishmoqda.

Yirik salbiy kuchlarning internet tarmog'ida o'zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, internetda keng qamrovli axboriy terror - «elektron jihod» olib borayotgani, yangi tahdidlar, muammolar paydo qilayotganlari dunyo mamlakatlari uchun muammolarga sabab bo'lmoqda [8].

Xullas, bugungi kunda yoshlarga xos ijtimoiy xususiyatlar, ulardagi jismoniy va ma'naviy o'zgarishlar, emotsional holatlar va xulq-atvor bilan bog'liq jihatlarga alohida e'tibor qaratish nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlariga mos turli-tuman o'quvlar va mashg'ulotlar, tashviqot va targ'ibot tadbirlari, xilma-xil ko'rinishdagi aksiyalar va reklama kampaniyalari tizimidan muayyan dastur va rejalar asosida majmuaviy tarzda foydalanish ma'naviy ta'sirning keng tarqalgan vositasi sifatida hozirgacha ham keng qo'llangan va bundan keyin ham o'z ahamiyatini saqlab qolaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «30 iyun - Yoshlar kuni» munosabati bilan 30.06.2023-yil O'zbekiston yoshlariga bayram tabrigidan.

2. Yoshlar kelajagi va bandligini ta'minlashga dahldor loyiha. - Jamiyat, 2018-yil 28-iyun.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. -Xalq so'zi, 2016-yil 8-dekabr.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 24-yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. -Xalq so'zi, 2016-yil 8-dekabr.

5. O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonuni. 14.09.2016-y.

6. Oxford dictionary of English. Oxford, 2010.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qonuniylik/.

8. Berkinov O.T. Kibermakonning tahdidlar maydoniga aylanishining obyektiv asoslari va nazariy tahlili // ILMIY TADQIQOTLAR SAMMITI. (2022 y). -B.1042-1046.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.